Mundarija


- Rasm- Nog’ora tayyoqchasiga o’hshash barmoq (o’rtada normal)



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə4/15
tarix20.09.2017
ölçüsü1,2 Mb.
#906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

10- Rasm- Nog’ora tayyoqchasiga o’hshash barmoq (o’rtada normal)

Barmoqlarni bunday o’zgarishga bronh raki, bronhoektatik kasallik, absses, empiema, yurakni tug’ma nuqsonlari, jigar sirrozi, nospesifik yarali kolit, barmoqlarni (tug’ma) oilaviy o’zgarishi (tog’ gipoksiyasi). olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt temir tanqisligida tirnoqlar qoshiqsimon bo’ladi (koylonixia – tirnoqlar distrofiyasi). Terini paypaslash orqali uning namligi yoki quruqligi aniqlanadi. Terining yuqori namligi ko’p ter ajralishi isitmasi baland bemorlarning isitmasi tushganda, sil, diffuz toksik bo’qoq, bezgak va yiringli kasalliklarda kuzatiladi.

Terini qurib qolishi ko’p suv yoqotganda ich ketishda, qusishda, gipotireozda, isitma ko’tarilish vaqtida kuzatiladi.

Ko’rish va paypaslash orqali terining egiluvchanligi aniqlanadi. Patologik holatlarda terining egiluvchanligi birmuncha o’zgaradi.

Teri osti yog’ qatlami teri bilan bir vaqtda tekshiriladi. Paypaslash orqali uning rivojlanishi va shishlar baholanadi.

Teri osti yog’ qatlamining rivojlanish darajasi odatda tana vazni bilan mos keladi va u kindik sohasida burma hosil qilish bilan aniqlanadi. Agar rivojlanish darajasi juda katta bo’lsa burama hosil qilib bo’lmaydi. Teri osti yog’ qatlamining rivojlanishi yoki kamayib ketishi qancha vaqt ichida sodir bo’lganligi klinik ahamiyatga ega.





11-Rasm- Kaxeksiya

Shishlar (oedema) – hujayra tashqarisidagi suyuqlikni organizm to’qimasida ko’payib ketishi. Suyuqlik interstisial oraliqqa qonning kapillar devori orqali filtrasiyasi natijasida to’planadi.





12-Rasm- oyoqdagi shish va terining trofik o’zgarishlari

Bu vaqtda ularning bir qismi limfa tomirlari orqali qonga qaytadi.Suyuqlikni to’planishi qonning gidrostatik bosimi va kolloid-osmotik bosimi o’zgarishlari natijasiga yuzaga keladi.

Bu vaqtda kapillar devorining o’tkazuvchanligi ham katta ahamiyatga ega. Qonda onkotik bosimni pasayishi ham filtrasiyani kuchaytiradi. Kapillar devoridan filtrasiyani kuchayishi termik, kimyoviy, mexanik va baktereologik tasurotlar natijasida ham yuzaga keladi. Shishni paydo bo’lishi vazinni ortishiga olib keladi. Bilinar-bilinmas shish “pastozlik” yoki hamirsimon shish barmoq uchi bilan bosganda deyarli chuqurcha qoldirmaydi. Shishning tana bo’ylab tarqalishi anasarka deyiladi. Suyuqlik qorin bo’shlig’iga yig’ilsa-assit deyiladi, ko’krak bo’shlig’iga yig’ilsa-gidrotoraks deyiladi.

Yurak, buyrak, jigar, ichaklar, endokrin, bezlari kasalliklarida shishlar tarqalgan harakterga ega bo’ladi. Vena va limfa oqimi buzilganda, allergik reaksiyalarda shishlar ko’pincha mahalliy hamda asimetrik bo’ladi.

Limfa tugunlarining kattalashishi muhim diagnostik belgilardan hisoblanadi. Limfa tugunlarini aniqlashni asosiy usuli paypaslash hisoblanadi Paypaslash barmoqlar uchi bilan mayin o’takaziladi va bosh, bo’yin tananing simmetrik sohalari taqqoslanadi. Paypaslash limfa tugunlarining quyidagi hususiyatlari baholanadi.

Soni, shakli, o’lchami, qattiq-yumshoqligi, og’riqligi, harakatchanligi, bir-biri yoki atrofdagi to’qima bilan yopishganligi. Limfa tugunlarini paypaslash ma’lum tartibda olib borilishi kerak.

Pastki quloq oldi, jag’ (oldingi va orqa) engak osti, yuzaki bo’yin, o’mrov usti, o’mrov osti, (Ensa) qo’ltiq osti, tirsak, ko’krak, chov limfa tugunlari.

Tizza osti limfa tugunlarining kattalashishi quyidagi holatlarda ahamiyatga ega.



  • Har hil o’tkir yallig’lanish kasalliklari

  • OITS ni boshlang’ich bosqichida – ko’p hollarda yoyilgan limfoadenopatiya – kasallikning birdan – bir klinik belgisi hisoblanadi.

  • Qon kasalligi – birinchi o’rinda gemoblastozlar.

  • Limfoproliferativ kasalliklar – limfogranulematoz

  • Biriktiruvchi to’qimaning sistemali kasalliklari

  • Limfa tugunlarida metastaz bergan o’smalarda.

  • Bazibir yuqumli kasalliklarda – bruselloz.

Limfa tugunlarini kattalashish sababini aniqlash uchun bazan biopsiya qilinadi.

Sohalar bo’yicha ko’zdan kechirish.

Boshni ko’rganda mikrosefaliya yoki makrosefaliya (tug’ma) bo’lishi mumkin. Parkinsonizmda boshni titrashi, aorta qopqog’i yetishmovchiligida – Myusse belgisi bo’ladi. Aiyrim soxalarda sochni to’kilishi kuzatilishi mumkin.(Zaxm).Teri qoplamini sertukligi ayrim endokrin kasalligiga dalolat bo’ladi.



13- rasm.Ko’krak qafasida sertuklik xolati.

Ko’zni ko’rganda qorachi’g’ni kengayishini (midriaz) atropin bilan zaharlanganda, komada.

Yuqori qovoqni tushishi (ptoz) – qovoq muskuli falajida. Ko’zni shoh pardasi va ko’z shilliq pardasi quruq bo’lishi mumkin, bu vaqtda ko’zga qum tiqilgandek bo’ladi. (kseroftalmiya).

Labni ko’rganda uning quruqligiga va toshmaga (herpes labialis) ahamiyat berish kerak.

Quloq suprasida oqroq yupqa teri bilan yopilgan kichkina tuguncha-tofus-kuzatilishi mumkin, bu podagra belgisi.

Burunni ko’rganimizda uning shakliga etibor berishimiz kerak. U o’zgarishi mumkin (zahm kasalligida, veyner granulematozida, o’smada).

Bo’yinni ko’rib paypaslaganda avvolo qalonsimon bez va limfa tugunlarini kattalashganligini aniqlashimiz mumkin. Ularning konsistensiyasi va og’riqligi aniqlanadi. Bundan tashqari bo’yinturuq venasining bo’rtib chiqishi hamda uyqu arteriyasining kuchli pulsasiyasi kuzatilishi mumkin. Oyoq-qo’llarni tekshirganda ularning terisida, bo’g’imida, suyaklarida o’zgarishlar bo’lishi mumkin. (Akromealiya, marfan sindromi).

Paypaslash (palpatio)

Paypaslash qadimdan ma’lum bo’lib Gippokrat davridan qo’llanib takomillashib, hozirgi kunda vrachlarning asosiy klinik tekshirish usullaridan biri bo’lib kelmoqda. Ilgarigi vaqtda asosan yuzaki joylashgan a’zolar teri qoplami, bo’g’im, suyaklar hamda tomir urishi (puls) tekshirilib kelingan.

Tahminan XIX asrning yarmidan boshlab tovush titrashi va yurak uchi turtkisini aniqlash klinikaga kirib kelgan bo’lsa, shu asrning ohirlarida qorin bo’shlig’ini sistematik paypaslash yo’lga qo’yildi (S.P.Botkin, F.Glinar,V.G.Obrazsov. va N.D.Strajesko)

Paypaslashning fiziologik asosi bo’lib, barmoqlar harakati va bosim bilan paypaslanuvchi a’zolarni his qilish, ularning haroratini sezish hisoblanadi.

Diagnostika uchun paypaslash usuli juda keng qo’llaniladi, ammo hamma vaqt ma’lum bir sistema va tartibga rioya qilinadi.

Agar unga rioya qilinmasa bazan diagnostikada hatoga yo’l qo’yilishi mumkin.

Yuzaki va chuqur paypaslash usullari farqlanadi. Qorin bo’shlig’i a’zolari kasalliklari diagnostikasida paypaslash juda katta ro’l o’ynaydi.

Masalan, P.Obrazsov va N.D. Strajesko tomonidan ishlab chiqilgan sirpanchiq paypaslash qorin bo’shlig’ida yotgan a’zolarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Organizmdagi hamma a’zolarni paypaslash usullari darslikning mahsus boblarida beriladi.



Tukullatish (percussio)

Tukillatish usuli 1761 yilda Vena vrachi Auenbrugger tomonidan taklif qilingan. Tukillatgan vaqtimizda a’zolar tebranish harkatiga keladi, bu tebranishni biz tovush sifatida eshitamiz. Muvozanatdan chiqqan a’zoning tebranishidan hosil bo’ladigan tovush uning kengligiga va tezligiga bog’liq. Tovush ma’lum tezlikda hosil bo’ladi. Bizning qulog’imiz tebranish tezligi bir daqiqada 16dan 38000 (gs) gacha bo’lgan tovushlarni qabul qiladi. Tebranish qancha tez bo’lsa, tovush shuncha baland, u qancha sekin bo’lsa, tovush shuncha past eshitiladi. Tovush kuchini tebranish kengligi belgilaydi. Bir hil kuch bilan tukillatganda devori cho’ziluvchan, havoli a’zolarda baland tovush vujudga kelsa (masalan, o’pka, me’da, ichak), zich a’zolarda esa, masalan, (jigar, yurak) past tovush paydo bo’ladi. Havoning kam yoki ko’pligi va zichlik darajasiga qarab biz tana qismlarining zichlik darajasini aniqlashimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda tukillatish usuli vrachlarning kundalik ishiga aylanib qolgan. Tukillatishda turli yo’llar ishlatilib kelingan. Masalan, maxsus metal plastinka plessimetrni ko’krak qafasiga qo’yib barmoq bilan tukillatish, bolg’achani plessimetrga urib yoki barmoqni barmoqqa urib tukillatish usuli 1935 yilda rus klinisisti G.I.Sokolskiy tomonidan taklif qilingan bo’lib u keng tarqalgan. Tukillatish usuli bevosita va bilvosita usullarga bo’linadi. Bevosita tukillatish bir yoki bir nechta barmoqni bemorning tanasiga to’g’ridan-to’g’ri urib bajariladi, hozirda u juda kam qo’llaniladi.

Bilvosita usul esa, tanaga emas, balki tanaga zich qo’yilgan plessimetr: yani barmoqqa urib tukillatish hisoblanadi. Bu usul qator afzalliklarga ega, bunda vrach barmoq – plessimetrni tananing har qanday yuzasiga joylashtirishi mumkin va akustik ma’lumot sezish bilan birga qo’shib olib boriladi.

Plessimetr chap qo’lning ko’rsatgich yoki o’rta barmog’i bo’lib u tanaga zich qo’yiladi. Bolg’acha esa, o’ng qo’lning ko’rsatgich yoki o’rta barmog’i bo’lib u birinchi bo’g’im oralig’ida bukiladi. Boshqa barmoqlar unga tegmaydi. Plessimetr yuzasiga barmoqni tik va qisqa urish kerak, chunki bu bilan urishning kuchli bo’lishiga va ko’proq chuqurlikga tarqalishiga erishiladi. Tovushni to’g’ri baholash uchun urish 2-3 marta bir hil kuch bilan va bir hil oraliqda bajarilishi kerak.

Chuqur, kuchli, baland va yuzaki, kuchsiz, past tukillatishlar farqlanadi. Chuqur tukillatishda tovush 7sm. Chuqurlikkacha, yuzasi esa 3-4 sm ga teng bo’ladi. Sog’lom odamlarda baland tovush havoli yoki gaz to’planadigan a’zolar ustida eshitiladi (o’pka, me’da, ichak). Past bo’g’iq tovush havosiz a’zolar ustida eshitiladi (jigar, buyrak, yurak, taloq). Nog’ora tovushini eslatuvchi timpanik tovush esa devor tarangligi bo’shashgan gaz to’plangan a’zolar ustida eshitiladi. Bu tovush sog’lom odamlarda me’da va ichak ustida eshitiladi.

O’pkada haddan tashqari havo ko’payib ketganda qutisimon tovush eshitiladi.

Havoli a’zo baland, havosiz a’zo past tovush berganligi uchun ular orasidagi chegarani aniqlash mumkin. Masalan, o’pka bilan yurak, o’pka bilan jigar. Topografik tukillatish orqali a’zolar chegarasini, ularning kattaligini va shaklini aniqlashimiz mumkin.

Ko’okrak qafasining simmetrik sohalarini taqqoslash maqsadida o’tkaziladigan tukillatish qiyosiy tukillatish deb ataladi.

Tukillatishning asosiy qoidalari



  1. tukillatish vaqtida bemor qulay vaziyatda o'tirgan yoki turgan holatda bo'lgani yahshi. Og'ir bemorlarda esa yotgan vaziyatda tukillatish bajariladi.

  2. Bemor tekshirilayotgan hona iliq va jimjit bo'lishi kerak.

  3. Varch qulay vaziyatda bo'lishi kerak.

  4. Chap qo'lning barmoqlari tukillatadigan yuzaga zich va yoyilgan holatda qo'yilishi lozim. Qo'l iliq bo'lishi kerak.

  5. Tukillatish bilak harakati, yordamida, barmoqlar perpendikulyar bo'lgan holda, qisqa, bo'lib-bo'lib bir hil kuch bilan bajarilishi kerak.

  6. Tukillatish baland tovush beruvchi a'zodan past tovush beruvchi azoga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chegarani belgilash plassimetrni baland tovush tomonidan o'tkazilishi kerak.

Eshitish (auskultasiya).

Eshitish (Lot. Auskulto-eshitaman)-organizmda tabiiy hosil bo'ladigan tovushlarni quloq yoki asbob yordamida bajarish. Shuning uchun bevosita va bilvosita eshitish usullari farqlanadi. Eshitish fransuz vrachi Rene Laennek tomonidan yozilgan (1816) va amaliyotga kiritilgan (1819). U o'zi birinchi marta stetoskop yaratgan. U hamma eshitish fenomenlarini yozish bilan birga ularga izoh bergan (vezikulyar, bronhial nafas, quruq va nam hirillashlar, krepitasiya, shovqinlar). Laennek tekshirishlari tufayli eshitish o'pka va yurak kasalliklarida muhim diagnostik usullardan biri bo'lib qoldi. Eshitishni rivojlanishi stetoskopni takomillashishi bilan bog'liq (Piorri, T.G. Yanovskiy, N.F.Filatov va B.) tovushni yozib oladigan asboblar yaratilishi bilan (yurak tovushi Eynthoven (1894) eshitish ancha aniqliklarga ega bo'ldi va ko'p hal bo'lmagan masalalar yechimi topildi.

Amaliyotda bevosita va bilvosita eshitishlar qo'llaniladi. Bevosita eshitishda tovushlar ancha yahshi, o'zgarmasdan eshitiladi, lekin ba'zi soharlni eshitib bo'lmaydi (o'mrov usti va ostida, qo'ltiq ostida, hamda gigienik tomondan noqulay). Bilvosita eshitganda esa tovush biroz o'zgaradi (rezonans natijasida), ammo u chegaralangan sohada bo'lganligi uchun ancha aniq eshitiladi. Hozirgi vaqtda binaural fonendoskoplar keng qo'llaniladi.

Eshitish o'pka, yurak, tomirlarni tekshirish uchun almashtirib bo'lmaydigan diagnostik usul bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari arterial bosimni o'lchashda, akusherlik amaliyotida, ichakni eshitishda katta ahamiyatga ega.

Eshitish ma'lum tartibda olib borilishi kerak. Avvalo eshitilayotgan honada jimjitlik bo'lishi, u iliq bo'lishi kerak. Bemor o'tirgan, turgan, og'ir bemorlar yotgan holatda eshitiladi. Fanendoskop tana yuzasiga zich qo'yilishi, ochiq joy qolmasligi zarur. Eshitilayotganda bemor vaziyati o'zgartirib turiladi. Odatda vrach bitta fonendoskopga o'rganishi va u bilan eshitishi kerak..

III – bob Nafas a’zolari tizimi.

Nafas sistemasini ko’pdan -ko’p maxsus tekshirish usullari yaratilishiga qaramasdan, uni fizikaviy tekshirish usuli ilgargidek asosiy usullardan biri bo’lib qoladi. Nafas tizimini tekshirish boshqa tizimlar kabi so’rab-surishtirishdan boshlanadi. Tekshirishning asosiy vazifalaridan biri patologik jarayonni qayerda joylashishini yani, (nafas yo’llaridami, o’pka parenhimasidami yoki plevra varag’idami) aniqlash hisoblanadi. Hozirgi kunda nafas tizimini funksional buzilishiga ham katta ahamiyat berilmoqda.

Nafas a’zolari quyidagi qismlardan iborat: havo o’tkazuvchi yo’l, o’pka, plevra bo’shlig’i, ko’krak qafasi va nafas muskullari. Havo o’tkazuvchi yo’llarning pastki qismi hiqildoq qopqog’i, hiqildoq, kekirdak, birinchi, ikkinchi, uchinchi va h. Bronhlarga bo’linadi. Bular hammasi o’pka to’qimasiga chang, zaharli moddalar, mikroorganizmlar kirib borishidan himoya qiladi. Bundan tashqari yo’tal va aksirish reflekslari biologik aktiv modda bo’lgan traheobronhial sekretni ishlab chiqarishi (lizosim, x, antitripsin) va plazmatik hujayralarda sintez qilinadigan immunoglobulinlar, avvalo lgA.

Nafas yo’llaridagi kiprikchali hujayralar u erda hosil bo’ladigan shilliq va undagi yot zarrachalarni yuqori nafas yo’llariga chiqaradi. Avvalo yo’llari va avleolalarni terminal bronx darajasida himoya qiladigan omillari birinchi navbatda makrofaglar-ular nafas olishda kiradigan mikroorganizm va chang zarralari bilan kurashishning birinchi bosqichida markaziy yo’l o’ynaydi. Ular fagositozda qatnashadi, o’zlarining proteaza va sitokinlari bilan mikroblarga va o’smalarga qarshi faolligini oshiradi. Surfakinlari-o’pkani himoya qiluvchi muhim komponent hisoblanadi. U nafas olishda alveolaga tushadigan yot zarrachalarni (infeksiya, chang) qamrab oladi.

Hozirgi kunda yuqorida qayd qilingan o’pkani himoya qiluvchi mehanizmlar funksiyasini o’rganish, kasallik diagnostikasida va uni rasional davolash taktikasini aniqlashda muhim rol o’ynaydi.

Shikoyatlari.

Nafas a’zolari kasalliklarida odatda quyidagi asosiy shikoyatlar ko’p uchraydi.

Yo’tal: - balg’amsiz (quruq)

- balg’am ajralishi bilan

- Qon tupirish

Harsillash

Ko’krak qafasida og’riq.

Yuqorida ko’rsatilgan shikoyatlar nafas tizimining o’tkir kasalliklarida ko’proq rivojlangan bo’ladi, jarayonning surunkali kechishida yoki remissiya davrida bu ko’rinish minimal bo’ladi va diagnoz qo’yishda qiyinchilik tug’diradi.

Yo’tal


Yo’tal-(tussis)-kekirdak-bronh yo’llarini shilliqdan, yiringdan, qondan va tanachalardan tozalashga qaratilgan hohishli yoki ihtiyorsiz (reflektor) tez turtkisimon nafas chiqarish.

Yo’tal-hiqildoq, kekirdak, bronhlar shilliq qavatidagi yo’tal reseptorlarining tasirlanishi natijasida kelib chiqadi.

Bu vaqtda ovoz yorig’i yopiladi va nafas hamda qorin bo’shlig’i muskullari taranglashadi, natijada ko’krak qafasi bo’shlig’idagi va nafas yo’llaridagi bosim keskin oshadi, so’ngra ovoz yorig’i keskin ochiladi va bosimlar farqi juda katta bo’lganligi sababli chiqayotgan havoning tezligi 0.5 dan 50-120 m/sek. Bo’lib nafas yo’llaridagi shilliq va yot tanachalarni tashqariga chiqarib tashlaydi.

Yo’tal sabablari har hil mexanik, kimyoviy va termik ta’sirotlar, hamda nafas yo’llarining yallig’lanishi bo’lishi mumkin. Yallig’lanish shilliq qavatini shishiga va ko’p miqdorda shilliq yoki yiring ajralishiga olib keladi, hamda yo’tal reseptorlarini tasirlab yo’tal kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Bundan tashqari chang zarrachalari, ko’ks bo’shlig’idagi o’smalar, limfa tugunlarini kattalashishi, qalqonsimon bezni kattalashishi va h.k. yo’talga sabab bo’lishi mumkin. Har hil kuchli hidlar, jumladan tamaki hidi ham yo’tal chaqiradi. Juda sovuq va juda issiq havo ham yo’tal chaqirishi mumkin. Yo’tal o’zining hususiyatiga qarab quruq (balg’amsiz) yoki nam (balg’am ajraladigan) bo’lishi mumkin. Ayrim kasalliklarda yo’tal faqat quruq bo’ladi. Masalan: laringit, quruq, plevrit, katta bronhlarni ezilishida (kattalashgan limfa tugunlari bilan), yoki bronhitlar, o’pka sili, pnevmoskeleroz, absess, bronxogen o’smalarda kasallik boshlanish vaqtida yo’tal quruq bo’lib, keyinchalik balg’am ajraladi. Yo’tal bilan balg’am ajralganda uning miqdoriga (bir yo’taldagi va sutka davomida), sutkaning qaysi vaqtida va qanday vaziyatda ajralishiga, husuiyatiga, rangiga va hidiga ahamiyat berish kerak. Nafas yo’llarining surunkali yalliglanishida ayniqsa tamaki chekuvchilarda, surunkali bronxitda, bronxoektatik kasallikda, o’pka absessida va kavernali silda ertalabki yo’tal kuzatiladi. Kechasi bilan o’pka bo’shlig’ida va bronhlarda to’planganda balg’am boshqa bronhlarga o’tib shilliq qavatdagi refleksogen zonalarni tasirlab yo’tal refleksi chaqiradi.

Yo’tal bilan balg’am ajraladi. Balg’am miqdori 10-15ml.dan 2 litrgacha bo’lishi mumkin. Bir vaqtning o’zida ko’p miqdorda “og’iz to’la” balg’am ajralishi absess yorilganda yoki ko’p sonli bronxoektazlarda tana vaziyatini o’zgartirganda vujudga keladi. Bir tomonlama bronhoektaz kasalligida bemorlar yo’talni kamaytirish uchun o’sha tomon bilan yotadilar. Bazan yo’tal kun bo’yi davom etib kechqurun kuchayib ketadi (bronhit, pnevmoniyada). “kechasi” bo’ladigan yo’tal (sil kasalligida, limfogranulematozda) kuzatiladi.

Yo’tal kelib chiqishiga ko’ra ham turlicha bo’ladi: yakka-yakka yo’tal (laringit, traheobronhit, silning boshlanishida): o’qtin-o’qtin ketma-ket keladigan yo’tal bronh-o’pka yo’tali (bronh yo’llariga yot narsalar tushganda, bronhial astmada) xuruj ko’rinishida o’tadi.

Bazan quruq plevritda, pnevmoniyaning boshlanishida og’riqni oldini olish uchun yo’tal qisqa-qisqa ehtiyotkorlik bilan bo’ladi. Ovoz pardalari yallig’langanda yo’tal bo’g’iq tus oladi, agar u yaralanib qolsa yo’tal juda pasayib ketib hatto eshitilmay qoladi.

Balg’amni qon aralash kelishi, ya’ni qon tuflash muhim klinik ahamiyatga ega. Qon miqdoriga qarab balg’amning rangi pushti, qizil, qo’ng’ir bo’lishi mumkin. Agar yo’tal vaqtida ko’pik aralash tiniq qizil qon kelsa (haemmeptoe), bu qonning o’pkadan kelayotganligini ko’rsatadi. Agar qon miqdori sutkada 200 ml ga etsa, u holda o’pkadan ko’p qon oqayotganligidan dalolat beradi. Qon tuflash yoki qon oqish doimo jiddiy belgi hisoblanadi va u chuqur tekshirishni taqazo qiladi. Balg’am bilan qon kelishining asosiy sabablari bo’lib yallig’lanish kasalliklari-bronxoektatik kasallik, o’pka sili, o’pka absessi, pnevmoniya, o’pka o’smasi, o’pka infarkti va boshqalar hisoblanadi. Qon tuflash har hil kasalliklarda o’ziga hos bo’ladi.

Masalan, krupoz pnevmoniyada “zangsimon” balg’am ajraladi. Bronhogen o’smada doimiy o’rtacha miqdorda qon ajralib turadi. O’pka to’qimasi yemirilganda (absess, sil) juda ko’p miqdorda qon ajraladi. O’tkir chap qorincha yetishmovchiligida o’pka shishi kelib chiqadi va ko’piksimon balg’am ajraladi.

Harsillash (dyspnoe)-nafas olish tezligining, ritmining va chuqurligining buzilishi sioblanadi. Ob’ektiv nafas olishni tezlashishi (20 martadan ko’p) – harsillash belgisi bo’ladi. Bu vaqtda to’liq nafas olish yoki chiqarish qiyinlashadi. Bemor havo yetishmasligidan shikoyat qiladi.

Harsillash ko’p kasalliklarning boshlanishida jismoniy zo’riqishda paydo bo’ladi. Harsillashni ko’pincha o’pka kasalligi bilan bog’laydilar ammo u boshqa kasalliklarda ham bilishi mumkin. Masalan, yurak kasalligida anemiya, semizlikda, zaharlanishda va h.k. Shuning uchun bemor harsillashga shikoyat qilganda uni qaysi kasallik bilan bog’liqligini aniqlash kerak.

Har qanday harsillash asosida nafas markazi faolligining ortishi yotadi u nafas yo’llaridagi o’pkadagi va nafas muskullaridagi reseptorlarining ta’sirlanishdan kelib chiqadi. Lekin bemorda bo’ladigan sub’ektiv havo yetishmaslik tuyg’usi hali aniqlanmagan. O’pka kasalligi bor bemorlarda harsillash nafas olish mexanizimining buzilishi bilan bog’liq. Harsillashlar inspirator (nafas olish qiyinlashishi), ekspirator (nafas chiqarish qiyinlashishi) va aralash turlariga bo’linadi. Inspirator harsillash kekirdak va katta bronxlar to’silib qolganda yuzaga keladi. (ovoz bog/lamining shishi, o’sma). Ekspirator harsillash o’pka emfizemasi uchun harakterli va bronhlar torayishida kuzatiladi. Aralash turdagi harsillashda nafas olishning har ikki bosqichi og’irlashadi.

Bu holat surunkali nafas yetishmovchiligi va surunkali yurak yetishmovchiligiga hos, kuchli darajadagi harsillash bo’g’ilish deb ataladi. Bu vaqtda nafas olishning hamma ko’rsatkichlari eng ko’p darajada bil;diradi (tezligi, ritmi, chuqurligi). Bunday holat ko’pincha bronhial astmada va o’tkir yurak yetishmovchiligida kuzatiladi.

Bemorlar harsillashni har hil tariflashadi “nafas olishga qiyinalyapman”: “nafas olganda havo yetmayapti” “nafasim to’liq chiqmayapti” va shunga o’hshash umumiy diskomfort sezishadi-qon va to’qimada kislorod yetishmasligi natijasida. Harsillashni muhim klinik belgilaridan biri uning jismoniy yuklama bilan bog’lanishi. Agar u kasallik boshlanishida faqat jismoniy yuklamadan keyin bo’lsa, kasallikning ohirgi bosqichlarida oddiy harakatda va hattoki tinch holatda ham namoyon bo’ladi.

Nafas a’zolari kasalligida og’riq odatda ko’krak qafasida bo’lib ayniqsa uning yonbosh qismida chuqur joylashgan. Bu og’riqlar nafas olish bilan bog’liq bo’lib, u chuqur nafas olganda, yo’talganda, aksa urganda kuchayadi. Og’riqni baholashda shuni esda tutish kerakki u qovurg’alar aro nerv va muskul yallig’lanishda yurak kasalligida yoki ko’krakdagi og’riq bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Bundan tashqari bemorlar umumiy harakatlarga ega bo’lgan shikoyatlari ishtahaning pasayishi o’zib ketishi, kechasi terlash istma ko’tarilishi kabilarga diqqatni jalb qiladilar.

Anamnezi


Avvalo kasallik qanday boshlanganligini aniqlashimiz kerak. Kasallik belgilarini qanday tartibda kelib chiqishini, boshlanish davridagi kasallik kechishini, uning zo’rayishi, davolash effektini bilishimiz mumkin. O’tkir kasalliklarda lohaslik, qaltirash, istmaning paydo bo’lish vaqti diagnostik ahamiyatga ega. Krupoz pnevmoniyada kasallikning o’tkir boshlanishi kuzatiladi. Kasallikni bo’linmasdan boshlanishi va uzoq vaqt taraqqiy qilib kelishi sil va o’pka o’smasiga harakterli.

Kasallik vaqtidagi epidemiologik holatni aniqlash ham mumkin. Gripp tarqalgan vaqtda gripli pnevmoniya bo’lishi mumkin. Sil kasalligi bilan kontakti bo’lgan – bo’maganlikni aniqlash ham katta ahmyatga ega. Hayot anamnezini iyqqanda ish sharoiti va turmush tarziga diqqatni qaratish kerak. Nam, isitilmaydigan, havo aylanmaydigan honada ishlar yoki yashash, o’pkani o’tkir yallig’lanish kasalliklariga olib kelishi mumkin va uning surunkalikka o’tishi oson bo’ladi.

Ayrim changlar bilan nafas olish bronxial astmaga, antrakozga yoki silikozga olib kelishi mumkin.

Oilaviy anamezida ayrim o’pka kasalliklariga genetik moyillik bo’lishiga (bronxial astma, bronxoektatik kasallik) axamiyat berish kerak. Oilasida sil kasali bilan og’rigan bemorlar bor-yo’qligini aniqlash kerak. Zararli odatlari: chekish, ko’p ichkilik ichish, narkotiklar qabul qilish kabilarni aniqlashimiz kerak.

O’pka kasalliklarda sigareta chekish aloxida o’rinni egallaydi. Xar bir konkret bemorlarda sutkada nechta dona sigaret chekishini va chekish staji necha yil ekanligini bilish muhim, zero u kasallik kechishini og’irlashtirishi yoki uni o’zi keltirib chiqarishi mumkin. Ko’p chekuvchilarda tez-tez surunkali obstruktiv bronxit kelib chiqadi. (“chekuvchilar (kasallikning grafik tasviri) bronxiti sxemasi”)

Umumiy ko’zdan kechirish

Nafas olish a’zolari kasallarini tekshirishda uni ko’zdan kechirishga alohida etibor berish lozim. Umumiy ko’zdan kechirishda bemorning vaziyatiga (masalan yarim yotgan holatda), terining ko’karishiga, uchuq toshgan-toshmaganligiga limfa tigunlari kattalanishiga, barmoqlarning holatiga (“gippokrat barmog’i”) ahamiyat beriladi.

Ko’krak qafasini ko’rish

Ko’krak qafasi va uning nafas olishdagi faolligi aniqlanadi. Ko’krak qafasi meyorida bo’lsa uning hamma chiziqlari simetrik joylashadi, ayniqsa u normostenik konstitutsiyada yaqqol ko’zga tashlanadi. Astenik va gipersteniklarning ko’krak qafasi (yuqorida qayd qilingandek) qator qarama-qarshi xususiyatlari bilan ifodalanadi. Patalogiyada qisqargan kengaygan, bo’chkasimon (emfizamatoz) ko’krak qafasi kuzatiladi. Emfizematoz ko’krak qafasi huddi chuqur nafas olgan holatdagidek giperstenikka o’xshash ko’krak qafasining hamma qirralari bo’rtib chiqadi. Bu holat bronxial bo’g’ilish hurujida, emfizemada kuzatiladi. Bunda nafas chiqarish qiyinlashadi, o’pkaning elastikligi kamayadi bunga qarama-qarshi falajlangan ko’krak qafasi (xuddi chuqur nafas chiqargandagidek cho’zilgan, yassilangan), haddan tashqari o’zib ketgan, ayniqsa asteniklarda uchraydi. Bu holat o’pka silida va surunkali jarayonida kuzatiladi. Yoshligida rahit kasalligi o’tkazgan kishilarda ko’krak qafasning shakli o’zgarib “tovuq” ko’krak qafasi shakliga kiradi. Bu rahitik ko’krak shakli deyiladi. Umurtqaning qiyshayishi ham ko’krak qafasi shaklining o’zgarishiga olib keladi “kifoz, lordos, skolioz).



14-Rasm- Ko’krak qafasi deformatsiyasi (kifoskolioz)

Ko’krak qafasining asimetriyasi muhim diagnostik ahamiyatga ega, ayniqsa chuqur nafas olganda. (bo’rtib chiqish, ichiga tortilish). Nafas harakatini kuzatish natijasida nafas turini, uning faoliyatini, tezligini, chuqurligini, meyoridan chetga chiqishini kuzatish mumkin.

Odatda bir daqiqada 16-18 marta nafas olinadi, nafas olish nafas chiqarishdan qisqa bo’ladi. Yoshlarda va ayollarda nafas olish ko’proq ko’krak yoki qovirg’a tipida, katta yoshdagi erkaklarda esa qorin yoki diafragma orqali amalga oshiriladi. Patalogik holatlarda nafas olish tez yoki sekin bo’lishi mumkin. Bu holat o’pka kaslliklari bilan bog’liq bo’lmay uni tashislash muhim ahamiyatga ega. Patalogik nafasni 4 ta turi ajratiladi.


  1. Kussmaul nafas olishi-bir meyoridagi tekis nafas sikli (shovqinli chuqur nafas olish, kuchli nafas chiqarish) es-hush yoqolganda bo’ladi. Bunday nafas olish diabetik (ketoasidotik) komada, uremiyada, jigar yetishmovchiligida kuzatiladi.

  2. Cheyn-Stoks nafasi; nafas to’htash davri bilan (apnoe) harakterlanadi. (bir necha sekunddan daqiqalargacha), so’ngra sust nafas olish boshlanib u 5-7 nafas olishgacha kuchayib boradi, keyin shu holat qaytariladi (o’pka shishida).

  3. Biota nafasi –1 me’yoridagi chuqur ritmik nafas 20-30 sekundlik apnoe bilan qaytarilib turadi. Bunday holat miya qon aylanishini bizilishida, zaharlanishida, shokda kuzatiladi.

  4. Grokko nafas olish-to’lqinsimon nafas bo’lib yuzaki nafas bilan chuqur nafas almashinib turadi, bu komatoz holatining har hil bosqichlarida kuzatiladi.

Paypaslash (palpatio)

Ko’krak qafasini paypaslashda biz uning harakat asimmetriyasini, elastikligini (rezistentligi), tovush titrashi, mahalliy og’riqni, plevra bo’shlig’idagi chayqalish shovqinini baholaymiz.

Nafas olganda asimmetriya darajasini aniqlash uchun vrach qo’lning kaftini ko’krak qafasini laterial tomoniga qo’yib chuqur nafas olish so’raladi, u vaqtda ko’krak qafasining tomoni orqada qo’llayotganligi ma’lum bo’ladi.

Ko’krak qafasini siqqanda uning rezistentligi ham aniqlanadi. O’pka to’qimasi qattilashganda gidrotoraksda uning elastikligi ortadi. Tovush titrashi (fremitus vacolis), yoki ko’krak titrashi (fremitis pectoralis) ko’krak qafasi devorining rezonans tebranishi, u paypaslashda seziladi. Uning kuchayishi o’pka to’qimasi qattiqlashganda (pnevmoniya, o’pka infarkti) kuzatiladi.

Tovush titrashining susayishi plevra bo’shlig’ida gaz yoki suyuqlik yig’ilganda (gidrotoraks, pnevmotoraks) , o’pka to’qimasida havo to’planganda (emfizemada kuzatiladi. Ba’zan plevra yallig’langanda ularning ishqalanishini sezishimiz mumkin. Bundan tashqari paypaslash yo’li bilan bo’yin, qo’ltiq osti va tirsak chuqurchasidagi limfa tugunlari aniqlanadi (o’pka o’smasida). Teri holati: elastikligi, namligi, teri osti yog’ qatlami, og’riq nuqtalari aniqlanadi.

Tukillatish (percussio)

Tukillatish qoidalarini yuqorida qayd etgan edik. Sog’lom o’pka ustida tiniq o’pka tovushi eshitiladi.

Ko’krak qafasida qiyosiy va topografik tukillatish o’tkaziladi.

Qiyosiy tukillatish

Qiyosiy tukillatishda o’pkani simmetrik sohalarini tukillatganda vujudga keladigan tovush taqqoslanadi (yurak sohasidan tashqari). Taqqoslash yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Barmoq plessimetr qovurg’alar orasiga qo’yiladi. Bunda shu narsaga etiborni qaratish kerakki tukillatish chuqurligi bolg’acha barmoq bilan urish kuchiga bog’liq bo’ladi. Urish qachon kuchli bo’lsa tovush tebranishi shuncha chuqurga tarqaladi va tukillashi qavatlari shuncha qalin bo’lsa, o’pka cho’qqisini tukillatganda meyorida tovushni bir muncha asimmetriyasini ko’ramiz. O’ng o’pka cho’qqisi biroz bo’g’iqroq muskullar yahshi rivojlanganligi sababli. Ilgarigi vaqtda o’pka cho’qqisini tukkilatishga katta ahamiyat berilgan, chunki sil kasallikgi o’pkaning yuqori bo’lagida ko’proq joylashgan. Ko’krak qafasini ayrim sohalarida o’pka tovushini o’zgarishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, bo’g’iq tovush yoki bo’g’iqroq, timpanik, qutisimon.

O’pka to’qimasi qancha zich bo’lib, havosi kam bo’lsa, tukillatish tovushi shuncha bo’g’iq bo’ladi. (suyuqlik, o’sma to’qimasi). Yallig’lanish ekssudatini plevra bo’shlig’ida to’planishi diagnostik ahamiyatga ega, chunki bu vaqtda bo’g’iqlik chegarasi qiyshiq o’tib uning yuqori cho’qqisi orqa qo’ltiq osti chizig’ining tepa qismida bo’ladi (Ellisa – Damuazo – Sokolov chizig’i).

Gidrotoraks pnevmotoraks bilan birga kelsa, suyuqlik gorizontal to’planadi.

O’pkaga suyuqlik to’planish jarayonining boshlang’ich davrida tukillatish tovushi bo’g’iqroq bo’lib, suyuqlik ko’payib borishi bilan bo’g’iq tovushga aylanib boradi.

Qutisimon tovush – o’pka alveolalari orasidagi devorning yupqalanib unda havoning ko’payib ketishi natijasida vujudga keladi. (emfizema).

O’pka ustida timpanik tovush o’pkada bo’shliq bo’lganda (kaverna, katta bronxoektazlar, o’pka abssesdan bo’shaganda), yoki plevra bo’shlig’ida gaz bo’lganda vujudga keladi.

O’pkani topografik tukillatish

Topografik tukillatishda o’pkaning yuqori va pastki chegaralari, Krening maydoni va o’pka pastki qirralarining harakatlanishi aniqlanadi.

Topografik tukillatishda plessimetr barmoq qidirilayotgan chegaraga yondosh qo’yiladi va barmoqning tashqi qirrasidan belgilanadi. O’pkaning yuqori chegarasini aniqlash uchun barmoq o’mrov suyagining o’rtasida yondosh qo’yiladi va yuqoriga hamda birmuncha ichkariga bo’yin tomonga qarab bo’g’iqroq tovushgacha tukillatiladi. Sog’lom odamlarda o’pka uchi o’mrov suyagidan 3-4 sm. Yuqorida bo’ladi. O’pkaning yuqori chegarasi orqadan huddi shunday pastdan yuqorida va ichkariga bo’yin tomonga qarab aniqlanadi. O’pkaning orqadagi yuqori chegarasi me’yorida 7 bo’yin umurtqasining uchiga mos keladi. O’pkaning o’ng uchi chap uchiga qaraganda pastroq joylashgan.

O’pkaning pastki chegarasini aniqlash.

Pastki chegarani aniqlash unchalik qiyin emas, uni – o’ng tomondagi pastki chegarani aniqlashdan boshlash osonroq bo’ladi. Buning uchun tukillatish yuqoridan pastka qarab qovurg’a oralig’i bo’yicha hamma shartli chiziqlarda olib boriladi. Chap o’pkaning pastki chegarasi aniqlanganda yurakning joylashishi hisobga olinadi va u oldingi qo’ltiq osti chizig’idan boshlanadi. O’ng va chap o’pkaning pastki chegarasi bir hil yuzada joylashgan.

O’pkaning me’yoridagi pastki chegaralari;


  • to’sh suyagi oldi chizig’i-VI qovurg’a yuqori qirrasi

  • o’rta o’mrov chizig’i – VI qovurg’a oralig’i

  • old qo’ltiq osti chizig’i – VII qovurg’a

  • o’rta qo’ltiq osti – VIII qovurg’a

  • orqa qo’ltiq osti chizig’i – IX qovurg’a

  • kurak chizig’i – X qovurg’a

  • umurtqa oldi chizigi – XI ko’krak umurtqasi to’g’risida

O’pka pastki chegarasining joylashishi odamning gavda tuzilishi hamda boshqa sabablarga ko’ra turlicha o’zgarishi mumkin.

Asteniklarda o’pka pastki chegarasi normosteniklarga nisbatan bir qovurg’a pastroq bo’ladi, gipertsteniklarda aksincha, bir qovurg’a yuqori turadi. Homilador ayollarda o’pkaning chegarasi yuqoriga siljiydi.

Patalogik holatlarda o’pkaning pastki chegarasi yuqoriga yoki pastga siljishi, u ikki taraflama yoki bir taraflama bo’lishi mumkin.

O’pka pastki chegarasining pastkga barqaror siljishi ko’pincha o’pka emfizemasida kuzatiladi, kamroq bronhial astmada bo’ladi. Birinchi holatda vaqt o’tishi bilan chegaraning pastga siljishini ortib borishi bilan harakterlanadi va bunda nafas yetishmasligi rivojlanib boradi. Ikkinchi holatda bronhial astma huruji vaqtida nafas chiqarish qiyinlashishi hisobiga o’pka kengayib ketadi va qoldiq havo ko’payib ketadi. Ko’pincha o’pka pastki chegarasining siljishi uning pastki qirrasini harakatini kamayishi bilan birga kelishini kuzatishimiz mumkin. O’pka pastki chegarasini siljish darajasini aniqlash (ayniqsa emfizema boshlanishida), bemorni dinamikada kuzatib borishda katta ahamiyatga ega.

Plevra bo’shlig’iga suyuqlik yoki gaz yig’ilishida, hamda diafragmani baland turishida (semizlik, homiladorlik, astsit, meteorizm), o’pkaning pastki chegarasi yukoriga siljiydi. Bunday siljish o’pka hajmining kamayishi bilan kuzatiladi. (o’pkaning tiriklik sig;imi ham kamayadi «OTS»). Bu o’pkada gemodinamikaning buzilishiga va nafas yetishmovchiligini rivojlanishiga olib keladi.

O’pka pastki qirrasi harakatini aniqlash.

Buning uchun o’pkaning pastki chegarasi aniqlab olinadi va bemordan chuqur nafas olish, hamda uni ushlab turish so’raladi, bu vaqtda yana chegara aniqlanadi, so’ngra shu holat chuqur nafas chiqargandan keyin ham bajariladi.

Me’yorida o’rta qo’ltiq osti bo’yicha o’pka qirrasi chuqur nafas olganda pastga 4 sm. siljiydi, chuqur nafas chiqarganda ham 4 sm. yuqoriga siljiydi. Nafas ekskursiyasi bu chiziq bo’yicha 8 sm.ni tashkil qiladi.

O’pkani eshitish (auskultasio)

Eshitish usuli birnchi bor Rene Laennek tomonidan taklif etilganligi yuqorida qayd etilgan edi. O’pkani eshitganda shovqinning xususiyatiga, kuchiga, joylashishiga, tarqalishiga, nafas davrlariga etibor berish lozim. Eshitish simmetrik sohalarda ularni taqqoslash bilan olib boriladi. Nafas olishda o’pkada hosil bo’ladigan tovushlar nafas shovqinlari deb ataladi. Ular ikkiga bo’linadi asosiy va qo’shimcha.

Asosiy nafas shovqinlari.

Me’yorida o’pka ustida ikki hil nafas shovqinlarini eshitamiz: vezikulyar va bronhial.

Bronhial nafas.

Fiziologik sharoitda eshitishda bronhial nafas to’sh suyagining yuqori qismida, bo’yinning pastki qismida, kekirdakning yuqori qismida va halqum ustida, orqada esa VII bo’yin umurtqasi yonidan to IV ko’krak umurtqasigacha eshitiladi. U o’zining hususiyatiga ko’ra nafas chiqarganda uzoqroq, balandroq va dag’alroq bo’lib “H” harfini talaffuzi kabi eshitiladi. Nafas shovqini hosil bo’lish mexanizmini ko’radigan bo’lsak, havo ovos yorug’idan, halqum va kekirdakdan o’tayotganida aylanma harakat vujudga keladi, u nafas olishda ovoz bog’lamlari ustida, nafas chiqarishda esa uning ostida hosil bo’ladi. Nafas chiqarishda ovoz yorug’i ko’proq torayishi tufayli shovqin uzoq, qattiqroq va dag’al eshitiladi. Nafas olish faol jarayon bo’lganligi uchun nafas chiqarishga nisbatan tezroq bo’ladi. Bunday nafasga laringotraxeal yoki bronhial nafas deyiladi. Eshitish maydoni va intensivligi asteniklarda gipersteniklarga nisbatan ko’proq bo’lib, bu ularning anatomik hususiyatlari bilan bog’liq.

Agar bronhial nafas bu qismlardan boshqa joyda eshitilsa, u patalogik holat bo’lib, o’pka to’qimasi zichlashganligidan dalolat beradi. (infiltrasiya hosil bo’lishi, o’pka infarkti, ekssudativ plevrit, o’smalar).

Bronhial nafas patalogik bo’shliqlar ustida ham eshitiladi. Masalan, sil kavernasi, bo’shagan absess, agar ular bronh bilan tutashgan bo’lib atrofidagi o’pka to’qimasi zichlashgan bo’lsa. Katta bronhoektazlarda ham shunday holat kuzatiladi. Ba’zan bo’shliq ustida uning devori silliq bo’lib tarang tortilgan bo’lsa metalni urgandek tovush (amforik) eshitiladi (huddi bosh grafin yoki shishaga puflab hosil qilingan tovushga o’hshash). Bunday shovqin pnevmotoraks ustida ham eshitiladi. O’pka o’smasida bronhial nafas eshitilmaydi.

Vezikulyar nafas.

Ko’krak qafasining qolgan hamma qismlarida vezikulyar nafas eshitiladi. U yumshoq, puflovchi “f” harfini eslatuvchi talaffuzdagi shovqin hisoblanadi. Bu shovqin nafas olishda uzoqroq va kuchliroq eshitiladi. U o’pka parenhimasi, alveolalarida hosil bo’ladi. Nafas olishda alveola havo bilan to’lib uning devori to’g’rilanadi, natijada undagi elastik elementlar tebranishi tufayli (alveolyar) vezikulyar nafas hosil bo’ladi. Alveolalar muntazam ravishda to’lib borganligi uchun tovushlarning ma’lum miqdordagi yig’indisi vujudga kelib, davomli tovush eshitiladi. Bu tovush nafas chiqarishning boshida ham eshitiladi. Nafas chiqarishda alveola devorlarining tebranishi tez so’nadi. Vezikulyar nafasning kuchi ko’krak devori to’qimasining qalinligiga, nafas harakatining kuchiga va qator boshqa omillarga bog’liq. O’smirlarda vezikulyar nafas kattalarga nisbatan birmuncha kuchliroq eshitiladi. Bazan o’ng o’pka uchida ham vezikulyar, ham bronhial (bronhovezikulyar) nafas eshitiladi. Agar chap tomonda paypaslashda tovush titrashi kuchliroq, tukillatishda bo’g’iqroq va eshitganda nafas kuchliroq bo’lsa patalogik belgi bo’lib hisoblanadi.

Vezikulyar nafas kuchaygan va susaygan bo’lishi, hamda dag’al nafas paydo bo’lishi mumkin, bu vaqtda vezikulyar nafas kuchayishining amaliy ahamiyati kamroq.

Vezikulyar nafasning kuchayishi katta jismoniy yuklamada, gipertireozda kuzatilishi mumkin. Agar nafasning ikkala davrida nafas olish va chiqarish kuchaygan bo’lsa, bunday nafas dag’al nafas deyiladi. U bir tekisda bo’lmay, ancha dag’al bo’ladi, bunga sabab bronh devorining noteksligi va qing’ir-qiyshiqligidir.

Dag’al nafas bronhitlarda, bronhlar torayganda nafas olish va chiqarishning uzayishi bilan birga keladi.

Vezikulyar nafasning susayishi juda ko’p sabablarga bog’liq.



  • plevra bo’shlig’ida suyuqlik yoki gaz to’planganda;

  • alveola devori o’zgarganda (yallig’lanishni boshlanishi; fibroz jarayoni).

  • Emfizema jarayonida alveola elastikligining yo’qolishi.

  • Ko’krak qafasi harakatining susayishi (semirishda, pikvik sindromida, plevra varaqlarning yopishib qolishi; qovirg’alar singanda og’riq bo’lganligi uchun, quruq plevritda).

  • Obturasion atelektazda – (bronh to’silib qolib o’pka to’qimasi bujmayib qoladi).

  • Kompression atelektazda – o’pka to’qimasi ezilib qolganda (suyuqlik yoki gaz bilan).

Vezikulyar nafasning eng kuchli susayishi, deyarli eshitilmasligi – yoyilgan katta atelektazda, o’pka shishida, astmatik bo’g’ilishda bo’ladi.

Qo’shimcha nafas shovqinlari.

Qo’shimcha nafas shovqinlari doimo nafas tizimidagi patalogik jarayonlarning belgisi hisoblanadi.

Ularga hirillashlar, g’ichirlashlar, plevraning ishqalanish shovqini kiradi. Bu shovqinlarning har biri o’zining ma’lum kelib chiqishiga va manbaiga ega bo’lganligi uchun diagnostik ahamiyati juda katta.

Hirillashlar faqat nafas yo’llarida (har hil kattalikdagi bronhlarda), g’ichirlash – deyarli alveolyar feno-

meni bo’lib hisoblanadi. Plevraning ishqalanish shovqini jarayonga plevra varaqlari tortilganligini ko’rsatadi. Ko’rsatilgan har bir shovqin nafas olishning ma’lum fazalarida yahshi eshitiladi; hirillashlar nafas olish boshida va nafas chiqarish ohirida, g’ichirlash faqat nafas olish cho’qqisida, alveolalar havo bilan maksimal to’lganda, plevra ishqalanish shovqini ham nafas olish, ham chiqarishda babbaravar eshitiladi.

O’pkani eshitganda birinchi navbatda asosiy nafas shovqinlariga ahamiyat berish lozim, so’ngra qo’shimcha nafas shovqinlarini diqqat bilan eshitish zarur.

Hirillashlar (rhonchi)

Hirillashlar nafas yo’li torayib qolganda yoki unda patalogik suyuqlik yig’ilganda vujudga keladi. Hirillashlar asosan bronhlarda paydo bo’ladi va bazan bronh bilan tutashgan bo’shliqlarda hosil bo’ladi.

Ular nafas olishning boshida va nafas chiqarishning ohirida eshitiladi. Hirillashlarni eshitish uchun bemor chuqur nafas olishi kerak. Hirillashlar qanday bo’lishidan qatiy nazar yo’taldan so’ng o’zgaradi.

Hirillashlar ikkiga bo’linadi quruq va nam.

Quruq hirillashlar

Quruq hirillashlar bronh shilliq qavatlari shishganda, g’adir-budir bo’lganda, uning bo’shlig’ida yopishqoq fibrinli quyuq shira bo’lganda eshitiladi. Hirillashlar baland va past, hushtaksimon, g’o’ng’illagan hususiyatga ega. Ular doimo nafasning ikkala fazasida eshitilib turadi. Hushtaksimon hirillashlarning balandligiga qarab, bronhlar torayish darajasini bilish mumkin. Ancha baland tembrdagi shovqin mayda bronhlar obstruksiyasiga hos. Ancha past shovqinlar o’rta va katta bronhlar shikastlanganda bo’ladi. Bazan quruq hirillashlar nafas chiqarishda yoki nafas olishda kuchliroq eshitilishi mumkin. Uning jadalligi nafas olish kuchiga bog’liq. Quruq hirillashlarning diagnostik ahamiyati shunday iboratki, ular bronhlarning ancha sezirarli torayganligidan dalolat beradi.

Bronhial astma hurujida quruq hurillashlar o’pkaning hamma qismida eshitiladi va o’zgaruvchan bo’ladi. Bir tomonlama quruq hirillashlar, agar u ma’lum sohada bo’lsa, ayniqsa o’pkaning yuqori segmentida, odatda o’pkada bo’shliq borligini ko’rsatadi (ko’pincha kaverna).



Nam hirillashlar

Nam hirillashlar bronh bo’shlig’ida (suyuq balg’am, qon, shish suyuqligi) bo’lganda havo oqimi shu suyuqlikdan o’tayotganda pufakchalar hosli bo’lib, ular suyuqlik yuzasida nam hirillashlarni hosil qiladi. Ular pufakchali deb ham ataladi. Nam hirillashlar jarangli va jarangsiz bo’lishi mumkin. Mayda pufakchali jarangli hirillashlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki u bronh atrofini yallig’lanishidan dalolat beradi. Shovqinni yahshi o’tkazilishi esa o’pka to’qimasini zichlashganligini (infiltrasiyasi) bildiradi.

Bu ayniqsa o’pka cho’qqisida infiltrasiya o’chog’ini aniqlash uchun muhim (sil kasalligida), va o’pkaning pastki sohasida (dimlanish pnevmoniyasi), yurak yetishmovchiligida. Bu hirillashlar tekshiruvchining qulog’i ostida eshitilayotgandek bo’ladi. O’rta pufakchali, ayniqsa katta pufakchali jarangli hirillashlar eshitilsa bu ko’pincha katta bo’shliq yoki kaverna borligidan dalolat beradi.

Jarangsiz nam hirillashlar ikkala o’pkaning pastki qismida joylashadi, ko’proq o’ng tarafda, yurak yetishmovchiligi natijasida kichik qon aylanish sohasida uzoq davom etgan dimlanish vaqtida eshitiladi.

G’ichirlash (Krepitasiya)

G’ichirlash akustik fenomen bo’lib, alveolalarda havo va oz miqdorda suyuqlik bo’lganda vujudga keladi. Bu yallig’lanish suyuqligi alveola devorlarini ho’llab, ular yopilganda yopishib qolish holatini paydo qiladi. Nafas olish cho’qqisida o’pkaga havo kirishi natijasida yopishib qolgan alveola devorlari huddi darz ketganda chiqadigan, yoki soch tolalarini quloq oldida ishqalashda eshitiladigan g’ichirlash tovushiga o’hshash tovush paydo bo’ladi. G’ichirlash faqat nafas olish cho’qqisida yo’taldan qatiy nazar eshitiladi. U alveolalar yallig’langanda, atelektazda, o’pkada dimlanish bo’lganda vujudga keladi.

G’ichirlash birinchi navbatda – pnevmoniyaning boshlamg’ich va ohirgi bosqichlarining muhim belgisi bo’lib hisoblanadi. (crepitatio indux va crepitatio redux). Pnevmoniya avjiga chiqqan vaqtda (jigarlanish bosqichi) alveolalar ekssudat bilan to’lgan bo’lib g’ijirlash va vezikulyar nafas ham eshitilmaydi.

Bazan g’ichirlashni kichik pufakchali jarangdor hirillashlardan farqlash qiyin bo’ladi. Bu vaqtda quyidagi belgilarga diqqatni qaratish kerak. G’ichirlash faqat nafas olish cho’qqisida eshitilsa, hirillashlar esa ham nafas olishda, ham nafas chiqarishda eshitiladi, hirillash yo’taldan so’ng vaqtinchalik yo’qoladi.

Fibrozlanayotgan alveolitlarda ham g’ijirlash fenomeni bo’lib, u bir necha oylab, hatto yillab doimiy eshitilishi mumkin.

Plevraning ishqalanish shovqini.

Visseral va parietal plevraning yallig'lanib o'zgarish jarayonida dag'al tovush hosil qilishi plevraning ishqalanish shovqini deyiladi.

Plevra ishqalanish shovqini eshitilishiga asosiy eng ko'p sabablardan biri quruq plavrit hisoblanadi va u odatda og'riq sezish bilan ifodalanadi.

Bundan tashqari plevra ishqalanish shovqin miliar silda, o'pka infarktida, plevra varaqlari o'smasida ham eshitilishi mumkin. Plevraning ishqalanish shovqini hirillashlardan farqli bo'lib, u nafas olish va chiqarish davomida bir hilda aniq eshitilib turadi, yo'taldan so'ng o'zgarmaydi, stetoskop bilan ko'krak qafasiga bosganda shovqin o'tishi kuchayadi, nafas olmay qorin bilan nafas harakati qilganda shovqin saqlanadi.

Plevra varag'i perikard yaqinida yallig'lansa plevroperikardial shovqin paydo bo'lishi mumkin.

Bu nafas harakatida o'zgargan plevra varag'i perikardga tegib shovqin hosil qiladi. Shu tufayli biz uni perikarditdan farqlab olamiz.

Bronhofoniya

Bemorni pichirlab yoki shivirlab aytgan so'zini ko'krak qafasida auskultasiya orqali eshitish – bronhofoniya deyiladi. Bajarilishi; bemordan pichirlab ayrim so'zlarni aytish so'raladi, bu vaqtda o'pkaning simmetrik sohalari eshitiladi, agar o'pkada zichlashgan o'choq bo'lsa uning ustida bu so'zlar aniq eshitilib farqlanadi. Bronhofoniyaning afzalligi shundaki u og'ir bemorlarda tovush titrashi aniqlanmaganda va bronhial nafas eshitilmaganda ham aniqlanadi. Bronhofoniya atelektazda va plevraga suyuqlik to'planganda susayadi.



Laborator va asbobiy tekshirish usullari

Qo'shimcha tekshirish usullari o'pka kasalliklari diagnostikasi uchun, o'pkada kechayotgan jarayonlarni faolligini aniqlash, hamda o'pkani funksional holatini bilish uchun katta ahamiyatga ega. Ularga quyidagilar kiradi. P.Rentgenologik va radiologik usullari, rentgen tomografiyasi, kompyuter tomografiyasi, bronhografiya, endoskopik tekshiruvlar (bronhoskopiya, torakskopiya, funksional tashxis usullari, labaratoriya tekshirish usullari (balg'amni va plevral suyuqlikni tekshirish).

Rentgenoskopiya usulida o'pkani nafas olish jarayonida o'rganiladi (hozirgi vaqtda teleekran orqali ko'rilib turiladi). Rentgenoskopiyada diafragmaning harakatini (yuqori yoki past turishini), sinus holatini, qizilo'ngachni joylashishini ko'rishimiz mumkin.

Rentgenografiya tekshirish usuli – eng ko'p va aniq ma'lumot beradigan qo'shimcha usullardan biri. Ko'krak qafasi a'zolarini rentgenografiyasi to'g'ri, qiyshiq va yon proeksiyalarda amalga oshiriladi. Bu vaqtda o'pka parenhimasi, qon tomirlari va o'pka ildizi tahlil qilinadi.

Tomografiya – o'pkaningn har hil chuqurlidagi holatini qavatma-qavat rasmga tushirish bilan undagi patologik o'choqni joylashishi aniqlanadi. Bu borada kompyuter tomografiya ancha ko'p ma'lumot beradi. Kompyuter tomografiya usulini ishlab chiqqan mualliflar Xaunsfil va Kormanlarga 1979 yilda nobel mukofoti berilgan. Bu usul bilan koks oralig'idagi a'zolar, katta qon tomirlar, yurak, o'pka, kattalashgan limfa tugunlari va o'smalarni ko'ramiz. Bu usul ham klinik va rentgenologik usullarni to'ldiradi.

Bronhografiya – pastki nafas yo'llarini tekshirish usuli bo'lib, bronhlarga kontrast modda yuborish yo'li bilan bronhoektazni aniqlashga imkon beradi.

Flyurografiya – odamlarni yoppasiga profilaktik tekshirish uchun qo'llaniladi.

Bronhoskopiya usuli diagnostika va davolash maqsadida qo'llaniladi. Bu usulda bronhoskop orqali kekirdak va bronhlarni shilliq qavatlari bevosita vizual ko'riladi, hamda ularda joylashgan patalogik o'zgarishlar aniqlanadi. Bundan tashqari sitologik tekshirish uchun ularning shilliq qavatlaridan biopsiya qilinadi; bronhlar yuviladi va yuvish suyuqligi tekshiriladi.

Bronhoskop yordamida bronhlarga dori moddalari yuboriladi (masalan “bronhoektaz kasalligida”). Qon tupirgan bemorlarda albatta bronhoskopiya o’tkazish kerak, chunki uning yordamida qon oqish o’chog’i (kekirdak, bronh, parenhimi) va uning sababi (bronhoektaz, o’sma, sil) aniqlanadi.

Torakoskopiya – mahsus optik naycha yordamida plevra bo’shlig’i tekshiriladi.

Balg’amni tekshirish.

Balg’amni mikroskopik baholashdan so’ng uning sifatini aniqlash uchun mikroskopik tekshirish o’tkaziladi.

Balg’am nafas yo’llarining va o’pka to’qimasining shirasi bo’lib, odatda uni nahorga yig’ilgani tekshiriladi. Balg’am yig’ishdan oldin og’iz yahshilab suv bilan chayib tashlanadi. O’pkaning yiringli kasalliklarida (absses, bronhoektaz) balg’amning bir kunlik miqdori yig’iladi va o’lchanadi. Sil kasalligida esa, agar balg’am nam bo’lsa u uch kungacha yig’iladi.

Balg’amni mikroskopik tekshirishda uni gram asosida bo’yab surtma tayyorlanadi. Bu tekshirish quyidagilarni aniqlashga imkon beradi.



  • hujayra tarkibi – eritrositlar borligi va miqdori, neytrofillar, eozinofillar, alveolyar makrofaglar va b.

  • Elastik tolalar borligi.

  • Har hil kristal moddalar ularning rangi va shakli.

  • Mikroorganizmlar borligi.

  • Chang zarrachalari.

Mikroskopiyadan tashqari bakterialogik tekshirish, balg’amni ovqat muhitiga ekish va bakteriyalarni o’stirib ularni antibiotikka bo’lgan sezgirligi aniqlanadi. Sil kasalligiga shubha bo’lganda balg’amni bir necha bor tekshiriladi, mahsus ovqatlanish muhitiga ekiladi.

Sil – Nilson usuli bo’yicha bo’yalgan surtma tayyorlab mikroskop ostida ko’riladi. Balg’amni miqdor va sifat jihatidan o’zgarishi har hil kasalliklar borligidan dalolat berishi mumkin.

Masalan, balg’amda ko’p miqdorda neytrofillar bo’lishi bakterial infeksiya borligidan dalolat berishi mumkin (pnevmoniya, bronhoektaz kasalligi).

Eozinofillarni topilishi esa bronhial astma yoki o’pkaning boshqa allergik kasalliklaridan dalolat beradi. Bundan tashqari bronhial astmada Kurshman spirali, Sharko – Leyden kristallari bo’lishi mumkin. Surtmada eritrositlar bo’lishi bronxdan yoki o’pkadan qon oqayotganligini ko’rsatishi mumkin. Balg’amda elastik tolalar bo’lishi – o’pka to’qimasi yemirilish belgisi hisoblanadi (absses, o’pka gangrenasi, sil).

Bronhlar yuvindisini tekshirish.

Buni tekshirishdan maqsad sil tayoqchasini topish yoki havfli o’sma hujayralarini aniqlash hisoblanadi. Hiqildoq va yutqinni anesteziya qilgandan keyin, hiqildoq va kekirdakka shpris bilan 10-20ml fiziologik eritma yuboriladi, u hiqildoq va kekirdakni shilliq qvatini tasirlab yo’tal chaqiradi. Yo’tal bilan chiqadigan shilliq va yuvindi steril idishga yig’iladi. U ovqat muhitiga ekiladi. Sitologik tekshirish uchun yuvindi sentrifuga qilinib hosil bo’lgan cho’kmadan surtma tayyorlanadi.

Plevral suyuqlikni tekshirish

Me’yorida plevra bo’shlig’ida suyuqlik juda oz miqdorda bo’lib uni punksiya yo’li bilan olish mumkin emas. Bo’shliqda suyuqlikni ko’payishi doimo qandaydir patalogik jarayon belgisi hisoblanadi.

Plevra bo’shlig’iga igna sanchib teshish yo’li bilan plevra suyuqligi olinadi (torakosentez). Uning tashqi ko’rinishi baholanadi (ochiq rang, tiniq, loyqa, yiringli, qonli, limfali), hidi, solishtirma og’irligi va oqsillar. Suyuqlik yallig’lanish natijasi – ekssudat, yoki dimlanish natijasi – transsudat bo’lishi mumkin.

Ekssudat uchun solishtirma og’irligining baland bo’lishi va oqsil miqdori 3% dan yuqori bo’lishi harakterli. Buni aniqlash uchun Rivalt sinovi o’’tkaziladi. Bunda sirka kislotaning suyuq eritmasiga bir tomchi plevral suyuqlik tomizilganda undagi seromusin cho’kmaga tushayotib “bulut” hosil qiladi.

Suyuqlikni mikroskopik tekshirish hujayra tarkibini hisoblashga imkon beradi. Masalan, neytrofillar ko’pligi yiringli yallig’lanishda, limfositlar – immunli yallig’lanishda, eritrositlar – gemotoraksda, atipik hujayralar – plevra o’smasida aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari mikroorganizmalar aniqlanadi.

Funksional tekshirish usullari

Tashqi nafas faoliyatini tekshirish.

Nafas muhim hayotiy jarayon bo’lib, unda o’pka hilma-hil faoliyat ko’rsatadi. U gaz almashuvida, issiqlik almashuvida, kislota – asos holatini boshqarishda, suv almashinuvida ishtirok etadi. Bulardan asosiysi gaz almashinuvi bo’lib u ikki qismdan iborat: tashqi (o’pka) nafasi va ishki (to’qima) nafasi. Tashqi nafas o’pkaning mayda tomirlaridagi qon va tashqi muhit o’rtasidagi gaz almashinuv jarayoni bo’lib, buning natijasida o’pkaga kelayotgan vena qoni arteriya qoniga aylanadi, ya’ni u kislorod bilan to’yinib ortiqcha karbonat angidrid gazlari chiqib ketadi.

Tashqi nafasda o’pka ventilyasiyasi alveolalarga gaz kirishini ta’minlaydi; diffuziya – alveolalarda gaz almashinuvining asosi va perfuziya o’pkaga bosim orqali qon kelishi bo’lib hisoblanadi. Tashqi nafas apparatlarining (nafas muskullari, havo yo’llari, alveolalar, o’pka qon tomirlari) me’yorida ishlashi organizmning tashqi va ichki muhiti ortasida gaz almashinuvini taminlab beradi, shu bilan birga to’qima nafas olishi ham me’yorida bo’ladi.

Tashqi nafas spirograf asbobi bilan tekshiriladi. Tashqi nafas faoliyatini jadval tariqasida yozib olish (O’TS va boshqa o’pka hajmlari) – spirogramma deyiladi.

Spirometriya – bemor tinch yotgan holatda bajariladi. Bu usul sodda va oson.

Sog’lom odam bir marta tinch holatda nafas olganda 500 ml. Havo oladi va shuncha havo chiqaradi. Bu havo nafas hajmi deb ataladi. So’ngra bemor maksimal chuqur nafas oladi va olingan havoni maksimal tez kuchli chiqaradi (Tiffno testi).

Asosiy spirografik ko’rsatgichlar (o’pka hajmlari) statik va dinamik qismlarga bo’linadi.

Statik hajm harakteristikasi.

O’TS – maksimal nafas olish bilan, maksimal o’pkadan chiqarilgan havo hajmi. Gaz almashinishida qatnashadigan nafas hajmining bir qismi alveolyar hajm deb ataladi, qoldig’i esa (30% nafas hajmi) “o’lik bo’shlig’i” da bo’ladi va gaz almashinuvida qatnashmaydi.

U 150 ml. Bo’lib havoni namlab va ilitib beradi.

Dinamik hajm ko’rsatgichlari.

Tez-tez nafas olgandagi o’pkaning tiriklik sig’imi



  • bu tekshiriluvchi maksimal nafas olgandan keyin, u uchun iloji boricha maksimal kuch va tezlik bilan chiqariladigan havo hajmi.

Tez-tez nafas chiqarish hajmi 1 – sekundda chuqur nafas olgandan so’ng, maksimal kuch bilan birinchi sekundda o’pkadan chiqarilgan havo. Tez nafas chiqarish hajmi avvalo katta nafas yo’llari holatini aks ettiradi. U o’pka tiriklik sig’imini ma’lum foizini tashkil qiladi. (me’yorida – 75%)

Tez nafas chiqarish bilan tez nafas olishdagi o’pkani tiriklik sig’imi nisbati (Tiffno indexi) (70% ni tashkil qiladi). Tiffno indeksi nafas chiqarish kuchayishi bilan ortib boradi.

Bu nisbat nafasni obstruktiv va restruktiv buzilishlari diagnostikasida muhim.

Agar tez nafas chiqarish indexi pasaysa (tiffno indexi 70% dan kam) bu obstruksiyadan dalolat beradi. Ham tez nafas chiqarish, ham tez nafas olishdagi Tiffno indexi (70%) pasaygan bo’lsa – bu restriksiyani ko’rsatadi. (rasm)

Pnevmotahometriya.

B.E.Votchalning pnevmotaxometriya asbobi bilan o’lchanadi. Nafas olish va nafas chiqarishdagi eng ko’p hajm tezligi 1 sekundda naychadan o’tgan havoning hajmi bilan aniqlanadi. Tez nafas olish va chiqarishdagi hajm tezligi (me’yorida 5-7l/sek.) va tinch holatda nafas olish va chiqarish hajm tezligi (mey’orida 300-500ml/sek). Bronhdan havoni o’tish tezligi bronh o’tkazuvchanlik holatini aks ettiradi; nafas chiqarish tezligini susayishi – bronhlar abstruksiyasi belgisi bo’lib hisoblanadi.



Asosoiy klinik sindromlar

Nafas tizimi kasalliklarida quyidagi sindromlar ajratiladi.



  • o’pka to’qimasini qattiqlashish (zichlashish) sindromi

  • plevral sindrom

  • o’pkada bo’shliq (kavak) sindromi

  • bronh o’tkazuvchanligini bizilish (bronhoobstruktiv) sindrom

  • o’pka to’qimasida havo ko’payib ketish sindromi

  • nafas yetishmovchiligi sindromi

yuqorida qayd qilingan har bir sindrom asosiy tekshirish usullarida (ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish, eshitish) va qo’shimcha tekshirish usullarida aniqlangan simptomlar yig’indisidan shakillanadi.

O’pka to’qimasini qattiqlashishi sindromi.

Bu vaqtda o’pka to’qimasi havosiz bo’lib qoladi. O’pkaning bir bo’lagi yoki bir nechta bo’laklari zichlashadi. Bu nafas tizimining eng ko’p tez-tez uchraydigan sindromlaridan biridir. Qattiqlashish pnevmoniyada, sil kasalligida, o’pka infarktida, atelektazi (opturasiya va kompressiyali), o’pka o’smasida, qon dimlanishida kuzatiladi. Qattiqlashish o’choq har hil joyda bo’lishi mumkin va u qisqa vaqt ichida paydo bo’lishi (o’tkir pnevmoniya, o’pka infarkti) yoki asta sekin (o’sma) rivojlanadi.

Zichlashish sindiromining asosiy belgilari bo’lib harsillash, og’riq, ko’krak qafasining nafas olishdagi harakatining asimmetriyasi. Zichlashish o’chog’ida tovush titrashining kuchayishi, tukillatishda o’pka tovushining bo’g’iqroq yoki bo’g’iq bo’lishi, eshitishda bronhial nafas eshitilishi, bronhofoniyaning kuchayishi hisoblanadi.

O’pkada bo’shliq sindromi.

Bu sindrom o’pkada qalin silliq devorli, atrofi infiltrat yoki fibroz to’qima bilan o’ralgan bo’shliq borligini bildiradi (ko’krak qafas, pufak). Uning belgilari har bir holatda ko’p sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Bo’shliq o’lchamiga, joylashish chuqurligiga: (havo, suyuqlik va h.k.), unig nafas yo’llari bilan tutashganligi (bronh) ga bo’g’liq.

Agar bo’shliq katta bo’lib yuzaki joylashgan bo’lsa tovush titrashi susayadi. Bo’shliq bronh bilan tutashgan bo’lib unda havo bo’lsa tukullatishda timpanik tovush eshitiladi; agar suyuqlik bo’lsa u holda bo’g’iqroq yoki bo’g’iq tovush eshitiladi. Eshitishda alohida havoli bo’shliq ustida nafas sekinlashadi. Agar bronh bilan tutashgan bo’lsa bronhial nafas eshitiladi, u metal tovushga o’hshash, yoki amforik bo’lishi mumkin. Qisman suyuqligi bor bo’shliq ustida jarangli: nam hirillashglar eshitiladi.

O’pkadagi bo’shliq rentgenda yaqqol ko’rinadi. Kompyuter tomografiyasida pufaklar ko’rinadi.

Bronhial o’tkazuvchanliginin buzilish sindromi (bronhoobstruktiv sindrom).

Buning sababi bo’lib mayda bronhlarninga yallig’lanishi va shilliq qavatning shishishi (surunkali bronhit, allergik reaksiyalar), bronhlar qisilishi uning shilliq qavatini shishishi bilan (bronhial astma), hamda bronhlarning mehanik ezilishi hisoblanadi.

Bu vaqtda bemorlar yo’talga harsillashga (inspirator) shikoyat qiladi. Eshitishda dag’al vezikulyar nafas (nafas chiqarish cho’zilishi bilan), hirillashlar. Nafas olish bilan nafas chiqarish uyg’unligini buzilishi, yani dag’al cho’zilgan nafas chiqarish bronh o’tkazuvchanligi buzilishini muhim belgisi hisoblanadi. Bunda tashqi nafas faoliyati Tiffno indeksi pasaygan (60% dan kam), tez nafas chiqarish hajmi va pnevmotahometr ko’rsatgichlari pasaygan.

O’pka to’qimasida havo ko’payib ketish

Sindromi

Bu sindrom nafas chiqarish qiyinlashganda rivojlanadi. Bunday holat mayda bronhlar torayganda, yallig’lanishi yoki ekssudat bilan to’lishi, o’pka to’qimasining cho’ziluvchanligini kamayishi natijasida vujudga keladi. Natijada o’pkada havo ko’payadi, o’pka kengayadi, nafas ekskursiyasi kamayadi. Ko’zdan kechirgan ko’krak qafasinig shakli bo’chkasimon, qovurg’alari orasi kengaygan, epigastral burchak o’tmas, ko’krak qafasinig nafas harakati hajmi kamaygan. Paypaslaganda ko’krak qafasining rezistentligi oshgan, tovush titrashi susaygan.

Tukullatishda o’pka ustida qutisimon tovush, o’pkaning pastki qirrasi pastga siljigan, va pastki qirrasinig harakati va ekskursiyasi chegaralangan. Yurakning mutloq bo’g’iqlik tovush chegarasi kamaygan yoki aniqlanmaydi (o’pka bilan yopilgan).

Eshitganda susaygan vezikulyar nafas, ko’pincha hirillashlar bilan birga keladi.

Rentgenologik o’pka maydoni odatdagidan yorig’roq, diafragma pastga tushgan, uning nafas olishdagi harakati sust. O’pkaning kengayishi o’pka emfizemasi uchun hos bo’lib, u surunkali bronhitlarda, bronhial astma kasalliklarida vujudga keladi.

Plevral sindromlar

Plevral sindrom deb plevra varaqlarini shikastlanishi yoki uning bo'shlig'iga suyuqlik yoki gaz to'planishi natijasiga aytiladi. Plevra varoqlarining sindromi u shikastlanganda uning nerv ohirlari tasirlanishi natijasida kelib chiqadi. Uning shikastlanishi yallig'langanda (plevritlar), o'smada, plevra silida, suyuqlik to'planganda vujudga keladi. Masalan, quruq plevritda shikastlangan tomonda og’riq paydo bo’ladi, bemor majburiy holatda bo’lib og’riq tomoni bilan yotadi, agar suyuqlik to’plansa og’riq ketadi. Nafas olishda shikastlangan tomon orqada qoladi. Eshitishda dag’al plevra ishqalanish shovqini eshitiladi.

Plevra bo’shlig’ida suyuqlik yig’ilish sindromi.

To’plangan suyuqlik patalogik jarayonning harakteriga bog’liq.U transsudat, ekssudat, yiring (empiema), qon bo’lishi mumkin. Suyuqlik aralash holatda ham bo’lishi mumkin.

Sabablari:plevraning yallig’lanishi,ekssudat to’planishi bilan (bu infeksiya yoki immun mehanizm orqali kelib chiqadi, (revmatizm SKV va b.) Sil jarayonida nospesifik ekssudat reaksiya yoki plevra varaqligining sili bo’lishi mumkin.

Pleva o’smasi yoki metaztaz.

Yiringli jarayonlar. Ko’krak qafasi jarohati.

Suyuqlik o’pka to’qimasini ezib – harsillashni keltirib chiqaradi. Suyuqlik to’plangan tomon shishib chiqadi, qovirg’alar orasi silliqlanadi va nafas olishda orqada qoladi. Tovush titrashi keskin susayadi yoki o’tkazilmaydi. Suyuqlik ustida mutloq bo’g’iq tovush eshitiladi. Suyuqlikning yuqori chegarasida tukullatishda bo’g’iqrok – timpanik tovush eshitiladi. O’pka pastki qirrasining harakati ancha chegaralangan. Agar suyuqlik ekssudat bo’lsa uning yuqori chegarasi qiyshiq chiziq hosil qiladi ( Ellsa Damuazo Sokolov chizig’i ), uning cho’qqisi qo’ltiq osti chizig’i bo’ylab ko’tariladi. Trassudat uchun bo’g’iqroq chegara gorizontal joylashadi.

Bo’g’iq tovush ustida ko’pincha vezikulyar nafas eshitiladi.

Siqilgan o’pka to’qimasining umurtqa pog’onasiga yaqin joylashgan sohasida (gorlend uchburchagida) bronhial nafas eshitiladi. Ekssudatli plevritda sog’lom tomonning pastki qismida yana bir uchburchak – Rauxfus-grokko uchburchagi hosil bo’ladi va uning ustida vezikulyar nafas eshitilmaydi.

Plevra bo’shlig’iga havo to’planishi (Pnevmotoraks).

Visseral plevrani teshilishi (emfizema, sil absses).

Ko’krak qafasining jarohatidan kelib chiqadi.

Ko’krak qafasinin hastalangan yarmi bo’ladi, u nafas olishda orqada qoladi, qovurg’alar oralig’i tekislanadi, paypaslashda tovush titrashi aniqlanmaydi. Tukullatganda kuchli timpanik tovush kuzatiladi Eshitishda nafas shovqinlari bo’lmaydi.Bronhofaniya susaygan. Agar bronh va plevra bo’shlig’i orasida bog’lanish yo’llari bo’lsa, amforik nafas eshitilishi mumkin bu vaqtda bronhofoniya kuchayadi. Rentgenologik yorug’ o’pka maydoni aniqlanadi, ildiziga yaqin joyda havosiz ezilgan o’pka qora shaklda kuzatiladi.

Plevra bo’shlig’ida bir vaqtda ham suyuqlik, ham havo to’planish sindromi.

Bu vaqtda ko’pincha pnevmatoraksining asorati sifatida suyuqlik to’planadi. Agar suyuqlik seroz bo’lsa - gidropnevmatoraks, yiring bo’lsa - piopnevmotoraks, qon bo’lsa – gemopnevmatoraks deb ataladi.

Tekshirishda pastki shikastlangan ko’krak qafasi tomonining pastki qismida timpanik tovush eshitiladi. Eshitishda vezikulyar nafas keskin susaygan yoki eshitilmaydi. Ba’zan chayqalish yoki tomchi shovqini eshitiladi.

Rentgenda suyuqlikning gorizontal gomogen soyasi aniqlanadi.

Nafas etishmovchiligi sindromi .

Nafas etishmovchiligi – qonning gaz tarkibi buzilishidan kelib chiqadigan patologik holat. Nafas etishmovchiligi sindromi – eng muhim pulmonologik sindrom bo’lib, uning vujudga kelishi nafas a’zolarining asosiy vazifasi – gaz almashinishining buzilishidan dalolat betadi. Nafas etishmovchiligi turli sabablar natijasida kelib chiqadi. Nafas etishmovchiligining eng ko’p sababi o’pka va nafas yo’llarining patologik jarayoni hisoblanadi.

Bu vaqtda o’pkaga kislorod tashilishi buziladi.

Nafas etishmovchiligiga qarshi kompensator mehanizm qo’shiladi, bundan tashqari nafas apparatinig zahira imkoniyatlari kamayadi. Jismoniy ish qilganda – taxipnoe, taxikardiya kuzatiladi, nafas olish va chiqarishda yordamvhi muskullar qatnashadi. Keyinchalik kompensator imkoniyatlari tugaydi, arterial gipoksiya va giperkapniya kuzatiladi, qonda oksidlanib ulgurmagan mahsulotlar to’planadi va asidoz rivojlanadi. Surunkali nafas etishmovchiligidan tashqari, o’tkir nafas etishmovchiligi ham bo’ladi, u tez rivojlanib hatto kompensator imkoniyatining maksimal kuchayishi ham qondagi gaz tarkibini ta’minlashga kuchi etadi.

Nafas etishmovchiligi obstruktiv, restriktiv va aralash turlarga bo’linadi.

Obstruktiv nafas etishmovchiligi aosida havo yo’llarining torayishi, bronh o’tkazuvchanligining buzilishi yotadi. Obstrukntiv turdagi nafas etishmovchiligiga olib keluvchi eng ko’p sabab surunkali obstruktiv bronhit va bronhial astma kasalligi hisoblanadi. Muhim klinik belgisi bo’lib cho’zilgan nafas chiqarish fonida quruq hirillashlar eshitilishi hisoblanadi.

Bronhlar torayishini tasdiqlash uchun Tiffno indeksini aniqlash va pnevmotaxometriya o'tkaziladi. Bularning ko'rsatgichlari kamaygan bo'ladi. Bronh kengaytiruvchi dorilar berganimizda bu ko'rsatgichlar oshadi.

Restriktiv turdagi nafas etishmovchiligi o'pkaning kengayish va torayish qobiliyati chegaralanganda kuzatiladi. (O'pkaning surunkali va o'tkir yallig'lanish kasalliklari, emfizema, pnevmoskleroz, gidro –va pnevmotoraks, sil, o'sma, ko'krak qafasi harakati keskin chegaralanganligi, semizlik (pikvik sindromi.) Bunda Tiffno va pnevmatohometriya ko'rsatgichlari o'zgarmaydi. O'pkaning tiriklik sig'imi va boshqa hajmlar kamayadi.

Aralash turdagi nafas etishmovchiligi yuqoridagi ikki turni birlashtiradi. U ko'pincha o'pka va yurakning surunkali kasalliklarida kuzatiladi. O'pka ventiliyasiyasi bilan to'qima metabolizmi o'rtasidagi nomunosiblik qonning gaz tarkibini o'zgarishiga olib keladi. Bemorlarda giperkapniya rivojlanadi – Pa CO2 kamayadi 75 mm. Sm.ust.(me'yorida 100 mm. sm.ust).

Shunday qilib nafas etishmovchiligining aralash turida, hemogipoksemiya kuzatiladi, bu holat miya va yurak to'qimasi uchun juda havfli, chunki u organik o'zgarishga olib kelib, ularning faoliyatini ancha chuqur buzilishiga olib keladi.(chuqur koma, yurak aritmiyasi).

Klinik ko'rinishida surunkali o'pka etishmovchiligining eng ko'p va erta boshlanadigan belgilaridan biri harsillash hisoblanadi. Bemor ozgina jismoniy zo'riqqanda holsizlik sezadi, nafas faolligi chegaralanadi, ish qobiliyati pasayadi. Asta – sekin hirillash kuchayib doimiy bo'lib qoladi va bemor tinch vaqtida han havo etishmovchiligi seziladi. Bosh og'rig'i, uyqusizlik ko'p terlash, ishtaha yoqolishi kuzatiladi. Tarqoq ko'karish aniqlanadi (burun, lab, quloq uchlari), ba'zan ko'karish barmoq uchlarida ham kuzatiladi. Barmoqlar nog'ora cho'piga o'hshab qoladi. Tukillatganda qutisimon tovush eshitiladi (emfizema bo'lsa). Eshitganda nafas susaygan, har hil hirillashlar aniqlanadi. Qonda eritrosit va gemoglobin oshadi. Nafas etishmovchiligining kechishi uzoq danom etadi.

Surunkali o'pka patalogiyasi bo'lganda diagnoz nafas etishmovchiligi darajasini ko'rsatish bilan yakunlanishi kerak. Nafas etishmovchiligi darajasini asosiy klinik belgilari rivojlanishiga qarab (harsillash, ko'karish va taxikardiya) belgilanadi. Nafas etishmovchiligining uchta darajasi farqlanadi:

I daraja – jismoniy zo'riqishda harsillash bo'lishi.

II daraja – juda kam jismoniy zo'riqishda harsillash paydo bo'ladi.

III daraja – tinch holatda hirillash bo'lishi.

Gipaksiya va giperkapniya sabablari va simptomlari.

O’garish turlari


Sabablari

Simptomlari

Gipokseimiya (pa o2 75 mm.sm. ust. kichik bo’lganda)

Giperkapniya (pa CO2

50 mm. sm.ust. yuqori bo’lishi


Alveola xavosida kislorodni oz miqdorda bo’lishi

  • xavoda kislorod partsiyal bosimini oz bo’lishi.

  • Gipoventilentilyasiya

  • Gazlar diffuziyasini buzilishi

  • Qon shuntlanishi

  • Yaxshi ventalitsiyalanmaydigan alveolalarni perfuziyasi.

Gipoventilyatsiyada – ventilyatsiya / perfuziya

nisbati buzilishi

-pnevmoniya



  • o’pka shishi



Charchash

Karaxtlik

Xushni buzilishi

Taxikardiya

Aritmiya

Siyanos


Uyquchanlik

Arterial gipertenziya

Bosh og’rig’i

Koma



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə