Mundarija: I. Kirish



Yüklə 3,45 Mb.
səhifə8/17
tarix22.05.2023
ölçüsü3,45 Mb.
#112087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Neft gaz kurs ishi Saidjon

Gazifikasiyalash – qazilma ko’mirni organik qismini yuqori temperaturada (1000 – 2000oC) oksidlovchilar (O2, havo, suv pari, CO2) bilan o’zaro ta’sirida yonuvchi gazlarga aylantirish.
Bunda ko’mir deyarli to’liq generator va suv gazlariga aylanadi (qattiq qoldiq – kul).
Gazifikasiyalash uchun qo’ng’ir ko’mirdan va toshko’mirni qayta ishlash mahsuloti – koksdan foydalaniladi.
Ko’mirni gazifikasiyalash - gazogeneratorlarda amalga oshiriladi : koks qatlamidan (qalinligi 3 m gacha) pastdan yuqoriga qarab navbati bilan havo – issiq purkash va suv parlari – sovuq purkash o’tkaziladi.
Issiq purkashda ekzotermik jarayon boradi
:
2C + O2  2CO ∆H = -220 kDJ

Chiquvchi gazlar – N2 va CO(havodan) ; bunday aralashma generator yoki havo gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati v 300 kDJ/m3, tabiiy gazning issiqligiga qaraganda (38000 kDJ/m3) juda kam, shuning uchun generator gazi faqat metallurgiya ishlab chiqarishida va koksokimyoviy zavodlarda ishlatiladi.


Sovuq purkalganda endotermik jarayon boradi :
C + H2O  CO + H2 ; ∆H = 132 KDJ
CO va H2 aralashmasi suv gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati 11500 kJ/ m3
Suv gazi ko’pchilik sanoat sintezlarida, masalan metanol va ammiak olishda foydalaniladi.


Quydagi sxemada toshko’mir pirolizi sxemasi keltirilgan.

Odatda «Sinov ishlatish loyihasi» 3-5 yilga mo`ljallab tasdiqlanadi, chunki ana shu davr ichida aniqlanishi kerak bo`lgan barcha ma’lumotlar aniqlanadi va loyihalashning keyingi bosqichiga o`tish mumkin bo`ladi.


«Sinov – sanoаt ishlashning texnologik tarxi» loyihalashdagi ikkinchi bosqich bo`lib, odatda «Sinov ishlatish loyihasi» dan keyin bajariladi. «Sinov - sanoat ishlashning texnologik tarxi» ni bajarishda bundan oldin bajarilgan «Sinov ishlash loyihasi» asos qilinib olinadi. Odatda bu loyiha konda bo`lgan so`nggi o`zgartirishlarni hisobga olgan holda bajariladi. Odatda «Sinov ishlatish loyihasi» 3-5 yilga mo`ljallab tasdiqlanadi, chunki ana shu davr ichida aniqlanishi kerak bo`lgan barcha ma’lumotlar aniqlanadi va loyihalashning keyingi bosqichiga o`tish mumkin bo`ladi.
«Sinov – sanoаt ishlashning texnologik tarxi» loyihalashdagi ikkinchi bosqich bo`lib, odatda «Sinov ishlatish loyihasi» dan keyin bajariladi. «Sinov - sanoat ishlashning texnologik tarxi» ni bajarishda bundan oldin bajarilgan «Sinov ishlash loyihasi» asos qilinib olinadi.
Birinchi bosqichdagi loyihada bajarilgan ishlarga ikkinchi bosqich loyihasida qo`shimcha quyidagi ishlar bajariladi:
- konning geologik modelini aniqlashtirish asosida zahiralarni hisoblash;
- qo`shimcha burg`ilangan qidiruv va ishlatuvchi quduqlar ma’lumotiga asoslangan holda qatlam ko`rsatkichlarini aniqlash, ularni tahlil qilib o`rtacha ko`rsatkichlarini hisoblash;
- konning va quduqlarning qirqimini oydinlashtirish natijasida o`zaro bog`liqliklarni aniqlash;
- qatlam energiyasini aniqlash va qo`shimcha ta’sir etish usullarini hisoblash;
- kollektorlarning hajm - sirqish ko`rsatkichlarini oydinlashtirish va shu ko`rsatkichlar asosida qatlam turliligi koeffisienti, o`tkazuvchanlik, to`yinganlik kabi ko`rsatkichlarni, shuningdek neft, gaz, kondensat va qatlam suvlarining fizik-kimyoviy tarkibi, xususiyatlarini aniqlash;
- maxsus quduqlarni burg`ilashga asoslanib, ularning miqdori va o`rni aniqlanishi;
- konning uzluksiz, omilkorona va samarali ishlashi uchun kerak bo`ladigan barcha asbob - uskunalar, jihozlarni aniqlash;
- neft, gaz, kondensat olishni, suvlanganlik, qatlam bosimi va gaz omilining o`zgarishini bashorat qilish;
- quduqlarni ishlatish usullarini va bunda ishlatiladigan asbob-uskunalar, jihozlarni hisoblash;
- taxminiy iqtisodiy hisoblashlar.
Tayyorlangan «Sinov - sanoat texnologik tarxi» odatda 5-8 yilga mo`ljallanib tasdiqlanadi. Ba’zi hollarda esa, konning mavqei, zahiralariga qarab, shu tuzilgan texnologik tarx ishlash loyihasi sifatida ham qabul qilinishi mumkin.
Konda olib boriladigan uchinchi bosqich loyihasi asosiy loyiha bo`lib «Konni ishlash loyihasi» deyiladi. Bu loyihada avvalgi ikki bosqichda qilingan ishlarga qo`shimcha qilib quyidagi ishlar bajariladi:
– ishlatish ob’ektlarini ajratish, ularning ishlash tizimini va tartibini belgilab berish;
– ishlovchi va haydovchi quduqlar soni, ularni kon maydonidagi o`rni, teshish oraliqlarini hisoblash;
- qatlamga ta’sir etish usullari va ta’sir etish omillarini tanlash;
- ob’ektlarning ishlash tartibini aniqlash;
- neft, gaz, suyuklik qazib olish miqdori, sur’ati va o`zgarishi, shuningdek qatlamga siqib chikaruvchi omillarni haydash miqdori, sur’ati va o`zgarishi konning ishlash davrining oxirigacha to`liq hisoblanadi;
- amalga oshirilayotgan ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha hisoblashlar;
– neft qazib chikarishni oshirish uchun qo`llanilishi mumkin bo`lgan fizik-kimyoviy, issiqlik va boshqa usullarni hisoblab chikish;
– quduqlarda ishlatilishi mumkin bo`lgan quduq ichi va quduq usti acbob – uskunalari, jihozlarini tanlab berish;
- quduqlarni ishlatish davridagi bo`lishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklarning oldini olish tadbirlarini tayyorlash;
– kon ichida mahsulot yig`ish va tayyorlash tizimiga bo`lgan talablar bo`yicha hisoblashlarni bajarish;
– qatlam bosimini ushlab turish uchun tayyorlangan tizimga bo`lgan talablar bo`yicha hisoblashlarni bajarish;
– quduqlarning tuzilishiga, burg`ilash ishlariga, qatlamlarni ochish va quduqlarni ishga tushirishga bo`lgan talablar bo`yicha hisoblashlarni bajarish;
– konlarda boshqarish va nazorat qilish ishlari bo`yicha tadbirlar ishlab chikarish;
- foydali qazilmalardan unumli foydalanish, zahiralarni olish koeffisientini ta’minlash, atrof – muhitni himoyalash ishlari bo`yicha tadbirlar ishlab chikish.

Sanab o`tilgan talablardan ko`rinib turibdiki, «Konni ishlash loyihasi» asosiy loyihaviy shujjat bo`lib, u «Konni jihozlash va qurish loyihasi» bilan birgalikda konni ishlash va ishlatish uchun asosiy shujjat, hamda dastur bo`lib xizmat qiladi. Bu loyihadagi hisoblashlar konning ishlash davrini tugallanganiga qadar olib boriladi. Bu hisoblashlarda konning asosiy texnologik ko`rsatkichlari - neft, gaz, kondensat va euv olish miqdori va sur’ati, qatlam bosimining o`zgarishi, suvlanganlik, gaz omili va boshqa ko`rsatkichlar konning ishlash davrida qanday o`zgarishi bashorat qilinadi.


«Konni ishlash loyihasi» shu konni ishlatuvchi korxona uchun yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi va loyiha ko`rsatkichlarining bajarilishi doimiy nazorat ostida bo`ladi. Ammo ba’zi hollarda kon ishlash ko`rsatkichlari oradan 5-6 yil o`tgandan so`ng loyiha ko`rsatkichlaridan far= qilib qolishi mumkin. Bunday hollarda «Kon ishlashining tahlili» deb ataladigan shujjat tayyorlanadi. Bu shujjatda loyiha va haqiqiy ko`rsatkichlariga ma’lum tuzatmalar, o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Loyihalashtirish ishlarining so`nggi bosqichi bo`lib, «Kon ishlash loyihasiga tuzatmalar kiritish» deb nomlangan shujjat tayyorlanadi. Bu loyiha kon ishlashining so`nggi bosqichida amalga oshiriladi. Odatda bu loyiha konda bo`lgan so`nggi o`zgartirishlarni hisobga olgan holda bajariladi. Neft — yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod boʻlgan qizil-jigarrang, baʼzan qora rangli, oʻziga xos hidli Yer qobigʻida mavjud boʻlgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, baʼzan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,74 bilan 0,97 g/sm³ orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi.Neftning fraksiyonel tarkibi. Barcha alohida moddalar uchun ma'lum bosimdagi qaynash nuqtasi fizik konstanta hisoblanadi. Yog ' har xil to'yingan bug' bosimiga ega bo'lgan ko'p miqdordagi organik moddalar aralashmasi bo'lganligi sababli, neftning qaynash nuqtasi haqida gapirish mumkin emas. Neft va uning mahsulotlari qaynash nuqtalari bilan emas, balki qaynashning boshlanishi va oxiri harorat chegaralari va ma'lum harorat oralig'ida distillangan alohida fraksiyalarning chiqishi bilan tavsiflanadi. Distillash natijalariga ko'ra fraksiyonel tarkibi baholanadi.Yangi yog'larni o'rga nishda fraksiyonel tarkibi distillash ustunlari bilan jihozlangan standart distillash apparatlarida aniqlanadi.Bu distillashning ravshanligini sezilarli darajada yaxshilash va koordinatalar haroratida fraksiyalash natijalariga asoslangan haqiqiy qaynash nuqtalari (ITC) egri chizig'ini qurish imkonini beradi. 200 ° S gacha bo'lgan fraksiyalarni tanlash atmosfera bosimida, qolganlari esa termal parchalanishni oldini olish uchun turli vakuumlarda amalga oshiriladi. Qabul qilingan usulga ko'ra, qaynatishning boshidan 300 ° C gacha, 10 graduslik, keyin esa 50 graduslik fraktsiyalar qaynash oxiri 475-550 ° S bo'lgan fraktsiyalarga olinadi. 300 ° S gacha distillangan neft mahsulotlarini distillash GOST 2177-82 bo'yicha rektifikatsiyasiz qurilmalarda qat'iy standart sharoitlarda amalga oshiriladi.


Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə