Мундарижа


-chizma. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqish20



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə20/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O’zbekiston Respublika 2

4-chizma. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqish20

1. Moliya vazirligida makroiqtisodiy prognozlashtirish va byudjetni rejalashtirishning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi ekspertlar guruhini tashkil etish.

Bu guruh uchta muvofiqlashtiruvchi funktsiyani bajaradi:


  • byudjetni shakllantirish jarayonida sifatli prognozlarni tayyorlashda qabul qilinadigan nisbiy iqtisodiy farazlar xususida yagona bir fikrga kelish va ularni iqtisodiy rivojlanishning kuzatilayotgan hamda kutilayotgan tendentsiyalari nuqtai nazaridan qayta ko‘rish;

  • o‘rta muddatli prognozlarni byudjetni rejalashtirish sohasida ixtisoslashgan mutaxassislarga (shu jumladan, daromadlar va xarajatlar sohalaridagi siyosat uchun javobgar shaxslarga) ko‘rib chiqish uchun berish, prognozlarni ular bilan muhokama qilish va byudjetni rejalashtirish uchun ehtimol tutilgan oqibatlari xususida yagona bir fikrga kelish;

  • byudjetning u yoki bu variantlarini amalga oshirishning makroiqtisodiy oqibatlarini muhokama qilish, shuningdek, teskari aloqa kanallaridan axborot olish. Bu byudjet siyosati sohasida kelishilmagan qarorlar qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish imkoniyatini beradi.

  1. Prognozlashtirish masalalarini muhokama qilish uchun Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan idoralararo ekspertlar guruhini tashkil etish. Bu guruh bir necha yil oldinga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar va tegishli davr uchun byudjetni rejalashtirish o‘rtasidagi aloqalarga doir texnik masalalarni muhokama qilishi, bu aloqalarni yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrmulohazalari va tavsiyalarini taklif etishi lozim. Bu Moliya vazirligi boshqa tashkilotlar ishining natijalarini olish bilan kifoyalanmasdan, texnik tafsilotlarni muhokama qilish jarayonining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanishi uchun zarur.

  2. Keng, asosan siyosiy darajada barcha manfaatdor taraflar ishtirokida munozara forumini tashkil etish. Maqsad – ularga bir necha yil oldinga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar haqida axborot berish. Bu prognozlarni amalga oshirish natijalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun oqibatlarini hisobga olish va siyosatning tegishli variantlarini tanlashga ko‘maklashadi. Mazkur forum doirasida makroiqtisodiy prognozlarni tuzishning texnik jihatlari emas, balki ularning natijalari eng muhim siyosiy vazifalar nuqtai nazaridan muhokama qilinadi



Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə