Muso al-Xorazmiy, Abu Abdullox al-Xorazmiy Ahmad al-Farg‘oniy va Axmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati Reja



Yüklə 23,31 Kb.
səhifə1/3
tarix26.06.2022
ölçüsü23,31 Kb.
#90115
  1   2   3
Muso al-Xorazmiy, Abu Abdullox al-Xorazmiy Ahmad al-Farg‘oniy va Axmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati


Muso al-Xorazmiy, Abu Abdullox al-Xorazmiy Ahmad al-Farg‘oniy va Axmad al-Marvaziyning hayoti va faoliyati
Reja

  1. Muso al- Xorazmiyning dunyo faniga katta xissa qo’shishi.

  1. Al - Xorazmiyning 20 dan ortiq asar yaratishi va uning ahamiyati.

  2. Muso al - Xorazmiy " Baytul - Hikma" ning ilmiy mudiri.

  3. Abu Abdulloh al-Xorazmiy va uning" Mafotih al - ulum" asarida ilmlar tasnifi.

  4. Ahmad al - Farg‘oniyning Marv va Bag‘doddagi ijodiy faoliyati.

  5. Ahmad al - Marvaziyning Bogdod ilmiy maktabida tutgan o‘rni.

Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi.


Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqazo qilgan ijtimoiy-iktisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada tarakqiy ettirish uchun astro­nomiya, geodeziya, geometriya kabi fanlarni rivojlantirish zaru-riyati tug‘ildi. O‘sha davrning ilg‘or olimlari bu fanlarning amaliy ahamiyati haqida aniq, tasavvurga ega bo‘lib, Muhammad al-Xo­razmiy esa shu olimlarning peshqadami va yo‘lboshchisi edi.
Xorazmiy dunyo faniga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. U algebra fanining asoschisi bo‘ldi. «Algebra» so‘zining o‘zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolosidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Ovro‘poda tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o‘rnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o‘nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Xorazmiyning «Zij» i Ovro‘pada ham, Sharqmamlaqatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yulini ko‘rsatib berdi. Lekin afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, «o‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olmasa, hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri» (J. Sarton) bo‘lgan bunday siymoning hayoti haqida ma'lumotlar deyarli saqlanmagan.
Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug‘ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning tug‘ilgan yili deb qabul etilgan. U dastlabki ma'lumot va turli sohadagi bilimlarni asosan o‘z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko‘pgina ustozlardan olgan, deb bilmoq mumkin.
Manbalarda Xorazmiyning ismiga yana al-Majusiy va al-Qut-rubbuliy degan atamalar ham qo‘shib aytiladi. Bularning birinchisi olim Xorazmning asli mahalliy aholisidan, ya'ni otashparastlar (arabcha — «majus» — otashparast degani) oilasidan, balki shu otashparastlik dinining kohinlari oilasidan kelib chiqqanligini, shu bilan birga olimning o‘zi yoki otasi majusiy bo‘lib, ular islomni keyin qabul qilganligini ko‘rsatadi. Xorazmda majusiylar islom­dan keyin ham uzoq muddat o‘z diniy urf-odatlarini saqlab kelgan. Bu xaqda Beruniy o‘zining «Osori boqiya» asarida guvohlik beradi. Keltirilgan ismlarning ikkinchisi, Xorazmiy mo‘ysafidlik yillarini Bag‘dod yaqinida Dajla bo‘yidagi al-Qutrubbul dahasida o‘tkazganligini ko‘rsatadi. Odatda arablar biror kishining harakterli xususiyatlari, hunarlari, sevimli odatlari yoki yashash joylariga qarab, unga bir necha xil ism — «nisbatlar» beradilar. Xorazmiy­ning al-Qutrubbuliy ismi ham shu tariqa paydo bo‘lgan.
Xorazm juda qadimgi madaniyatga ega bo‘lib, uning qishloq ho‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslanar, bu o‘z navbatida, astrono­miya va xronologiyaning rivojlangan hisoblash usullarining mavjud bo‘lishini taqozo etar edi. Haqiqatan ham, qadimgi Xorazmda astronomiya juda rivojlangan, xorazmliklar osmon «sirlari»ni arablarga qaraganda ancha yahshi bilganlar. Arxeologik qazishmalar Xorazmda qadimda islomdan bir necha asr avval ham rasadxonalar bo‘lganligi va u yerda muttasil astronomik kuzatishlar olib borilganligidan guvohlik beradi. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi va matematikasini yahshi bilgan. 819 yili Bag‘dodga ko‘chadi. Al-Ma'mun Marvda bo‘lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o‘z saroyiga jalb qilgan. Xalifa al-Ma'mun davrida Bag‘dodda Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan bir guruh yirik olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan Yahyo ibn Abu Mansur, al-Farg‘oniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar bor edi.
Bag‘dodda al-Ma'mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — «Bayt ul-hikma» faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi to‘sini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko‘lamda rivojlantirdi. Vizantiya va Hindistondan ko‘plab kitoblar keltirilib, «Bayt ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yi­rik rasadxona: birinchisi 828 yilda Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.
Xorazmiy davrida «Bayt ul-hikma»da ishlagan yirik tarjimonlar orasida Hajjoj ibn Yusuf ibn Matar, Abu Zakariyo Yuhanno ibn al-Bitriq, Hunayn ibn Is’hok va Kusto ibn Luqo al-Ba'albakkiylar bor edi. Bag‘dodga kelgan Markaziy osiyolik olimlar orasida mashhur astronom Ahmad ibn Kasir al-Farg‘oniyning nomini eslatish lozim. Marvlik Yahyo ibn Abu Mansur Bag‘dodning ash-Shammo­siya mahallasidagi rasadxonaning asoschisi va rahbari bo‘ldi. Rasadxonadagi ishlar haqida u «Bayt ul-hikma»ning mudiri Xorazmiyga hisobot berib turardi. Yahyo 831 yili vafot etganidan so‘ng Xoraz­miy bu rasadxonani ham boshqaradi va u yerdagi kuzatishlarda faol qatnashadi. Yahyoning qalamiga mansub «Zij al-mumtahan» («Sinalgan zij») nomli astronomik asari ma'lum. Damashq yaqinida Kasi­yun tog‘idagi rasadxonani Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy boshqaradi. U ham o‘z «Zij» ini to‘zadi. Xolid yer meridianining o‘zunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi.
Xorazmiy bilan Bag‘dodda, keyinchalik “Ma'mun akademiyasi” deb tanilgan «Bayt ul-hikma»da ijod etgan olimlarning barchasiii ham Markaziy osiyolik yoki xurosonlik deyksh xato bulardi. U yerda Suriya, Iroq, Eron va xalifalikning boshqa yerlaridan kelgan olimlar ham ishlagan. Biroqular orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o‘rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi va 850 yilda Bag‘dodda vafot etdi.
Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning fakat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi haqida ki­tob» yoki «Qo‘shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Ki­tob surat-ul-arz» - geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida». «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta'rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». Bu asarlarning turttasi arab tilida, bittasi Farg‘oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha tarjimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas.
Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma'lum. Biroqunda olim algebraik risolasini eslaydi. Demak, bundan Xo­razmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani ma'lum bo‘ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola «Diksit Algo-rizmi», ya'ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi. Bun­dan keyin Xorazmiy to‘qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har kanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lo­tincha qo‘lyozmasida hind raqamlari ko‘pincha yozilmay, ularning o‘rni bo‘sh qoldirilgan yoki ahyon-ahyonda 1, 2, 3, 4, 5 sonlarga mos keladigan hind raqamlari yozilgan. Ko‘pincha esa hind raqamlari usha davrda Ovro‘poda keng tarqalan rim raqamlari bilan almashtirilgan.
Xorazmiy hind raqamlari asosida o‘nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta'kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o‘tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya'ni razryadlarini e'tiborga olishni hamda nolni yozishni unut-maslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.
Risolaning Kembrij universiteta kutubxonasida saqlanayotgan lotincha qulyozmasining matnini 1857 yili B. Bonkompani nashr etgan. Mazkur qo‘lyozmaning fotoreproduksiyasini tarixchi A. P. Yushkevich ham nashr etgan. Undan tashqari, A. P. Yushkevich o‘z risolasida Xorazmiy risolasiga alohida paragraf bag‘ishlagan. B. Bon-kompanining nashri asosida Yu. X. Kopelevich va B. A. Rozenfeldlar risolaning ruscha tarjimasini nashr etishgan. Xorazmiyning 1200 yillik yubileyi munosabati bilan 1983 yili bu asarning qayta nashri va o‘zbekcha tarjimasi chop etildi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko‘pchilik asarlari singari usha davrning ilm tili — arab tilida bitilgan, yagona ma'lum asari — «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari») dir. «Mafotih al-ulum» ning qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p emas. Yaqin-yaqingacha uning to‘rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to‘rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo‘zeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 razami ostida saqlanadi. Amerikalik olim K.Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o‘rta asarlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida ko‘pgina olimlarning diqqat e'tiborini o‘ziga jalb etdi. Birinchi bo‘lib bu manbani o‘rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim — gollandiyalik Sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V V. Bartold, Q Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullaev, U. I. Karimov, G. P. Matvievskaya, X. Xasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar. «Mafotih al-ulum» o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib, usha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Muallif o‘rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo‘li orkali tushuntirib beradi.
Olim ilmlarni ikkiga bo‘lib, ularga «arab — shar'iy» va «arab bo‘lmagan»larga ajratadi. Bu hol olim o‘z davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki kismga bo‘lish an'anasiga sodiq qolganligini ko‘rsatadi.
Uning birinchi an'anaviy «arab» ilmlari qismi o‘n bir bobdan iborat fiqh, yetti bobdan iborat kalom, o‘n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va naxv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat she'r va aro‘z hamda to‘qqiz bobdan iborat tarixdan tashqil topgandir. Ikkinchi kismiga esa «arab bo‘lmagan» kuyidagi ilmlar kiritilgan: ular — uch bobdan iborat falsafa, to‘qqiz bob­dan iborat mantiq sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan iborat arifmetika, turt bobdan iborat xdndasa, shuningdek, turt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musika, ikki bobdan ibo­rat mexaniqa va uch bobdan iborat kimyodir. ilm to‘qson uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh. al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha:

Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə