Mundarija kirish I bob. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o'ziga xos xususiyatlari


O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 126,59 Kb.
səhifə8/8
tarix05.05.2023
ölçüsü126,59 Kb.
#108556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishining o\'ziga xos hususiyatlari

O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish


O‘quv yilining dastlabki oylarida maktabgacha yoshidagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik shakllar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarning miqdoriy taqqoslash va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bolalarga “Bilgin-chi, bunda nechta kvad-rat bor”, “Nima ko‘p, doiralarmi yoki kvadratlarmi?” kabi topshiriqlar va savollar beriladi.
O‘rta guruh dasturida bolalarni uchburchak bilan tanishtirish nazarda tutilgan. Bolalarni bu shaklni tanish va aytishga, doira va kvadratlarni farq qilishga o‘rgatish kerak. Bu ishlarni amalga oshirish usullari kichik guruhda foydalanilgan usullarga o‘xshaydi, bular: shaklni payqash— harakatni tekshirish, u bilan har xil amaliy ishlarni tashkil qilish.
Uchburchak bilan tanishtirish uni doira va kvadrat bilan taqqoslash asosida o‘tkaziladi. Dastlab shakllar juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi mashg‘ulotda uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni ko‘rsatib, bolalar e’tiborini burchaklarga qaratgan holda uchburchak konturi bo‘ylab barmog‘ini (ko‘p marta) yuritib chiqadi. “Barmoq burchakkacha boradi, to‘xtaydi, burchakni aylanib, yana nariga ketadi. Yana bir marta burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana nariga ketadi”,—deb tushuntiradi tarbiyachi. U shaklni aytadi (“Bu — uchburchak”), uning qanday rangda ekanini so‘raydi, bolalarning e’tiborini uchburchakning tomonlari borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari borligiga va ular ham 3 ta ekaniga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi bolalardan o‘z uchburchaklarini ko‘rsatishni, ularni sanashni, uning burchaklari nechta ekanini so‘raydi. Keyingi mashg‘ulotlarda uchburchak bilan kvadrat shunga o‘xshash taqqoslanadi, shundan keyin esa doira, kvadrat va uchburchak bir vaqtda taqqoslanadi.
T arbiyachi bolalar e’tiborini uchburchaklar, doiralar va kvadratlar katta o‘lchamli ham, kichik o‘lchamli ham bo‘lishiga qaratadi, har xil rangli katta va kichik shakllarni ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashni taklif qiladi, shakli bir xil bo‘lgan shakllar har xil rangli va har xil o‘lchamli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi.
O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarda har xil shakldagi shakllarni idrok qilish tajribasini to‘plashida davom ettiradi. Bolalar ikki-besh qismdan iborat sodda va murakkabroq shakldagi buyumlarni ko‘zdan kechirishadi va rasmlarini chizishadi, ularni loy va plastilindan yasashadi, bunda qismlarning shakli hozircha geometrik etalonga yaqin bo‘ladi (bular piyola, jo‘ja va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin).
O‘rta guruhda tarbiyachi predmetlar shaklini sezish — harakat va ko‘rish bilan — tekshirishni tashkil qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (doiraviy), to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida kabi so‘zlar bilan mustahkamlanadi.
Bu guruhda “Buyum o‘zi haqida nima deydi?”, “Qismlariga ko‘ra buyumning o‘zini bil”, “Buyumlar dominosi” kabi o‘yinlardan va shuningdek kubchalar, qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik obrazlar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni bolalar o‘yinlardan, mehnatdan, kundalik hayot (turmush)dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid qilib, mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum nomini aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika mashg‘ulotlarida sanoqqa o‘rgatish uchun doiralar, uchburchaklar va boshqa narsalardan ko‘rsatma material sifatida foydalaniladi. Bolalar shakllar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, shakllar har xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish kerak. Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi.
Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini aytishtaklif qilinadi.
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil shakllarning miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi shakllarning miqdori barobar ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa har qaysi bola shakllarning shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har xil bo‘ladi.
Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar shakllarni ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar. Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak olishni, navbati bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ular nimalari bilan farq qilishini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni to‘g‘ri to‘rtburchak ustiga qo‘yib, shakllarni taqqoslashadi va to‘g‘ri to‘rtburchak uzun ekanini, u shunisi bilan kvadratdan farq qilishini ko‘rishadi.
Bolalar sanashni o‘rganib olishganidan keyin, ular tanish shakllarniig elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda ularning miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog‘ini yuritadi va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. Kvadratning hamma tomonini ko‘rsatadi.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar “burchak” so‘zini burchakning uchi bilan, ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi, so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni borligini aniqlashadi.
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlar shakli va geometric shakllarni o’rgatish uchun "Geometrik shakni top ", "Sehrli sumka", "Domino raqamlari" va boshqa didaktik o'yinlardan foydalansa bo’ladi.
"Sehrli sumka" o'yinida o'qituvchi bolalarni namunaga qarshi shaklni tanlash, namunadan topishni o'rgatadi. Stolda tanish bolalar va sumka bir xil bo'lgan geometrik shakllar mavjud. Avvaliga diqqat jadvalga joylashtirilgan geometrik shakllarga e'tibor qaratilmoqda. Bolalar ularni chaqirishadi. Keyin, bola ko'rsatmalarga ko'ra, stolda turganligini ko'rsatadi. Agar bola vazifani bajara olmasa, tarbiyachi yana bir bor rasmni ko'rib chiqishni aytadi: O'yinni qayta amalga oshirishda geometrik shakllar soni ko'payadi. ". Bunday vazifalar qiyin, ammo odatda bolalar uchun oson..


Xulosa

Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar.


Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. 7 Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1.Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli Qarori. 2018-yil 30-sentyabr
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentyabr
3.Bikbaeva N.U, Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. "Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish" – T.O‘qituvchi, 1995 y.
4.Jumayev M. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi"– T, 2007
5.www. ziyonet. uz
6.www. edu. uz
7. www.arxiv.uz
Yüklə 126,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə