Mundareja: Kirish i-bob. Miliy Arxiv fondi hujjatlarning hisobini yuritish



Yüklə 59,34 Kb.
səhifə1/7
tarix22.05.2023
ölçüsü59,34 Kb.
#111858
  1   2   3   4   5   6   7
Behruz


Mundareja: Kirish………………………………………………………………………….………..2
I-BOB. Miliy Arxiv fondi hujjatlarning hisobini yuritish
1.1. Hujjatlar hisobini yuritish (xorij tajribasi)…………………………………….....4
1.2. O`zbekistonda Milliy Arxiv fondi hujjatlarini qayd qilish ishlari..…….……...8
II-BOB. O`zbekistondagi arxivlarda Milliy Arxiv fondi hujjatlar hisobini yuritish
2.1.O`zbekistonda Milliy arxivlash hujjatlar hisobini yuritish…….….....................14
2.2.O`zbekiston Kin-foto fond arxivi hujjatlarining yuritlishi …..………………..21
2.3 O`zbekiston ilmiy texnikaviy arxivi hujjatlarning yuritilishi……….………....27
Xulosa ……………………………………………………………………..…………32
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………....33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbek xalqining mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o‘tishi jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan madaniy merosni tiklash, tarix, arxivshunoslik fanlarini rivojlantirish sohalarida ham tub o ‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Bozor munosabatlariga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo'jaiiklari. kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jam g‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi ( 0 ‘zRMAF)ga avlantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro ‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishi kengay di. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildi. Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil qilinadi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va tumanlarda arxiv ishining umumiy axvolini yaxshilashda muhim rol o ‘ynay boshladilar. Mustaqillik sharoitida « 0 ‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga m o‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash. ularning davlat hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish.
1996 yilda «O'zarxiv» agentligi O'zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini ortirishga qaratilgan edi. 0 ‘zbek xalqining mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o ‘tishi jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan madaniy merosni tiklash, tarix, arxivshunoslik fanlarini rivojlantirish sohalarida ham tub o ‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Bozor munosabatlariga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi.

Yüklə 59,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə