Мундарижа


Hajm va yuza haqidagi tasavvurlarni hosil qilish



Yüklə 146,5 Kb.
səhifə4/7
tarix21.05.2023
ölçüsü146,5 Kb.
#111837
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinflarda o\'rgamladigan asosiy miqdorlar uzunlik,

3. Hajm va yuza haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.
Navbatdagi darsda o’quvchilar hajm o’lchov birligi bilan tanishadilar. Buning uchun litrning har xil ko’rinishlari: didon, banka, chelak kabi idishlar bo’lishi kerak.
“Idishning sig’imi” yoki litr tushunchasi o’quvchilarga fazoviy tushunchalarni uyg’otadi.
Bolalarda litr haqida tushuncha hosil qilishda, o’qituvchi darsini suhbatdan boshlashi kerak.
Ma‘lumot ikki figurani bir biriga taqqoslaganda ularning qaysi biri katta-kichik ekanini yoki o’zaro teng ekanini aniqlash mumkin bo’ladi. Uchburchak kvadratni ustida butunicha joylashganini aniqlaydigan. Bu holda bir uchburchakni yuzini kvadratdan kichik deymiz.
Endi doirani to’rtburchak yuzini quyamiz va doira to’rtburchak yuziga to’liq joylashganini ko’ramiz.
Demak doira yuzini to’rtburchak yuzidan katta ekanini ko’ramiz.
Ma‘lum bo’ladiki, ikki figurani bir –biriga taqqoslaganda ularni katta-kichik yoki teng ekanini ko’ramiz.
Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari aniqlashda o’rgatish. Avval bugun, erta, keyin, oldin, tun, kunduz, kecha tushunchalari shakllantiriladi.
SHuning uchun vaqtda doir ko’rgazma va qo’llanmalar bo’lishi kerak. Vaqt o’lchov birliklariga yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund kabilar kiradi. Vaqt o’lchovi birligini o’tganda har xil ko’rgazma qurollardan foydalangan ma‘qul.
1. gabel kalendar. Bu har bir o’quvchiga bo’lishi kerak. Joriy yil uchun bunday kalendarlar o’quvchilar bilan birga tayyorlanadi.
2. Soat modeli. Darslikda olingan mashqning ko’pchiligi sefirlar bilan ishlashni talab qiladi. Shuning uchun har bir o’quvchiga soat modeli bo’lishi kerak. Bu modellarni o’quvchilar o’zlari yasashlari maqulroq.
3. Kundalik rejimi jadvali. Bolalar “vaqt o’lchar” mavzusini o’rganish vaqtida, hafta bilan yildagi oylarning nomini, ularning kelishi tartibigacha bilib oladilar.
Bu esa vaqt o’lchovini bilishga zamin bo’ladi. Endi vaqt o’lchoviga bog’liq asosiy tushunchalar nimada asoslanishini bilib olamiz. Yil hafta bilan tanishtirishda o’qituvchi tabel-kalendardan foydalanadi.
Bolalar bir yilda 12 oy borligini o’zlashtirib oladilar. Bundan tashqari yil 4fasldan iborat ekanligini yani. Qish, baxor, yoz, kuz. Xar bir fasl uch oyni o’z ichiga oladi.
O’quvchilar kalendar yordamida oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Bunda o’quvchilarga quyidagi savollar berib boriladi.
-yilning uchinchi oyi qanday ataladi?
-Iyul tartib bo’yicha nechanchi oy?
-siz nechanchi oyda tug’ilgansiz?
Bundan ko’rinadiki o’quvchilar yuqorida uyg’ongan bilimlarini o’zlashtirib olganliklarini biladilar.
Agar oy va sana ma‘lum bo’lsa taqvimdan haftaning kunlari ma‘lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi sanasiga to’g’ri kelishini aniqlaydilar. O’qituvchi ularni olgan bilimlarini kuzatib boradi. O’quvchilarni olgan bilimlariga kamchiliklarni to’g’irlab boradi. Bundan keyin esa o’qituvchi bilan birga bugungi sana va haftaning shu kunini bilgan holdagina shu o’tayotgan oy uchun kalendar tuzish foydalidir.
Bunday ishlar joriy yil kalendarini tuzishni osonlashtiradi. Ana shundan so’ng bolalar kalendar bo’yicha savollarga javob beradilar.
-bu yil 1 yanvar 1 may, 9 may 1 sentyabr, 1 iyun xaftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi.
-bu yil 1 yanvar juma, 1 may shanba, 9 may yakshanba, 1 sentyabr chorshanba, 1 iyun seshanba kuniga to’g’ri keladi.
-yanvar. Dekabr, oktyabr, may oylari yilning nechanchi oylari.
-yanvar 1 oy, dekabr 12 oy, oktyabr 10 oy, may 5 oy.
-yilning uchinchi, oltinchi oy birinchi oylari nomini ayting.
-yilning uchinchi oyi mart, oltinchi oyi iyun. O’n birinchi oyi noyabrda to’g’ri keladi.
Bunaqa savollarni ko’plab davom ettirish mumkin. Ularga yil oylari kelishi rim raqami bilan o’rgatiladi.
I, II,IV,IV,V,VI,VII,VIV, IX,X,XI,XII
Keyin esa bolalarga sutka haqida ma‘lumot beriladi.
Sutka bu ertalabdan, to bu ertalabgacha bo’lgan vaqtdir. Undan keyin vaqtinchalik ketma-ketlikka asoslanadi.
Masalan o’tgan kun, kecha, bugun ertaga, ertalab keyin, indin.
1 sutka-24 soat
SHundan keyin bolalarga soat, minut haqida ma‘lumot beriladi. Minut haqida ma‘lumot beriladi shu vaqtdan boshlab soat va minutni farqlay boshlaydilar.
1 minutda qancha ishlarni bajara olishlarini bilib oladilar.
1 minutda necha so’z o’qish
1 minutda nechagacha sanay olish
1 minutda qancha masofada yugura olish.
Soat strelkasi modeli yordamida bir qator mashqlar bajaradilar.

471-masala. Agar spektakl 80 minut, keyinroq esa 1 soat 10 minut davom etgan bo’lsa, spektakl kinoflmda nisbatan necha minut ko’p davom etgan?


Yechilishi: 1 soat 10 minut-70 minut
80-70=10 javob 10 minut

478- masala. Duradgor 7 soatda 63 ta bir xil yog’och qoshiq yasadi. Shunday mexnat unumdorligiga 54 ta shunday qoshiq yasash uchun necha soat kerak bo’ladi?


Yechilishi: 1) 63:7=9
2) 54:9=6 javob 6 soat

458-masala. O’quvchilar 45 minut dars davomida 5 minut davomida og’zaki hisob bajarishdi, 15 minut misollar yechishdi, qolgan vaqtda esa masalalar yechishdi. O’quvchilar necha minut masalalar yechishdan?


Yechilishi:

  1. 5+15=20

  2. 45-20=25 javob 25 minut

464-masala. Stanokda 1 soatda 6 ta detal ishlanar edi. Stanok takomillashgandan so’ng 1 soatda 8 ta detal ishlandi. Stanok 9 soatda ilgaridigidan necha ortiq detal tayyorlash mumkin.


Yechilishi 1) 9.6=54
2) 9.8=72
3) 72-54=18 javob 10 ta

SHu masalalar orqali soat minut tushunchasi hosil qilinadi. Soatni kichik strelkasi minutni ifodalashini tushunib oladilar. 10 minut=60 sekund unda doir masalalar bajaradilar.


676-masala. Bitta nasos bir minutda 310 chelak suvni, ikkinchi nasos bir minutda 270 chelak suvni tortib chiqaradi. Ikkinchi nasos birinchi nasosdan qancha kam suv tortib chiqaradi.


Yechilishi: 310-270=40 javob 40 chelak.

675-masala. Bir sekuntda tovush havoda 330m masofda tarqaladi. 2 sekuntda qancha masofaga tarqaladi.


Yechilishi: 330.2=660 javob 660m.
O’quvchilar dars davomida sekund va asr bilan tanishadilar.
Sekund eng kichik vaqt birligini. Asr eng katta vaqt birligi ekanligi tushuntiriladi.
1-sekuntda 1-2 qadam yechish mumkin yoki 1 metr yurish mumkin
Asr tushunchasini o’quvchilar o’zlashtirib olishlari ancha qiyin bo’ladi. Chunki asr ulkan vaqt oralig’ini fikran qamrab oladi. Shuning uchun bir qancha misollar keltiriladi.

360 kundan iborat bo’lsa oddiy yil 366 kundan iborat bo’lsa kabi esa yil deb atalishi tushuntiriladi.


Kabisa yilni har 4 yilda 1 marta kelishi tushuntiriladi. To’rt oy aprel, iyun, sentyabr, noyabr 30 kun fevral 28-29 kun, qolgan 7 oy 31 kundan iborat. Sxemasi.

Qadim zamonlardanoq vertikal o’rnatilgan tayoq tushirilgan quyosh soyasi uzunlikning o’zgarishiga qarab inson quyosh soatini kashf etgan.


Eng qisqa soya kunning roppa rosa yarim soat 12 00ga to’g’ri keladi. Xavo bulut bo’lganda suv va qum soatlaridan foydalanilgan deb o’quvchilarga tushuntiriladi.
Hozirgi vaqtda-chi?
Hozirgi vaqtda hamma joylarda elektr va mexanik saoatlardan foydalaniladi. O’quvchilar sutkani 24 soat vaqt hisobi bilan tanishadi.
1 sutka yer yuzi atorofida 1 marta aylanib chiqishi uchun ularni tasavvur qilishlari uchun kesma bilan tanishtiriladi.
Yel oylarini tanishtirishda doiraviy sxemalardan foydalanish qulaydir. Chunki shu sxema yordamida yil oylarini kelish tartibini, har qaysi faslda nechta oy borligi qancha davom etishini bilib oladilar.
Kalendar orqali bolalar haftaning har xil voqealarini, ular bilan bog’liq bo’lgan kunlarni eslashadi. Tasavvur hosil bo’lsa boshlaydi.
Yuqorida berilgan ko’rsatmalardan foydalanib vaqt o’lchov birkliklarini, ya‘ni yirik biliklarni maydalari bilan almashtirish aksincha, yiriklari bilan almashtirishni o’rganish lozim.
O’quvchilar bilan birinchi misol bo’yicha mulohaza yuritiladi.
16 oy bu – 1 yil 4 oy
CHunki 12 oyimiz – 1 yil. 1 yilni 6 yilda qo’shganda 7 yil chiqadi, hammasi bo’lib 7 yilu 4 oy
SHu orada masala yechamiz.
Maqsad 1. O’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini yanada oshirish.
2. Og’zaki nutqini, hisoblash malakalarini rivojlantirish.
3. Mustaqil hamda mantiqiy fikrlashda o’rgatish.
Uslub: Bahs-munozaraga, suhbat.
Dars turi: Ochiq dars
O’quvchilar guruxlarga ajratiladi. Har bir guruh uchun sardor saylanadi. Dars davomida guruxlar faoliyatini ana shu sardorlar boshqaradi. Bu o’quvchilarga o’z-o’zini boshqarishga va mustaqillikka o’rgatadi. Shuningdek har bir bolalarning mashg’ulot jarayonida faol bo’lishga imkoniyat yaratadi.
Darsning borishi:
O’quvchilar O’zbekiston Davlat Madxiyasini kuylaydilar.
O’qituvchi-Qani bolalar, darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimiz har doirgidan o’zgacha.
“Zukkolar bahsida” bellashamiz.
Bahor fasli, bu faslda nishonlanadigan bayramlar haqida savol-javob o’tkaziladi.
- Qani bolalar hozir yashash yangilanish fasli. Shuning uchun men bugungi darsimizda bahorning go’zal malikasi Navro’zoyimni ham taklif qilganman. Shu payt eshik taqillab musiqa sadosi ostida Navro’zoyim kirib keladi. Qo’lida gullar to’la savatcha.
Navro’zoy-Assalom alaykum, aziz o’quvchilar va ustozlar va o’quvchilar. Bugun IV “A”-sinfda Zukkolar bahsi bo’lishini eshitib, savatchamni turli-tuman bahoriy gullar bilan to’ldirib huzuringizga kelaverdim. Gul yaproqlariga har bir gurux uchun savol va topshiriqlar yozilgan siz shu topshiriqlarning bajarib, o’z zukkoligingizni ko’rsatasiz degan umiddaman. Navro’zoyi mehmonlarga ajratilgan joyda borib o’tiradi.
Sardorlar o’z guruxlari bilan tanishtiradilar.
“Xumo” guruhi sardori:
-Yurtim O’zbekistoning o’z o’rni bor jaxonda
Xumo qushi erkin, shod
Uchar moviy osmonda
“Orzu”guruxi sardori.
-sen ilm cho’qqisini kuching-la,
Zarb etarsan
Kelajakda albatta orzuyinga yetarsan
“Zukko” guruxi sardori.
-zukkolik fazilati-bola ziynati
“Lochin” guruxi sardori:
-Ziyrak lochin qoqilmas,
Qoqilsa ham yiqilmas.
“Jilg’a ” guruxi sardori.
-jilg’aning oqishiga qara,
Bolaning xoxishiga qara.
Sinf taxtasida topshiriqlar bosqichlarga bo’lib yozib quyiladi.
Ko’rik –tanlovning 1bosqichi.
Vatanim –O’zbekiston. Oltin sanalar.
II bosqich-mantiqiy topshiriq
IV bosqich-Tenglamani yechish va ularni taqqoslash.
IV bosqich-Masala shartini rasmlar orqali tasvirlash va yechish.
V bosqich –sardorlar berlashuvi.
SHartlar o’qituvchi tomonidan izoxlab beriladi va topshiriqlar guruxlarga tarqatiladi. Ikkinchi, uchinchi bosqichlarda Navro’zoy keltirgan savol va topshiriqlardan foydalaniladi.
“Xumo” guruxida berilgan topshiriqlar
1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishgan?
2. Mantiqiy topshiriq.
Kvadrat ichidagi sonlarni ayting. Ayirmani shunday songa ko’paytiringki, natija uchburchaklar ichidagi songa teng bo’lsin 3-uchburchakda qaysi son yashiringan?
Bolalar topishmoqlar javobini topadilar.
Navro’zoy hayrlashib so’zini aytadi.
-ey zukko bolajonlar,
Mexri daryo ustozlar
Bukun mehmonga kelib,
Zukkoligingiz ko’rib,
Bir jaxon quvonch oldim,
Hayajondan lol qoldim
Sizga omad tilayman,
Doimo o’ynab kuling,
Xayr endi, sog’ bo’ling.
Xay‘at a‘zolari guruxlarning baxolarini e‘lon qiladi. G’oliblar maxsus sovg’alar bilan taqdirlanadi. O’quvchi hammani kirib kelayotgan Navro’z bayrami bilan tabriklaydi va darsni yakunlaydi.

Yüklə 146,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə