Murodov vohid qarshiboyevichning “Organik o’g’itlarning o’tloq tuproqlar unumdorligi hamda g’ o’za oziqlanishi va hosildorligiga ta’siri


Organik o’g’itlarning tuproqdagi zamburug’lar soniga ta’siri



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə5/11
tarix22.05.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#45306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Organik o’g’itlarning tuproqdagi zamburug’lar soniga ta’siri

9-jadval




Variantlar

Zamburug’lar soni, ming/g tuproqda

5.04

1.05

1.06

1.07

15.07

1.08

15.08

3.09

1

Nazorat (o’g’itsiz)

20

30

30

40

30

40

40

50

2

N250,P175,K125 (NPK)

30

40

50

60

50

60

50

50

3

30 t/ga go’ng

50

60

60

60

50

60

70

70

4

NPK+30 t/ga go’ng

60

70

80

80

70

80

80

70

5

½ NPK+30 t/ga go’ng

50

60

60

70

60

60

70

60

6

2/3 NPK+30 t/ga go’ng

60

70

70

80

70

70

80

70

7

NPK+15 t/ga go’ng

40

40

50

60

50

60

70

60

tuproqdagi zamburug’lar sonini ortishiga olib keladi. Mineral o’g’itlarning to’liq me’yori fonida organik o’g’itlarning dozasini 30 t/ga dan 15 t/ga gacha kamaytirish tuproqdagi zamburug’lar sonining pasayib ketishiga sabab bo’ladi. Masalan, tuproqdagi zamburug’lar soni 5 aprelda nazorat variantida 20 ming/g tuproqda, N 250 R175, K 125 (NPK) variantida 30 ming/g tuproqda, 30 t/ga go’ng variantida 60 mln/g tuproqda bo’lishi aniqlangan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1/2 NRK+30 t/ga go’ng, 2/3 NRK+30 t/ga go’ng va NRK+15 t/ga go’ng variantlarida tegishlicha 50; 60; 40 ming/g tuproqda bo’lishi kuzatildi. Mineral o’g’itlar foni pasaytirilganda xam go’ngning zamburug’lar soniga ta’siri sezilarlio’zgarmadi. Lekin, mineral o’g’itlarning to’liq me’yorli fonida go’ng dozasini 30 t/ga dan 15 t/ga gacha pasaytirishi tuproqdagi zamburug’lar sonini keskin kamayishiga olib keldi.

Adabiyotlardan ma’lumki, zamburug’lar organik moddaga talabchan bo’ladi. Ular organik moddani birikmalaridan bo’lib, o’zlashtira boshlaydi. Keyin boshqa taksonomik guruh mikroorganizmlari keladi. Shuning uchun ham organik o’g’itlarning yuqori dozasida kuchliroq namayon bo’ladi. 30t/ga go’ng fonida to’liq mineral o’g’itlar me’yorini ikki barovar va 1/3 qismida kamaytirilgan variantlaridan ham kam bo’lishi ta’minlanadi. Bu holat ham organik o’g’itlarning roli zamburug’lar hayotida yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Yana muhim taksologik guruxlardan biri bu aktinomisetlar hisoblanadi. Kraxmal-ammiakli agarda o’suvchi aktinomisetlar soniga ham organik o’g’itlar, jumladan go’ng sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Organik o’g’itlar o’zi alohida qo’llanilganda ham mineral o’g’itlarning turli xil fonida ham tuproqdagi aktinomisetlar sonini sezilarli oshiradi. Organik o’g’itlar mineral o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilganda aktinomisetlar soni eng yuqori bo’ldi. Mineral o’g’itlarning to’liq me’yori fonida go’ng dozasini 30 t/ga dan 15 t/ga gacha pasaytirish aktinomisetlar sonini kamayishiga olib keldi. Organik o’g’itlarning 30 t/ga go’ng fonida mineral o’g’itlar me’yorini ½ va 1/3 qismiga kamaytirish aktinomisetlar sonini pasayishiga olib keldi. Bu ayniqsa azotli o’g’itlarni qo’llash muddatlarida yaqqol sezildi. Masalan, tuproqda aktinomisetlar soni 5 aprelda o’g’itsiz nazorat variantida 5,4 mln/g tuproqda,



Organik o’g’itlarning tuproqdagi aktinomisetlar soniga ta’siri

10-jadval





Variantlar

Aktinomisetlar soni, mln/g tuproqda

5.04

1.05

1.06

1.07

15.07

1.08

15.08

3.09

1

Nazorat (o’g’itsiz)

5.4

6.5

7.2

7.5

8.0

8.3

7.7

7.3

2

N250,P175,K125 (NPK)

7.8

8.4

15.6

16.0

19.8

20.5

19.5

19.1

3

30 t/ga go’ng

10.5

11.2

13.5

14.2

14.5

14.8

14.1

13.7

4

NPK+30 t/ga go’ng

12.7

14.0

18.9

19.3

22.5

23.7

23.0

22.2

5

½ NPK+30 t/ga go’ng

11.0

12.8

14.7

15.5

20.0

20.2

19.5

18.8

6

2/3 NPK+30 t/ga go’ng

11.5

13.3

17.0

17.4

21.3

21.7

20.8

20.0

7

NPK+15 t/ga go’ng

10.0

11.2

16.6

17.0

20.8

21.0

20.2

19.0

N 250 R175, K 125 ( to’liq NPK) variantida 7,8 mln/g tuproqda, 30 t/ga go’ng variantida 10,5 mln/ga tuproqda, NPK+30 t/ga go’ng variantida 12,7 mln/g tuproqda bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich ½ NPK+30 t/ga go’ng, 2/3+NPK+30 t/ga go’ng va NPK+15 t/ga go’ng variantida mos ravishda 11,0;11,5;10,0 mln/g tuproqda bo’lishi kuzatildi. G’o’za o’suv davri avj olgan paytga kelib, tuproqda aktinomisetlar soni yanada ortdi. Masalan, 15 iyulda tuproqda aktinomisetlar soni nozorat variantida 8 mln/g tuproqda, N 250 R175, K 125 variantida 19,8 mln/g, 30 t/ga go’ng variantida 14,5 mln/g, NPK+30 t/ga go’ng variantida 22,5 mln/g tuproqda bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich ½ NPK+30 t/ga go’ng, 2/3+NPK+30 t/ga go’ng va NPK+15 t/ga go’ng variantlarida mos ravishda 20,0;21,3;20,8 mln/g tuproqda bo’lishi aniqlandi.

Demak, tuproqdagi aktinomensetlar soniga mineral va organik o’g’itlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Organik o’g’itlar, jumladan yarim chirigan mol go’ngi fosforli –kaliyli o’g’itlarga nisbatan aktinomensetlar soniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ayniqsa, azotli o’g’itlar qo’llanilmagan aprel oyida yaqqol namayon bo’ldi. Azotli o’g’itlar qo’llanilishi bilan mineral o’g’it variantida tuproqda aktinomensetlar son sezilarli darajada ortadi. Bu holat o’suv davri oxirigacha saqlanib qoldi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganida, ular bir birining ta’sirini ko’rsatadi. Mineral o’g’itlar me’yori ikki barovar kamayganda tuproqda aktinomensetlar soni mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilgan variantlar ichida eng kam miqdorga ega bo’ldi. Mineral o’g’itlar me’yorini 1/3 qismiga kamaytirish ham aktinomensetlar soniga sezilarli ta’sir ta’sir ko’rsatadi.

Shunday qilib, mineral va organik o’g’itlar turli xil me’yor va nisbatlariga aktinomensetlar soniga ishonarli ta’sir ko’rsatadi.

Tuproqdagi azotfiksatorla soni ham organi o’g’itlar ta’sirida ortdi. Ushbu muhitda o’sgan azotfiksatorla soni mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda eng yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’ldi.

O’g’it qo’llanilmagan nazorat variantida ushbu muhitda o’sadigan tuproqdagi azotfiksatorlar soni bahor va yoz oylarida dinamikada ortib boradi. Bu ko’rsatgich 1 avgust sanasiga borib, eng yuqori ko’rsatgichga ega bo’ldi, keyin esa



Organik o’g’itlarning tuproqdagi erkin yashovchi azotfiksatorlar soniga ta’siri

11-jadval





Variantlar

Azotfiksatorlar soni, mln/g tuproqda

5.04

1.05

1.06

1.07

15.07

1.08

15.08

3.09

1

Nazorat (o’g’itsiz)

4.7

5.2

5.6

6.0

7.2

7.5

6.3

5.5

2

N250,P175,K125 (NPK)

5.1

5.8

15.6

16.0

18.5

18.0

15.4

12.8

3

30 t/ga go’ng

10.0

12.0

13.0

13.5

14.2

14.5

14.0

13.5

4

NPK+30 t/ga go’ng

12.1

13.3

18.2

18.8

20.3

20.5

17.8

16.2

5

½ NPK+30 t/ga go’ng

11.0

12.7

13.3

14.0

17.6

18.0

15.5

14.7

6

2/3 NPK+30 t/ga go’ng

11.8

13.0

17.0

17.3

18.8

18.5

16.5

15.4

7

NPK+15 t/ga go’ng

9.0

11.2

16.5

16.9

19.1

19.0

15.8

13.1

kamaya boshladi. Gullash va meva tuplash davrida azotfiksatorlar soni eng yuqori miqdorda bo’ldi. Ushbu dinamika mineral o’g’itlar qo’llanilganda ham, organik o’g’itlar qo’llanilganda ham, ular birgalikda berilganda ham o’zgarmadi.

Mineral o’g’itlar ichida azotli o’g’itlarning ta’siri azotfiksatorlar soniga organik o’g’itlarnikidan kuchsiz bo’ldi. Buni aprel va may oylaridagi analiz natijalari ko’rsatadi. Masalan, o’g’itsiz nazoratda 5 aprelda tuproqdagi azotfiksatorlar soni 4.7 mln/g tuproqda, 1 avgustda 7.5 mln/g tuproqda bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatgich N 250 R175, K 125 variantida yuqoridagiga mos ravishda 5.1 va 18.0 mln/g tuproqda, 30 t/ga go’ng variantida tegishlicha 12.1 va 20.5 mln/g tuproqda bo’lishi aniqlandi. (11-jadval). Umuman olganda, mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganida tuproqdagi azotfiksatorlar soni tadqiqot bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichga ega bo’ldi.

Organik o’g’itlar me’yorini 30 t/ga dan 15 t/ga gacha pasaytirish tuproqdagi azotofiksatorlar sonini sezilarli kamaytirdi. 30 t/ga fonida mineral o’g’itlar me’yorini ikki barobar va 1/3 qismga kamaytirish tuproqda azotofiksatorlar sonini, ayniqsa mineral o’g’itlarning qo’llanilish muddatlarida kamayishga olib keldi. Bu holat ayniqsa mineral o’g’itlarning to’liq me’yori ikki marta kamaytirilgan variantlarida yaqqol namayon bo’ldi. Mineral o’g’itlarning me’yori 1/3 qismga kamaytirilganda tuproqdagi azotofiksatorlar soni qisman kamaydi. Tadqiqotning boshlarida, azotli o’g’itlar qo’llanilguncha organik o’g’itlarning me’yori ikki marta kamaytirish, keyingi o’suv davri o’rtalari va oxirida mineral o’g’itlar me’yorini ikki marta kamaytirish tuproqdagi azotofiksatorlar sonini kuchliroq kamaytirishga olib keldi. Masalan, tuproqda azotofiksatorlar soni NPK+30 t/ga go’ng variantida 5 aprelda 12.1 mln/g tuproqda, 1 avgustda 20.5 mln/g tuproqda bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatgich ½ NPK+30 t/ga go’ng variantida yuqoridagiga mos ravishda 11.0 va 18.0 mln/g tuproqda 2/3 NPK+30 t/ga go’ng variantida tegishlicha 11.8 va 18.5 mln/g tuproqda, NPK+ 15 t/ga go’ng variantida tegishlicha 9.0 va 19.0 mln/g tuproqda bo’lishi kuzatildi (11-jadval).



Organik o’g’itlarning tuproqdagi nitrifikatorlar soniga ta’siri

12-jadval





Variantlar

Nitrifikatorlar soni, ming/g tuproqda

5.04

1.05

1.06

1.07

15.07

1.08

15.08

3.09

1

Nazorat (o’g’itsiz)

8

12

15

17

18

19

17

15

2

N250,P175,K125 (NPK)

9

14

26

23

28

28

25

21

3

30 t/ga go’ng

15

19

22

23

25

26

25

23

4

NPK+30 t/ga go’ng

17

23

30

26

32

30

28

25

5

½ NPK+30 t/ga go’ng

16

20

24

24

28

28

25

23

6

2/3 NPK+30 t/ga go’ng

16

21

27

26

30

29

26

23

7

NPK+15 t/ga go’ng

12

16

28

24

30

27

24

22

Demak, organik o’g’itlar yarim chirigan go’ng ko’rinishda o’zi alohida qo’llanilganda ham, mineral o’g’itlar me’yorining turli xil fonida qo’llanilganda ham tuproqdagi azotofiksatorlar sonini sezilarli oshiradi.

Organik o’g’itlar o’zi alohida qo’llanilganda xam, mineral o’g’itlar fonida ham tuproqdagi azotfiksatorla sonini oshirdi. Organik o’g’itlar tuproqdagi nitrifikatorlar va nitratredusiyentlar sonini ham oshirdi. Xemolitotrof hisoblangan nitrifikatorlar soni ham organik o’g’itlar ta’sirida ortdi. Bu xolat mineral o’g’itlarning to’liq me’yori fonida ham kuzatildi. Organik o’g’itlar mineral o’g’itlar fonida qo’llanilganda nitrifikatorlar soni eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldi.

Organik o’g’itlar nitrifikatorlar uchun nafaqat azot manbai, balki u tuproq agrofizik xossalarini yaxshilab nitrifikatorlar uchun yaxshi sharoit yaratadi. Bu esa tuproqda nitrifikatorlar sonini ko’payishiga olib keladi. Masalan, o’g’itsiz nazorat variantida 5 aprelda tuproqdagi nitrifikatorlar soni 8 ming/g tuproqda, 1 avgustda 19 ming/g tuproqda bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatgich N 250 R175, K 125 variantida yuqoridagiga mos ravishda 9 va 28 ming/g tuproqda, 30 t/ga go’ng variantida 15 va 26 ming/g tuproqda, NPK+ 30 t/ga go’ng variantida 17 va 30 ming/g tuproqda bo’lishi aniqlandi. O’g’itlar qo’llanilmagan tabiiy sharoitda tuproqda nitrifikatorlar soni o’suv davri davomida muntazam ko’payib bordi. Bu holat 1 avgustga qadar davom etdi, keyin esa nitrifikatorlar soni biroz kamaydi. Demak, iqlimning o’zgarishi, tuproqqa ishlov berish, sug’orish va g’o’za o’simligi nitrifikatorlar soniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mineral o’g’itlardan azotli o’g’itlar qo’llanilmay, faqat fosforli va kaliyli o’g’itlar qo’llanilgan davrida organik o’g’itlarning nitrifikatorlar soniga ta’siri mineral o’g’itlarnikidan kuchliroq bo’ldi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda tuproqda nitrifikatorlar soni eng yuqori darajada bo’ldi. Ushbu holatda o’g’itlarning ta’siri kamayishi va kuchayishi bilan bog’liq. Mineral o’g’itlarning to’liq me’yorida organik o’g’itlarning dozasini 30t/gadan 15 t/ga gacha pasaytirish tuproqda nitrifikatorlar sonini kamayishiga olib keldi. Bu holat organik o’g’itlar me’yorini ortishi bilan nitrifikatorlar sonini ham ortishini ko’rsatadi. Organik o’g’itlarning 30 t/ga go’ng fonida mineral o’g’itlar me’yorini ikki barobar va 1/3 qismga



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə