Mundarija


BOB XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə22/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36

5 BOB XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI


BOBNI o`RGANISH NATIJASIDA:

— XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Buxoro amirligi boshqaruv tizimi;

— hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanishi;

— amir Olimxon islohotlari va ularning natijalari;

— yoshbuxoroliklar harakati rejalari va faoliyati;

— Buxoro amirligining qulashi sabablari haqida bilib olasiz.


24-25-§. BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZILISHI VA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI

Buxoro amirligining idora qilinishi


XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisi 2 million kishi atrofida bo`lgan. Uning tarkibiga Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo vohasi va hozirgi Tojikiston hududining ayrim viloyatlari, hozirgi Turkmanistonning Murg`obgacha bo`lgan bir qismi kirar edi. Shahar va qishloqdagi aholining ko`pchilik qismida o`zbeklar, tog` va tog`oldi joylarida tojiklar yashar, Marvning janubiy hududlarida turkmanlar, shimoliy va sharqiy yerlarda qozoq va qirg`izlar yashar edi.

Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini tubdan o`zgartirib yubordi. Sobiq "islom gumbazi" suverenitet va mustaqillikdan tnahrum bo`lib, Rossiyaga qaram va mute bir davlatga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo`lsa-da, Buxoro amiri o`z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo`lida saqlab qolgan edi.

1885-yil Buxoroda ish boshlagan "Rossiya imperatorining siyosiy agentligi" amir va uning amaldorlari faoliyatini nazorat qila boshladi. Agentlik, shuningdek, Rossiya imperiyasi hukumatining Rossiyadan boshqa davlatlardan mol olib kirishni taqiqlovchi huquqqa ega bo`lgan. Awalgidek, davlat idoralarida ko`pchilikni tashkil etgan mang`itlar sulolasi vakillari amirning tayanchi hisoblanar edi.

Amir ixtiyoridagi saroy xizmatida turli lavozimlarni egallagan kishilar soni 3 mingdan oshar edi. Kattato`ra unvoniga ega bo`lgan Karmana viloyati hokimi Buxoro taxtining vorisi bo`lib, qolgan bekliklarga ham amirning yaqin qarindoshlari hokimlik qilishardi.

XIX asr oxirida Buxoro amirligi hududi 200 ming kv.km ni tashkil etar edi. Aholining asosiy mashg`uloti hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik edi. Ancha katta shaharlari: Buxoro (poytaxt), Chorjo`y, Kitob, Shahrisabz, Denov edi. Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa vodiylar Buxoro amirligi tarkibiga kirardi.

Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qushbegi bo`lib, u soliqlar yig`imini boshqarar, ma'muriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar bilan yozishmalar olib borar edi. Qushbegi har kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ahvol to`g`risida ma'lumot berib turar edi. Barcha amaldorlar qushbegi tomonidan, faqat oliy amaldorlargina amirning o`zi tomonidan tayinlanar edi. Xazina va zakot yig`imini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqei jihatidan qushbegidan keyin turardi. Uning ixtiyorida 300 dan ziyod amaldorbo`lgan. Sudlov, notariat ishlarini, ruhoniylar va ta'lim muassasalarini boshqargan boshqozi diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi.

Sud hokimiyatiga amirning o`zi rahbarlik qilardi. Sud tizimida amirdan keyin ko`rib chiqilayotgan ish yuzasidan fatvo (xulosa) tuzuvchi muftiylar devoniga rahbarlik qiluvchi bosh qozi turardi. Joylarda sud hokimiyatini qozilar idora etardi. Politsiya hokimiyati esa mirshablar (tungi qorovullar boshliqlari) qo`lida jamlangan edi.

Oliy amaldorlar qatoriga qonunlar ijro etilishi, din musaffoligi va axloq muhofazasi, shuningdek, bozordagi tarozilar va o`lchovlar ustidan nazorat qiluvchi rais ham kirardi. Rais bosh qoziga bo`ysunardi. Bosh rais amir va bosh qoziga maMumot bilan shaxsan kelishi mumkin edi. Uchala oliy amaldor — qushbegi, devonbegi va bosh qozi har doim Buxoroda bo`lishi lozim edi. Beklar va ularning mol-mulkini harbiy ta'lim ko`rgan askarlar — navkarlar qo`riqlashardi.

Mahalliy ma'muriyat — aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va amir farmonlarini ijro etishi shart bo`lgan ruhoniylardan iborat edi.

Barcha sohalardagi amaldorlar beklar va amirljkning oliy amaldorlari safi ularning o`g`illaridan, ko`pincha aslzoda beklar va xonlarning xonzoda deb nomlanuvchi tabaqasidan to`ldirilar edi.

Buxoro amirligi 27 ta beklikka bo`lingan edi. Beklar shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo`shatilar edi. Beklar huzurida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi bo`lgan.

Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko`ngillilari va qo`shinlardan saralab olingan xos lashkari bo`lgan. Lashkarga to`pchiboshi (to`pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq XIX asr oxiriga kelib, amir lashkari shoshilinch yig`iluvchi, yomon ta'lim ko`rgan va qoloq harbiy qurollar bilan ta'minlangan dehqonlardan iborat bo`lgan. Bunday lashkarning bosh maqsadi — zarur bo`lganda Ark qarshisida namoyishga yig`ilish edi. Lashkar amalda XIX asr boshlaridan beri rivojlanmagan, harbiy ish va qurollari o`ta qoloq holatda edi. Lashkarning soni 11 ming sarboz va 200 zobit (ofitser)dan iborat bo`lib, ularning qurol-aslahasi 1000 ta berdanka miltig`i va bir nechta to`plardan tashkil topgandi.

Shunday qilib, bir-biriga qarindosh-urug` bo`lgan amaldorlarning yuki dehqon va hunarmandlar yelkasiga tushdi. Mamlakat daromadlarining katta qismi davlat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kamdan-kam qayg`uruvchi xizmatchilariga sarflanar edi.

Aholining ahvoli


Buxorolik dehqonlarning aksariyat ko`pchiligi kambag`allikda kun kechirardi, chunki yer va ish hayvonlari amir va uning amaldorlari qo`lida edi. Mang`it amirlari Buxoroda butun hokimiyatga ega bo`lib, ularning zo`ravonlik bilan hokimiyatga putur yetkazishi mumkin bo`lgan biron-bir norozilik chiqishlariga yo'l qo`yishmasdi. Davlatda hurfikrlik, norozilikka nisbatan o`ta murosasizlik kuzatiladi. Amir va uning a'yonlari mamlakatdagi siyosiy ahvol ustidan sergaklik bilan kuzatib turishardi. Davlat amaldorlari keng tarmoqlangan armiyasini moddiy ta'minlash uchun moliyaviy mablag`larni kemirardi. Amirning Peterburgga oqpodsho saroyiga katta sovg`a-salom bilan har yili borishi, shuningdek, Qrim va Kavkazga borganida ehsonlar qilishi va saroylarni sotib olishi bilan bog`liq bo`lgan ulkan sarf-xarajatlari ham aholi yelkasiga og`ir yuk bo`lib tushar edi.

Buxoro amirligidagi soliqlardan aholining 90 foizini tashkil etuvchi dehqonlar hammadan ko`p aziyat chekardi. Dehqonlardan ko`pi kasodga uchradi va shaharlarga yollanib ishlash uchun ketib qolishdi. Soliqlarni to`lash uchun ular olibsotarlar, sudxo`rlar, yirik zamindorlar yerlarida mehnat qilishga majbur bo`lishar edi.

Dehqonlar zulm bilan murosa qila olmay, zolimlarga qarshi oshkora qarshi chiqdilar. 1916-yildan keyin dehqonlar qo`zg`alonlari yalpi ommaviy harakatga aylanib, amalda amirlikning barcha bekliklarini qamrab oldi. Norozilik chiqishlari aksariyati stixiyali, uyushmagan bo`lsa-da, ular amirlik hokimiyatini nuratib borardi.

Amir Muzaffar hukmronligi davrida (1860—1885) ijtimoiy zulm haddan oshdi. Bu davrda soliqqa tortishda pul ko`rinishidagi yig`imlar yetakchi o`rinni egallagan edi. Ishlab berish majburiyatlari ko`rinishidagi ishbay renta ham keng qo`llanardi. Xiroj, zakot va juz'ya asosiy soliqlar edi. Yerdan olinuvchi xiroj solig`i miqdori ayrim viloyatlarda hosilning 40—50 foiziga yetardi va amir daromadlarining yarmidan ko`pini tashkil etardi. Xiroj bilan bir mahalda kafsan — soliq yig`imi ishlari uchun, dorug`a xirmonlami xatga olgani uchun amaldoiga dorug`ayi muzd ham undirilardi. Chorvadorlar mollari qiymatidan 2,5 foiz zafatf to`lashardi. Bog`lar va polizlardan alohida yig`im — tanobona to`langan. Dehqonlar ma'muriyat vakillari yerlarni egallab olishidan, mahalliy hokimiyat va sud hokimiyati namoyandalarining poraxo`rligi va tovlamachiligidan azob tortishar edi. Agar dehqonning soliqni to`lashga puli bo`lmasa, uning mol-mulki tortib olinar edi.

Kasodga uchrash, qashshoqlikning tuban darajasi, amaldorlarning hokimiyatdagi suiiste'mollariga qarshi norozilik dehqonlarni qo`zg`alon ko`tarishga majbur qilar edi. Eng yirik qo`zg`alonlardan biri rahnamosi nomi bilan atalgan Baljuvon bekligidagi (hozirgi Tojikiston) 1885-yilgi Vose' qo`zg`aloni bo`lgan.

Qatorasiga ocharchilik yillaridan so`ng Baljuvon dehqonlari ilk bora mo'lko'l hosil yig`ib olishgandi. Amlokdorlar esa nafaqat o`sha yil uchun, balki o`tib ketgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to`lashni talab qildilar. Bunday soliqni adolatsizlik va talonchilik deb bilgan dehqonlar uni to`lashdan bosh tortdilar hamda kambag`al bir dehqon rahnamoligida qo`zg`alon ko`tardilar. Amaldorlar o`ravonligi va ijtimoiy zulmdan ezilgan minglab dehqonlar Vose' tevaragiga uyushdilar. 1885-yil iyul oyining so`nggi kunlarida dehqonlar armiyasi va amir Muzaffar lashkari qaqshatqich qattiq jangda to`qnashdilar. Yomon tayyorgarlik ko`rgan dehqonlar qo`shinlari mag`lubiyatga uchradi. Rahnamolarining barchasi, jumladan, Vose' ham qatl etildi.

Boshqa bir yirik dehqonlar qo`zg`aloni 1888-yili Ko`lob bekligida bo`lib o`tdi. 1889-yil may oyida Kalif dehqonlari isyon ko`tardilar. Biroq bu qo`zg`alonlarning barchasi stixiyali va uyushmagan edi. Ular nafrat isyoni bo`lib, dehqonlar amlokdorlarni o`ldirishar, beklarning uylariga hujum qilib, yoqib yuborishar, mol-mulkini talashar edi. Bu isyonlar davlat asoslariga katta ta'sir o`tkaza olmasdi.

Labi-hovuz Buxoroda.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə