Мундарижа


Byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirish masalalari



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə18/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
O’zbekiston Respublika 2

3.2 Byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirish masalalari

Respublikamizda byudjet islohotlari sharoitida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashni rivojlantirishda uning qator afzalliklariga to‘xtalib o‘tish joizdir.

Byudjetni o‘rta muddatli istiqbolini belgilashning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


  • byudjet xarajatlarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aynan o‘rtacha muddatli davrda davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va keng amalga oshirish yo‘li bilan echish mumkin.

Aniq maqsadlarga erishish uchun tuzilgan har qanday dastur byudjetni moliyalashtirish dasturiga aylanadi. Bunday dasturlar tuzilganida byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish va moliyalashtirish natijalarining nomuayyanligi muammolari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi;

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larini tasarruf etish borasidagi mustaqilligini oshirish va ishning o‘lchash mumkin bo‘lgan aniq natijalari uchun ularning javobgarligini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Byudjetni o‘rta muddatli rejalashtirish joriy etilishi bilan byudjet jarayoni o‘rtacha muddatli makroiqtisodiy doiraga tushiriladiki, bu vazirliklar va idoralarning rahbarlari, byudjet mablag‘larini oluvchilarni o‘z siyosatining ustuvor vazifalarini yanada aniqroq ta’riflashga va bu vazifalar bir-biriga zid bo‘lmasligi haqida qayg‘urishga majbur etadi;

  • byudjetni o‘rta muddatli rejalashtirishning bir yillik ko‘rsatkichlaridan byudjetni rejalashtirish jarayonini kelgusi yillarda davom ettirish uchun foydalaniladi. Bundan maqsad – byudjetning barqarorligi va vorisiyligini ta’minlash, uning ochiqligi va asoslanganlik darajasini oshirish;

  • byudjetdan mablag‘ ajratish asosli ravishda, davlat siyosatining ustuvor vazifalariga, ishlab chiqilgan byudjet dasturlariga muvofiq, ularning unumdorlik darajasiga baho berish asosida belgilanishini ta’minlanadi;

  • byudjet ko‘rsatkichlarini tasniflash yagona tizimidan foydalanish printsiplarini, ularni davlat boshqaruvining barcha darajalarida hisob-kitob qilish va hisobot berish metodologiyasini belgilanadi. Bu byudjetning ochiq va oshkoraligini sezilarli darajada oshiradi, fiskal intizomni ta’minlash mexanizmlarini belgilaydi, davlat boshqaruvi markaziy va mahalliy organlari o‘rtasida byudjet mustaqilligini nazarda tutadi, ichki va tashqi audit, davlat moliyaviy nazoratining asosiy printsiplarini mustahkamlaydi.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘rta muddatli strategiyasi– iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va mo‘ljallari hamda ularga erishishning davlat tomonidan rejalashtirilayotgan samarali yo‘llari va vositalarining kompleks tizimidir.

Kelgusida davlat byudjetini o‘rta muddatli istiqbolini belgilashga o‘tishda respublikamiz hukumati quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi Strategiya ishlab chiqilishini ta’minlashi lozim bo‘ladi(4-chizma):



  • makroiqtisodiy vaziyatning miqdor ko‘rsatkichlari va sifat tavsifini, o‘tgan davrlarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari rivojlanishining yakuniy natijalarini;

  • makroiqtisodiy, tarkibiy va ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini;

  • mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozlarini, shu jumladan, makroiqtisodiy prognozlarni;

  • iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlar, ilmiy-texnika salohiyati, tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlanishi, ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi, turmush darajasi va sifatining o‘sishi, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, sanitariya va aholini ijtimoiy ta’minlashning prognoz baholarini;

  • iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va sohalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va mo‘ljallarini;

  • ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va mexanizmlari majmuini.

Makroiqtisodiy prognozlarni o‘rta muddatli byudjet jarayoniga samarali tatbiq etish uchun uch darajada bir qator institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;

O‘zbekiston Respublikasi iO‘rta muddatli strategiyasijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining



  • makroiqtisodiy vaziyat, iqtisodiyot tarmoqlari (sektorlari)ning rivojlanishi, aholi turmush darajasining tahlili (muammolarni aniqlash);

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari;

  • iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari - iqtisodiyot siyosat strategiyasi;

Makroiqtisodiy prognoz va fiskal siyosatning asosiy parametrlari

(5 yilga) iqtisodiyot balansli va barqaror rivojlanishini,

demografik vaziyatning o‘zgarishi prognozlarini, mehnat bozorining

rivojlanish parametrlari prognozini ta’minlaydi.




Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə