45
Asboblar paneli.Asboblar paneli ishchi sohaning o’ng tomonida
joylashgan va quyidagi asboblardan iborat:
2.3.13-rasm Asboblar paneli
● Chiziq –A nuqtadan B nuqtagacha to’g’ri chiziq chizishga mo’ljallangan.
● Egri chiziq – egri yoylar chizishga mo’ljallangan.
● To’g’ri to’rtburchak – kvadrat yoki to’g’ri to’rtburcak chizishga mo’ljallangan.
● Aylana – ellips yoki aylanani Shift tugmachasini bosgan holda chizish imkonini
beradi.
Ramka – coxani ramka bilan chegaralash. Bunda ramkaga bir necha ob’ektlarni
joylashtirish mumkin. Ramka o’zining sarlavha nomiga ega.
Оb’ekt – biror bir fayl qismini qo’yishga mo’ljallangan.
Qalam – sichqoncha yordamida ixtiyoriy figuralarni chizish uchun qo’llaniladi.
Marker – orqa fonni biror rang bilan ajratish uchun qo’llaniladi.
O’chirg’ich – yozish holatida sahifadan ob’ektlarni o’chirish uchun qo’llaniladi.
Yozuv – klaviaturadan matnlarni kiritish uchun qo’llaniladi.
Rasm – loyiha sahifasiga rasm qo’yish uchun qo’llaniladi.
Formula –Microsoft Equation orqali formulalarni kiritish imkonini beradi.
Menyu qatori. File (Файл-Fayl) menyusi bo’limlari:
New (Новый-Yangi) - Ctrl+N yoki menyu qatoridagi buyruq orqali yangi fayl
yaratish imkonini beradi.
Active tutor dasturida tayyorlanishi kerak bo’lgan loyihaga zarur materiallarni
joylashtirishga mo’ljallangan asboblar yordamida ajratilgan sahifalarga
|