Musofo qalb



Yüklə 9,23 Mb.
tarix31.12.2021
ölçüsü9,23 Mb.
#82354
Musofo qalb

Musofo qalb

Tayorladi: bahodirov fayzullaxon

Xo'sh, aslida musofo qalb qanday bo'ladi? 

Bu haqda Alloh taoloning Kalomi Qur’oni karim hamda Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida keltirilgan qalb haqidagi oyat va hadislar

  •  “U kunda na molu davlat va na bola-chaqa foyda bermas. Alloh xuzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)” (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar).                                                                                              
  • “Ular imon keltirgan va qalblari Allohni zikr qilish bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘linglarki, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi!” (Ra’d, 28-oyat).
  • “Alloh zikr qilinganda mo‘minlar qalbi qo‘rquvga tushadi” (Anfol surasi 2 oyat).

Hadisi shariflarda esa qalbga quyidagicha ta’rif beriladi:   

  • No‘’mon ibn Bashr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ogoh bo‘lingkim! Albatta jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur. Ogoh bo‘lingkim (ushbu narsa qalbdir)”, deganlar”.

Qalbning solih bo‘lishi nima bilan bilinadi?

Qalbning oynasi insonning a’zolaridir. Agar insonning  a’zolari Allohning buyruqlari va qaytariqlariga  muvofiq harakatlanayotgan bo‘lsa, demak, bu qalb solih qalbdir. Aksincha, uning a’zolari Allohning buyruqlariga bo‘ysunmasa, qaytariqlaridan qaytmasa, bu qalb fasod qalbdir, garchand uning sohibi har qancha poklikni, tozalikni da’vo qilsa ham.

  • Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga quyidagi duolarni aytib yurishimizni o‘rgatar edilar: “Allohim! Albatta men Sendan ishda sobitlikni so‘rayman va rushdda (to‘g‘ri yurishda) azmu qarorni so‘rayman. Men Sendan ne’matinga shukur qilishni, ibodatingni go‘zal qilishni so‘rayman. Men Sendan sodiq til va solim(sog‘lom) qalb so‘rayman. Men Sendan o‘zing bilgan narsalarning sharridan (yomonligi)panoh so‘rayman. Men Sendan o‘zing biladigan narsalarning xayridan (yaxshiligi)so‘rayman. Men Sendan o‘zing biladigan narsalardan istig‘for so‘rayman. Albatta, Sen o‘zing g‘ayblarni o‘ta yaxshi bilguvchidirsan”deganlar”.

Mazkur  mashhur duoni mavzumizga tegishli bo‘lgan qismiga e’tibor beradigan bo‘lsak, “Allohim men Sendan, sodiq til va solim qalb so‘rayman”, degan qismidir.

  • Xulosa shuki, qalbni doimo tarbiyalab, asrab avaylab, uni gunoh va masiyat orzularidan, dunyo muhabbatidan tozalab turmog‘imiz lozim! Shundagina butun tanamiz pok bo‘ladi va biz haqiqiy musofo qalb sohibiga aylanamiz!

Bolalek davri eng musofa qalb

E’tborimni ozgina torti bu rasim

E’tborigiz uchun rahmat aziz kursdoshlar


Yüklə 9,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə