Мундарижа



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə2/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
O’zbekiston Respublika 2

Kirish


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini samarali boshqarishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yechim topishni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Bu borada byudjet sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida byudjet tizimi byudjetlari va byudjet munosabatlarini tubdan o‘zartirish, daromadlari bazasini mustahkamlash, iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek-“Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo‘lib, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdan iboratdir”1.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlatning yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlash asosidagi o‘ta mas’uliyatli vazifalarni samarali bajarilishini talab etmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida respublikamizda byudjet tizimini isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi, uni bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashtirish talab etiladi.

Byudjet tizimini muhim bo‘g‘ini Dalat byudjeti mamlakatni iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda so‘ngi yillarda byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston respublikasi o‘z iqtisodini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirib dunyo bozorida o‘zini mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o‘ylab yondashish natijasidir.

2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi.

Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkil etdi2.

Respublikamizda iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan maqsadli, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur Davlat dasturlarini mamlakatimizda muvoffaqiyatli amalga oshirilishi, o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlanishida byudjet tizimi byutjetlarining roli va ahamiyati oshib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida byudjet tizimi byutjetlari daromadlarini oshirishni, uni mustahkamlashni va boshqa daromad manbalarini izlashni talab etmoqda.

Shuning uchun ham, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet tizimi byutjetlarini moliyaviy tarkibiy tuzilishini o‘rgangan holda, uni byudjet tizimi amaltyotiga samarali tatbiq etishga alohida e’tibor berilmoqda va ushbu masala dolzarb bo‘lib qolmoqda.




Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə