|
«Musiqaviy obrazdagi o`yinlarni ijroga O`rgatish.» Reja
|
səhifə | 4/7 | tarix | 01.06.2023 | ölçüsü | 9,92 Mb. | | #114802 |
| Musiqaviy obrazdagi o`yinlarni ijroga tortishish Bugungi kundagi bog`cha yoshidagi bolalarni rivojlantirish va ta`lim-tarbiya berishda eng muvaffaqiyatli metodikalar, dasturlar, bolani rivojlantiruvchi teatrlashtirilgan o’yinlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa o`z navbatida kutilgan natijalarga erishishda yordam beradi. 2.TEATR - SAXNALASHTIRISH FAOLIYATINING SHAKLLARI
Bolalar bog`chasida sahanalashtirish faoliyatini o’tkazish vaqti belgilanmagan. Ushbu faoliyat pedagogik faoliyatdan kelib chiqib tashkil etiladi, boshqa mashg`ulotlarga chegaralangan tartibda qo`shilishi (musiqa, tasviriy san`at va x.k.), shuningdek xaftalik o’quv jadvalining ona tili va atrof olam bilan tanishish mashg`ulotlarida rejalashtiriladi.Tashkil etilgan teatrlashtirilgan o`yinlar shakli kichik guruxlarga bo`lingan xolda o`tkazilgani ma’qul, shunda xar bir bolaga alohida yondashish ta`minlanadi. Mashg`ulotlarning mazmuniga ko`ra har gal kichik guruhlar turlicha shakllanishi kerak.
Sahnalashtirish faoliyatining shakllari:
Mashg’ulotlar
Ko’ngil ochar o’yinlar
Bayramlar
To’g’arak ishi
Mashg`ulotlar Mashg`ulotlar bir vaqtning o`zida bilim olish, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalarini bajarishi darkor, faqatgina tomoshaga tayyorgarlik ko`rish bo`lmasligi kerak. Ularning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan: - nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko`nikmalarini rivojlanishiga;
- -ijodkorlik muhitini yaratishga;
- -bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga.
Bolalar bog'chasida har bir bolaning uyg'un ta'lim berishga katta e'tibor beriladi. U tasviriy san`at, nutqni rivojlantirish, musiqa mashg`ulotlarida amalga oshiriladi. Qo`ngilochar o`yinlar san'atning barcha shakllarini birlashtiradi, ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi, she'riy so'z, kuy, tasviriy va badiiy obrazlarlar bolalarda emotsional hissiyotlarni uyg`otadi. Ko`ngilochar mashg`ulotlarning ko'p turlari mavjud. Bu teatrlashtirilgan namoyishlar, konsertlar, professional artistlar ishtirokidagi spektakllar, shuningdek, bolalar bog'chalari, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar tomonidan tayyorlangan spektakllarni o'z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|