32
ko’p. Bu dastur yordamida samarali virtual darslarni yaratishimiz mumkin. Active
Tutor recorder dasturi yordamida yaratiladigan multimediali darslar talabalarda
fanga bo’lgan qiziqishni yanada orttiradi, berilgan axborotlar multimedia tarzda
berilganligi uchun talabalar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi va bu multimediali
dasturga bo’lgan qiziqishi ortib boradi.
Active Tutor dasturi yordamida tayyorlangan multimediali va Video
ma’ruzalarni tushinish va anglash juda oson. Chunki bu dastuning shunday
imkoniyatlari mavjudki, ular orqali har bir mavzuni reja asosida qadamba-qadam,
undagi ma’lumotlarni ketma-ketlik darajasi (masalan biron bir formulani keltirib
chiqarish zarur bo’lsa bunda bajarilayotgan amallarni ekranda paydo bo’lish va
g’oyib bo’lish vaqtlarini aniq belgilab qo’yish mumkin) yuzaga kelish sifati
ta’minlanadi.
Tayyorlangan multimediali videoma’ruzalarda talabalar e’tiborini shu bilan
qozonish mumkinki, bu Videoma’ruzalaning o’zida ko’rgazmali qurollardan
foydalaniladi, talabalarga, ma’ruza darslarida: o’qilayotgan ma’ruza mazmunidan
kelib chiqib amaliy ko’nikmalar orqali; amaliy darslarda: amaliyotda qilinadigan
ishning har bir bandini mukammal o’zlashtirish uchun chuqur izchillikda
namunalar orqali; lobaratoriya mashg’ulotlarida: lobaratoriya ishiga zarur bo’lgan
asbobuskunalarni va materiallarni ko’rsatish orqali tanishtirib, ishni bajarish tartibi
bilan shu mashg’ulotni bajarish orqali bilim va ko’nikmalar beriladi. O’z navbatida
o’quv qurollari bilan yaxshi ta’minlanmagan o’quv muassasalarida ham bunday
darslar orqali kuchli bilim va ko’nikmaga ega bo’lgan malakali kadrlar
tayyorlashga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |