Mundarija kirish



Yüklə 8,36 Mb.
səhifə1/8
tarix15.06.2022
ölçüsü8,36 Mb.
#89489
  1   2   3   4   5   6   7   8
birinchi kurs amaliyot 10.06.2022


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI Sportni boshqarish va turizm fakulteti Menejment (jismoniy tarbiya va sport menejmenti ) yo‘nalishi 1–bosqich talabasi Murodov Abubakirning tanishuv amaliyoti hisoboti .




MUNDARIJA
1.KIRISH
2.Umumiy qoidalar
2.1 Tashkilot faoliyatining tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tavsifi
2.2 Sport sohasida menejment faoliyatining o‘rni, ahamiyati va mohiyati
2.3 Tashkilot boshqaruvi tizimida qonun va qarorlarning ijrosini o‘rganish
2.4.Amaliyot ob’ektida menejment faoliyati va menejerning funksianal vazifalari
2.5. Menejment tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni.
2.6. Hududlarda aholining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish
2.7. Sport sohasida menejment reklama vositalaridan foydalanish holati
2.8. Sport tashkilotlaring brendini o’rganish
2.9. Sport sohasida litsenziyalash va sertifikatlash tartibini o’rganish
3.XULOSA VA TAKLIFLAR


KIRISH
2021-yil 6-aрrel PF-6199-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Тurizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" Farmoni, 2021-yil 6-aрrel РQ-5054-sonli Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori, 2018 yil 5 mart PF-5368-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevralda 118-sonli "2019-2023 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi" to'g'risidagi qarorida belgilangan vazifalami ijrosi doirasida O'zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish magsadida viloyatlardagi sport sohasini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalaming o'quv-tanishuv amaliyotining dolzarbligi shundaki, mazkur amaliyot "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti" yo'nalishi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar bilan yaqindan tanishish, ulaming ish faoliyatlarini о'rganib kasbiy malakalarini oshirishga yordam beradi. Mazkur о'quv-tanishuv amaliyoti talabalarga ko'plab tashkilotlar ishi bilan tanishish orqali ularda ana shu tashkilotlar haqida tasavvur hosil bo'lishiga yordanm beradi. Ushbu tanishuv amaliyoti dasturi 1-kurs talabalarining mutaxassisliklariga mos tashkilotlar Sрortni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sportni rivojlantirish bo'limlari, bolalar va o'smirlar sport maktablari, sport federatsiyalari, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablari, olimpiya zahiralari, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablari, oliy sport mahorati maktablar, sport klublariga tashrif buyurib, u yerdagi muassasalar ish faoliyatining maqsadi va vazifalari bilan yagindan tanishish, har bir talabani qiziqirgan sohasi bo'yicha kelajakda ilmiy-tadqiqot ishlar olib borishidagi dastlabki ko'nikmalarini shakllantirishni ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli Qarori bilan tasdiglangan "2017-2022 yillarda Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Dasturi"da, PQ-2955-sonli, 2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori yanada rivojlantirish dasturi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi majlisining 2015 yil 19 oktyabrdagi "San'at, madaniyat va sport soahalarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavriat bosqichi talabalarining kasbga yo'naltirish amaliyotlarini oliy va o'rta mаxsus ta'limi muassasalarida o'tkazish orqali bo'lajak mutaxassis kadrlaring bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish hamda o'zbek madaniyati, san'ati va sportini yoshlar о 'rtasida keng targ'ib etilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 37-son Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.



Yüklə 8,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə