Mundarija


-10-§. BUXORO AMIRLIGINING BOSIB OLINISHI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə8/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36

9-10-§. BUXORO AMIRLIGINING BOSIB OLINISHI

Samarqand uchun jang


General Kaufman o`rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo`lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning harbiy kuchi Qo`qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar tufayli zaiflashgan edi. Kaufman Turkiston general-gubernatorligi bilan Buxoro amirligi chegaralarini puxta o`rganib chiqib, amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o`zgartirilgan yangi variantini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Shunda Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bosib kirishga tayyorgarlik ko`rishda ayblab, 4 mingdan ziyod askardan iborat harbiy otryad to`pladi va 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi, biroq uning amir Muzaffar qo`shinini Samarqandga to`plagan, deb qilgan taxmini tasdiqlanmadi.

Buxoro qo`shinlari Cho`ponota tepaligida yaxshi o`rnashib olgan edi. Samarqandga olib boruvchi uchala yo'1 ham, shuningdek, Zarafshon kechuvi ham buxoroliklar tomonidan to`pga tutildi. 1868-yil 1 -mayda Kaufman tepalikka hujum qilishni buyurdi. Podsho armiyasi askarlarini Buxoro sarbozlari miltiq va to`pdan tinmay o`qqa tutib turganiga qaramay, Zarafshon irmog`idan ko`krak qadar suv kechib, Cho`ponota tepaligiga jadal ko`tarila boshlashdi. Ular shunchalik jadal qamrab kelardiki, sarbozlar chekinishga majbur bo`ldilar. Buxoro qo`shinining ilg`or jangovar qismi tor-mor qilindi.

Keyingi kun Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bo`lib o`tdi. Qanchalik qarshilik ko`rsatmasin, Buxoro amiri qo`shini mag`lubiyatga uchradi. 2-may kuni podsho qo`shinlari Samarqandga jangsiz kirib kelishdi. Kaufman Samarqand bekligini berish, "harbiy xarajatlarni" to`lash va 1865-yildan buyon Turkiston o`lkasida qo`lga kiritilgan barcha narsani Rossiyaniki deb e'tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yo`lladi, biroq javob ololmadi.

General Kaufman nazardan qochirgan kuch mavjud bo`lib, bu — xalq qarshiligi edi. Samarqand yaqinidagi Urgut shahrida xalq lashkari to`plana boshladi. Kaufman polkovnik Abramovni Urgut aholisi huzuriga taslim bo`lish taklifi bilan jo`natdi. Himoyachilar unga javoban miltiqlardan o`qqa tutish bilan javob berdilar. Hujum boshlanib, podsho qo`shinlari otryadlaridan biri shaharga yorib kirishga muvaffaq bo`ldi. Shahar ko`chalari va bog`larida jang boshlanib ketdi. Himoyachilar qattiq qarshilik ko`rsatishar, ko`pincha o`zlari hujumga o`tib, kutilmaganda hujumchilarning orqasida paydo bo`lib qolishardi. Yo`llarda har 120—150 qadamda uyumlar bo`lib, shahar himoyachilari ularning ortiga yashirinishardi. Urgutda podsho qo`shinlari artilleriyasi hal qiluvchi rol o`ynadi, kartech otib, shahar himoyachilariga katta talafot yetkazdi. Kuchlar jihatdan noteng bo`lgan jang kunduzi soat uchda tugadi. Podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi shahar qal'asini egalladi va qarshilik to`xtatildi. Urgut himoyachilari mag`lub bo`lishdi, so`ng Kattaqo`rg`on shahri egallandi. Bu paytda aholining Samarqandni ozod etish uchun kurashiga Kitob hokimi Bobobek va Shahrisabz hokimi Jo`rabek boshchilik qilishdi. Ular podsho qo`shinlari uchun kutilmagan bir vaqtda kelib qolishdi. 1868-yil 2-iyunda xalq lashkari otryadlari shaharga kirishdi va samarqandlik qo`zg`alonchilar bilan birgalikda podsho qo`shinlari garnizoni joylashib olgan shahar qaFasiga hujum qilishdi. QaPada qamalda qolganlar yordam so`rab, Kaufman huzuriga ketmaket chopar jo`natishdi. Jami 20 askar jo`natildi, biroq ulardan atigi bir nafari Kaufman huzuriga yetib bordi. Chopar: "Bizni o`rab olishgan, uzluksiz hujum qilishmoqda, talafot ko`p, ko`mak kerak...", deb yozilgan maktub keltirdi. Xabar 6-iyun kuni kechqurun olindi va otryad yordam berish uchun zudlik bilan yo`lga tushdi. Qo`zg`alon qilayotgan xalq qal'ani egallashga urinib, 4-iyundan 7-iyungacha kuniga bir necha martadan hujum qilardi. Ikki tomondan ko`plab talafot berilayotganiga qaramay, otishma to`xtamasdi. Tunda nisbatan sukunat bo`lardi. 8-iyunda qal'a garnizonini qutqarish uchun Kaufman yetib keldi. Yaxshi jangovar ta'lim olgan muntazam qo`shinlar qo`zg`alonchilar hujumini qaytardi. Qo`shinning qolgan qismi Samarqanddagi podsho qo`shinlari garnizoniga yordamga kelgan general Kaufman qo`mondonligi ostidagi qo`shinlar tomonidan Zirabuloq do`nglildarida tor-mor qilindi. Birlashgan qo`shinlar Samarqandni tark etib, toqqa chiqib ketishdi yoki atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketishdi. Shaharga yana podsho qo`shinlari kirib kelishdi.


Buxoro amirligi ustidan protektorat


1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo`rg`on bo`limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. General-mayor unvoni berilgan A.K.Abramov okrug boshlig`i va harbiy xalq ma'muriyati rahbari etib tayinlandi. General-gubernator K.Kaufman uning ixtiyorida 4 ta piyoda batalyonini qoldirib, qolgan qo`shin bilan Toshkent tomon yo'1 oldi.

Amir Muzaffar mag`lubiyatni tan olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o`rtasidagi yangi chegaralar to`g`risidagi Kaufman tomonidan taklif etilgan shartnomani imzolashga majbur bo`ldi. Podsho Rossiyasi bosqinchilik siyosatining ikkinchi bosqichi yakunlandi. 1868-yil 28-iyunda general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko`ra, amir urush boshlashda o`zini aybdor deb tan olib, "abadiy do`stlik" nishonasi sifatida podsho qo`shinlarining harbiy xarajatlarini qoplash uchun 500 ming rubl to`lash majburiyatini oldi. Shartnomaga muvofiq, podsho tomonidanbosib olingan Chinozdan Zirabuloqqachabo`lgan barcha hudud, Xo`jand, o`ratepa,Jizzax, Samarqand, Kattaqo`rg`on shaharlaribilan birga podsho Rossiyasi hududiga qo`shildi.Ular yangi — Zarafshon okrugini tashkil qildi.Qolgan hududlar ustidan amir o`z hokimiyatinisaqlab qoldi, biroq Turkiston general-gubernatorining ko`rsatmalarini bajarishgamajbur edi. Amir Rossiyadan keladigan savdogarlar uchun butun amirlikdaerkin savdo qilish imkoniyatini berish majburiyatini, ularni himoyalash uchunmas'uliyatni o`z zimmasiga oldi. Savdogarlarga davlatning barcha hududlaridasavdo agentliklarini ta'sis etishga ruxsat berdi, ayni mahalda moldan olinadigan boj ularningumumiy qiymatining 2,5 foizdan oshmasligidarkor edi. Rossiya savdogarlari amirlik yeridanboshqa har qanday davlatga erkin o`tish hu-quqini oldi.

Bu mag`lub etilgan davlatni tahqirga, hu-quqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgantalonchilik shartnomasi edi. Uzunligi 877 kmbo`lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasi nazorati ostiga tushib qolayotgan edi. Bu Buxoroning va butun davlatning g`alla koni bo`lgan 12 ming km hududini sug`orib turganasosiy suv yo`li edi. Amir, shuningdek, davlatning ikki yirik shahri — Samarqand va Jizzaxdan keladigan daromaddan ham mahrum bo`lgandi. Bunday yon berish evaziga amir Muzaffar taxtni saqlab qoldi.

Jo`rabek va Bobobek Samarqandni ozod qilish uchun kurashni davom ettirishdi. Ular amir Muzaffar taxtdan ag`darilganini va uning to`ng`ich o`g`li — Abdumalik to`ra amir etib tayinlanganini e'lon qilishdi va dastawal Shahrisabzni, so`ng Qarshi va Karmana shaharlarini egallashdi. General Kaufman qarshilik manbalarini bostirish uchun general-mayor Abramovni jo`natdi. Qarshi shahri yaqinida shafqatsiz jang boshlandi. Jo`rabek va Bobobek asir tushib qolib, Abdumalik to`ra ustun kuchlar zarbasi ostida Shahrisabzga chekindi. U yerdan qolgan qo`shin bilan Afg`onistonga, so`ng Peshovar (Hindiston)ga o`tib icetdi. Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi mustamlakachilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.



Protektorat— zamonaviy siyosiy adabiyotda mustamlaica mamlakatlar qaramligining bir shakli, degan ma'noda ishlatiladi. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki ishlarida birmuncha mustaqilligini saqlab qolsa ham, lekin tashqi siyosat va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat o`rnatgan davlat ixtiyoriga o`tadi.

Kerki qal`asi (Buxoro amirligi)


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə