Mundarija kirish



Yüklə 49,02 Kb.
səhifə1/10
tarix23.05.2023
ölçüsü49,02 Kb.
#112428
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xolto\'rayeva Nargiza kurs ishi



MAVZU: 4-SINFDA “MATEMATIKA-FANLAR SHOHI” TO’GARAGI MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH

MUNDARIJA



KIRISH..................................................................................................2


I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNING UMUMIY MASALALARI.
1.1. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi.
1.2. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari.
II BOB 4-SINFDA MATEMATIKA TO’GARAGINI TASHKIL QILISH METODIKASI.
2.1. Matеmatik o’n daqiqalik va soatlar, to’garaklar , tanlovlar, olimpiadalar.
2.2. 4-sinfda matematika to’garagini tashkil qilish metodikasi.
Glossariy.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur………
……Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.”Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va fanlarni o‘qitish metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor shaxs bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta mas’uliyat, bilim, mahoratni talab etadi.
1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o’rta ta’lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o’qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga ko’tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo’lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi.
Mazkur o’quv qo’llanmada matematika o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, printsiplari, ta’lim metodlarining tasnifi, vositalari, o’qitish shaklalari, pedagogik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish masalalari yoritilgan.
Qo’llanma boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari, boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ko'rsatib o'tilgandek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ich ta'lim uchun xos bo'g'inlami ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma-xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida, darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin. Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv-metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining o'zaro bog'liqligi· va fanlararo bog'lanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang'ich ta'lim sohasida ma'lum bilim va uquvlami egallash hamda bolalami o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinf o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, uning ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalami navbatdagi matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o'zining munosib aksini topishi lozim. Boshlang'ich matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi. 6-10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas'ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlaming o'zi yetarli emas. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilaming aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv YO'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Boshlang'ich ta'lim metodikasi o'qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o'yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o'yinlardan foydalaniladi va o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi. Bolalami 6-7 yoshdan o'qitishning mazmunida muammolar yuzaga keladi. Bu bog'cha -maktablarda o'qitish orqali hal etiladi. Sanoqni o'rganish, qo'shish va ko'paytirishni birinchi bosqichda o'rgatish (20 ichida) boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Biroq, bu vazifa yagona bo'lib qolmasdan, balki u bolalami matematikani o'rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi ikkita asosiy yo'l bilan belgilanadi: 1) pedagogik yo'l, ya'ni bolalar fikrlashini qo'llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash; 2) matematika yo'Ii, ya'ni bolalami eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo, natural son hamda geometrik shakl tushunchalarini o'rganishga tayyorlash.



Yüklə 49,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə