Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə60/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193
Falsafa

Tushuncha — predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan fikriy obrazidir. Masalan, ,,Inson“ tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilik jamiyatiga xos bo’lgan, m’ehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalarini yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir.
Xulosa chiqarish esa,mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm — yangi fikr hosil bofiadi.
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his etish, sezgi, idrok va tasawurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: hukm, tushuncha va xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning “quyi” bosqichdan ,,yuqori“ bosqichi tomon ko’tarilib boradi.
Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir. Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo’lib o’tgan voqealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz. Bundan tashqari, tasavvur bizga ilgari idrok etilganlar asosida kelajak manzarasini ifodalab berishga imkon beradi. Insonning kelajak obrazini tasvirlab va tuzib berish layoqati farazdan boshqa narsa emas. Xissiy bilish qanchalik muhim bo’lmasin shuni aytish kerakki, u cheklangan va tashqi dunyoning faqat tashqi, bevosita, xissiy idrok etiladigan tomonini aks ettiradi. Buning ustiga sezgi bizni yanglish yo’lga boshlashi mumkin. Xissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo’lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o’laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. Shuning uchun abstraksiyalar xissiy bilish uchun g’oyat harakaterli bo’lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə