Murodov vohid qarshiboyevichning “Organik o’g’itlarning o’tloq tuproqlar unumdorligi hamda g’ o’za oziqlanishi va hosildorligiga ta’siri



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/11
tarix22.05.2018
ölçüsü1,01 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


O’ZBEKISTON RESPUBLKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI



SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI

AGRONOMIYA FAKULTETI

“Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish” kafedrasi magistranti



MURODOV VOHID QARSHIBOYEVICHning

Organik o’g’itlarning o’tloq tuproqlar unumdorligi hamda g’ o’za oziqlanishi va hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun


DISSERTASIYASI
5A410102 -“Agrokimyo” ixtisosligi magistranti

Ilmiy rahbar: dotsent



T. Q. ORTIQOV

SAMARQAND – 2013

Samarqand qishloq xo’jalik instituti

«Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish»

kafedrasining _18_ - sonli majlis

Bayonidan KO’ChIRMA:

«7 »_may_ 2013 yil Samarqand shahri


Qatnashdilar: A.Maxmatmurodov – kafedra mudiri, dosent, F. Hoshimov – professor, P.Uzoqov – kafedra professori, M.Hayitov – kafedra dosenti, B.Abdullayev - kafedra dosenti, T.Ortiqov - kafedra dosenti, E. Umurzoqov - q.x.f.doktori, S.Ahmedov - kafedra katta o’qituvchisi, O.Nazarov – kafedra katta o’qituvchisi, R.Rasulov - kafedra assistenti, M.Mashrabov - kafedra assistenti, A.Sadinov - kafedra assistenti, O.Po’latov - kafedra assistenti, A. Xudoyqulov- kafedra assistenti, T.G’oziyev – kafedra assistenti, L.Ostonova - kafedra assistenti, L.Sonamyan - kafedra laboranti, M. G’ulomova- kabinet mudiri hamda kunduzgi bo’limning kafedrada malakaviy bitiruv ishi bajargan 4 nafar magstr.

Kun tartibi:

2012-2013 o’quv yili magistr bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv ishi muhokamasi.



So’zga chiqdi:

Kafedra mudiri, dosent A.O’.Maxmatmurodov O’zbekiston Respublikasi OO’MTV tasdiqlangan «Oliy o’quv yurtlari bakalavrlarining malakaviy bitiruv ishi» to’g’risidagi nizomga asosan har bir malakaviy bitiruv ishi kafedrada muhokama qilingandan keyin DAK himoyasiga tavsiya etilishi kerakligini aytib o’tdi. Kafedramizda mazkur o’quv yilida 65 nafar bitiruvchi malakaviy bitiruv ishi bajargan. Endi shularni malakaviy bitiruv ishi muhokamasini eshitamiz.


Shundan so’ng bitiruvchi talaba MURODOV VOHID QARSHIBOYEVICHOrganik o’g’itlarning o’tloq tuproqlar unumdorligi hamda g’ o’za oziqlanishi va hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi o’z magistrlik dissertasiyasi ishlari mavzusini dolzarbligini, ahamiyatini, ilmiy yangiligini, olingan natijalarni va qilingan xulosalarni ma’ruza qilishdilar.

Ma’ruzachiga mavzu yuzasidan 4-5 tadan savol berildi, u berilgan savollarga javob berdi.



Muhokamada F.Hoshimov, P. Uzoqov, T. Ortiqov, A. Maxmatmurodov, M. Hayitov, S. Ahmedov va B. Abdullayevlar ishtirok etdilar

QAROR QILINDI:
1. Bitiruvchi kurs talabasi MURODOV VOHID QARSHIBOYEVICHOrganik o’g’itlarning o’tloq tuproqlar unumdorligi hamda g’ o’za oziqlanishi va hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi magistrlik dissertasiyasi barcha ko’rsatkichlari bo’yicha DAK talablariga javob berishi inobatga olinib, ular DAK da himoya qilish uchun tavsiya etilsin.

Majlis raisi, dosent A.Maxmatmurodov

Kotiba M.G’ulomova

Mundarija

Kirish........................................................................................................................4

I.Adabiyotlar sharhi. Organik o’g’itlarning tuproq xossalari va g’o’za hosildorligiga ta’siri................................................................................................5

II. Tadqiqot uslubi, obyekti va o’tkazish sharoitlari

2.1. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.............................................................24

2.2. Tadqiqot o’tkazilgan dala tuproqlarining tavsifi........................................24

2.3. Tadqiqot uslubi va obyekti............................................................................26

2.4. Tadqiqot o’tkazilgan joy iqlim sharoitlari...................................................31

III. Tadqiqot natijalari. Organik o’g’itlarning tuproq unumdorligi xamda g’o’za o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri

3.1. Organik o’g’itlarni o’tloq tuproq agrokimyoviy xossalariga ta’siri.........34

3.2. Organik o’g’itlarning o’tloq tuproq mikrobiologik xossalariga ta’siri.....45

3.3. Organik o’g’itlarni g’o’za o’sishi va rivojlanishiga ta’siri.........................54

3.4. Organik o`g`itlarining go`zani vertisliyoz vilt bilan kasallanishga ta`siri

3.5. Organik o’g’itlarning g’o’za hosildorligiga ta’siri......................................78

3.6. Organik o’g’itlarning g’o’za ekinni o’stirishda ko’llashning iqtisodiy samaradorligi........................................................................................83

IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi..............................................................................................................87

XULOSA VA TAKLIFLAR….......................……...…...…………………........92

IShLAB ChIQARIShGA TAVSIYa....................................................................92

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI…….......……………....93

ILOVALAR (INTERNET MA’LUMOTLARI)…………………..…............104
Kirish
Tuproq unumdorligi eng muxim va asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.Chunki qishloq xujalik ekinlarining jumladan g’o’zaning hosildorligi xar jixatdan tuproq unumdorligiga bogliq bo’ladi.

Tuproq unumdorligini asosan gumus moddasi belgilaydi. Gumus mikdori qancha ko’p bo’lsa va uning sifati yaxshi bo’lsa tuproq unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi. Lekin oxirgi paytlarda gumus miqdori yildan yilga kamayib bormoqda. Bu tendinsiya uzoq vaqtlardan beri davom etmokda. Bu esa oldingi yillarga nisbatan gumus miqdorini keskin kamayib ketishiga olib keldi. Gumus miqdorini ko’paytirishda va u orqali tuproq unumdorligini oshirishda organik o’g’itlarning roli biqiyosdir. Organik o’g’itlar nafaqat g’o’zaning oziqlanishi, usishi, revojlanishi va xosildorligiga ta’sir qiladi, balki tuproq unumdorligini xam belgilaydi. Lekin organik o’g’itlardan samarali foydalanish uchun ularni ilmiy jixatdan o’rganish kerak bo’ladi va bunda ularning qo’llanish dazalari, muddatlari, rasional foydalanish uchun kerakli fanlarni aniqlash muxum axamiyatga ega. Shu birga g’o’za asosiy strategik ekinlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun g’o’za hosildorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. G’o’zaning o’sishi va rivojlanishida, hosildorligini oshirishda tuproq unumdorligi, tuproq sharoitlari, oziq moddalari asosiy ko’rsatgichlaridan biridir. Ularning hammasiga bir paytda ta’sir qiluvchi omil bo’lib, organik o’g’itlar hisoblanadi. Ushbu masalalarni o’rganish maqsadida Oqdaryo tumani N.Pirimqulov massividagi “Oqdaryo bahor ifori” o’tloq tuproqlari sharoitida dala tajribasini amalga oshirdi.

Ilmiy ishning ilmiy yangiligi Oqdaryo tumani sharoitida o’tloq tuproqlarda organik o’g’itlarning o’g’itsiz hamda mineral o’g’itlarning turli xil fonlarida tuproqdagi harakatchan oziq moddalar, g’o’za o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri bo’yicha ilmiy jihatdan yangi ma’lumotlar olingan.

Ishning ilmiy va axamiyati olingan ma’lumotlar Oqdaryo tumani o’tloq tuproqlari sharoiti uchun organik o’g’itlar qo’llash sohasini ilmiy jihatdan boyitadi. Tadqiqot natijalarini qo’llash paxtachilik ishlab chiqarishni rivojlantirishga olib keladi.



I. Adabiyotlar sharhi. Organik o’g’itlarning tuproq xossalari va g’o’za hosildorligiga ta’siri

Akademik D.N.Pryanishnikov aytishicha mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo’lmasin go’ng qishloq xo’jaligida asosiy o’g’itlardan biri sifatida o’zining ahamiyatini hyech qachon yo’qotmaydi. Bu tushunarli chunki go’ng va boshqa organik o’g’itlar nafaqat oziq moddalar, manbai balki tuproqda gumus zahirasini tuldirib turadigan asosiy zveno hamdir. Tuproq unumdorligini oshirishda uning organik moddasini axamiyatini F.A.Skryabin (1970) ham qayd etgan. Uning fikricha go’ng o’simlik uchun oziq rasionini yaxshi balanslashtirishga yordam beradi. Organik o’g’itlarni qo’llamaslik tuproqni erta yoki kech unumdorligini yo’qotishiga olib keladi. Hozirgi paytda organik o’g’itlar dehqonchilikda muhim rol uynaydi. Uning ahamiyati shundan iboratki, ular azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq elementlarning manbasi hisoblanadi, gumus miqdorini oshiradi, tuproqning fizik-kimyoviy, mikrobiologik xossalarini yaxshilaydi. MDH davlatlarida o’tkazilgan o’zoq muddatli tadqiqot natijalarini ko’rsatishicha (D.N.Pryanishnikov 1929; 1952; F.A.Skryabin 1939; 1953; 1976; I.G.Mamchenkov 1951; 1957; 1965; B.P.Machegin 1940; 1957; I.A.Jarikov 1947;1950 va boshqalar) intensiv dehqonchilikda tuproqda organik o’g’itlarni qo’llamasdan turib defesitsiz gumus balansiga erishib bo’lmaydi.

Nemis olimlarining ma’lumotiga kura (Devchisk D. 1981;Eich D, Korschins M, Koriath H, Asmus F 1978;) tuproqda organik modda miqdorini 0,1 % oshirish tuproq hajmiy massasini taxminan 0,01 g/sm3 ga kamaytiradi, tuproq gigraskopikligi uning massasiga nisbatan 0,08-0,12 % ga, nam sig’imi 0,5-0,8 % ga ortadi. Tuproqda organik uglerodni 1 % ga oshirish haydov qatlamidan qo’shimcha ravishda namni ushlab qolishiga olib keldi. Ushbu namlikning 30 mm o’simliklar uchun yaroqli hisoblandi.

D. D. Brijayev, I.S.Robochev va A.K. Ilichov (1981) qayd etishicha oxirgi yillarda mineral o’g’itlarga katta e’tibor qilinib bu sharoitda organik moddalar roli oxirigacha to’g’ri baholanmasligi gumusning yo’qolishiga olib keldi. M.V.Muxammadjonov (1985) ma’lumotiga kura, oxirgi 30-40 yilda eskidpn haydalib kelinayotgan bo’z tuproqlarda gumusning umumiy zaxirasi 40-50 % ga kamaygan va hozir bu tuproqlarning 60 smli yuqorigi qatlamida gumus miqdori 0,6 -0,7 % dan oshmaydi. Chim – podzol tuproqlarda 20 t/ga go’ng qo’llanilishi makkajo’xori hosildorligini oshirib, tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi (N.N.Mexalev, Z.S.Yefremova, 1975)

Inta shaxri yog’ochga ishlov beradiga korxona chiqindisi va parranda axdatidan o’g’it tayyorlandi. Shimoliy iqlim sharoitida ushbu o’g’itni qo’llash kartoshka hosiligi 7,2-17,1 s/ga, raps kuk massasini 12,5-18,4 t/ga oshirdi. Ushbu kompost qo’llanilganda o’simliklarning kasalliklar bilan zararlanishi, o’simlik maxsulotida nitratlar to’planishi kamaydi. (MerzlayaG.B., Lыsenko. V.P, 2002)

A.A.Xabarov va A.A.Yaskin (2000) ma’lumotlariga kura sapropel va torfning aralashmasi kimmatbaho organik o’g’it bo’lib tuproq xossalarini yaxshilaydi va 65 t/ga me’yorda qo’llanilganda kartoshka hosildorligini 82 s/ga oshirib, 40 t/ga go’ng samaradorligiga yaqinlashadi.

Takroriy ekin sifatida bug’doydan keyin makkajo’xori alohida go’ngsiz va gektariga 40 t go’ng solib ekilganda, ekin ko’k massasining o’rtacha 3 yillik hosili tegishlicha 400,4 va 461,6 s/ga ni tashkil qildi. Go’ng hisobiga makkajo’xoridan 61,2 s/ga qo’shimcha ko’k massa hosili olindi. Takroriy ekinlar va go’ngning keyingi ta’siri hisobiga bu yerda yetishtirilgan g’o’za hosildorligi sezilarli oshdi (Raximov A.X., 2003). Organik va mineral o’g’itlarning oshib boruvchi me’yorlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini ko’rsatishicha, tipik bo’z tuproqlarda 40-60 t/ga dozada go’ng qo’llanilishi haydov qatlamidagi gumus miqdorini 0,14-0,19 % ga, organik o’g’itlarni N 130 P 70 K 90 fonida mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilsa gumus miqdorini 0,17-0,22 % ga oshirdi. Faqat 20 t/ga me’rdagi go’ngni qo’llash gumus miqdorini oshirmadi. (A.D.Dyusbekov 1989). O’zbekiston Respublikasi har xil tuproq tiplarida ztkazilgan tadqiqotlarni ko’rsatishicha mineral va organik o’g’itlarni muntazam qo’llash gumus miqdorini oshiradi. Ushbu sharoitda defesitsiz gumus balansiga erishish uchun har bir gektar sug’oriladigan yerga 18 t go’ng qo’llash kerak (D.S.Sattarov, A.E.Ergashov 1989). O’tloq-bo’z tuproqlarda almashlab ekishda 32 yil mobaynida go’ng va mineral o’g’itlarni qo’llash natijasija gumus va yalpi azot miqdori ortishi kuzatiladi (D.A.Akimaliyev, V.M.Zoloyev 1975). Bo’z oazisli tuproqlarda g’o’za ekilganda go’ngni qo’llash g’o’it azotini yo’qolishini sezilarli kamaytiradi va tuproqda azot miqdorini oshiradi (T.P.Piraxunov, B.D.Ismatov, 1995). Navoiy viloyatining so’r qo’ng’ir va Qarshi chulining taqirli tuproqlarida minerat o’g’itlar bilar birga gektariga 20 t go’ng ishlatilganda bu tuproqlarning haydalma va haydalma osti qatlamlarida tuproq oziq rejimining ancha yaxshilanganligi gumus miqdori 23-30 % ga oshganligi, g’o’za hosildorligi 13-14 s/ga ko’payganligi aniqlandi (A.Ergashov 1995). Farg’ona viloyati o’tloq sozli tuproqlarida g’o’za o’stirilganda organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi nitratli azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdorini oshiradi (T.Xodjayev 1985). Qarshi chulining yangidan so’g’oriladigan kuchli sho’rlangan taqir tuproqlari sharoitida organik o’g’itlarni qo’llash g’o’za hosildorligini oshiradi. Masalan, 10 t/ga dozadagi go’ng 5 t/ga qo’shimcha hosil olishga 20 t/ga me’yordagi go’ng 11,9 s/ga, 40 t/ga go’ng 13,5 s/ga paxtadan qo’shimcha hosil olishga imkon beradi. Umuman olganda 40 t/ga go’ng dozasi 11-19 s/ga qo’shimcha hosil olishga imkon berdi (T.Ya.Rajabov, T.N.Nosirov 1985).

Farg’ona viloyatining Bog’dot tumanida g’sho’a ekinidan 30 t/ga go’ng – mingeral o’g’itlar komposti berilishi g’o’zaning vilt bilan kasallanishini 15-18 % ga paxta hosilini 4,1 s/ga oshirli (I.Egamov, S.Tupenevich, i.Kichanova 1984).

Mirzachul sharoitida sho’rlangan tuproqlarda go’ng qo’llash g’o’zani o’sishi meva tugushini yaxshilaydi. Gullashdan boshlab bu farq kuchayadi. Bunda ko’sak massasi ortadi. Fazalarni kirishi kamayadi. Buning natijasida g’o’za hosildorligi 6,2-7,1 is/ga ortadi. (E.A.Levshes, K.Abdurazzoqov 1966). Tipik bo’z tuproqlarda go’ng va biogumisni qo’llash g’o’za balandligi, undagi barglar soni hamda shona, simpodial shoxlari va ko’sak sonini oshiradi. (O.T.Karimov 2002). Buning natijasida g’o’za hosildorligi 21,5 s/ga dan mos ravishda 23,7 va 24,8 s/ga oshdi. Go’ng va undan tayyorlangan kompostlar g’o’zani o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga och tusli bo’z tuproqlarda ham ijobiy ta’sir kursatadi. Bunda g’o’zada fotosentiz maxsuldorligi shona, gul, ko’sak va ochilgan ko’saklar soni ishonarli oshadi. Hosildorlik go’ng va kompost hisobiga 4,4-6,3 s/ga oshadi. (Sh.T. Xoliqulov 1996). Samarqand qishloq xo’jalik instituti olimlarining tadqiqotlariga kura go’ng o’tloq tuproqlarda mineral o’g’itlarning ijobiy ta’siri oshiradi. (I.SSuleymonov, S.A.Adishova, S.Sh.Sattarova, A.Z. Zaripov 1986). P.NBesedin, D.D.Umarova (1985). Tadqiqot natijalariga kura O’zbekiston sharoitida go’ngni organik o’g’it sifatida qo’llash nafaqat gumusning umumiy miqdoriga, balki gumin va fulvokislotalar miqdori va nisbatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi A.I.Imomaliyev (1982) ma’lumotlariga kura organik o’g’itlar bo’z tuproqlarning fizik hossalarini, suvni shimishi va ushlab qolish qobiliyatlarini yaxshilaydi, qatqaloq bo’lishini kamaytiradi. Shu bilan birga mikroorganizmlarning faoliyatini oshiradi. Boshqa bir ma’lumotlarga kura, bo’z tuproqlarda mineral o’g’itlar fonida go’ng qo’llanishi g’o’za hosildorligini 36,4 s/ga dan 43,4 s/ga oshiradi (G.I.Yarovenko, N.N.Mannonov, F.K.Qodirxo’jayev, 1971). N.Pulatovning (1981) tadqiqotlarida aniqlashicha go’ng markaziy Farg’onaning sho’rlangan tuproqlarida juda yaxshi samara beradi. Bunda tuzlarning tuproqdagi restavrasiyalanishi va kapelyarlar bo’ylab tepaga kutarilishi kamayadi. Buning natijasida g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi oldinga ilgarilab ketadi, hosildorligi esa 5-7 s/ga ortadi. M.Muxammadjonov, S.Sulaymonov (1978) ma’lumotlariga kura, mineral o’g’itlarning yuqori fonida 5-10 t/ga me’yorda go’ng qo’llanishi bo’z tuproqlardagi g’o’za hosildorligini 1,7-4,2 s/ga oshishiga olib keladi. D.N.Preneshnekov (1952) ma’lumotlariga ko’ra eng ko’p tarqalgan organik o’g’it go’ng hisoblanib u tuproqning fizik xossalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproqning agregat holati, suv o’tkazuvchanligi, nam sig’imi, hajmiy massasi, g’ovakligi yaxshilanadi. Bosh qa bir ma’lumotlarga ko’ra, go’ng tuproqni sho’rsizlanishida ham katta ahamiyatga ega. Masalan, D.K.Saidov 1(966) tajribalarida sho’rlangan yerlarni tuz miqdori kamayb tuproq strukturasi yaxshilanadi.

Oraliq ekinlari yashil o’g’it sifatida foydalanilganda tuproqda 60-50 kun mobaynida chirib, gektariga 10 kg azot va shuncha miqdorda fosfor va kaliy qoldirali. (Oripov R.O.1985). R.Oripov, S.Shonazarov (1992-1993) larning tadqiqot natijalarida tajribaning uchinchi yilida raps va uning vika, hamda ko’k nuxat bilan aralash ekilgan variantlarida g’o’zadan ishonarli qo’shimcha hosil olingan- 4,5-5,6 s/ga olingan. Yashil o’g’itlar sideratlar qo’llanilganda g’o’za asosiy poyasi 4-5 smga uzun, hosil shoxi va ko’sak soni 1,5-2,5 donaga ko’p bo’ladi. Sideratlar (yashil o’g’itlar) hosildorlikni oshirishi bilan bilan uning struk turasi va sifatini yaxshilaydi. (Ye.P.Gorelov, J.Yodgorov, 1962-1965; R.Oripov, 1976; A.M.Mannonov, 1976; M.Tojiyev, 1980; T.Saparov, 1985; M.Tojiyev, Sh.Namozov, 1985; X.V.Romanov, 1986; M.G’afforov, 1987). R.Oripov, S.Jumaboyev (2000), O.Olimjonov (2003); N.Raimov, A.Xojayev, U.Sultonov (2002), U.Ismoilov, B.Jolibekov (2003), K.Mirzajonov, I.Umbetayev (2003), I.Irnazarov (2004) oraliq ekinlarni ko’k o’g’it sifatida ishlatilganda tuproq haydov qatlamida gumus nisbatan 12-17 % gacha ko’payadi hamda tuproqning issiqlik tartibotimaqbullashadi degan fikrga kelganlar.

Respublikamizda uzoq muddatli stasionar tajribalarda organik o’g’itlarni sistemali ravishda qo’llash tufayli to’plangan katta amaliy va nazariy ishlar shundan dalolat beradiki, tuproq, unumdorligini oshirish, gumus zahirasini boyitishda organik o’g’itlarning roli bekiyos katta ekanligi va uning g’o’za hosildorligiga ijobiy ta’sirini I.Ziyomuhammedov, S.Rijov (1975), Z.To’rsunxo’jayev, M. Sorokin, M. Tropkina (1977), F.Xoshimov, I.Sulaymonov, B.Sattarov(1990) R.O.Oripov, A.Buriyev; 2006, Sh.T.Xoliqulov, T.Q.Ortiqovlar o’tkazgan tajribalardan ham bilsa bo’ladi.

Tuproqlarga mineral o’g’itlarni emas balki organik o’g’itlarni solishni qanchalik kuchaytirsak tuproqlar shuncha yaxshilanadi va hosil ko’payadi. Eng avvalo tuproqni meliorativ va ekologik holatini yaxshilash zarur undan keyin ularga organik o’g’itlarni berish kerak. Shu bilan birga organik o’g’itlar zahirasini ko’paytirish muammosini yechish uchun o’simliq chorva mollari qishloq tuman, shahar chiqindilaridan kompostlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega (J.Sattarov, 1995).

Tuproq unumdorligini oshirish uchun mineral va organik o’g’itlarni birgalikda qo’llash katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda tabiiy ma’danlar (bentonit, glaukonit, il va x.k.) zahirasi mavjud bo’lib, ularning tarkibida NPK dan tashkari turli mikroelemenilaram mavjud. Ularni tuproqning tarkibi, hossa hususiyatlarini hisobga olib qo’llanilganda tuproq unumdorligini oshiradi (Qo’ziyev, 2002).

O’zPITI Markaziy tajriba stansiyasida 2003-2005 yillarda qoramol go’ngiga, tarkibida 12-14% fosfor bo’lgan Qizilqum fosforitlarini qo’shib (10:2 nisbatda) tayyorlangan kompostlarni, qadimdan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar sharoitida qo’llash tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini oshiradi. Oddiy go’ng qo’llaganga nisbatan o’simliklarning oziqlanishi uchun makbo’l sharoit yaratiladi. Bunda g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi avj olib, paxtadan 2,7-3,4 s/ga qo’shimcha hosil olishga erishilgan. (Niyozaliyev B. 2005)

B.Niyozaliyev, B. Ibroximov (1993) tajribalaridan ma’lum bo’lishicha Toshkent viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida har gektar yerga 40 t/ga organik o’g’it qo’llash eng samarali usul hisoblanib unda g’o’za hosildorligi 3,5 sentnerdan oshadi.

A.Qashqarov (1991) ma’lumoti bo’yicha yerga solinadigan go’ng va ayniqsa shahar chiqindilari normasini oshirgan sari tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori ham keskin oshadi.

Go’ngdagi fosfor va kaliy azotga nisbatan yaxshiroq o’zlashtiriladi. Shuning uchun ham go’ng holida solinadigan fosforli o’g’itlar normasi turli mineral o’g’itga nisbatan kam bo’ladi (Skryabin, 1965).

Vegetasiya davrida 500-700 kg qo’ritilgan go’ngni mineral o’g’itlar bilan birga tuproqqa solish paxta hisoldorligini gektariga o’rta hisobda 2 s/ga oshirishga imkon beradi (Skryabin, 1965).

G.Sultonova (1997,1998) ma’lumotlariga ko’ra 20 t/ga go’ng bilan N150 R100 K50 kg solinganda chanoqdagi paxta og’irligi sezilarli darajada oshgan. Ayniqsa, 40 t/ga go’ngni ekishdan oldin berilganda chigitning unib chiqishi 10-20 % na yuqori bo’lgan. Shuningdek paxta navlari bo’yicha ochilishi ham yuqori bo’lgan.

Qishloq xo’jaligida go’ngdan tashqari organik o’g’it sifatida kompostdan ham foydalaniladi. U turli xil aralashmalardan iborat bo’lib asosan go’ng, torf, fikaley, o’simlik va chorva mollarining organik qoldiqlari, chiqindilar, tuproqka aralashgan xonadon chiqindilari, fosforli o’g’itlar va boshka turli xil chiqindilardan tayyorlanadi.

S. Qodirov Trushkin A (1993) tajribalaila g’o’zaga lignin o’g’itlarini qullaganda paxta hosilldorligi gektariga 2,7-3,1 s/ga atrofida oshgan. Bu nazorat variantiga nisbatan 8,9-10,2 % ko’p hosil olinganligini bildiradi.

Andijon viloyatining shurlanmagan sug’oriladigan bo’z tuproqlari sharoitida g’o’za tagiga N25oR175 K125 fonida har gektariga 20 tonnadan lignin chiqindi kompostlarini solish (1:1 nisbatda) usha yili va undan keyingi yil davomida hosildorlikni gektariga 8,7 s oshishiga olib kelgan (B.Niyozaliyev, I.Ibroximov. 1993).

Tuproqda organik moddaning davomli va barkdror yigilib borishi tuproqning xossa va hususiyatlarini yaxshilaydi, jumladan buferligini oshiradi., pirovard natijada tuproqning potensial unumdorligi turg’un oshirib borishga erishiladi. (Ziyomuxummediva, Boirov, 2005).

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1990-2000 yillarda qishloq xo’jaligini azotga bo’lgan taoabi 60-70 %, fosforga bo’lgan taoabi 30-40 % va kaliyga bo’lgan talabi 10 % atrofida ta’minlanib kelgan. Natijada O’zdaverloyixa, tuproqshunoslik va agrokimyo instituti va respublika agrokimyo stansiyasining ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ko’rsatishicha, sug’orilib haydaladigan tuproqlarda R va K ning ayrim yerlarda hatto N ham harakatchan shakldagi miqdori ma’lum darajada kamaytb bormokda.(Sattarov, 2005).

Tuproqda gumus va organik moddalar qancha ko’p bo’lsa, mikroorganizmlarning faoliyati yuqori bo’lib tuproq unumdorligi ortadi (Qo’rbonbayev, Raimboyeva, 2005).

To’rsunxo’jayev va boshqalar(1977) mineral va organik o’g’it solish fermentlar faolligini o’zgartirishni aniqdashdilar: invertaza faolligi mineral o’g’itlar ta’sirida 1,3 baravar, ureazaniqi-1,8 baravar oshgan, biroq go’ng solinganda bu fermentlar tuproqda ayniqsa faol bo’lishi aniqlangan.

Lub zavodi chiqindilarini 10-30 t/ga miqdorida mineral o’g’itlar Bilan birga qo’llanilganda, gumus 1,60-3,19 t/ga miqdorida oshganligi aniqlangan (Azizov T.B. 2001).

Bir qancha tadqiqotchilarning fikrlaricha intensiv dexkonchilikda gumus balansiga organik o’g’itlarni kullamasdan erishib bo’lmasligi aniqlangan (F.A.Skryabin, 1970, D.N.Priyanishnikov, 1965, Ye.N. Jorikov, 1950, A.P.Machigin, 1957, M.A.Belousov, 1959).

Ko’pgina olimlar tuproqda gumus to’planishida o’g’itlarning foydali ta’sirini, uglerodning o’simlik qoldiqdari va organik modda holatida tuproqka tushishining oshishi bilan bog’liq, deb ko’rsatmokda (Vaynberg, 1983, Kalinovskiy, 1983, D.Orlov, 1981, I.V.Sыskovskaya, 1981.).

Bir qancha olimlarning fikrlaricha, mineral o’g’itlar, ayniqsa azotli o’g’itlar ta’sirida tuproqda gumifikasiya koeffisenti oshadi (I.S.Zaharov, NyuPyuTaran, 1979, V.D. Pannikov, 1981, M.A.Surkan, Ye.G.Serjentu,1983).

Tuproq unumdorligini oshirishda azot, gumus zahiralarining sezilarli oshishida mineral va organik o’g’itlarning birgalikda qo’llanilishining ahamiyati shundaki, ular gumus to’planishi jarayonida bir-birini tuldirishi aniqlangan (G.I.Roychenko, A.M., Gluщuq 1981).

M.D.Romanenko (1965), S. S. Rubin (1974) lar fikricha, mineral o’g’itlar qo’llash tuproqda gumus miqdorini bir xil darajada tutib turish imkonini beradi. Ularni organik o’g’itlar bilan birga qo’llash esa gumus miqdori oshishini va qishloq xo’jalik ekinlarining yuqori hosildorligini ta’minlaydi.

M.M.Kononova (1984) ma’lumotlari bo’yicha, mineral o’g’itlar gumus miqdoriga turlicha ta’sir ko’rsatadi, kichik dozalari gumus miqdorini stabillashtiradi, yuqori dozasini kamaytiradi.

Azotli va kaliyli o’g’itlarning yuqori dozalari ham tuproqdagi organik moddalar miqdorini kamayishiga olib keladi (W. Zoginov et al. 1982).

Z.I.Lukyanchikova (1980) ma’lumotlariga ko’ra chimli podzol tuproqlarda 30 yil davomida faqat mineral o’g’itlarni qo’llash gumusni boshlang’ich miqdorini saqlab qolishga imkon beradi.

20 yillik tajribani ko’rsatishicha, o’g’itlarni qo’llamasdan gumus miqdori 19% ga kamaytiradi, faqat mineral o’g’itlar qo’llanilganda 6 % ta oshadi, yangi go’ng qullanilganda 43 % ga, go’ng-tuproq, komposti qo’llanilganda 81 % ga, chirigan go’ng qo’llanilganda 92 % ga, kombinirlangan kompost qo’llanilganda 109 % ga ortdi (G. Rtntyeg.1981)

Gumusning miqdori va sifat tarkibi mineral azotni qo’llash eng katta ta’sir ko’rsatadi, mineral va organimk o’g’itlarni gumusga miqdoriga ta’siri kam gumusli tuproqdarda intensiv bo’ladi (T.X.Xodjayev va boshq 1987).

Toshkent viloyati qadimdan sug’oriladigan tipik bo’z va o’tlok tuproqdardi g’o’za bilan o’tkazilgan tadqiqot natitjalarining ko’rsatishicha NRK va NRK + g’o’za biomassasini qo’llash NRK variantiga nisbatan ikrala tuproq tipida ham gumus miqdorini oshirdi (D.T. Tursunova, D.T., Muminova, T.X.Xojiyev. 1988).

O’zbekistan Respublikasining har xil tuproq tiplari sharoitida o’tkazilgan tadqiqotlarni ko’rsatishicha mineral va organik o’g’itlarni birgalikda sistematik ravishda qo’llash, gumus, azot, fosfor miqdorini oshiradi. Aniqlanishicha chul zonasi tuproqdarida mineral o’g’itlarni gullash faqat organik o’g’itlar fonida amalga oshirish kerak (D.S.Sattarov, A.E.Ergashev. 1989).

Tuproq unumdorligi bevosita uning biologik aktivligiga bog’liqdir. Organik va mineral o’g’itlar tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillardan biri bo’lib, ular qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olish samarasini beradi. Tuproqka organik o’g’itlar qo’llanilganda uning mineralizasiya jarayoni va karbonat angidrid gazining ajralishi, harakatchan shakldagi azot va kul elementlarining o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi kuchayadi.

Organik o’g’itlarni gumus xrlida (chirigan xrlda) tuproqka qo’llash, tuproq unumdorligining pasayishini oldini olib, uning fizik-kimyoviy xossalarini, strukturasini hamda suv-havo rejimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’simliklarning o’sishi va rivojlanishida organik o’g’itlar, nafaqat oziqa elementlari manbai balki tuproqning biologik aktiv moddalar (vitaminlar, auksinlar, aminokislotalar) bilan ham ta’minlaydi. Biologik aktiv moddalar, organik qoldiklar holida bo’lib, nafaqat o’simlikka to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, balki tuproqdagi foydali mikrofloraning faolligini oshiradi. Organik o’g’it ( go’ng ) qo’llanilgan o’simliklarda vitaminlar miqdorini, o’g’it qo’llanilmagan tuproqdarga nisbatag ko’proq saqlaydi.

Ye.N.Mishustin Solikam tajriba stansiyasida olib borgan tajribalarida, go’ng qo’llanilgan uchastkada mikroorganizmlar miqdori, go’ng qo’llanilmagan joyga nisbatan 2-3 marta ko’p bo’lishi aniqlangan.

Organik o’g’itlarning hosildorlikka ta’siri nafaqat birinchi yilgi o’simliklarga, balki keyingi ekiladigano’simliklar hosildorligiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Maishiy chiqindilardan tayyorlangan kompostlar tuproqning fizik hossalariga ham kimyoviy tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Tuproqda SO2 miqdorining oshishi tuproqka organik o’g’itlar qo’llanilganda kuzatiladi. U (issikxona va teplisalarda SO3 gazining chiqishi 0,3-0,6 kg/m2, ochik joylarda esa 200-Z00kg/ga kun hisobida bo’lib ) donli ekinlarning, qand lavlagi, kartoshka ayniqsa sabzavot ekinlari hosildorligini 20,0-50 % ga oshirishi mumkin. Har qanday ekin ham tupoqdan oziqlanishi natijasida kul va azotli elementlarini hosil bilan olib ketadi.

Butun ittifoq va agrotuproqshunoslik ilmiy tekshirish instituta olimlarining ko’p yillik tajribalarida shu narsa ma’lum bo’ldiki, tuproqda qo’llanilgan har bir tonna go’ng, zonaning tuproq-iqlim sharoitiga ko’ra bizning mintaqamizda barcha ekinlarning almashlab ekish dalasida hosildorlik (1s dan hisobida) ga oshishi, yuqori tuproq zonasida bundan ham yuqoriroq oshishi aniqlangan.

1981-1984 yillarda dala tajribasida har xil organik o’g’itlarning (go’ng, torf-go’ngli kompost, TMAU, somonlar) almashlab ekishda ekinlar hosildorligi va tuproq agregat tarkibiga ta’siri o’rganildi. Organik o’g’itlar dozasi-35-70 t/ga, mineral o’g’itlarni N90-120, R90-90 K90-120 kg/ga normada qo’llanildi. Tadkdkrtlarning ko’rsatishicha organik o’g’itlarni qo’llanilishi mineral o’g’itlar bilan taqqoslaganda tuproqni chang holatidan suvga chidamli, mayda kesakchali, strukturali holatiga o’tishiga yordam berdi. Bunda chimli podzol tuproqlar uchun eng qimmatli bo’lgan 3-1 mmyuli agregatlarning miqdorini 3,6-4,8 % ga suvga chidamli agregatlar miqdori esa 1,7-5,6% ga ortdi. (Lapыgina V.A. 1985). Q.Q.Qurbonbayev (1990), T.Qo’chqorov, (1986) va boshqalarning aniqlashicha gidroliz lignini va parranda tezagidan tayyorlangan kompost tarkibida uglerod azotni nisbati qisqa bo’lganligi uchun kompost hosil bo’lish jarayoni tezlashadi. Bu holda asosiy sharoit namlikka bog’liq (65—70%), qolaversa havo harorati ham muhim ahamiyatga ega (10°S dan kam bo’lmasligi kerak). Agar kompostga fosfor aralashtirilsa yana ham yaxshi sharoit vujudga keladi, ya’ni azotni yo’q qilishi kamayadi.

Riffaidir Live—Miinser (1983)ning yozishicha karbonat angidrid gazini o’simlik tomonidan foydalanishi kaliy ta’sirida ortadiki bu esa go’ng tarkibidagi asosiy ozuqa unsurlaridan biridir.

A.U.Donbe, P.N.Kordunyans (1980) larning ma’lumotlariga qaraganda oqpalak (vilt) kasaligi zambrug’ini kamayishi uchun har yili 30 t/ga go’ng solish kerak bo’ladi.

K.M.Roziqov (1971) ning isbotlashicha go’ngni ikkilamchi miqdorini qo’llashda (120 t ga) tuproqdagi ammiakli va nitratli azot miqdori 2 marta ortgan.

Mineral o’g’it va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llash samaraligi haqida yana A.Bahodirov (1981), va boshqalar yozishgan.

B.S.Komilov, A.G’ofurov, A.N.Mannonova (1986) larning ma’lumotlariga qaraganda Farg’ona viloyatining deflyasiyaga mos tuproqdagi sharoitida faqat mineral o’g’itlari qo’llanilganda tuproqdagi chirindn miqdori 0,12% ga kamaygan bo’lsa, go’ng qo’llanilganda bu ko’rsatgich 0,24% ga ortgan.

Klimaren Yeva—Maria (1982), K.F.Vfraft (1981), Wiss Withelirn (1989) lar organik o’g’itlapni tuproq hususiyatlariga ta’sirini aniqlashgan. Ularning ma’lumotiga qaraganda go’ng tuproqni hajm og’irligini kamaytirib, suv ushlash qobiliyatini oshiradi natijada qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi ortadi.

Ko’p yillik ilmiy izlanishlarning natijalari asosida. X.D.Djumanqulov, Babayev (1986) va boshqalar, organik o’g’itlarni qo’llash natijasida tuproqdagi azot va uglerodni yo’qolishi kamayadi degan xulosaga kelishgan. Mineral o’g’it va mahalliy o’g’itlarni tuproqqa solish oldidan aralashmasini tayyorlashda ularni nisbatini 1:1 yoki 1:2 qilib olish yaxshi bo’ladi.

D.Maxmudova (1989) Qashqadaryoning yangi o’zlashtirilgan past unumdorli tuproqlarida ammoniylashtirilgan lignining paxta hosiliga bo’lgan ta’sirini aniqlangan. Uning olgan ilmiy ma’lumotlariga qaraganda oddiy gidroliz ligniniga nisbatan 2—3 marta kam miqdordagi ammoniylashtirilgan (1%) lignini qo’llash (3—5 t ga) paxta hosili 4—6 sentnerga oshiradi. Iqtisodiy jihatdan ham foydali hisoblanadi.

Mahalliy — mineral o’g’it aralashma turlaridan mochevina (karbamid) o’g’itiga go’ng qo’shib tayyorlashganda (GOMU) tuproqda Mikro biologik jarayonlarga ta’siri tipik bo’z tuproqlar sharoitida A.T.Aliyev va I.M.Poberjskayalar (1995) tomonidan o’rganilib, olingan ilmiy — tadqiqot natijalari ko’rsatilishicha, mineral azotdagi bakteriyalar soni gektariga N 200, R2O 150, K2O 50 kg ga solingan variantga nisbatan ko’paygan, gektariga GOMU 2,5 t ga qo’llanilganga nisbatan 19 marta oshgan, bu tuproqda azotni ammoniyli birikmalari ko’proq tashkil etganligidan va tuproq, organik moddalar bilan ta’minlaganligidan bo’lishi aniqlangan. Tarkibida azotli organik moddalarni parchalanish jarayonlarini denitrifikatorli mikroorganizmlar yakunlaydi. Bu denitrifikatorli mikroorganizmlar mahalliy — mineral o’g’it aralashmalarda (GOMU) gektariga 1,8 tonna qo’llanilganda 10 marta 2,5 tonna qo’llanilganda 100 martaga kamayganligi aniqlangan.

G.Dyujev, O.Karaxonov va K.Togayev (1985) larnnng ilmiy izlanishlarida eskitdan haydalib kelinayotgan o’tloqi tuproqlar sharoitida turli me’yordagi organik va mineral o’g’itlarni g’o’zadagi samaradorligi aniqlangan. Bu izlanishlardan ma’lum bo’lishicha, barcha agronomiya tadbirlarini to’g’ri olib borgan holda, mineral o’g’itlarni N 200, R2O-150, K2O-50 kg ga me’yorida gektariga 30 t go’ngni qo’llash yuqori samara beradi. Eng yuqori agroiqtisodiy samaradorlik go’ngni mineral ug’itlar bilan birgalikda azotni yillik me’yorini 1/3 nisbatda, fosforga 1/4 nisbatda qo’llanilganda olindi.

Mineral o’g’it va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llash samaradorligi shuningdek V.L.Muxanova (1957), A.T.Utexnn, (1958), A.N.Tilman (1958)„Z.F.Illarnonov (1958), K.X.Chekalov, (1958), A.M.Klyuchkov (1958), Ye.F.Berezov, T.A.Sorokin va Ye.A. Belov (1958) larni izlanishlarida bayon qilingan. Ularni fikricha organik — mineral o’g’it aralashmalarini qo’llash tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni ko’paytiradiki natijada o’simlikni oziqlanishiga yaxshi sharoit yaratiladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki ayrim izlanishlarda organik va mineral o’g’itlarni samadorligi bir yoki bir necha aralashmasini samaradorligi shu me’yordagi mineral o’g’it o’g’itlarga yoki umuman o’g’it solinmagan nazorat variantga nisbatan solishtirilgan bo’lib, go’ngni samaradorligini alohida ajratib olish qiyin bo’ladi. Ayrim hollarda esa 3-5 tonna yaxshi chirigan go’ngni chirimagan 20-40 tonnali go’ng bilan solishtirilgan, hattoki uzoq davom etuvchi so’ngi ta’siri ham aniqlanmagan.

X.T.Qoraxo’jayeva (1995) tomonidan tipik bo’z tuproqdar sharoitida lizimetrlarda (maydoni 1,44 m2) pomidor ekini yetishtirilganda, mineral o’g’itlar me’yori N 200 R 15O K100 kg ga hisobidan (lizimetrga. N 28,8 R 21,6 K 14,4 gr) berilganda quruq modda 5,3%, umumiy qand 3,02%, KO3 — 16,3 mg kg bo’lgan holda, biogumus (1,853 kg) va veomigum — (1,548 kg) berilganda quruq modda — 0,3— 0 5, umumiy qand 4,28 — 0 44% ko’pligi, MOz — 5 7 — 7 0 mg/kg kamayganligi aniqlandi.

I.Eshonov va S;.Sanginov (1985) larni ma’lumotlariga ko’ra parranda tezagini alohida yoki mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash tuproqdagi vilt zambrug’larini kamaytirganligi kuzatilgan.

Organik o’g’itlar tuproqdagi oziq moddalar miqdorini orttiribgina qolmay, uni fizik holatini ham yaxshilashi M.Tojiyev va Sh.Nomozovlar (1985)ning tajribalarida aniqlangan. Ularni ma’lumotiga qaraganda tuproqning xaydalma qatlamidagi hajm og’irligini 1,13-1,33 g/sm3 miqdori oraliq ekinlarni yashil o’g’itlar sifatida xaydalgandan so’ng kuzatilgan bo’lsa, 1,21-1,25 g sm3 — go’ngdan va 1,29 sm3 miqdori g’o’za yakka hokimligida kuzatildi. Shuni ham aytish kerakki amal davridagi g’o’zani sug’orish natijasida barcha variantlarda tuproq hajm birligini biroq ko’tarilganini aniqlansa ham, lekin go’ng va yashil o’g’itlar qo’llanilganda hajm og’irligi g’o’za yakka hokimligidan ko’ra kamroq bo’ldi.

M.A.Belousov (1955) ning jamlangan hisobotlariga ko’ra, go’ngni organik qismini parchalanib gumusga aylanishi 0.3; kunjaraniki esa 0,22% tengdir. Ko’p yillar davomida g’o’zani ekish natijasida, organik o’g’itlar solinmagan nazorat variantida gumusni yo’qolishi 30,5% ni tashkil qilsa, har yili mineral o’g’itlar qo’llanilgan variantda - 34,0% ga teng bo’ldi.

Organik o’g’itlar, tuproqda va yer ustki qatlamida karbon kislotalarining ortirgan holda, o’simlikni karbon ozuqlanishi yaxshilaydi va nihoyat organik o’g’itlar o’zlarining majmui ta’siri natijasida tuproqni sog’lomlashtiradi hamda g’o’zani oqpalak (vilt) kasaliga chalinishidan saqlaydi. (Bыlinkina, 1935; Gelser va boshqalar, 1937; Jurbiskiy, 1939; Belchikova, 1948; Jorikov, 1948; Kononova, Lagunova, 1940; Zimina, 1952; Berezov va boshqalar, 1958; Manorin, 1964, Madraimov. 1972; Meredov, 1984; Gadjiyev, Nomozov, 1985; Eshonov, Sanginov, 1985; Kurbonbayev, Tillabekov, Niyozaliyev, 1989; Melnik, 1990, Asqarova 1993; A.T.Aliyev, 1995; Karimov, 1998).

Organik o’g’itlar nafaqat oziq moddalarning manbai bo’lib qolmasdan, tuproqdagi chirindi zahirasini boyitishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. D.N.Pryanishnikov (1965) uqtirib o’tganidek, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish qanchalik ortib bormasin, qishloq xhjaligida go’ng o’z ahamiyatini yuqotmaydi va asosiy o’g’itlardan biri bo’lib qolaveradi. Bu holatni boshqa olimlar ham qayd etgan. (D.S.Sattorov, 1988; Sh.T.Xoliqulov, 2001; T.Q.Ortiqov va boshqalar 2005).

F.A.Skryabin (1970) fikricha, o’simliklar oziqlanishi rejimi organik o’g’it qo’lllanilganda yaxshi me’yorlanadi. O’zbekiston tuproqlari sharoiti organiq o’g’it qo’llamaslik tuproq unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.

Ko’plab tadqiqotchilarning ko’zatishlarida intensiv dehqonchilik sharoitlarida chirindining kamomadsiz balansiga tuproqqa organik o’g’itlar qo’llamasdan erishib bo’lmasligi qayd qilingan. (D.N.Pryanishnikov 1965; F.A.Skryabin 1939; 1953; 1970; G.I.Mamchenkov 1955; B.M.Machigin 1957; Ye.A.Jarikov, 1947; 1950).

Gektariga 10 t hisobidan organik o’g’it qo’llash tuproqda chirindi miqdorini taxminan 1 tonnagacha ortishiga olib keladi. M.D. Romanenko (1965), S.S.Rubin (1974) lar fikricha mineral o’g’itlar qo’llash tuproqda chirindi miqdorini bir xil darajada tutib turish imkoniyatini yaratadi. Ularni organik o’g’itlar bilan birgalikda qo’llash esa chirindi miqdorini oshishiga olib keladi.

M.A.Pankov (1981) tomonidan o’tkazilgan tajribalarda qo’ng’ir tusli o’tloq-podzollashgan tuproqlarda chirindi va o’simliklar uchun oson o’zlashtiriluvchi ozuqa moddalarining eng ko’p ortishi gektariga 320 t yirik shoxli qoramollarning suyuq go’nggi va 80 tonna parranda axlati qo’llanilgan ko’zatilgan.

M.V.Muxammedjanov (1985) ma’lumotiga ko’ra, qadimdan sug’orilib kelinayotgan tuproqlarda keyingi 30-40 yil mobaynida chirindi 30-40 % ga kamaygan va hozirgi paytda 60 sm tuproq qatlamida uning zaxirasi 0,6-0,7 % dan oshmaydi. Ozuqa moddalari miqdoriga ko’ra kam ta’minlangan tuproqlarda mineral o’g’itlarni oshirilgan me’yorda, organik o’g’itlarni esa kam qo’llanilishi mineral o’g’itlarning samarasini kamayishiga olib keladi. O’simlik o’zlashtirib olmagan mineral o’g’itlar tuproq va grunt suvlarini ifloslanishiga olib keladi.

V.G.Mineyev (1977) ma’lumoticha, gektariga oshirilgan me’yorda (1971 yili 180 t/g va 1972 yili 360 t/g) go’ng qo’llanilganda 0-30 sm qatlamida organik moddaning miqdori 2,5-3 % ga ortishiga olib keladi.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, qishloq xo’jaligida o’g’itlar qo’llamasdan uzluksiz dehqonchilik qilish chirindining miqdorini ma’lum darajaga olib keladi va undan so’ng chirindi bir me’yorda saqlanib turadi. (Openlender, 1980).

V.L.Vitkovskiy, N.S.Kiryushkina va boshqalar (1983) ta’kidlashicha tuproqqa solingan go’ngning asosiy qismi minerallashishi jarayonitufayli parchalanib ketadi, ozgina qismi chirindiga aylanadi. Bu kam me’yorda go’ng qo’llanilganda chirindi miqdorining oshishiga olib kelmasligini asosiy sababidir.

Oddiy qora tuproqlar gektariga 120 tonnadan yirik shoxli qoramol go’nggi qo’llanilishi, 5 yilda o’rta hisobda chirindi miqdorini 0-20 sm qatlamda 0,17 % ga, 20-40 sm qatlamda esa 0,08 % ga ortishiga olib keladi (Doroshenko S.B. 1992).

Go’ngni organik moddasini chirindiga aylanishi uni mineral o’g’itlar bilan birga qo’llash nisbatiga ham bog’liq. Suyuq go’ng somonning chirindiga aylanish (gumifikasiya) koefsentini 10 % ga oshiradi.

Dunyo aholisi soning ko’payishi qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning ortishi turli orgagnik chiqindilar miqdorining ko’plab to’planib qolishiga sabab bo’lmoqda. Bunday chiqindilarga o’simlikshunoslik chiqindilari, sanoat va maishiy chiqindilar chuchuk suv havzalari loyqalari va hakozalar kiradi. Ushbu orgogogen chiqindilarni fizik mexanik hossalari kimyoviy tarkibi ba’zi agrokimyoviy va texnologik kamchiliklari sababli qayta ishlanmasdan qo’llash uchun yaroqsiz yoki kam samarali hisoblanadi. Shu tufayli bunday chiqindilarni kompostlash talab qilinadi.

I.P.Mamchenkov (1955) buyicha kompost deb o’simlik yoki hayvon chiqindilari yoki ularning aralashmalarining mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib chirishidan hosil bo’lgan organik o’g’itlarga aytiladi. Bunda organik o’g’it sifatida go’ng nazarda tutilmaydi. Mikroorganizmlar faoliyati natijasida ozuqa moddalari o’simliklar o’zlashtirishii oson shaklga o’tadi. Kompost tayyorlashda asosiy maxsulotlar sifatida torf, qishloq xo’jaligi, kommunal-xo’jalik va sanoatning turli chiqindi va chiqitlaridan foydalanish.

Kompostlar ko’yidagi turlarga bo’linadi. Go’ng-tuproli; torf-go’ngli; torf-najasli va hakoza. Keyingi yillarda kompostlarning yangi turlari olinmoqda: mayishiy qoldiqlardan olinadigan kompostlar. Aralash kompostlar. Talab qilingan hollarda kompostlarga mineral o’g’itlar qo’yish mumkin.

Orgogogen chiqindilarni dala sharoitida kompostlash, organik moddalarning aerob sharoitida yuqori haroratda biologik parchalanishidan iborat jarayon hisoblanadi.

Harorat 50 0 S ga yetganda patogen mikroorganizmlar va begona o’tlarning o’rug’lari bo’ladi. (RomeninkoN.A., Haydarov A.X va boshqalar. 1984)

Kompostlashda maqbul harorat 45-60 0 S hisoblanadi. Haroratning 60 0 S dan ortishi foydali miroorganizmlar faoliyati uchun qiyin sharoit to’g’diradi.

Kompostlash jarayoni asosan aerasiya, massaning namligi, uglerodning azotga nisbati, zarralarning ulchami,kompostlanayotgan organik moddalarning biologik aktivligikabi ko’rsatkichlar bilan bog’liq.

Kompostlanayotgan materialning eng ko’yi namlik ko’rsatkichi bo’lib,miroorganizmlarning biologik aktivligini ta’minlovchi namlik hisoblanadi. Kompostlanuvchi materiallar uchun maqbul namlik ancha yuqori bo’lib, 60-80 % ni tashkil etadi. (Surkan M.A.Arxip O.D. 1989)

Kompostlanuvchi materiallarning biologik parchalanishida asosiy omillardan biri kompanentlar tarkibidagi S:N nisbatidir. S:N nisbati qancha katta bo’lsa, mikroorganizmlar tomonidan uglerodning parchalanishi shunchalik kiyinlashadi. Kompostlanuvchi materiallarda S:N nisbatining maqbul ko’rsatkichi 25 % hisoblanadi. Uglerodning azotga bulgan nisbatini ko’rsatkichi 25 dan past bo’lishi azotning yuqolishiga olib keladi. S:N nisbatining 35 % dan katta bo’lishi organik modda parchalanishi jarayonini sekinlashtiradi. (Gladkova L.I., 1979Afanasyev V.N., Miller V.V., 1986). Shuning uchun kompostlar tayyorlashda S:N nisbatini modellashtirish, yuqori sifatli kompost tayyorlash imkonini beradi. Go’ngda, parranda axlatida, dukkakli ekinlar qoldig’ida, oziq-ovqat sanoati chiqindilarida S:N nisbati 15-20 % dan oshmaydi. Aerasiya va namlikning maqbul ko’rsatkichlariga kompostlanayotgan materiallarni maydalash orqali erishish mumkin. Ammo amaliyotda chiqindilarning mikroskopik o’lchamgacha maydalash imkoniyati cheklangan. Shu tufayli kompost tayyorlashda turli tuzilishga ega bo’lgan komponentlarni tanlash lozim yoki aerasiya holatini yaxshilash uchun kompostlanayotgan chiqindilarni 1 m oraliqda joylashtirilgan plastmassadan yasalgan havo almashtiruvchi maxsus quvurlar yotqizish kerak.

Organik moddaning biologik parchalanishida mineral azot ammiak shaklda ajralib chiqadi. Ammiak osonlik bilan atmosferaga ajralib chiqadi, yoki minerallarning kristall panjaralarida kimyoviy singdirilgan holda ushlanib qoladi. Azotning bunday yuqolishini oldini olish uchun gidrolezlangan lignin, fosfor uni yoki fosfogipsni kompostga qushish tavsiya etiladi. (Novekov M.N. va boshqalar 1986; Surkan M.A. vam boshqalar., 1984 Mashken V.A., MazeinV.L. 1989)

Dunyoning turli mintaqalarida tayyorlanayotgan kompostlarning komponentlari turlichadir. Kompost tayyorlash uchun u yoki bu materialni tanlash ularning mavjud miqdori va hajmiga bog’liq. Kompost tayyorlash koponentlar miqdori va transport xarajatlariga bog’liq. (Vasilyev V.A., Smolenseva N.L., 1985; Mashken V.A., Mazein V.L., ; Sattorov J., Xoliqulov Sh.T., 1988. Gladkova L.I., 1979; Korovkin A.S., Petuxov M.P., 1987; Akenteva L.I., Shaxovsova A.N., 1983 Mashkova T.B., TretyakovaYe.A., 1986; Sh.T.Xoliqulov 2006). Bu komponentlar kimyoviy, biologik,va texnologik hossalari bilan farqlanadi. Shu tufayli organik moddalarni fermentasiyasi ham turlicha o’tadi, hamda kompostning biologi-kimyoviy yetilishi ham har xil bo’ladi. Kompostlarning yetilishini S:N nisbatiga ko’ra aniqlash mumkin. Bundan tashqari kompostlarning yetilishini undagi nitratlar, ammoniy, sulfidlar miqdoriga ham kislotaliligiga ko’ra aniqlash tavsiya etilmoqda.

Kompostlarni yetilishinit baholashda agrokimyoviy jihatdan baholash yagona yul bo’lib qolmaydi. Qishloq xo’jaligini jadallashtirishda boshqa muommolarni ham hal etish talab etiladi.

Kompostlar yetilishi muddati davomiyligi uning agrokimyoviy hossalari bilan uzviy bog’liq. Kompostlarning 1-1,5 oy davomida N-NH4 miqdori kamayib, so’ngra o’zgarmasdan qoladi. Mineral azotning umumiyi miqdori esa S:N nisbatiga bog’liq.

Tug’ri tayyorlangan kompost go’ngdan qolishmaydi, ba’zi hollarda undan ham qimmatli bo’lgan organik o’g’it hisoblanadi. Bunday kompostlar tuproq hossalarini yaxshilab, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshiradi.

Go’ng va fosforit unidan yoki superfosfatdan tayyorlangan kompostlar keng tarqalgan va atroflicha o’rganilgan. Kompost tarkibiga qo’shilgan fosforit uri yoki superfosfat undan azotning yuqolishini oldini oladi. Fosforit uni va superfasfat qancha ko’p qo’shilsa azotning yuqolishi shuncha kamayadi. (Mamchenkov I.P., 1955; Mineyev V.G.,Yu 1984).

O’zbekiston sharoitida o’tkazilgan tajribalarga ko’ra, kompost tapyyorlash uchun maydon 20-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi. 25 t go’ng va 0,75 t superfosfat bir xil qalinlikda sochib chiqiladi va 20-22 sm chuqurlikda qayta shudgorlanadi. Yozgi muddatda kompostlar 2-3 marta sug’oriladi, sug’orishdan keyingi kompostlash chuqurligida yumshatiladi. Bunday usulda kompost tayyorlash u 1,5-2 oy mobaynida yetiladi. Kompostni gektariga 12-15 tonna qo’llash tavsiya etiladi.

30% go’ng +70% tuproq va 30% go’ng +70% tuproq + 1% superfosfat nisbatida tayyorlangan kompostlar tarkibida NPK ning umumiy miqdori tegishlicha 0,52; 0,29; 1,57 % ni tashkil etgan. Bunda kompostlarning to’zliq tayyor bo’lishi uchun 45-60 kun saqlanishi lozim. Kompostda go’ngni miqdorini 70 % gacha oshirib tuproqning miqdorini 30 % gacha kamaytirilganda undagi oziq moddalarning umumiy miqdori qo’yidagicha bo’ldi: - azot 1-% fosfor 0,84 % kaliy 2,06 % gacha (Masina M.M., Nikitchen B.B., 1962; )





Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə