Mundarija



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə6/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36

Toshkent uchun janglar


Rus podshosi Aleksandr II 1859-yilda Qo`qon xonligini bosib olishni davom ettirishi to`g`risida qaror qabul qilgach, Qo`qon xonligiga faollik bilan hujum qilish boshlandi. Shu munosabat bilan birinchi navbatda Qo`qon xonligi tarkibiga kiruvchi Toshkentni bosib oiish zarur edi. Qo`qon xonligining sobiq qal'asi Oqmachit Toshkentga uyushtiriladigan hujumda tayanch nuqtaga aylandi. Perovskiy 1852-yildayoq bu qal’ani bosib olishga urinib, mag`lubiyatga uchragan edi. U hujum rejasini puxta ishlab, 1853-yilda Oqmachitni egallashga ikkinchi marta urindi. 400 kishidan iborat qal'a garnizoni 3 mingdan ziyod kishidan iborat muntazam armiya qo`shinlariga 20 kun davomida mardonavor qarshilik ko`rsatdi. Barcha mudofaachilar halok bo`lishgach yoki yaralanganlaridan so`nggina qal'ani bosib olishga erishildi. Shundan so`ng Oqmachit qal'asi nomi Perovskiy forti deb nomlandi.

XIX asr o`rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklandi. Uning 12 darvozasi — Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag`bon, Chig`atoy, Ko`kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog`och, Qo`ymas, Qo`qon, Qashqar darvozalar bor edi. Barcha darvozalar Qo`qon soqchilari tomonidan qo`riqlanar, kun botishi bilan yopilardi. Har bir darvoza yonida zakotchilar turib, shaharga kiruvchilarni ham, undan chiquvchilarni ham ro`yxatga olib, ulardan bojxona solig`i (zakot) undirishardi. Devor tashqarisidan suv to`ldirilgan xandaq bilan o`ralgan bo`lib, unga suv Chirchiq daryosidan ajralgan Kaykovuz kanali orqali kelardi. Shahar ichida



Qo`qon o`rdasi qal'asi joylashgandi. Shahar-to`rt dahaga — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo`linardi. Har bir dahani oqsoqol boshqarardi. XIX asr o`rtalarida shaharda 150 mingdan 200 ming nafargacha aholi istiqomat qilar va u o`rta Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri hisoblanar edi.

1864-yilda N.Veryovkin bilan M.Chernyayevning umumiy soni uch mingdan ziyod bo`lgan ikki qo`shini, biri Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahridan Toshkentni zabt etish uchun yo`lga tushdi. Qo`qon garnizonlari mudofaachilarining sabot bilan ko`rsatgan qarshiligiga qaramay, podsho qo`shinlari Sirdaryo bo`ylab janub tomon shiddat bilan siljib keldi. Yirikroq otryad boshida turgan M.Chernyayev 1864-yil 4-iyunda Verniydan Toshkentga kelish yo`lida Talas daryosining so'l sohilida joylashgan istehkom — Avliyoota (Jambul)ni bosib oldi. Yurish boshlangandan so`ng ikki hafta o`tgach, N.Veryovkin otryadi Qo`qon xonligiga qarashli Turkiston shahri va qal'asiga yetib keldi. Shahar uchun jang uch kun davom etdi va 12-iyulda bosib olindi. Biroq Veryovkin 20 kilometrli qal'a devori bilan o`rab olingan, aholi zich joylashgan Toshkent ustiga yurishga yuragi betlamay, bosib olingan hududlarda hokimiyatni mustahkamlash bilan shug`ullana boshladi.

1864-yil yozida Turkiston shahri, kuzida esa Chimkent shahri egallandi. Chimkent bosib olinishi bilan podsho qo`shinlarida Yangi Qo`qon chizig`i nomi ostida qal'alar yagona chizig`ini yaratish imkoniyati paydo bo`lib, ungageneral Chernyayev boshchilik qildi. Shunday qilib, mustahkamlangan chiziqlaryaxlit zanjiri yaratildi. Raim qaFasidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkomchizig`i, Semipalatinskdan Verniy shahrigacha Sibir istehkom chizig`i vujudgakeltirildi. Yangi Qo`qon chizig`i Rossiyaning o`rta Osiyo davlatlari bilan che-garasidagi qal'alar zanjirini biriktirdi. 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidanchiqolmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatga tushdi. Shahar uzoq vaqtto`pdan o`qqa tutilgach, M.Chernyayev askarlarigahujumga o`tishni buyurdi. Biroq shahar himoyachilariqattiq qarshilik ko`rsatishdi.70 nafardan ziyod askar-larini yo`qotgan Chernyayev Chimkent tomon chekinishto`g`risida buyruq berishgamajbur bo`ldi. Mag`lubiyatga uchraga-niga qaramay, Chernyayev yana Toshkentni bosib olishga tayyorlana boshladi. Bu paytda, 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.

Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. Toshkentni bosib olishga bo`lgan birinchi urinishdagi mag`lubiyatidan xulosa chiqargan M.Chernyayev butun qish davomida jangga tayyorgarlik ko`rdi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan M.Chernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.

1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.

Asosiy jang Kamolon darvozadan Xadradagi markaziy bozorga olib boradigan ko`chada boshlanib ketdi. Bu yerda podsho qo`shinlari to`rtta to`p himoyasida turgan barrikadalardan o`ta olishmadi. Shunda Chernyayev, shahar himoyachilari ruhini sindirish maqsadida, qo`shinning bir qismiga shahar qal'asini va xon saroyini egallashni buyurdi. Qal'a tez orada egallandi, bu yerdan turib shaharning yaqin atrofida joylashgan binolar to`pga tutila boshlandi. Biroq qal'a himoyachilari uni tashqaridan o`rab olib, o`t qo`yishdi, natijada podsho qo`shinlari jon saqlash uchun qal'ani va to`plarni tashlab, qochib qolishdi.

Otishma tun bo`yi davom etdi. Shahar taslim bo`lmadi. Chernyayev Kamolon darvoza tomon chekinish haqida buyruq berdi. Qo`shin parokanda bo`ldi, o`q-dori tugadi. Ertalab jang yangidan boshlandi. Hujum qiluvchilar yana o`q yog`dirib kutib olindi, biroq shahar himoyachilarining sillasi qurigandi. Shahar yarim xarobaga aylandi, hamma joyda xonadonlar o`t ichida qolgandi. Suv to`sib qo`yilgani sababli ariqlarda suv oqmas va o`tni o`chirib bo`lmasdi. Toshkent osmonini qora tutun qoplagandi. Halok bo`lganlarni dafn etadigan kishi topilmasdi. Bundan buyog`iga kurash olib borishdan naf yo`q, aksincha, qurbonlar yanada ko`payishi mumkin edi.

1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi.



Yakunlarni chiqaramiz

o`rta Osiyoga harbiy yurishlarning boshlanishi (Bekovich-Cherkasskiy);

1864-yil 1-oktabr — Rossiya imperiyasi qo`shinlari Toshkentni bosib olishga urindilar;

1865-yil — Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil topdi;

1865-yil 8-may — Toshkentga hujum qilindi. Olimqulixon vafot etdi;

1847— 1864-yillar — bosqinchilik urushining I bosqichi tugadi;

1865-yil 17-iyun - Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə