Mundarija


-§. O`RTA OSIYOGA BOSQINCHILIK YURISHLARINING DAVOM ETTIRILISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36

8-§. O`RTA OSIYOGA BOSQINCHILIK YURISHLARINING DAVOM ETTIRILISHI

Buxoro amirligining bosib olishining boshlanishi


Toshkentning egallanishi O`rta Osiyoga yangi bosqinchilik yurishlarini uyushtirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Asosiy vazifa Buxoro amirligi va Qo`qon xonligi orasiga Rossiya imperiyasi nazorati ostida bo`lgan hududni suqib, ularni bir-biridan ajratib qo`yish edi. M.Chernyayev Sankt-Peterburgga chaqirib olindi, uning o`rniga general Romanovskiy keldi. Yangi qo`mondon Buxoro amiri Muzaffar Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganini xabar qildi. U hujum harakatlarinidavom ettirish taklifini kiritdi va rozilik olgach, Sirdaryoning yuqori oqimidajoylashgan hududlarni bosib olishni boshlab yubordi. Birinchi jang 1866-yil 18-mayda Erjar shahri yaqinidabo`lib o`tdi. Yomon qurollangan,artilleriyasi bo`lmagan amir qo'-shinlari mag`lubiyatga uchradi vabutun Sirdaryo mintaqasini taqdir hukmiga tashlab, chekindi. General Romanovskiy Buxoro qo`shinini ta'qib qilishni to`xtatib,Qo`qon bilan Buxoro o`rtasida joylashgan va ularning asosiy ittifoqchisi bo`lgan Xo`jand tomonyo'1 oldi. Xo`janddan Toshkent, Qo`-qon, Balx va Buxoroga to`g`ri yo'1bor edi.

1866-yil 17-mayda Xo`jand qaPasi qamal qilindi va jang boshlanib ketdi. Shahar kun bo`yi 20 ta to`pdan o`qqa tutildi, tongda podsho qo`shinlari hujumga o`tdilar. Hujum qaytarildi, shundan so`ng shahar qayta o`qqa tutildi va bu hol ikki kun davom etdi. So`ng podsho qo`shinlari Xo`jandga yana hujum qildilar va yana qattiq qarshilikka duch keldilar. Shahar himoyachilari har bir uy, har bir metr yer va har bir devor uchun kurashdilar, barrikadalar qilib, ularning ortiga to`plarni joylashtirar edilar. o`qchilar har bir uydan turib, podsho qo`shinlarini o`qqa tutdilar. Biroq 1866-yil 24-mayda tunga borib, Xo`jand himoyachilarining qarshiligi sindirildi va o`q ovozi tindi. Ko`chalarda 2500 dan ziyod kishining jasadi qoldi. Ikkinchi tomon qancha talafot ko`rgani haqida manbalarda aniq ma'lumotlar yo`q.


O`ratepa va Jizzax uchun janglar


Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy o`sha paytda o`ziga tobe' bo`lgan general Romanovskiydan zudlik bilan Qo`qon xonligini egallashni talab qildi. Krijanovskiy unga Qo`qonga nisbatan "kalandimog`lik" bilan muomala qilishni, Xudoyorxonga hozirgiahvoliga ko`ra Rossiyaning vassalibo`lishi kerakligini anglatgan holdakamsitishni tavsiya qildi. "Bashar-ti o`pkalab, bizga qarshi harakatqilsa, nur ustiga a'lo nur, bu holuni bir yoqli qilishga bahona bo`la-di", — dedi. Tinch muzokaralar yokimasalani hal qilishning boshqachayo`llari haqida gap ham yo`q edi. Podsho ma'muriyati kuch ishlatib, hukmronlikni to`liq o`rnatishni talab etardi.

Shunday qilib, Qo`qon xonligining taqdiri 1866-yildayoq hal etilgandi. Xo`jandda Qo`qonga hujum qilish uchun qo`shin allaqachon jamlangan edi. General Krijanovskiy hujumga rahbarlik qilish uchun Xo`jandga keldi. Buxoro amirining elchisi nizom masalalarni hal qilish va sulh shartnomasini imzolash uchun u bilan uchrashdi. Krijanovskiy aslo yon bermay, undan 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon (kontributsiya) to`lashni talab qildi. Belgilangan muddat o`tgach, podsho Rossiyasi qo`shinlari Buxoro amirligi hududiga qadam qo`ydi.

Kuzda 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 to`p va 600 aravadan iborat karvon (oboz) va 800 tuyadan iborat harbiy otryad O`ratepa tomon yo'l oldi. Qo`qonga hujum qilish uchun mo`ljallangan qo`shin ham shu tomonga qarab siljidi. Krijanovskiy Buxoro amiri uning talabini bajarmaganini bahona qilib, shu ishga buyruq berdi.

1866-yil kuzida general Romanovskiyning harbiy-transport karvoni o`ratepaga yetib bordi va darhol hujum qilishga hozirlik ko`ra boshladi. Shahar uch kungacha jadal to`pga tutildi. Tongda qo`shinlar jang boshladilar. Ular qattiq qarshilikka duch kelishdi. Shaharning barcha aholisi mardlik va qafiyat ko`rsatib, uni himoya qildi. Biroq kuch teng emasdi. Podsho qo`shinlari shaharni to`pga tutib, uni egalladilar. Shaharga hujum qilish chog`ida 2 ming nafardan ziyod aholi halok bo`ldi, podsho qo`shinlari ham katta talafot ko`rdi, o`ratepa bosib olindi.

Podsho qo`shinlari o`ratepani qo`lga kiritgach, Jizzax tomon yo`lga tushdilar va 12-oktabrda shahar uchun jang boshlandi. Podsho qo`shinlari yonayotgan vayronalar uzra o`tishga majbur bo`lishdi. Na garnizonga, na aholiga tin olishga bermay, to`p tun-u kun tinmay otardi. Shahar devori ilma-teshik qilib tashlandi. Jizzax ikki kecha-kunduz davomida qo`ldan qo`lga o`tib, 1866-yil 18-oktabrda podsho qo`shinlari tomonidan egallandi.

Hujum vaqtida har ikki tomondan 6 mingdan ziyod kishi halok bo`ldi. Jizzax himoyachilariga yordamga kelgan Buxoro sarbozlari bir kunga kechikishdi. Jizzax taqdiridan xabar topgach, ortga qaytib ketishdi.

1866-yil harbiy kampaniyasi Jizzaxni egallash bilan tugadi. Podsho armiyasi katta talafot ko`rdi. Jizzaxda 3 ming askar, 300 kazak va 12 to`pdan iborat otryad qoldirildi. 1864—1866-yillarda bosib olingan hududlarda Sirdaryo viloyati tuzildi.

Turkiston general-gubernatorining tashkil etilishi


Toshkentni bosib olishdagi qiyinchiliklar Aleksandr II ning o`rta Osiyoni bosib olish siyosatidan to`xtata olmadi. Uning buyrug`iga ko`ra armiya janub tomon bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Bosqinchilik siyosatini davom ettirishdan awal chor ma'muriyati o`zining yangi hududlarini hujjat asosida rasmiylashtirish haqida qaror qabul qildi. 1867-yilda bosib olingan hududda markazi Toshkent bo`lgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.

Rossiya Kaspiy dengizi sohillariga, Afg`oniston, Xitoy, Eron bilan chegaralarga yo`lak ochdi va Hindistonga yaqinlashib qoldi. General-gubernatorlik bilan bir paytda Turkiston harbiy okrugi hatn tuzildi. 1847-yildan beri bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan hamtna harbiy qismlar uning tarkibiga kirdi. Umumiy chor qo'shinlari askari soni 40 ming nafar edi.

1867-yil 7-noyabr farmoniga ko`ra General-adyutant fon Kaufman K.P. Turkiston o`lkasi general-gubernatori etib tayinlandi. Tayinlanishidan oldin u Rossiyaning o`rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to`g`risida aniq ko`rsatma oldi va 1881-yilgacha bu ko`rsatmalarni amalga oshirdi. Kaufmanga cheklanmagan huquq berilgan bo`lib, u o`z harakatlarini hech kim bilan kelishmay amalga oshirishi mumkin edi.

Yakunlarni chiqaramiz

-Toshkent bosib olinganidan keyin Rossiya imperiyasining bosh vazifasi — Buxoro amirligi va Qo`qon xonligini bir-biridan ajratib tashlash edi;

-1866-yil 8-may — Buxoro amiri qo`shinlari Erjar yaqinida tor-mor etildi;

-1866-yil 24-may — Xo`jand Rossiya imperiyasi tomonidan ishg`ol etildi;

-1866-yil 18-oktabr — Jizzax shahri bosib olindi;

-1867-yil – Turkiston general-gubernatorligi hamda Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi.

-General Chernyayevning Toshkentdagi uyi.1867-yil


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə