27
ham
ulanishi
mumkin.
Video bilan to’laqonli ishlash uchun multimediali video ma’lumotni
komp’yuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama video karta zarur. Unga
videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin.
Aksariat foydalanuvchilar uchun video elementlarni monitorda ifodalay olish etarli
bo’ladi. Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy komp’yuterda
mavjud bo’lgan videoadabter va monitor etarlidir. Active Tutor dasturi
imkoniyatlari va uning texnalogiyalari Dastur nomi ingliz tilidan tarjima qilingan
bo’lib ”Active”-faol, serharakat, ishchan, ”Tutor”-shaxsiy o’qituvchi, o’quv
yurtining kichik o’qituvchisi “faol o’qituvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu
dasturiy ta’minot web-sahifalarga joylashtirish mumkin bo’lgan, o’quv
auditoriyalariga mo’ljallangan multimediali darsliklar, qo’llanmalar, multimediali
darslar yaratish imkonini beradi. Active Tutor dasturidan foydalanish juda qulay va
dastur imkoniyatlari ko’p.
Active tutor dastur ikki qismdan iborat bo’lib bular:
-
Active Tutor Recorder – video ma’ruzalarni, multimediali texnalogiya
darslarni yaratish imkoninin beradi.
-
Active Tutor Player – Active Tutor Recorder dasturida yaratilgan *.arf
kengaytmali fayllarni, Active Tutor 2.7 dasturida tayyorlangan *.atl, *.apk,
*.apx kengaytmali fayllarni, video ma’ruzalarni, multimediali darslarni
ko’rish uchun qo’llaniladi.
Multimedia texnalogiyalari dastur o’quv materiallarini maksimal o’rgatishga,
o’qituvchi ishini avtomatlashtirishga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi va talabaga
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– O’qituvhi materiallarni tayyorlash vaqtini tejaydi, qiziqarli dars yaratish
uchun darsga tayyorgarlik ko’rib, materiallarni puxta o’rganib chiqadi;
– Talabalar virtual darsni diqqat bilan tinglaydilar, ular multimedia
texnalogiyalari elementlarini, ko’rgazmali misollar orqali mavzuni chuqur
o’rganadilar, agar o’quvchilarda darsni ayrim bo’limlarini tushuna olmasa qayta-
qayta ko’rish, tinglash imkoniyati mavjud bo’ladi.