Mundarija


ROSSI A IMPERIYASINING TURKISTON o`LKASIDAGI AGRAR SIYOSATI AGRAR ISLOHOTLARNING OTKAZILISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə14/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36

16. ROSSI A IMPERIYASINING TURKISTON o`LKASIDAGI AGRAR SIYOSATI AGRAR ISLOHOTLARNING OTKAZILISHI


O`rta Osiyoda agrar siyosati borasida muayyan, aniq ishlab chiqilgan siyosati bo`lmagan. Ba'zida yerdan foydalanishdagi mayda o`zgarishlar, yerga oid ikkinchi darajali munosabatlar to`g`risida nizomlar, farmonlar paydo bo`lib qolar, ammo 1886-yilga qadar aniq rejali ishlar amalga oshirilmagan edi.

Mustamlaka hukumati Turkiston o`lkasida agrar islohot o`tkazish borasida shoshilinch choralar ko`ra boshladi. Sharqda agrar masala asosiy masala bo`lib, u faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy emas, balki siyosiy masala ham edi. Yerning kimga tegishli ekanligi, mulkdorlik shakllari davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilab berardi. 1886-yilgi "Nizom"da Turkiston o`lkasining yer tuzilishi" degan maxsus bo`limi bo`lib, o`lkadagi yer xo`jalik munosabatlarni tamomila o`zgartirib yubordi. 255-moddaga ko`ra, Turkiston o`lkasi yerlari, o`rmonlar va yer osti qazilmalari ham davlat mulki deb e'lon qilindi, demak, ular Rossiya mulkiga aylandi. Bulardan foydalanish esa imperiyaning umumiy qonunlari bilan belgilab qo`yildi. Shunday qilib, bitta farmoyish bilan mahalliy aholi o`z yeriga nisbatan o`zining azaliy tarixiy huquqlaridan mahrum bo`lib qoldi.

Bu "Nizom" o`rta Osiyoning ko`chmanchi aholisi yashaydigan tumanlarida ko`chkindichilik zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan edi.

Nizomning mulk va vaqf yerlariga taalluqli moddalari Rossiya davlatining` zamindor zodagonlari hamda Rossiya hokimiyatining Turkiston o`lkasidagi asosiy siyosiy raqibi bo`lmish oliy va o`rta tabaqa ruhoniylarni butunlay yo`qotish niyatini ifoda etar edi. Yirik yer egaligi bekor qilindi. Yangi yer mulkdorlari yerdan foydalanganlik uchun oldingi to`lov o`rnida davlat xazinasiga umumiy davlat solig`ini to`lashlari lozim edi. Yirik zamindorlar asosiy daromad manbaidan — o`nlab asrlar davomida egalik qilib kelgan yerlardan mahrum etildi. Yirik zamindorlar yo halok bo`lishga yoki yangi hokimiyatga xizmat va xushomad qilishga majbur edi.

Xuddi shunday zarba ruhoniylarga ham berildi. Vaqf yerlari ularda yashab turgan kishilarga tegdi. Bu esa amalda diniy muassasalar bu yerlarni tasarruf etolmay qolishini anglatar edi. Ruhoniylar endi soliqlarning atigi bir qismini olishar, qolgani esa davlat xazinasiga borib tushardi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilar edi. Xususiy vaqfni tashkil etgan yerlar, ya'ni masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo`lgan yerlar, xuddi amlok yerlari singari davlat solig`iga tortiladigan bo`ldi.

Musulmon huquqining ko`p asrlik ustunlarini barbod etgan hamda vaqf munosabatlaridagi odatlar va an'analarni tugatib tashlagan yana bir modda bor edi. Unda aytilishicha, vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlari to`g`ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga, ya'ni podsho hokimiyatiga o`tkazilgan edi.

Vaqf mulkidan olingan daromadlar masjid binosini ta'mirlashga, maktablar, madrasalar va masjid ruhoniylarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, masjidda ibodatbop vaziyatni saqlashga, gilamlar va joynamozlar, diniy kitoblar xarid qilishga, ilohiyotshunos olimlarni taklif etishga va boshqa ko`plab tadbirlarga sarflanar edi. Vaqfni tasarruf etish huquqi rossiyalik viloyat boshlig`iga o`tishi oqibatida masjidlar va maktablar binolari ta'mirlanmay, yaroqsiz holga kelib qoldi. o`rta Osiyo shaharlarining ko`rki, arxitektura iftixori hisoblangan qator islomiy imoratlar nochor ahvolga tushib qoldi.

Rossiyaning O`rta Osiyoda rus aholisini ko`chirish siyosati va uning natijalari


Rossiya imperiyasi hukumati xuddi Samara yoki Orenburg guberniyalari singari o`zining ajralmas bir qismiga aylanishi shart bo`lgan "Yangi Turkiston"ning ulkan loyihasini rejalashtirgan edi. Shuning uchun ham 1886-yildagi "Nizom"da rus manzilgohlari qurishga alohida e'tibor qaratilgandi. 295-moddada aytilishicha, hukumat tasarrufida qolayotgan bo`sh turgan davlat yerlariga "ularga rus aholisini joylashtirishda muhim ahamiyatga" ega bo`lgan. o`lkaning ular kelib joylashishi mumkin bo`lgan joylarini belgilab berish esa general-gubernator ixtiyorida qoldirilgan edi.

"Nizom"da Turkiston o`lkasiga ko`chib kelishi uchun faqat Rossiyaning nasroniy diniga mansub qishloq aholisiga ruxsat berilishi alohida ta'kidlangan edi. Ko`chib kelgan aholi 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, yana 5 yil davomida soliqlarning yarmini to`lagan. Rossiyadan ko`chib kelganlar qishloq aholisi bo`lib, ular 100 oiladan qilib joylashtirilar va ma'muriyat shu yerda maktablar va cherkovlar qurishga mablag` ajratar edi.

Turkiston harbiy okrugining zaxiraga bo`shatilgan yoki isteToga chiqqan askarlari Turkiston o`lkasida yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin edi. Uy qurish uchun ularga 100 rubl miqdorida nafaqa berilar edi.

Ana shu imtiyozlar va imkoniyatlar Rossiyadan dehqonlarning ulkan oqimi kelishiga sabab bo`ldi. Kelganlar hammasi sug`orma maydonlardan yer olishni istardi. o`lkada yerga ehtiyoj keskin ortib ketdi. Mahalliy aholining yerlarini egallab olib, ularni o`z jonajon yerlaridan siqib chiqara boshlashdi.

1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi tashkil etilgan edi. 1875—1890-yillarda 19 ta qishloqni tashkil etgan 13 ming oila Turkiston o`lkasiga ko`chib kelib, o`rnashdi. Faqat 1891—1892-yillardagina ko`chib kelganlarning 25 ta manzilgohi vujudga keldi.

Bundan tashqari, 300 ming rus xo`jaliklari tuzishga mo`ljallangan sug`orma maydoni 3 million desyatinaga teng sug`orma yerlarni mustamlakaga aylantirish to`g`risida dastur ham rejalashtirilgan edi. 500—600 desyatina yerga ega yirik xo`jaliklar tuzildi. Endi ayrim ko`chib kelgan shaxslar emas, balki yirik korxonalar ham daromad olish maqsadida o`lkadan yerlarni sotib ola boshladi. Yer uchun asoratga soluvchi ijara shartlari joriy etilib, paxtaga pasaytirilgan va oziq-ovqatga oshirilgan narxlar belgilandi. Bularning bari mahalliy aholi turmushida og`ir asorat qoldirdi va norozilik tuyg`ularini uyg`otdi.

Rossiya imperiyasining ko`chirib keltirish siyosati Turkiston o`lkasidagi mustamlaka tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi.

Yakunlarni chiqaramiz

-chorizmning aniq agrar siyosati yo`q edi;

-1886-yildan yer Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi;

-yirik yer egaligi bekor qilindi;

-yerning yangi egalari umumiy davlat solig`i to`lay boshladi;

-vaqf mulki davlat nazoratida edi;

-1886-yildan boshlab ko`chirib keltirish siyosati o`tkazildi: 1) rossiyalik ko`chkindi shaxslarga imtiyozlar berildi; 2) Rossiya korxonalari tomonidan yerlar sotib olindi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə