Mustabid Sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va
uning oqibatlari
XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora
tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta
-sekinlik bilan
o’zining yakka
hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. 20
-yillar oxirlarida Stalin
tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustakamlanib borgan
sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib b
oradi» degan g’oya qonuniy hatti
-
harakatlharning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofdagilari mamlakat va partiya
hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur yetib har qanday
muolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv yetib bordilar. Su tariqa,
mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada
kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va
buyruqbozlik harakterida bo’ladi. Ijtimoiy, iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalhari
ustidan qattiq nazorat o’rnatildi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muolifatchilik
harakatlarida bo’lish qat’iyan man etildi, siyosiy yorqinliklar taqiqlanadi. Ayni chog’da
demokratiya buzildi, ilg’or, taraqqiyparvar kuchlar qatag’onlikka maxkum etiladi. Hukmron
partiyaning yagona irodasi, o’zboshimchaligi, chegara bilmas zo’ravonligi avjiga mindi.
Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham
dahl qilib, ularning butun
inon ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu
O’zbekiston timsolida ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Avvalo, respublika hokimiyati,
boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSSR organlariga bo’ysundirildi.
Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot
–
O’zbekiston Kompartiyasi ham
VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni viloyat bo’limi maqomiga tushirildi. Binobarin,
hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar
respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha
ma’muriy
-
buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan
O’zbekistonni o’z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa
chiqargan edi. Uning m
ahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy
-
ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli,
huquqli emas edi.
Mustabid tuzum markazdan O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli xodimlari,
vakillarin
i rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib turdi. Ular yordamida o’lka
hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lib, mahalliy
kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi. O’z xalqi, yurtining milliy manfaatlar
ini
himoya qilib, uning istiqbolini ko’zlab, o’zida kuch iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur’at
qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-
g’azabiga duchor bo’ldi.
Qatag’onlik zulmkorlari, ularning gumashtalari bir imo
-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini
oradan olib tashlash, faoliyatini og’machilik, buzg’unchilikda ayblash, sha’niga millatchi,
xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz bo’htonlar bilan la’nat
tamg’asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buni
ng yorqin ifodasini sovet mafkurachilari
tomonidan to’qib chiqarilgan va o’zbek milliy kadrlari sha’nini bulg’ashga qaratilgan «18lar
guruhi», «inog’omovchilik», «Qosimovchilik» degan siyosiy ishlar misolida ko’rish mumkin.
Mazkur guruhlar faoliyatiga oid
tarixiy hujjatlarni ko’zdan kechirib, tahlil etar ekanmiz, bu
insonlar hatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga hech bir asosli ashyo-dalillar
bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi» –
bu o’z millati dardi,
tashvishi va manfaati
ni ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal
etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi, holos. Ho’sh, «18lar guruhi» tarkibi kimlardan