Мундарижа


Oilada o’smir yoshdagi bolalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning amaliyotdagi ahvoli



Yüklə 164,6 Kb.
səhifə2/4
tarix06.05.2018
ölçüsü164,6 Kb.
#41655
1   2   3   4

1.2. Oilada o’smir yoshdagi bolalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning amaliyotdagi ahvoli

Istiqlol yillarida O’zbekistonda pedagogik ta’lim va tarbiya jarayoni qayta qurildi, mazkur jarayon yangi, demokratik mazmun bilan boyitildi. Islohotlar davrida alohida e’tibor o’sib kelayotgan avlodni zamonaviy demokratik va fuqarolik jamiyatida yashashga hozirligini oshirish, ularning iqtisodiy takomilini ta’minlab bera olishlarini kuchaytirish, yoshlar ma’naviy kamolotini ta’minlash, ularni sog’lom o’stirish masalariga qaratildi. Mana shu o’zgarishlarga mutanosib ravishda pedagogik tadqiqotlar jarayoniga milliy ong va mafkurani shakllantirish, yoshlarning milliy g’ururini oshirish, sog’lom turmush tarzi, yoshlar gigiyenik tarbiyasi, yangi pedagogik texnologilarni o’quv jarayoniga tatbiq etish kabi masalalari muhim o’rin egalladi. Ammo yoshlarda, xususan oilada o’smir yoshdagi bolalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirish masalasida pedagogik tadqiqot ishlari, o’z muhimligiga qaramasdan, kamchilikni tashkil qilmoqda. Mazkur holat, bir tomondan, oiladagi tarbiya va ta’lim jarayonlariga bo’lgan ilmiy munosabatning o’zgarib borayotganligi, ikkinchi tomondan oila strukturasi va uning mohiyatining kuchayayotganligi, uchinchi tomondan esa, oilaga qo’yilayotgan talablarning kundan-kun o’sib borayotganligi bilan belgilanadi. Zamonaviy pedagogika ilmi pedagogika va uning insonlar hayotidagi o’rni va ahamiyatining keskin darajadagi takomili va muhimligi bilan belgilanmoqda.

Zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb bo’lgan tamoyillari umumbashariy gumanizm, keng dunyoqarash, madaniyatlar rang-barangligini anglash va qabul qilish, insoniylikni va insonning o’zini shakllantiruvchi omillarni rivojlantirish, individualizmdan ijtimoiylikka qarab rivojlanish, insonning ijtimoiy faolligini oshiruvchi omillardan bo’lgan faollik, yetakchilik, bunyodkorlikni shakllantirish asosida rivojlanmoqda. Mana shu yo’nalishlar ichida tolerantlik tafakkurini shakllantirish ham eng dolzarb vazifalardan sanalmoqda.

Tolerantlikni shakllantirish oilaninig pedagogik ahamiyati juda muhim bo’lib,boshqa insonlarni ilk bor go’dak aynan oilada o’rgana boshlaydi, ularga ilk bor oila muhitida duch keladi. Bola ilk bor oila sharoitida boshqa insonlar bilan muloqot va muomala jarayoniga kirishadi. Ana shunda bolada to’g’ri, ijtimoiy sharoitga mutanosib hamda davr talablariga javob bergan tolerantlik tafakkuri shakllantirilsa, tolerantlik tafakkuri bolaning ijtimoiy hayotdagi unib o’sishi, jamiyat hayotida uning o’z o’rnini to’g’ri va mukammal darajada egallashi uchun asos yaratilgan bo’ladi.

Tolerantlik bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida eng muhim va dolzarb bo’lgan pedagogik muammolaridan biriga aylanar ekan, tolerantlik o’zining juda ham katta va murakkab tushuncha ekanligini ham namoyon etib borayotir. Bugungi kunda tolerantlik va uni shakllantirish jarayonlari o’z mazmuniga tolerantlikning mohiyati, uning tarixiy shakllanish omillari. Uning mazmunidan tashqari bir necha o’n yo’nalishlarga ega bo’lgan mazmunini ham qamrab oladi. Agar tolerantlikning bugungi kundagi dolzarb bo’lgan mavzularini tahlil qilsak, tolerantlikning umumiy tushunchalaridan tashqari tolerantlik tarkibidagi agressiya, altruizm, antisemitizm, ksenofobiya, radikalizm, diskriminasiya, empatiya, zo’ravonlik kabi salbiy axloqiy tushunchalarini ham oiladan boshlab tushuntirish, ularning bugungi jamiyatlar taraqqiyotiga bo’lgan salbiy ta’siri masalalarini muhokama etish lozim bo’ladi.

Tolerantlik va oila masalasida esa, oilaning tolerantlikni shakllantirishdagi mavqyei va o’rni, oilaviy qadriyatlar tizimida tolerantlik mazmuni, oilaviy munosabatlarda tolerantlikni qo’llashning pedagogik asoslari kabi maslalar muhimlik kasb etadi.

Tolerantlik masalasi bugungi kunda jamiyatlar ijtimoiy hayotining barcha sohalariga keskin kirib kelayotgan bo’lib, tolerantlik va ta’lim-tarbiya, tolerantlik va din, tolerantlik va axloq, tolerantlik va havfsizlik, tolerantlik va milliy g’oya, tolerantlik va madaniyat, tolerantlik va milliy madaniyat o’ziga xosligini saqlab qolish, tolerantlik va huquq, tolerantlik va ilm-fan, tolerantlik va gender munosabatlar, tolerantlik va sosium hayoti, tolerantlik va jamiyat, tolerantlik va ijtimoiy tabaqalanish, tolerantlik va yoshlar, tolerantlik va nogironlar, tolerantlik va qariyalar, tolerantlik va kichik millatlar kabi ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan dolzarb masalalar mazkur muammoning nechog’li dolzarbligi va murakkabligi namunasi hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakat ta’lim tizimidagi tolerantlikni shakllantirishning o’ziga xos tajribasi, milliy tarixiy omillari mavjud. Shu bilan birga stixiyali tarzda vujudga kelgan va hamda mamlakat ta’lim tizimida amaliyotda bo’lgan tolerantlikni shakllantirish tizimi ham mavjud. Chunki tolerantlikning turli xususiyatlari azaldan o’zbeklarning milliy qadriyatlari tizimida mavjud bo’lgan va ularga amal qilib kelingan. Ammo mazkur qadriyatlar aynan tolerantlik g’oyalarini tarkibida emas, balki umumiy axloqiy-ma’naviy normalar sifatida tarbiya tizimiga joriy etilgan. Shu bois, tolerantlik masalasida, mazkur stixiyali shakllanib borayotgan tizim bugungi davrning barcha talablariga to’la javob bera oladi deb bo’lmaydi. Chunki bugungi davr tolerantlikni stixiyali tarzda emas, balki maqsadli va dasturiy tarzda shakllantirilishini talab etadi. Bu tizim o’zining o’zbek millati ma’naviyati hamda islom dini aqidalari va axloqida shakllantirilgan tarixiy ildizlarga ega bo’lganligi hamda maqsadga yo’naltirilganlikni nazarga olgan holda, zamonaviy talablarga qisman javob beradi.

Demak, bir tomondan tolerantlikni shakllantirishning stixiyali mavjud bo’lgan, ammo maqsadli pedagogik tizimga aylanmagan shakli mavjud bo’lib, uni bugungi kunda takomillashtirish, maqsadli dasturlar bilan boyitish darkor. Ikkinchidan, tolerantlikning milliy axloqiy normalar tarkibida shakllantirilgan xususiyatlari mavjud, ularning mazmunini bugungi kunda zamonaviy bilimlar va tasavvurlar bilan boyitish darkor.

Shu bilan birga, shuni qayd etish darkorki, mamlakatimizda tolerantlikni shakllantirishning ilmiy-pedagogik va nazariy tizimini joriy etish uchun barcha imkoniyatlar strukturial, jismoniy va institusional jihatdan mavjud. Shunday ekan, bugungi kunda mavjud ta’lim tizimidan tolerantlikni joriy etishning zamonaviy, demokratik va dunyoviy davlat tamoyillariga asoslangan milliy tizimini maqsadli shakllantirish lozim. Mazkur tizimda tolerantlikni shakllantirishning barcha talablari va zaruriyatlarini struktural jihatdan namoyon etish darkor bo’ladi. Maqsad mana shu tizim orqali tolerantlik tafakkurini shakllantirishda ishtirok etayotgan barcha mavjud davlat va nodavlat strukturalari va institutlarini ta’lim jarayoni atrofida maqsadli birlashtirishdan iboratdir.

Biz o’z tadqiqotimizda respublikada mavjud qilinishi lozim bo’lgan tolerantlikni shakllantirishning o’ziga xos tizimini quyidagilardan iborat qilib belgiladik (rasm 2).

Ko’rinib turganidek tolerantlik tafakkurini shakllantirishda ishtirok etayotgan barcha mavjud davlat va nodavlat strukturalari va institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ular ish jarayonini maqsadli va dasturiy tashkil qilish zarur. Muhim bo’lgan vazifalardan biri tolerantlikni shakllantirishning mana shunday sxemasi orqali mazkur tizimni pedagogik mazmun bilan boyitishda.


II.BOB. OILADA YoShLARDA TOLERANTLIK TAFAKKURINI ShAKLLANTIRIShNING MAZMUNI, SAMARALI ShAKLLARI
2.2. Oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning mazmuni, samarali shakllari

Oila jamiyatning mini modeli hisoblanadi. Aynan oilada shaxs ijtimoiy muhim bo’lgan fazilatlar, jumladan ma’naviy, axloqiy, kommunikativ, estetik xususiyatlarni tajriban o’tkazadi va butun hayoti davomida realizasiya qilib boradi. Kishilik sivilizasiyasi mana shunday ijtimoiy muhim bo’lgan inson fazilatlarini faqat oila sharoitidagina shakllantirish mumkinligini ko’rsatadi. Insoniyat oiladan boshqa bo’lgan va inson shakLlanIshInI AmAlGa oshiruVchI boshqa institutga ega emas.Oiladagi inson shaxsi o’zining ilk qadriyatlari tizimiva insoNiY fazilatlarini oila a’zolari, oilA qaDrIyatlarI, urf va odatlari, udumlari, an’analari orqali o’ziga singdiradi. Bola tafakkurida va uning xarakterida shakllantirilgan mazkur fazilatlardan so’ng uning jamiyatdagi faollik va integrasiyasi darajasini belgilab beradi.

Shu bois, oilani barcha odamlar inson tomonidan shakllantirilgan eng oliy qadriyat va boyliklardan biri sifatida e’zozlashadi. Dunyoda oila institutiga ega bo’lmagan biror sivilizasiya, madaniyat, millat, elat, va yoki qabila ham yo’q. Demak, jamiyat oila institutini shakllantirish, uni muhofaza qilish, uni bunyodkorlik ishlariga rag’batlantirish, uni har tomonlama ta’minlash, uni mustahkamlashdan manfaatdor hisoblanadi. Oiladan tashqarida hamda jamiyatdan tashqarida biror bir odam to’laqonli shaxs sifatida shakllana va rivojlana olmaydi. Oila mustahkamligi tabiiy ravishda davlat va jamiyat mustahkamligini belgilab beradi. Shaxs ijtimoiyligining birinchi ko’rinishlari oilada shakllantiriladi. Shaxs oilada ijtimoiylashuv maktabini o’taydi. Sog’lom bo’lgan oilaviy insonlararo munosabatlar shaxsning jamiyatdagi insonlararo sog’lom munosabatlari qurilishining asosi hisoblanadi. Oiladagi insonlarning o’zaro hamjihatliligi, bir birini yaxshi tushunishi, o’zaro yordam va ko’mak qilish muhiti, oila a’zolarining ma’naviy jihatdan birligi, oila ideallarining insoparvarlik, teng munosabatlar, hurmat, izzat, ikrom, xushmuomalilik, ishonch asosiga qurilganligi sog’lom oilaviy munosabatlarning shakllantirilganligidan dalolat beradi. Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar pirovardida oila tolerantligi asosi bo’lib xizmat qiladi.

Ammo oiladagi mana shunday tolerant munosabatlar o’z-o’zidan shakllanib qoladigan muhit bo’lmay, uni sog’lom, adekvat, pedagogik bilimlar asosida shakllantirish oilaviy tolerantlik va bola tolerantligini tarbiyalashning birdan bir to’g’ri yo’li hisoblanadi. Shu bois, oiladagi o’smir yoshli bolalar tolerantligini shakllantirishda bola tolerantligining pedagogik mazmuni, uning samarali va shakl va metodlari masalasini ilmiy o’rganish muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.



a) oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirishning pedagogik mazmuni

Biz yuqorida tolerantlik - inson individualligiga xos bo’lgan insonparvarlik, mehr va muruvvat, o’zgalarni hurmatlash va e’zozlash, kechirimli bo’lish, birovlarga zarar yetkazmaslik, ya’ni umumiy jihatdan olib qaraganda, tinchlik va totuvlik tamoyiliga asoslangan qadriyat va fazilatlarning ochiq namoyon qila olish qobiliyati ekanligini ko’rib chiqdik. Tolerantlikka amal qilish va uni ko’rsata olish – odamlarning qarashlari, fikrlari, tashqi ko’rinishlari, kiyinishi, manfaatlari, madaniyati, irqi, millati, tili, urf va odatlari, axloqi, o’zini tutishi, qadriyatlari turlicha ekanligini tan olishdir. Shu bois ham tolerantlik faqat bir odam shaxsiyatiga bog’liq xususiyat bo’lmay, balki ijtimoiy fazilat, barcha odamlarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi, ularni o’zaro tinchlik va totuvlikda yashashga o’rgatuvchi, odamlar orasidagi ziddiyatlarni yumshatib, ularni murosa qilishga undovchi fazilatlar majmuidan iboratdir.

Tolerantlikka o’smir yoshdagi bolalarni o’rgatish ularni mustaqil fikrlashga, boshqalar fikrini diqqat bilan tinglashga, o’zgalar manfaatlarini ko’ra bilishga, jamiyat va odamlar o’rtasidagi munosabatlarni tanqidiy nazar bilan baholashga, axloqiy va ma’naviy talablarga qat’iy rioya qilishga o’rgatadi. Chunki zamonaviy madaniyatli inson, na faqat madaniylik borasidagi bilimlarni egallagan inson, balki o’z hayotida ana shu bilimlarni amaliy qo’llay olgan inson, na faqat o’zini hurmat qilgan inson, balki o’zgalarga ham hurmat bilan munosabat ko’rsata oluvchi inson hisoblanadi. Tolerantlik o’zgalarni ularni qanda y bo’lsa, o’shandayligicha, o’zgarishlarsiz qabul qila olish, ular bilan muloqot qila olish qobiliyati hamdir. Shu bois ham oilada o’smir yoshdagi bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish pedagogik jihatdan quyidagi tamoyillarning bajarilishini talab etadi:


  • boshqa insonlarning fikrlari, qarashlari hamda madaniyatiga ochiqlik va anglash bilan munosabat bildirish, dunyo va madaniyatlar rang-barangligini qabul qilish;

  • o’zgalarga nisbatan zo’ravonlik, tazyiq, bosim o’tkazishlardan voz kechib yashash, ziddiyat va konfliktlarda ularni tinch yo’l bilan hal etishga o’rganish;

  • o’zgalarga hurmat va e’tibor bilan qarash, oila va jamiyatda hamkorlik, hamjihatlik, totuvlik tamoyillari asosida hayot kechirishga o’rganish.

Demak, tolerantlik na faqat ijtimoiy hodisa, balki pedagogik hodisa hamdir. Odamlar o’rtasidagi muomala masalasi o’zbek oilalarining azaliy qadriyatlaridan, milliy tarbiyaning asoslaridan hisoblanadi. Ammo muomalada har doim ham inson o’zini tolerant tuta olmaydi. Insonga jahl, agressiya, yomon kayfiyat, yolg’on, xissiyotlarga berilib ketish, zo’ravonlik, tazyiq o’tkazishga moyillik kabi holatlar halaqit beradi. Demak, tolerantlikka o’rganish bir tomondan o’zini ochiq ko’ngil, samimiy, do’st tuta bilish bo’lsa, ikkinchi tomonda, o’zini o’z qalbidagi yomon kayfiyat, yomon xissiyot, agressiya va zo’ravonlikdan asray bilish hamdir. Agar barcha insonlar o’zlarini tolerant munosabatlarga o’rgata olsalar, barcha jamiyatlarda insonlararo garmoniya qurilgan bo’ladi.

Tolerantlikka qaratilgan yo’l – bu jiddiy emosional, intellektual mehnat bo’lib, insonning o’z ichki psixologik holatini o’zgartirishi, uni qayta qurishi va yoki yangitdan bunyod etishi jarayoni hisoblanadi. Inson pedagogik jarayonda o’z manfaatlari va o’zgalar manfaatlariga nisbatan yangi, zamonaviy, ya’ni tolerant munosabatni shakllantiradi. Bunda unga bir tomondan, axloqiy normalarga oid milliy an’ana yordam bersa, ikkinchi tomondan, zamonaviy bilimlar yordamga keladi. Tolerantlikni shakllantirish jarayonida oilaviy muhit, oilaviy munosabatlar, oila a’zolarining xarakterlari, ularning o’zaro bir-birini anglash darajalari kabi omillarning barchasi muhimlik kasb etadi. Tadqiqot doirasidagi tahlillar asosida oilada ota-ona va bolalar tolerantligini shakllantirishda quyidagi tamoyillar amaliy hisoblanishi aniqlandi:



  1. Subyektlilik tamoyili. Bu tamoyilda har bir oila a’zosi mustaqil subyekt sifatida baholanadi hamda ularning faol ijtimoiy munosabati nazarda tutiladi. Ularning har biri, bir tomondan pedagogik jarayonning a’zosi, boshqa tarafdan pedagogik jarayonning faol ishtirokchisi sifatida rol o’ynaydi. Bunda ulardan tlerantlik bo’yicha bilim va malakalarni mustaqil egallash, ularni o’rganish rag’batlantiriladi. Boshqalar bilan bo’lgan munosabatlar va muomalada ularning faol, anglangan xulq-atvori va tolerant axloqi, o’z-o’zini nazorat qila olish xislatlari talab etiladi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oila a’zolarining erkin xoxishi va irodasi, oiladagi ishonch, har bir oila a’zosiga nisbatan qo’llab-quvvatlash tizimi, tolerantlikni mustaqil holda rivojlantirishning mohiyatini to’g’ri anglash va tushunish, ota-ona va ularning o’zaro munosabatlarida, shuningdek ota-ona va bolalar munosabatlarida tolerantlik tamoyillarini birdan bir to’g’ri va zarur munosabat sifatida qabul qilinishi, tolerantlikka nisbatan optimistik munosabat, oila a’zolarining istaklari, manfaatlari, shaxsiy xususiyatlari va xarakterlarini inobatga olish orqali o’zaro muloqotni tolerantlik asosida qurishga intilish.

  2. Adekvat, mutanosib munosabat tamoyili. Mazkur tamoyil pedagogik jarayonda uning mazmuni va tanlangan pedagogik vositalar, shakl va usullar o’rtasidagi mutanosiblikni nazarda tutadi. Chunki ta’lim va tarbiyadan maqsad muayyan va aniq odamlar o’rtasidagi muloqotni tolerantlikni shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: tarbiyaviy maqsadning real oilaviy sharoitga moslashganligi, oila atrofidagi ijtimoiy institutlarning oilaviy tolerantlikni shakllantirishga yo’naltirilganligi, ularning oilaviy tolerantlikni shakllantirishdagi parallel tarbiyaviy faoliyati, ijtimoiy muhitga aloqador bo’lgan turli faktorlarning (milliy, etnik, mental, guruhlararo v.b.) oilaga ta’siri, oila a’zolari tomonidan turli axborotlarning (shu jumladan OAV axborotlari) qabul qilinishi, ularni muhokama etishning to’g’ri tashkil qilinishi va axborotni to’g’ri baholash omillari.

  3. Individualizasiya tamoyili. Oila a’zosining har biriga nisbatan oilada tolerantlikni shakllantirish borasidagi individual shart-sharoitlarning belgilanishi, individual grafikda ma’lum chora-tadbirlar va vazifalarning aniqlashtirilishi individualizasiya tamoyilining mazmunini belgilab beradi. Oiladagi turli xil vaziyatlarda shaxsiy munosabatni shakllantirish omillari belgilanadi. Shaxsning ichki ijobiy potensialiga urg’u beriladi va uni namoysh qilish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oila a’zolarining tolerantlik tafakkurini monitoring qila bilish, har bir oila a’zosiga mos keluvchi uni ishontirish va uning faoliyatini amaliy qilish usullarini belgilash, har oila a’zosiga ta’sir o’tkazishning usul va shakllarini aniqlab olish, oilada individual tarbiya vositalarini to’g’ri va shaxs xususiyatlaridan kelib chiqqan shakllarini belgilash, shu bilan birga har bir individga o’zi istagan va tanlagan usul va vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratish.

  4. Refleksiv munosabat tamoyili. Oilada ota-ona va bolalarda muayyan ahamiyatga ega bo’lgan voqyea va hodisalarga nisbatan anglangan va qat’iylashgan munosabatlar tizimidagi umumiylik va o’xshashlikni shakllantirish, tolerantlikni oilaviy munosabatlar tizimida refleksiv tarzda namoyon bo’lishi asoslarini yaratish. Oiladagi refleksiv munosabat biror voqyea yoki hodisaga nisbatan oilada muqim shakllantirilgan xulq-atvor va axloq normalarida o’zini namoyon qiladi. Masalan, oilada kichiklarni hafa qilmaslik, ularga nisbatan kuch ishlatmaslik barchaning axloqiy normasiga aylangan. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oila a’zolarining boshqalarga nisbatan munosabatini axloqiy normalar asosida tashkil qilish, o’z xatti-harakatlarini talab etilgan axloqiy normalar bilan solishtira olish, o’z kamchiliklariga o’zini iqror qila bilish, o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, o’zining o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlari natijalarini prognoz, ya’ni bashorat qila olish, turli shart-sharoitlarda tegishli axloqiy normalar va to’g’ri xatti-harakatlarni amalga oshirishga o’zini o’rgatish va boshqa oila a’zolarini ham nazorat qila olish, oila a’zolariga tang vaziyatlarda yordamga kela olish, o’zgalarga yordamni o’zining mas’uliyatidagi vazifa tub anglash, o’zaro oilaviy muloqotni axloqiy norma sifatida qabul qilish.

  5. Tolerant muhitni qurish tamoyili. Oilada tolerant muhitni qurish tamoyili oila a’zolarining barchasidan mana shu pedagogik jarayonga tayyorlik va uni shakllantirilishida faollik ko’rsatishni anglatadi. Tolerant muhit o’z-o’zidan bunyod bo’lmaydi, uni shakllantirish uchun sayi-harakatlar, bilim olish, bilim va malakalarga rioya etish, o’z ustidan nazorat, hammaga yordamga tayyorlik, hamjihatlikka rioya etish kabi o’nlab xususiyatlar talab etiladi. Bu jarayon odamdan ijodiylik va bag’rikenglikni talab etadi. Bu tamoyilni amalga oshirish shart va sharoitlari quyidagilardan iborat: oilada umumiy munosabatlarda hammaning huquqi teng ravishda amal qiladigan ma’lum tartiblar va qonuniyatlarning o’rnatilishi, o’z o’zini ko’rsatish uchun imkoniyatlarning to’la yaratilganligi, ijodiylikka bo’lgan pozitiv munosabat, birovlarning istak va xohishlariga e’tibor, oila a’zolarining bir tomondan mas’ulligi, ikkinchi tomondan esa, umumiy tartiblarga bo’ysunishi.

Oilaning ichki muhitida shakllantirilgan munosabatlar qarindosh-urug’lar muhitida ilk tajriba va sinov jarayonidan o’tadi. Agar oilaning qarindosh va urug’lari o’rtasidagi qadriyatlar tizimi belgilangan oila qadriyatlari bilan mos kelsa, bola tafakkurida shakllantirilgan g’oyalar mustahkamlanadi. Agar qarindosh-urug’lar o’rtasidagi qadriyatlar tizimi boshqacharoq bo’lsa, boladagi tanqidiy munosabat orqali haqiqatning oydinlashtirilishiga erishiladi. Mana shunday bosqichma-bosqich tashkil qilingan holatda oilada bolalarning tolerantlik tafakkuri mustahkamlanadi. Oilada bolalarning tolerantlik tafakkurini eng oliy darajada shakllanishiga ko’mak beruvchi tizim ta’lim tizimi hisoblanadi. Shu bois, tolerantlikni shakllantirishda oila va ta’lim tizimi hamkorligi talab etiladi. Oilada olingan birlamchi tolerantlik qadriyatlari, ta’lim tizimi tomonidan mustahkamlangan va yangitdan shakllantirilgan intellektual bagaj bilan birlashib, bolani jamiyatda tolerantlik asosida hayot kechirishini ta’minlab beradi. Ko’rsatilgan xususiyatlarning barchasi oilada o’smir yoshli bolalarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning pedagogik mazmuni bilan aloqador bo’lib, ular pedagogik jarayon xususiyatlarini belgilab beradi. Oilada dars berish orqali bolani tarbiyalab bo’lmaydi. Oilada bolaning emosional, axloqiy va intellektual tarbiyasi shaxsiy ibrat, aytilgan so’z, shaxsiy munosabat, shaxsiy fikr, amaliy ish, hamkorlikda bajarilgan mehnat, hamkorlikdagi muloqot va baxs, munozara, birgalikda qilingan muhokama, turli oilaviy tadbirlarni uyushtirish jarayoni, o’zaro ko’mak sharoiti, birovni anglash tajribasi v.b. lar orqali shakllantiriladi. Shu bois, oilaviy tarbiya faoliyatida hayotiylik juda muhim o’rin tutadi. Muloqot ham, muhokama ham, munozara ham, anglash ham, tushunish ham hayotiylik asosiga quriladi. Bunda ota va onaning nechog’li o’z farzandi bilan keng va chuqur munosabatlarga kirisha olishi, samimiyligi, o’rtoqlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ota-onaning bolaga nisbatan amaldagi tolerant munosabati bolaning ota-onasiga qaratilgan, so’ng boshqalar va butun jamiyatga qaratilgan tolerant munosabatining asosi hisoblanadi. Asli ota va ona tolerant bo’lmasa, bolada asl mazmundagi tolerantlikni shakllantirib bo’lmaydi. Demak, oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish shart-sharoitlari: - hamkorlikdagi intellektual faoliyat; - hamkorlikdagi emosional faoliyat; - hamkorlikdagi mehnat faoliyati; -hamkorlikdagi muloqot faoliyati; - hamkorlikdagi anglash faoliyati; -hamkorlikdagi baholash faoliyatlarini o’z mazmuniga mujassam qiladi.

Ota-ona, oiladagi bosh pedagog vazifasini bajaruvchi sifatida, o’zi tolerant bo’lishi lozim hamda uning tolerantligi na faqat o’z farzandlariga nisbatan, balki yaqinlari, qarindoshlari, do’stlari, qo’shnilari, hamkasblari, va barcha atrofidagi odamlarga nistaban qaratilmog’i darkor. Chunki agar ota-ona tolerantlikni tanlagan holda ba’zilarga nisbatan qo’llasalar, o’z bolalarida ham ba’zilarga nisbatan tolerantlik tamoyillarini qo’llash, ba’zilarga nisbatan esa uni ishlatmaslik malakalari shakllanadi. Shu bois, ota-ona tolerantlikni shakllantirish jarayoniga kirar ekan, o’zi tolerant bo’lmog’i, o’zi buyruqlar asosida o’z farzandi bilan gaplashishdan bosh tortmog’i, o’zi bolaning barcha ishlariga, yutuqlariga ham, xatolariga ham tolerant munosabat bildirmog’i darkor bo’ladi.

Oilada tolerantlikni tarbiyalashning muhim bo’lgan xususiyatlaridan biri shundaki, u ko’proq shaxsiy ibrat va shaxsiy munosabat asosida shakllantiriladi. Oiladagi tolerantlik ko’proq xissiy-emosional hamda axloqiy-amaliy ko’rinishlarda bolalar tafakkuriga yetkaziladi. Turli vaziyatlaring tahlili, turli vaziyatlarda tomonlarning o’zini tutishini tahlil qilish, ularga nisbatan ochiq va teng, haqqoniy baholanish tartibini ishlatish, vaziyatni o’ziga yaqin odam manfaati uchun buzib, yoki bo’yab ko’rsatmaslik, vaziyatlar va holatlarga nisbatan neytral munosabat uning shakllantirilishini ta’minlovchi omillar hisoblanadi. Tolerantlikni shakllantirishning pedagogik mazmuni, birinchidan, pedagogik tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tomonlar xarakteristikasini, pedagogik jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, pedagogik jarayonda shakllantirilishi lozim bo’lgan fazilatlar majmuasini, pedagogik jarayonda ishlatilishi lozim bo’lgan pedagogik usul va vositalarni, shuningdek pedagogik jarayonni boshqarayotgan pedagog, bizning holatimizda, ota-onaning pedagogik mahorati masalalarini o’z ichiga qamrab oladi (rasm 3).

O’zbekistonda oilada tolerantlikni shakllantirishning yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqot doirasida aniqlanishicha, o’zbek oilalaridagi ota-onalarning o’zida tolerantlik tushunchasi, uning mazmuni, uni amalda qo’llash tartiblari borasidagi bilimlar shakllantirilmaganligi, yoki ularning sust holda ekanligidir. Shu bilan birga, ota-onalarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan tizimning mavjud emasligi ham tolerantlikni zamonaviy avlodlar uchun zarur insoniy qadriyatlaridan biri sifatida shakllantirilishini qiyinlashtiradi.

Tadqiqotda oilada yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning yosh nuqtai nazaridan differensiasiyasi quyidagicha belgilandi:


  1. Yüklə 164,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə