|
Muhandislik -geologik tadqiqotlar CHO’KINDI TOG’ JINSLARINING KIMYOVIY VA MINERALOGIK-qullanma9. CHO’KINDI TOG’ JINSLARINING KIMYOVIY VA MINERALOGIK
TARKIBI, KLASSIFIKASIYASI.
9.1.Cho’kindi tog’ jinslari klassifikatsiyasi.
Umumiy belgilari
. Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli hosil bo’lgan
zarra va zarrachalar to’plamidir. Ular suv va shamol ta’sirida yer yuzasida dengiz,
ko’l, daryolarda to’planadi; O’simlik hamda hayvonot olamining qoldiqlaridan
ham hosil bo’ladi.
Litosfera tarkibida cho’kindi jinslari 5% ni tashkil etsada, yerning
quruqlik yuzasini 75% ni qoplagan. Cho’kindi tog’ jinslarinig ko’p qismi o’zinig
g’ovakliligi va qatlam- qatlam bo’lishi, ularda hayvon hamda o’simliklarning
qoldiqlari bo’lishi, yopishqoqligi, ba’zi birlari esa suv ta’sirida cho’kish singari
xususiyatlari bilan boshqa xil tog’ jinslaridan farq qiladi. Cho’kindi tog’ jinslari
hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
mexanikaviy (parchalangan);
kimyoviy cho’kindi;
va organogen yotqiziqlar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|