Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psixolog B. F. Pargin shunday yozadi



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2022
ölçüsü62,5 Kb.
#97934
  1   2   3
O\'QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI PSIXOLOGIYASI


Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psixolog B.F.Pargin shunday yozadi:


а). individlarning o’zaro ta‘sir jarayoni;
b). individlar o’rtasidagi axborot almashinuv jarayoni;
v). bir shaxsning bashqa shaxsga munosabat jarayoni;
g). bir kishining bashqalarga ta‘sir ko’rsatish jarayoni;
d). bir – biriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari;
e). shaxslarning bir – birini tushunish jarayoni.
Muloqot o’z xususiyatlariga ko’ra turli shakl va ko’rinishlarga ega bo’ladi. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy – ma‘naviy shakllarini hamda uning extiyojlarini o’zida aks ettiradi.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muomala odobi. O’qituvchi va o’quvchi, domla va talaba o’rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe‘l – atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy xayotda namoyon bo’lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko’zga tashlanadi. Ukimishli, madaniyatli, o’qituvchi hamkasbidan, o’quvchisidan nimani, qanday surashni, u yoki bu masala yo’zasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yukligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi – yukligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suxbatdoshining kayfiyatini kutarish, unga optimistik ruh bagishlash, uning o’z kuchiga ishonchini xosil qilish ham o’qituvchining eng muxim sifatlaridan biridir. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, tom ma‘nodagi muomala madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi shuxratparastlik, manmanlik, befarqli, xasadguy, giybatchilik kabi illatlarga tokat kila olmaydi va unga karshi ko’rashadi.
O’qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy kismi nutk madaniyati bilan bog’liq. ( Biz o’z ishimizning bir mavzusini «O’qituvchi nutki – pedagogik mahorat shartidir» deb nomlaganmiz, u mavzuga o’qituvchi nutki haqida tulik tafsilot berilgan. X.B.). Chunki nutk va unda ifodalangan so’z kishiga ta‘sir etuvchi kudratli psihologik kuchga ega. Uni faqat o’zining mazmuni bilan, balki so’zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta‘sir darajasi va kudrati yanada ortishi mumkin.
«Ingliz dramaturgi B.SHou aytganidek, «Xa» so’zini aytishning 50 dan ortik uslubi bor, «Yuk» so’zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so’zni yozishni faqat bir uslubi bor». (Xalq ta‘limi jurnali, 2003 yil, 3 – son, 49 – bet ).
Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik kochirim ma‘no yashiringan. Zotan o’qituvchi muloqotining zamirida so’z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o’qituvchining saviyasi, ma‘naviy dunyosi, madaniyatiga bog’liq. Bundan kelib chikadiki, o’qituvchi o’z muomalasida me‘yorni bilishi lozim.
O’qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarda, balki shu bilan birga ishlab chikarish, mexnat jamoasi, ota – onalar bilan, jamiyat xayotiga ham kerakligini xisobga oladigan bo’lsak, bugungi kunda o’quvchi, talabalar fe‘l – atvorini o’rganish, ularning bir – birlariga mehr – muruvvatli bo’lishga o’rgatish, diniy akidaparastlik tomir otayotgan xozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muxim, dolzarb vazifa bo’lib kelmokda. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy extiyoj sifatida o’z ahamiyatini yuqotmagan. Atoqli adib B.SHou so’zlari bilan aytgand: «Biz xozir xavoda kush kabi uchishni, suvda balik kabi so’zishni o’rganib olgan bo’lsakda, bizga bir narsa – insonlardek yashashni o’rganib olish yetishmaydi». Mashxur izkuvar Sherlok Holms ta‘kidlaganidek : «Har bir inson o’z xususiyatiga ko’ra xal etilmaydigan jumbok»dir. Kishilar xulqi, fe‘l – atvori bilan bir – birlaridan farq kiladilar, ammo ular orasidagi uxshashlik mikdori minimum foiz doimiy holatda saqlanib qoladi.
Demak, odamzodning tashki turki – tarovatigina emas, balki ichki olami, maslagi. Insoniy kiyofasi, xozirgi ko’rinishi va holatdagi yetib kelishi o’zok tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot natijasida esa kishilar o’rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati to’rganligi sir emas. Shu sababli o’qituvchining muloqot madaniyatida ham okilola extiyojni anglab olish eng muxim vazifadir.
Muloqot shu darajada muxim ekan, birok shaxslararo muloqotga xech kim, xech kaerda maxsus o’rgatilmaydi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə