Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish



Yüklə 100,53 Kb.
səhifə1/6
tarix28.06.2022
ölçüsü100,53 Kb.
#90169
  1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlas (1)



MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………
1. Adabiyot darslarida o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish……


2. O’quvchi shaxsi tarbiyasida mustaqil mutolaaning roli………….


3. Badiiy asarni o’qitishda interfaol metodlar………………


4. Badiiy asarda obrazlar tizimi va unga metadologik yondashuv………


XULOSA………………………………………………………………


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….


KIRISH

Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama mukammal, barkamol inson sifatida


kamol toptirish dolzarb masalaga aylandi. Respublikasiz Prezidenti Sh.Mirziyoev
ta‘kidlaganlaridek: ―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan edilar1. Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikrqarashiga ega, yuksak intellektual va ma‘naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burjidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo’lib kamol topishida adabiyot va san‘atning, bu soha vakillarining roli beqiyosdir. O’qituvchi nafaqat o’quvchiga bilim beradi, balki uni yuksak ma‘naviyatli shaxs sifatida kamol topishga ham harakat qiladi. Bu borada adabiyot o’qituvchisi zimmasiga yanada kattaroq mas‘uliyatlar yuklanadi. Chunki adabiyot darsida o’quvchi o’zi uchun kerakli bilimlarni olishi bilan birga mustaqil fikr yurita oladigan, dolzarb muammolarga javob beradigan, hayotning har bir jabhasiga tanqidiy baho berib, mushohada qiladigan inson sifatida kamol topadi. Uzluksiz ta‘lim tizimida adabiyot darslarida o’quvchi asosan badiiy matn bilan ishlaydi. Badiiy asarni o’qish, uqish, unga munosabat bildirish uchun esa ko’pincha asarlarni o’qib kelish uyga vazifa sifatida beriladi. O’quvchi darslarda egallagan nazariy bilimlari asosida o’qigan asariga muayyan darajada munosabat bildiradi, asarda aks etgan voqelik va obrazlarni baholaydi. Bunda muayyan natijalarni qo’lga kiritishi bir jihatdan o’qituvchining mahoratiga, o’quvchi qalbida mutolaaga havas uyg’ota olishiga bog’liq bo’lsa, yana bir jihatdan, o’quvchining mushohada yurita olishiga ham bog’liqdir. Badiiy asar tahlili, o’quvchining mustaqil fikrga o’rgatish masalalariga bag’ishlangan bir qator ishlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, adabiyot darslarida o’quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishda mustaqil ishlardan foydalanish masalasi maxsus tadqiq etilmagan.

Ushbu tadqiqotda adabiyot darslarida


O’quvchilarni badiiy-estetik didini shakllantirishda mustaqil ishlardan foydalanish
texnologiyasi masalasi o’rganildi. Unda adabiyot darslarida badiiy asarni tahlil
qilishning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etildi. O’quvchilari estetik didini
shakllantirish usullari haqida fikr yuritildi. Darsda mustaqil ishlardan foydalanish
texnologiyasi haqida ma‘lumot berildi. Mustaqil ish ijodiy fikrlash vositasi
ekanligi yoritildi.

Adabiy ta‘lim jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning


O’ziga xos xususiyati mavjud. Ma‘lumki, boshqa o’quv fanlari bo’yicha o’tiladigan
darslarda o’quvchilar turli yo’l, usul va vositalardan foydalanib o’zgalar tomonidan
avvaldan belgilab qo’yilgan yagona xulosaga keladi. Adabiy ta‘limning o’ziga
xosligi shundaki, unda har bir o’quvchi o’z oldiga qo’yilgan muammoni tegishli
maqsad va vazifalarni belgilagan holda bilimi va hayotiy tajribasiga tayanib turli
yo’l, usul, vositalar yordamida, intellektual imkoniyati darajasida mustaqil
ravishda hal qiladi. O’rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvirlangan
biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o’quvchilarning asar hamda darslik
mualliflarinikidan farq qiluvchi o’z xulosasi bo’ladi. Adabiyot darslarida
o’quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish shunisi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi.
O’quvchi shaxsida fikr kishisini tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan
adabiyot darslarida tarbiyalanuvchi o’qituvchidan ma‘lum vaqt ichida bajarilishi
lozim bo’lgan topshiriqni oladi. Masalan, 8-sinfda Alisher Navoiy va Nodiraning
umrbayoni hamda g’azallari o’rganilib, o’quvchilar shoirlar uslubini farqlaydigan
bo’lganlaridan so’ng, ularga o’rganilgan ikki g’azalning maqta‘sini olib qo’yilgan
holda taqdim etiladi. O’quvchidan ularning qay biri Navoiy qalamiga, qaysinisi
Nodira ijodiga mansub ekanini aniqlash talab qilinadi. Unda o’quvchi asarning
mazmuni, uslubi va unga singdirilgan muallif shaxsiyatiga asoslanishi kerakligi
aytiladi. Bu topshiriqni o’z muddatida bajarish uchun o’quvchi vaqtini to’g’ri
taqsimlashi va qiladigan ishlarini puxta rejalashtirishi kerak. Shuning o’ziyoq
o’quvchini mustaqil ravishda o’ylashga majbur qiladi. Har ikkala g’azalni o’qib,
ularning mohiyatiga yetib, ulardan asar qahramoni hissiyotini tuyib shu asosda
muallifini aniqlash o’quvchini aqliy zo’riqtirib, haqiqatni topishga erishadigan
tadqiqotchi holatiga soladi.


Yüklə 100,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə