Mundarija kirish



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə1/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
hisobot Amin Shurtan

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish



MUNDARIJA

Kirish

I Asosiy qism

I.1.AMIN YORDAMIDA GAZNI OLTINGUGURTDAN TOZALASH

(AYOGOT) QURILMASI

I.2.TEXNOLOGIK JARAYON TASVIRI VA TEXNOLOGIK SXEMASI

I.3.FILTRLASH TEXNOLOGIK SXEMASINING TASVIRI

I.4. TEXNOLOGIK REJIM ME’YORLARI

I.5 QURILMANI NORMAL ISHGA TUSHIRISH, TO‘XTATISH VA ZAHIRA USKUNAGA ULASH.

I.6.XAVFSIZLIK TALABLARI

QISQARTMALAR VA BELGILAR RO‘YXATI

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


«Sho‘rtanneftgaz” qazib chiqarish bosh boshqarmasi «O‘zbekneftgaz” AJga qarashli asosiy ishlab chiqarish bug‘inlaridan biridir.


Sho‘rtan konidan tajriba sinov sifatida foydalanish loyihasi, Sobiq Ittifoq “Gaz sanoati markaziy byurasi”ning gaz va gaz-kondensat konlarini ishlatish bo‘yicha umumiy yig‘ilishining 16.09.1975 yildagi №32/75-sonli majlis bayoniga asosan tasdiqlangan edi. Loyiha “SredAzNIIgaz” (hozirgi “O‘ZLITIneftgaz” OAJ)ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyihaga asosan konni boshlang‘ich zahirasi 38,03 mlrd. m3 deb tasdiqlangan va 21 ta quduq qazish bilan, Sho‘rtan gaz-kondensat konini qidiruv qismini 3 yil muddat bilan, yiliga 1,5 milrd. m3 dan gaz qazib olish bilan ishlatish ko‘zda tutilgan edi.
1976 yil 28-aprelda Sobiq Ittifoq “Gaz sanoati markaziy byurasi”ning gaz va gaz- kondensat konlarni ishlatish bo‘yicha umumiy yig‘ilishining 11/76-sonli majlis bayoni tasdiqlandi va bu hujjatga asosan endi konni umumiy boshlang‘ich zahirasi 173,2 milrd m3 deb tasiqlandi va ushbu qarorga asosan Sho‘rtan gaz-kondensat konida 114 ta gaz qudug‘i qazilib yiliga 8,0 mlrd. m3 gaz qazib olish bilan foydalanish ko‘zda tutilgan edi.
“Sho‘rtangaz” gaz konlari boshqarmasi Sobiq Ittifoq “Gaz Sanoati Vazirligi”ning 30.09.1980 yildagi №193-ORG sonli buyrug‘iga asosan “Yangi konlarni o‘zlashtirish Direksiyasi”ni qaytadan tashkil etish asosida tashkil etilgan.
Sho‘rtan gaz-kondensat konini xalq farovonligi yo‘lida ishlatish maqsadida Sobiq Ittifoqning “Gaz Sanoati vazirligi” tomonidan 21.09.1980 yilda tasdiqlangan majlis bayonini qaroriga asosan Sho‘rtan koni guruhiga kiruvchi konlarni ishlatishga qaror qilindi.
Shunday qilib, Sho‘rtan gaz-kondensat koni 1980 yil 02-noyabrdan ishga tushirildi.
Shu yilning o‘zida “Gaz sanoati markaziy byurasi”ning gaz va gaz-kondensat konlarini ishlatish bo‘yicha umumiy yig‘ilishining 16-iyunida tasdiqlangan №15/80-sonli majlis bayoniga asosan, kondan foydalanish loyihasiga “SredAzNIIgaz” (hozirgi OAJ “O‘ZLITIneftegaz”) ilmiy tadqiqot instituti tomonidan o‘zgartirishlar kiritilib, Sho‘rtan konida 181 ta quduq qazilib yiliga doimiy 16,0 mlrd. m3 gaz qazib olish rejasi tasdiqlandi. “Sho‘rtangaz” gaz konlari boshqarmasida, Sho‘rtan koni ishga tushishi munosabati bilan, 1980 yil noyabr-dekabr oylarida Sho‘rtan-Sirdaryo GRESi gaz quvuri ishga tushirilib, shu yilning o‘zida GRESga kam oltingugurtli gaz uzata boshladi. Yangi qurilgan gazni kompleks tayyorlash qurilmasida ajralgan gaz kondensati esa, Qoraktoy neft quyish estakadasiga uzatildi.
1980 yilning so‘ngi ikki oyida Sho‘rtan gaz konlari boshqarmasi, Sho‘rtan konidan 474,475 mln.m3 gaz va 27,872 ming tonna gaz kondensati qazib oldi va iste’molchilarga yetqazib berdi.
“Sho‘rtanneftgaz”UShK o‘tgan davr davomida, tabiiy gaz va gaz-kondensati qazib chiqarishda Sobiq Ittifoqda ham yetakchi o‘rinlardan birini egallab keldi.
2000 yil 25 mayda “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK (oldingi Davlat aksionerlik kompaniyasi) kuzatuv kengashi raisi Jumaev X.B. raisligida o‘tkazilgan kengashning № 6–sonli majlis bayoni kun tartibida, O‘zbikiston respublikasining “Aksionerlik kompaniyalari va aksionerlar huquqini himoya qilish haqida”gi qonunni 82-bandiga asosan, aksionerlik kompaniyaga qarashli bo‘lgan bir qator korxonalar (MNGPU, MGPZ, ShNGPU, “Ustyurtgaz” GPU va boshqalar)ni qaytadan tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi va shu jumladan “Sho‘rtanneftgaz” gaz konlari boshqarmasini ham, “Sho‘rtanneftgaz” unitar shu’ba korxonasiga aylantirish va Nizomini tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.
Shu kecha-kunduzda korxonada 40 dan ortiq sex, xizmat va bo‘limlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.O‘tgan davr maboynida korxonamiz Respublikamiz aholisiga va sanoat korxonalariga 500 mlrd.m3 dan ortiq toza tabiiy gaz, 740,0 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz (propan-butan aralashmasi), 20,0 million tonnadan ko‘proq barqarorlashtirilgan gaz kondensati qazib chiqardi va qayta ishlab ist’emolchilarga yetqazib berdi.
Korxonaning boshqa neft-gaz qazib chiqarish korxonalaridan farqi shundaki, bu korxona neft va gazni konlardan o‘zi qazib chiqaradi va qayta ishlashni ham o‘zi amalga oshiradi, hamda iste’molchilarga o‘zi jo‘natadi. «Sho‘rtanneftgaz” qazib chiqarish bosh boshqarmasida asosiy faoliyati, ya’ni neft-gaz qazib chiqarib, qayta ishlashdan tashqari, marmar, dolomit, ohaktosh(izvestnyak)lar xom ashyo mahsulotlarini qayta ishlab, bir necha turdagi sanoat va qurilish jihoz(material)lari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga oid ruxsatnomalar (litsenziya) va muvofiqlik “sertifikat” lari olingan.
Korxonada mustaqillik yillarida qurib muvaffaqiyatli ishga tushirilgan qurilmalarning barchasi sanoat miqyosida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) malakatlari orasida birinchi bo‘lib qo‘llangan zamonaviy texnologiyalar bo‘lib, bo‘lar jumlasiga:
- Gazni seolit yordamida tozalash qurilmasining V bloki;
- Quvvati bir yilda -14 ming tonna, nordon gazni qayta ishlab sof oltingugurt olish qurilmasi;
- “Sho‘rtan” Siquv kompressor stansiyasi;
- tozalangan tabiiy gazdan bir yilda -200 ming tonn suyultirilgan gaz ajratib olish qu-rilmalari 1÷4 navbati;
- PHAQ-1/2 navbatida Monoblokli trubadetander agregatlari (MTDA) ;
- G‘uzor tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Qarshi shahrida Navruz maydonlari va Yakkabog‘ tumanida 76 ga bog‘ barpo etildi.
Korxona o‘z faoliyatini boshlagandan boshlab o‘tgan davr maboynida, Respublikamizga neft-gaz mahsulotlari yetqazib berish bilan bir qatorda, malakali xodimlar tayyorlash markaziga ham aylandi desak mubolog‘a bo‘lmaydi, chunki korxonamizda yetishib chiqqan, bir qator malakali mutaxassislar, hozirgi kunda na faqat Respublikamizdagi bir qator Vazirlik va nufuzli korxonalar, ilmiy tekshirish muassasalari, oliygohlarda, balki Xorijiy qo‘shma korxonalarda ham yuqori saviyada ximat qilib kelmoqdalar.
Shuningdek korxonamizdan bir qancha muhandis texnik xodimlar Respublikamiz Prezidenti tomonidan takil etilgan, O‘zbyoki ston Respublikasi Prezidenti boshqaruvi qoshidagi “Davlat va Jamiyat Qurilish Akademiyasi”da tahsil olib qaytishdi va ushbu xodimlar shu kecha-kunduzda nafaqat korxonamizda, balki Respublikamiz markazi Toshkent shahri va Respublikamizdagi barcha viloyatlarning bir qator yetakchi korxonalarida ham faoliyat olib borishlari bilan Respublikamiz ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə