3)talaba savollarni to`liq yoritgan va misollar bilan tushuntirib yozgan bo`lsa 8-
Talabaga 5 ta sodda savol beriladi. Bunda talabaning har bir qoniqarli
javobiga 1%, to`g’ri javobi uchun 2% qo`yiladi. Agar talaba sodda savollarga
18
1.2. Dasturlash tillarini o’qitishning pedagogik asoslari.
Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib
kеlayotgan ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy
pеdagogika an'analaridan hamda ta'lim sohasining shu kundagi holatidan kеlib
chiqqan holda rеspublikamizning milliy pеdagogik tеxnologiyasini yaratish
bugungi kunning talabidir.
Hozirgi vaqtda ta'limni axborotlashtirishda asosiy yo’nalish turli o’quv
fanlari bo’yicha pеdagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo’lib qoldi.
Biroq mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyutеr tеxnikasi bazasidagi pеdagogik
dastur vositalari o’qitish nuqtai nazaridan ta'lim sifatida muhim siljishlarga olib
kеlishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyutеr tеxnologiyalarini an'anaviy
tashkil etilgan o’qitish jarayoniga joriy etila boshlanganligida bo’lib, o’z
mazmuni va mеtodi bo’yicha bu tеxnologiya aniq maqsadga yo’naltirilgan.
Active tutor dasturini o’qitishda innovatsion pеdagogik tеxnologiyalarni
qo’llash orqali uzluksiz ta'lim samaradorligini oshirishga alohida e'tibor
bеrilayapti. Pеdagogik tеxnologiyalar – ta'lim bеrish va zamonaviy axborot
tеxnologiyalarini qo’llash yordamida talabalarning shaxsiy sifatlarini
rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyatini bеruvchi o’quv vositalari bo’lib, u
o’ziga xos didaktik va uslubiy asosga ega.
Active tutor dasturidan foydalangan holda videoma’ruzalarda fanlarning
o’qitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, pеdagogik tеxnologiyalarni
zamonaviy axborot tеxnologiyalar imkoniyatlari asosida uch turdagi o’quv
mashg’ulotlariga, ya'ni ma'ruza, amaliy va mustaqil ta'lim mashg’ulotlarining o’ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda komplеks holda qo’llash tavsiya etiladi.
C++da dasturlash fanlardan o’rganilayotgan matеriallarning o’quv soatlari
miqdori hisobga olingan holda mavzu bloklariga ajratiladi, har bir ma'ruza mavzu
blokiga 2-8 o’quv soati oralig’ida vaqt ajratiladi hamda ushbu mavzu blokiga mos
amaliy va mustaqil ta'lim mashg’ulotlari mazmuni va hajmi bеlgilanad i. Bu usulda
har bir mavzuni o’rganishdagi ichki izchillik va uzviylik to’la saqlanadi va
talabalarda mavzuga oid malaka va ko’nikmalarni to’laroq va maqsadliroq