Мундарижа


Byudjet tizimining tashkiliy-xukukiy asoslari



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə9/25
tarix07.04.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#85140
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
O’zbekiston Respublika 2

1.2. Byudjet tizimining tashkiliy-xukukiy asoslari


So‘ngi yillarda xukumat oldida Davlat boshqaruv institutlarini tubdan isloh qilish masalalari ko‘tarila boshlandi. Bu islohotlarda eng asosiy vaziflardan biri Davlat moliyasi va byudjet tizimini isloh etish edi. Xo‘jalik yuritishni bozor tizimiga o‘tilishi, iqtisodiyotni bozor infratuzulmasini shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni yaratishni talab etadi. Undan tashqari jahondagi globallashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O‘zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston byudjet tizimini amal qilishining huquqiy asosini quyidagi asosiy hujjatlar tashkil etadi:

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 8, xususan:


  • 100-moddaga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish kiradi;

  • 122-modda O‘zbekistonning davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat ekanligini belgilaydi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun9 - hududlarning moliyaviy resurslarini, mahalliy hokimiyat organlarining byudjetga doir huquqlarini, mahalliy byudjetlarning daromadlari va sarf-xarajatlarini va boshqalarni belgilaydi.

Soliq kodeksi7 23-moddasi, unda umumdavlat va maxsus qismida

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har birining elementlari, ularni hisoblab chiqarish va byudjetga to‘lash tartibi belgilangan.

Bu soxani isloh etish O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida» gi 2000 yil 14 dekabrda 158-II Qonuni qabul qilinishi bilan boshlanib, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksini qabul qilinishi bu jarayoni ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, ushbu Kodeks



  • O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini tuzish printsiplari va uning tuzilmasini, byudjet tasnifi byudjet sohasidagi vakolatlar;

  • Byudjet tizimi byudjetlari;

  • O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti;

  • O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi;

  • Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari;

  • Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari;

  • Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda tasdiqlash;

  • Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi;

  • Byudjet hisobi va hisoboti;

  • Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni10 ning 10, 11-moddalariga mahalla fuqarolar yig‘ini kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanilishini ta’minlaydi hamda pul mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi.

Fuqarolar yig‘inining kengashi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat byudjeti mablag‘laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to‘laydi; aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston byudjet tizimi byudjetlarining faoliyat yuritishining huquqiy asosini Prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat ijro etuvchi organlarining hujjatlari, eng avvalo quyidagi hujjatlar tashkil etadi:


    • Oliy Majlis tomonidan har yili qabul qilinadigan “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qarorlar hamda ular asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son Qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 20 avgustdagi 65son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”

1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son Qarori;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 11 fevraldagi 66-son Qarori;

    • boshqa hujjatlar.

Davlat byudjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Maxkamasi 03.09.1999 yil № 414-sonli qarorni qabul qildi. Ushbu qarorda byudjet tashkilatlari xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibi belgilandi.

Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hamda ularning xarajatlarini to‘lashga qaratilgan byudjet mablag‘larini o‘tkazishini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi.

2007 yil 20 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 53sonli qarori asosida “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida NIZOM ” qabul qilindi.

Mazkur Nizom “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594 sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga amal qiladi.

2009 yil 16 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan № 2007-raqam bilan ro‘yxatga olingan « Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4 avgustdagi № 69 - sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Xozirgi kunda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Qoidalari”- “O‘zbekiston

Respublikasi Byudjet Kodeksi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgiladi.

2007 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi bo‘yicha funktsiyalarini chegaralash to‘g‘risida Nizom” ni 119-sonli buyrug‘i bilan tasdiqladi.

Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Nizom O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni g‘azna ijrosi borasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari (G‘aznachilikdan tashqari), Moliya organlari zimmalariga qo‘yilgan funktsiyalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari zimmalariga qo‘yilganfunktsiyalarini chegaralab berdi.


Yüklə 395,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə