Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə53/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   193
Falsafa

Zaruriyat va tasodif. Obektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat — narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtayi nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatidan kelib chiqadi hamda obektiv sabablar tizimiga asoslanadi.
Masalan, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi tarixiy obektiv zaruriyatdir, uning «o’zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo’lishidir. Bunda tasodif «subektivla'shtirilgan» jarayon sifatida ko’zga tashlansa ham, obektiv hodisadir. Chunki, O’zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga otishning xarakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o’zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo’lishi, o’z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o’rtasidagi bog’lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos keladi7.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan subekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashiladigan bo’lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo’lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko’rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog’lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g’ayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik ham falsafaning muhim kategoriyalaridir. Falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi o’zgarish, yangilanish holatlarining muhim tomonlari, bog’lanish holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat va voqelik uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning, ikki xil bosqichi, davri, holatini hamda bu davrlar o'rtasidagi o’zaro munosabatni ifodalaydi.
Imkoniyat va voqelik o’zaro bog’liqlikda mavjud bo’ladi, ular bir-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Amaliy faoliyatda doim imkoniyat va voqelikdan hamda imkoniyatsizlikdan ajrata bilishga o’rganish kerak. Mumkin bo’lmaydigan narsani mumkin bo’ladigan narsa yoki hodisa qilib ko'rsatish yaramaydi yoki aksincha, mumkin bo’ladigan narsani mumkin bo’lmaydigan narsa qilib ko'rsatish ham imkoniyat va voqelikning mohiyatini, noto’g’ri tushunish asosida kelib chiqadi. Bu hol g’ayriilmiy qarash va noto’g’ri xulosaga olib keladi.
Imkoniyat va voqelik muayyan mazmunga ega bo’lgan olam hodisotlarining ikki tomoni, rivojlanishning boshlanish momenti va nihoyasi, uzluksiz taraqqiyot jarayonining bir-biri bilan bog’liq, bir-birini tavsiflaydigan halqalari, deb atash mumkin. Rivojlanish uzluksiz imkoniyatlarning vujudga kelishi, ularning voqelikka aylana borishidan iborat jarayondir. Bunda imkoniyat endigina kurtak otayotgan, royobga chiqishi lozim bo’lgan hodisa bo’lsa, voqelik esa ba’zi hollarda o’z umrini tugallayotgan, eskirish jarayonida o’z intihosiga qarab borayotgan hodisadir.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo'lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog'liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko’ra, o’zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini mujassamlashtirgan bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning mnhim xususiyat, tomonlarini ifodalaydi. Olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o’tishini, taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo’nalishini, eskilik bilan yangilik o’rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi, deb hisoblaydi.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə