Mundarija


-yildagi SHARTNOMANING YANGI SHARTI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə9/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36

1873-yildagi SHARTNOMANING YANGI SHARTI


1873-yilda Buxoroda podsho hukumatining Buxoroga o`z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shart bilan to`ldirilgan yangi shartnoma imzolandi. Bu vakilning roziligisiz bironta na ichki, na tashqi siyosiy masala hal etilishi mumkin emasdi. Har kuni erta bilan uning huzuriga qushbegi kelib, yo'1-yo'riq olar, zarur ko`rsatmalarni imzolar va ularni amir huzuriga keltirardi. Amir esa bu hujjatlarni rasman tasdiqlardi, xolos. Rossiyaning taniqli diplomati P.M.Lessar birinchi diplomatik vakil etib tayinlangandi. U ko`plab xalqaro muzokaralarda qatnashgan hamda Sharq tarixining katta bilimdoni edi. Uning xonasi bamisli o`rta Osiyo, Hindiston va Afg`oniston tarixi bo`yicha ingliz, fransuz, nemis va rus tillaridagi kitoblardan tarkib topgan kutubxona edi. Diplomat vakil Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori bo`lib qoldi. Bu yerda istiqomat qiluvchi barcha chet elliklar uning yurisdiksiyasi (sudlov tizimi)ga kirar edi. Kaufrnan shu vaqtdan boshlab amir hokimiyati mavjudligining kafolatiga aylandi.

Vakil Buxorodan 15 km uzoqda Yangi Buxoro (Kogon) shahrida istiqomat qilar edi. Shunday qilib, chorizm Buxoroni o`zining davlatiga to`liq qo`shib olishga intilmadi. Chunki mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali boshqarish ancha qulay edi. Rossiya imperiyasi Buxoro amirini asta-sekin o`z hukmiga bo`ysundirib, o`rta Osiyodagi siyosiy o`yinlarida o`ziga bo`ysunuvchi shaxsga aylantirib bordi.

Rossiya imperiyasi bu yerdagi hukmronligini abadiylashtirish maqsadida o`rta Osiyoni boshqa mamlakatlardan ajratib olishga qaror qildi. Shu maqsadda, 1869-yildan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg`oniston va o`rta Osiyodagi rus yerlari o`rtasidagi chegara o`tkazish to`g`risida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasida chegaralar Amudaryo bo`ylab Panj tumanidan o`tkazilishi kelishib olindi. Chegaraning boshqa, Turkmanistonni Erondan ajratib turuvchi qismi 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada aks ettirildi. Bu chegaralar hozirgacha saqlanib qolgan, Kopetdog` tog`lari davlatlar o`rtasidagi tabiiy chegara bo`lib hisoblanadi. 1885—1887-yildagi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash bo`yicha ingliz-rus komissiyasi Rossiyaning o`rta Osiyodagi (Buxoro) yerlari bilan Afg`oniston o`rtasidagi chegara chizig`ini belgiladilar, 1895-yilda esa Buxoroning Pomirga o`tishi natijasida tortishuvga sabab bo`lgan Pomir masalasi o`z yechimini topdi. Bu chegaralar o`rta Osiyoni tashqi olamdan ajratib turuvchi tosh devorga aylandi.

Yakunlarni chiqaramiz

-1868-yil, aprel — Rossiya imperiyasi qo`shinlarining Buxoroga hujumi boshlandi;

-1868-yil, may — Samarqand, Urgut va Kattaqo`rg`on bosib olindi; Samarqandni ozod qilish uchun Bobobek, Jo`rabeklar boshchiligida xalq qo`zg`aloni boshlandi;

-1868-yil 28-iyun — Zarafshon okrugi tashkil etildi;

1868-yil 28-iyun — Rossiya bilan Buxoro o`rtasida shartnoma tuzildi, Buxoro amirligi ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o`rnatildi;

-Samarqandni ozod qilish uchun Bobobek va Jo`rabeklar boshchiligida xalq kurashi davom etdi;

-bosqinchilik urushining ikkinchi bosqichi yakunlandi;

-1873-yil — Buxoro amiri tomonidan yangi shartnoma imzolandi.


11-§. XIVA XONLIGINING BOSIB OLINISHI

Xiva xonligini bosib olishga tayorgalik


Kaufman o`zining birinchi harbiy kampaniyasidan so`ng besh yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Pyotr I farmoni bilan yurish qilgan Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining katta qismi halokatga uchraganiva Perovskiy qo`shinlarining yomon tayyorgarlikko`rilganligi sababli Xiva xonligi chegaralarigachayetib bormay, qaytib ketishga majbur bo`lgani uning yodida edi. Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik davom etardi, chunki Xiva ustidan nazorat o`rnatishbutun Amudaryo ustidan hukmronlikni, bu yerdamuntazam kema qatnovini yo`lga qo`yishni va uningquyi oqimidagi g`oyat boy tekislikdan foydalanishimkoniyatini berar edi. O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosibolinishining uchinchi bosqichi (1873—1879) o`rtaOsiyodagi barcha harbiy harakatlari orasidagi eng kengko`lamlisi edi. Undan ko`zlangan maqsad Xiva xonligini bosib olish edi. Hujum to`rt harbiy okrugdan: g`arb-da — Mang`ishloq, shimolda — Orenburg, sharqda —Turkiston va Krasnovodsk harbiy okruglaridan olib borildi. Ularda 12 ming nafardan ziyod .askar bor edi. Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat edi. Kaufman ushbu barcha kuchlarning bosh qo`mondoni etib tayinlandi.

U ushbu ulkan armiya bilan 1873-yil fevralda o`zining Toshkent, Kazalinsk, Orenburg, Mang`ishloq va Krasnovodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir vaqtda yo`lga chiqdi. Biroq hujum rejasi yomon rejalashtirilganligi sababli, qo`shin avvaliga sovuq 25 daraja va keyinroq issiq soyada 42 darajaga yetadigan, qum 60 darajagacha qiziydigan, quduqlarda deyarli suv bo`lmagan dasht-u biyobondan o`tishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Toliqqan odamlar holdan toyib, dastlab bitta-bitta, keyinchalik esa guruh-guruh bo`lib ortda qola boshlashdi.

Qo`shin hali yo`lning yarmini ham bosib o`tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko`pi bilan 25 nafar qolgandi.

Xiva.Toshdarvoza.XIX asr

XIVANING BOSIB OLINISHI


Yo`lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko`pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o`z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang`ishloq qo`shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo`lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar.

Turkiston, Orenburg qo`shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi. Yo`lda podsho qo`shinlariga xivaliklarning ko`plab mayda guruhlari hujum qilib, jiddiy talafot yetkazishardi. Xiva vohasi va Amudaryo sohillariga yaqinlashgan sayin xivaliklarning qarshiligi kuchayib borardi. 1873-yil may oyida Hazorasp qaPasi va Qo`ng`irot yaqinida ayniqsa shiddatli janglar bo`lib o`tdi. May oyi davomida Xo`jayli, Mang`it shaharlari yaqinida va Xivaning o`zidan 10 krn masofada ham shu kabi shiddatli janglar bo`ldi. Biroq Xiva qo`shinlari uncha katta bo`lmagan guruhlar bilan hujum qilishgani bois podsho qo`shinlari ularni parokanda qilib, shaharlarni bosib olishga muvaffaq bo`lardi.

1873-yil may o`rtalarida podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi Xivaga yetib bordi va hujutn boshladi. Birinchi hujum qaytarildi va podsho otryadi katta talafot ko`rdi. Hujumga qo`mondonlik qilgan general Veryovkin hatn yarador bo`ldi. Talafot juda katta bo`lgani sababli otryad chekinishga hamda general Kaufman boshchiligidagi asosiy kuchlar yetib kelishini kutishga majbur bo`ldi.

Kaufman yetib kelishi bilan qo`shin yana shaharni qo`lga kiritishga urinib ko`rdi, biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Kaufman muzokaralar olib borishga qaror qildi, shundan keyingina unga Hazorasp darvozasi ochildi. 29-may kuni general shaharga tantana bilan kirib keldi.

Xivani bosib olgach, Kaufman xon xazinasini kontributsiya hisobidan musodara qilishni va uni Sankt-Peterburgga jo`natishni buyurdi. Qadimiy qo`lyozmalar, tanga tayyorlanadigan chekanlar (tanga-chaqa zarb qiladigan tamg`a va zarb tasviri), qo`ng`irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari ham qo`shib jo`natildi. Shundan so`ng Kaufman Gandimiyon qishlog`idagi qarorgohiga yo'1 oldi va Xiva xoni bilan muzokaralar shu yerda o`tkazildi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə