Mundarija



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix13.05.2022
ölçüsü2,86 Mb.
#86942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
active titor dasturi yordamida c da dasturlash fanidan multimediali dars yaratish

 

                                                             



KIRISH

 

Mavzuning  dolzarbligi. 

O’zbekiston  Respublikasi  o’z  mustaqilligiga 

erishgandan  so’ng  iqtisodiy,  ijtimoiy  ma’naviy  sohalarda,  ayniqsa  ta’limni  isloh 

qilish  borasida  ijobiy  o’zgarishlar  amalga  oshirilmoqda.  Shu  jumladan,  Oliy 

Majlisning  qabul  qilingan  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  O’zbekistonda  ta’lim 

tizimini rivojlantirish borasidagi asosiy yo’nalishini belgilab berdi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi  — ta'lim sohasini tubdan 

isloh  qilish,  uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to’la 

xolos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma'naviy  va 

ahloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  Milliy 

tizimini yaratishdan iborat. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, ishning ko’zini 

biluvchi,  buyuk  kelajagimiz  poydevorini  quruvchi  va  yuksaltiruvchi  mutaxassis 

kadrlarni  tayyorlash,  respublikamiz  pedagoglar  oldida  turgan  eng  muxim  va 

mas'uliyatli  vazifadir  birdir.  Hozirda  bunday  ulkan  vazifani  sharaf  bilan 

bajaradigan,  zamonaviy  va  jahonning  eng  ilg’or  ta'lim  texnologiyalari  bilan 

qurollangan  pedagog  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyoj  kundan—kunga  ortib  bormoqda. 

Bunda o’qituvchining vazifasi insonlarga yangi bilim va ko’nikmalarni egallashga 

yo’naltirishdan  va  insonlarning  o’zida  mavjud  bo’lgan  bilim  hamda 

ko’nikmalarni takomillashtirishdan iboratdir. 

Ta’lim  tizimida  axborot    texnologiyalaridan  foydalanish  o‘quv  jarayonida 

o‘quvchilarni  faqat  nazariy  bilimlari  bilan  cheklanib  qolmasdan  balki,  amaliy 

mashg‘ulotlar  o‘tkazishda,  ularning  har  tomonlama  yetuk  kadrlar  qilib 

tayyorlashida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ta’limdagi  axborot  texnologiyalari  keng 

me’yoriy  tushuncha  bo‘lib,  olib  borilayotgan  har  bir  mavzu  ana  shu  texnika, 

texnologiyadan  foydalanishni  taqazo  etadi.  Chunki,  zamonaviy  o‘qitish 

texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 

Zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  ta’lim  tizimiga  tadbiq  etish,  iqtisodiy 

samara  berishi  bilan  bir  qatorda,  o‘quv  jarayonida  yangi  o‘qitish  uslublarini 

qo‘llashga  keng  imkoniyatlar  ochadi.  Ta’lim  tizimida  axborot  texnologiyalarini  





Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə