Muhandislik-texnologiya


Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə93/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193
Falsafa

Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi о‘rtasidagi teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (“jins” tushunchasidan “tur” tushunchasiga) fikran о‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga о‘tsak, uning hajmini chegaralagan bо‘lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qо‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma harakat» tushunchasi hosil bо‘ladi.
Chegaralash amalini davom ettirib, «Yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi» tushunchasiga о‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bо‘lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bо‘ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bо‘lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki yakka tushunchaga nisbatan tur bо‘lgan tushuncha yо‘q.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:

A – harakat.


B – mexanik harakat.
C – aylanma harakat.
D – yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran о‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga kо‘ra kengroq bо‘lgan jins tushuncha hosil bо‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bо‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bо‘lgan tushuncha yо‘q.

Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:


A – Yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi.
B – aylanma harakat.
C – mexanik harakat.
D – harakat.

Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qо‘llanadi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalar va empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bо‘ladi.


Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bо‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bо‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə