Мундарижа



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə21/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O’zbekiston Respublika 2

Xulosa


Keyingi yillarda mamlakatimizda byudjet tizimini boshqarishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, byudjet munosabatlarini tartibga solish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda byudjet tizimi islohotlari doirasidagi jiddiy o‘zgarishlardan biri 2013 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining qabul qilishi va 2014 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy etilishi bo‘ldi. Mazkur o‘zgarish byudjet qonunchiligini mukammallashtirish, uni xalqaro me’yorlar talablariga moslashtirish borasidagi muhim o‘zgarishlardan biridir.

Shuni alohida aytish kerakki, 2014-2015 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlash bilan birga, uning ayrim normalarini yanada takomillashtirish belgilangan.

Byudjet kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishdan asosiy maqsad – byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda amaldagi qarama-qarshi va eskirgan me’yorlarni bartaraf qiluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqish va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining asosiy ikkita “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlarini, byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun va boshqa bir qator hujjatlarni qamrab olgan.

Byudjet kodeksi butun byudjet jarayonini (davlat byudjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, davlat byudjetini ham, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni ham tartibga solishning yagona printsiplarini qo‘llanishni, byudjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, barcha darajalardagi byudjetlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashni va ularning o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.

Byudjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Hozirgi keng ko‘lamli islohotlar sharoitida byudjet tizimi va byudjet munosabatlarini tartibga solish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Byudjet tizimi deganda biz, barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish tamoyillarini, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini tushunamiz.

Yuqoridagi xulosalar asosida respublikamizda byudjet tizimi va byudjet munosabatlarini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida byudjet tizimi printsiplari aniq belgilangan bo‘lib, undagi muhim yangiliklardan biri byudjet mablag‘larining manzilli va maqsadli sarflanishi, byudjet mablag‘lari sarflanishining natijaviyligi va samaradorligi, kassaning yagonaligi, javobgarlik, ochiq-oydinlik (oshkoralik) kabi byudjet tizimi printsiplari qo‘shimcha kiritilganligini inobatga olgan holda, kelgusida byudjet tizimini boshqarishda mazkur printsiplarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;

  2. Moliya vazirligi G‘aznachiligining davlat byudjeti ijrosini ta’minlashdagi vazifalari va funktsiyalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Byudjet kodeksida belgilangan byudjet sohasidagi vakolatlarini g‘aznachilik nuqtai nazaridan kengaytirish;

  3. Hududiy g‘aznachilik organlarining byudjet sohasidagi vakolatlarini

Byudjet kodeksiga kiritish;

  1. Respublikamizda byudjet tizimi islohotlari doirasida natijaviylikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni, Byudjetni o‘rta muddatli rejalashtirishni

amaliyotga joriy etishni dastur doirasida ta’minlashga erishish;

  1. Davlatning uzoq muddatga mo‘ljallangan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarining muhim jihatlarini hisobga olgan holda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini rejalashtirishni takomillashtirish;

  2. Byudjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida Yagona axbort almashuv tizimini joriy etish va unda quyidagilarga:

  • axborot almashuv tizimining yagona texnik shartlar asosida dasturiy ta’minotlar majmuasi bilan ta’minlash;

  • tizimni barqaror ishlashi va ma’lumotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilishida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi me’yoriy talablarni ishlab chiqish;

  • byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro axborot almashishlari uchun yagona qoidalarni joriy qilish.

  1. Davlat byudjeti ijrosi davomida moliya va g‘azna organlarining axborot dasturiy ta’minotini bir biriga muvofiqligini ta’minlash orqali byudjet ijrosi ma’lumotlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutga barham berish imkoniyatlarini oshirish.

  2. Byudjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida byudjet ijrosi bo‘yicha hisobotlar almashuvida o‘zaro elektron axborot almashuvini joriy etishni mukammallashtirish.



Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə