23
1.3. C++ da dasturlash tilini o’qitishda multimedia vositalaridan
foydalanish.
C
++
da dasturlash tilini o’qitishda
multimedia vositalarini o’qitish
jarayonida qo’llash o’qitish sifatini va
samaradorligini oshirishning eng qulay
usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia
vositalari yordamida olib boriladigan
multimediali ma’ruza vositalaridan foydalanib dars o’qitish talabaning darsga
bo’lgan qiziqishini,
bilim olish saviyasini oshiradi.
Multimedia vositalari
o’quvchiga individual yondashish imkonini beradi. O’qituchining bevosita
ishtirokisiz ham o’quvchi C++da dasturlash tilidan o’tkazilgan multimediali
ma’ruza orqali o’zlashtirish mumkin.
Multimedia
–
bu
informatikaning
dasturiy
va
texnikaviy
vositalariyordamida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv
materiallarini o’quvchilarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi
ko’rinishidir.
Multimedia – «ko’p muhitli» degan ma’noni bildiradi. U axborotning turli
ko’rinishlari – matn, jadval, grafik, nutq, animatsiya (multiplikatsiya),
videotasvir, musiqa axborotlarini yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish
vazifalarini bajaradi.
Multimedia
«inson–kompyuter»
interfaol
ma’lumotining
yangi
takomillashgan pog’onasi bo’lib, unda foydalanuvchi juda keng va har
tomonlama axborot oladi. Ta’lim jarayonida C++da dasturlash tilida multimedia
vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga
ega. Bunda beriladigan materiallar chuqurroq o’zlashtiriladi, vaqt tejash
imkoniyatiga erishiladi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
C++da
dasturlash
tilini
multimediali
ma’ruza
vositalaridan
foydalanishimizdan oldin quydagi texnik vositalar kerak bo’ladi:
Active tutor playr, Active tutor Recorder, va ulead video studio dasturlarini
o’rnatishimiz zarur bo’ladi va bunga qo’shimcha ravishda quydagi multimedia
vositalarni ham kiritishimiz mumkin kompyuter, lazer disklarini o’qiydigan CD-
ROM qurilmasi, SV-ovoz xaritasi, AS-faol kolonka, CD-kompakt disk.