Muhandislik-texnologiya


Taraqqiyotda vorislik va davomiylik (inkorni inkor)



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə48/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193
Falsafa

Taraqqiyotda vorislik va davomiylik (inkorni inkor). Taraqqiyot vorislik va davomiylik, inkorni inkor etish yo’li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni o’rganishni ,,inkor“ tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalaming barham topishi, yangi narsa va hodisalaming vujudga kelish jarayoni sodir bo’lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
,,Inkor“ tushunchasi kundalik ongda ,,yo’q“ so’zi bilan qo’shilib ketadi. Inkor qilmoq ,,yo’q“ demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin, dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladigan bunday tushunchadan farq qiladi. Dialektik inkor — yangining eski bilan oddiy o’rin almashuvi bo’lmasdan, balki yangi eskining bag’rida vujudga kelib, undagi sog’lom tomonlardan foydalanib qaror topishidir.
Dialektik inkor, ayni bir vaqtda ,,yo’q“ deyish bilan ,,ha“ deb, ya’ni inkor etish bilan birga tasdiqlashni ham o’z ichiga oladi. U barcha narsani butunlay rad etuvchi nigilistik qarashdan xoli bo’lib, bir paytda sodir bo’ladigan yemirilish bilan yaralishni, xullas, narsa-hodisalaming yo’qolishi va paydo bo’lishini bogiab, ilgarilab rivojlanish holatini ifodalaydi. Bu dialektik inkorning muhim jihatini tashkil qiladi.
Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi — eskining o’rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblanadi; ikkinchisi — yangining eski bilan vorisiy bog’liq ekanligini ham ifodalaydi.
Dialektikaning bu ta’limoti ikki marta takrorlanuvchi inkor bilan ifodalanishi moddiy olamdagi narsa va hodisalaming doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud bo’lgan narsa va hodisa o’zigacha bo’lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalaming o’zi ham sharoitning o’zgarishi, vaqtning o’tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o’zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko’proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Inkorni inkor ana shu inkorlaming sodir bo’lishi bilan rivojlanjshning davom etishini ifodalaydi. Bundagi bitta inkor narsa va hodisalardagi o’zgarish va rivojlanishning bir momentini tashkil etsa, „inkorni inkor“ atamasi ulaming muayyan zanjirini ifodalaydi.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shaklida emas, balki ko’p chiziqli doira shaklida ham bo’ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang’ich riuqtaga yaqinlashadi. Lekin, bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan butkul tutashishi bo’lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo’lishi sababli, taraqqiyot spiral shaklga ega bo’ladi. Bu spiralning har bir yangi o’rami oldingi o’ramiga nisbatan kengroq, yuqoriroq bosqichda yuzaga kelgan bo’ladi. Ana shu ma’noda dialektik nazariyada „spiralsimon taraqqiyot” atamasi ishlatiladi.
Dialektik inkorga ko’ra, taraqqiyotning „spiralsimon" xarakteri o’zining quyidagi uch jihatiga ega: birinchidan, inkorni inkorda, dastawal, narsa va hodisalar abadiy o’zgarmasdan qola olmasligi, davrning o’tishi bilan har bir narsa va hodisa o’zgarishi, bu o’tishda yangining paydo bo’lish mexanizmini ochib beradi. Buni destruksiya deyiladi. Ikkinchidan, u yemirilayotgan (inkor etilayotgan) narsa bilan paydo bo’layotgan yangi narsa o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni, ulaming bir-biriga bo’lgan munosabatini ochib beradi. Buni kummulatsiya deyiladi. Uchinchidan, inkor etila­yotgan narsa oldin erishgan yutuqlarni, uning rivojlanishga qodir bo’lgan ba’zi belgi va xususiyatlarini saqlab qolish, ulardan foydalanish asosida yuz beradi. Buni konstruksiya deb yuritiladi. Shu asosda o’zgarish, rivojlanish sodir bo’ladi. Bundan inkorni inkorning muhim belgisi, ya’ni narsa va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi, yangilikning yengilmasligi mantiqan o’z-o’zidan kelib chiqadi.
Xullas, inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga qarab ilgarilab boruvchi rivojlanish sodir bo’ladi. Shuning uchun inkorni inkor jarayonining xarakterli xususiyatlaridan biri — uni orqaga qaytarib bo’lmasligidir. Buning sababi shundaki, har bir yangi bosqich ilgarigi bosqichlarning butun boyligini o’zida sintezlashtirib, taraqqiyotning yanada yuqoriroq shakllari uchun zamin yaratadi. Bu sintez „inkorni inkor" deyiladi. Inkorni inkor tufayli, har bir paydo bo’lgan yangilik shuning uchun sintez deyiladiki, unda eskining rivojlanishga qodir bo’lgan tomonlari saqlanib qolib, yangida paydo bo’lgan tomonlar bilan uzviy birikkan bo’ladi va shu asosda rivojlanishning navbatdagi bosqichini ta’minlaydi. Xuddi shu yo’l bilan taraqqiyotning yo’nalishi belgilanadi.
Yuqorida aytilgan, bir-biri bilan chambarchas bogliq bolgan uch jarayonning birligi hozirgi kunda O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishda oz ifodasini topmoqda. Biz uchun hozir jamiyatimizda eskirgan ijtimoiy munosabatlarni, iloji boricha, dialektik izchillik va ziyraklik bilan o’z vaqtida bartaraf etish, yangi paydo bo’layotgan bozor iqtisodiyotiga oid munosabatlarni o’z vaqtida payqay olish, ulami rivojlantirish yutuqlarimizning ko’payishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan va xalqimiz keng qo’llab-quvvatlayotgan bozor munosabatlari jamiyatimizdagi xo’jasizlik, shahar va qishloqlarda mehnatning hamma sohalarida boshqarishning buyruqbozlik usullari, jamiyatga zarar yetkazuvchi ekologik va ma’naviy buzulishlarning tugatilishiga olib keladi.
Shunday qilib, borliq va bilishga xos miqdor ham sifat o’zgarishlari, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkor va inkomi inkorlar benihoya davom etaveradi. Bu abadiy davom etadigan jarayonda dialektikaning barcha tamoyillari birgalikda amal qiladi. Bunda hech bir narsa yoki hodisa abadiy — o’zgarmasdan qola olmasligi, ammo ular o’rtasida vorisiy aloqalar va bog’lanishlar mavjudligini ifodalaydi.
Har qanday fanning o’ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo’ladi. Masalan, fizikada flzik qonunlar, og’irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarning nomi bilan bog’langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro qonunlari va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin.
Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o’rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An'anaviy tavsiflarga ko’ra, «qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o’zaro bog’lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini yuqorida ko’rib o’tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Kategoriya nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko’rsatish» degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta'riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obektiv voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metaflzika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o’rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko’proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o’sha davrda qo’shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ammo o’sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali goyoki shakllanmagan fan bilan shug’ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning noto’g’ri tarbiyasiga sabab bo’lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo’lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko’targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o’z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo'lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko’plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o’zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o'laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, she’uog), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (obektiv, subektiv, absolyut g’oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Falsafada o’z xususiyatlariga ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va alo ladorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog'lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jara yonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə