Mustabid Sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari


partiya, sovet organlari mas’ul hodimlaridan M. Mavlonb



Yüklə 264,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.03.2023
ölçüsü264,67 Kb.
#102524
1   2   3

partiya, sovet organlari mas’ul hodimlaridan M. Mavlonb
ekov, I. Isamuhamedov, M. Aliyev 
singari hammaslaklar R.Inog’omov qarashlarini qo’llab
-quvvatlab chiqqandilar. Albatta, 
bunday muholifatchi chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahriga uchramasdan, 
jazolanmasdan qolmasdi. Shu bois 1926-1931 yillarda bu guruh faoliyati partiya 
tashkilotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og’machi guruhbozlikda ayblandi. R. 
Inog’omov 1926 yil oxirida «O’zbekiston ziyolilari» risolasini matbuotda e’lon qildi. Unda 
«Oktyabrdagi o’zgarish o’zbek xalqi uchun kutilmagan
voqea bo’ldi va o’zbek 
mehnatkashlari tayyor emas edi», 

degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek R. Inog’omov 
o’zining bir
-
qator nutqlarida O’zbekiston kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi kuzatilayotganlikda, markazning Sredazbyuro, SredazEKOSO kabi 
«nazoratchi» organlarini zo’ravonlikda aybladi. 1926 yil 12 dekabrda bo’lgan O’zKP(b) MK 
Ijroiya byurosi «R.Inog’omov faoliyati» haqidagi masalasini ko’rib chiqib 
«inog’omovchilik»ni O’zbekiston Kompartiyasidagi «mayda burjuachilik, mil
latchilikka 
tomon og’ish» deb baholadi va respublika partiya tashkilotlarida keng muhokama qilib 
«inog’omovchilik»ka «baho berish»ni topshirdi. Shunga ko’ra barcha partiya tashkilotlari 
majlislarida «inog’omovchi»lik qoralandi. R.Inog’omov va uning tarafdo
rlari vazifalaridan 
olinib, nomlari qoralandi, o’zlari esa tavba tazarru qilishga majbur etildilar.
«Qosimovchilik» guruhi ham 1929-1930 yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy 
kadrlarni, ziyolilarni qatag’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyusht
irilgan navbatdagi 
uydirma bo’lgan. O’zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan Sa’dulla Qosimov va 
uning yaqin maslakdoshlari deb topilgan N.Alimov, B.Sharipov kabi 7 kishi 1929 yilning 2-
yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to’qib chiqaril
gan «ayblov ishi»ga siyosiy tus 
beriladi. Bunga ko’ra, ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda 
qoralandilar. Bu guruhning 4ta a’zosi mana shu asossiz ayblar bilan ayblanib, otib 
tashlandi, qolgan 3 kishi esa ko’p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng so’nggi 
ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil qilish, surishtirishlar bunday 
tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo’lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, 


bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag’
onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari 
va jazo organlari tomonidan atayin to’qib chiqarilgan. Buning orasida ming
-minglab 
begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari hazon bo’lgan.
Mamlakatda ma’muriy buyruqbozlik tizimi qaror t
opib mustahkamlanib borishi bilan bir 
qatorda respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosatlashtirilib va 
baynalminallashtirilib borildi va hukmron partiya tomonidan «sotsialistik qurilish» va 
mustabid tuzumni mustahkamlash vazifalariga bo’
ysundirildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu 
qadar shiddat bilan o’zgarib bordiki, mavjud har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan 
qaraldi. Buning natijasida milliylik o’rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo’yildi, milliy 
qadriyatlar an’ana, urf
-odatlar 
oyoqosti qilindi. Kommunistik partiya o’rnatgan ana shu 
mustabid tuzumni, u amalga oshirgan, «sotsialistik tajriba»ni mahalliy xalq, avvalo uning 
ilg’or vakillari zo’r norozilik bilan kutib oldilar, ular xalqning milliy madaniyatini, an’analari 
va urf-odat
larini, ko’p asrlik ma’naviy merosini saqlab qolishga intildilar, Markazning 
zo’ravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar.
Kommunistik partiya hukmronligi davridagi siyosiy qatag’onlarning bosqichlari haqida 
gapirganda, uni 3 davrga bo’lish mum
kin. 
1.O’tgan asrning 20
-
30 yillar qatag’onlari. Bu davrda juda ko’plab davlat va partiya 
rahbarlari, ziyolilar, o’qituvchilar, jadidlar qatag’on qilindi.
2.XX asrning 50-
yillar qatag’onlari. Bu davrda shoirlar, yozuvchilar, ularning asarlari 
qatag’on qili
ndi. 
3.XX asrning 80-
yillar qatag’onlari. «Paxta ishi», «O’zbek ishi» nomi bilan Markaz 
tomonidan to’qib chiqarilgan buhtonlar natijasida yuzlab respublika, viloyat, tuman 
rahbarlari, oddiy pahtakorlar qo’shib yozishda, ko’zbo’yamachilikda, poraho’rlikda 
a
yblanib, turli hil muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, ularga ma’naviy va moddiy zarar 
yetkazildi. 
Milliy madaniyatni qayta tiklash xalq turmushini yahshilash muammolariga diqqatni jalb 
etishga uringan rahbar hodimlar va ijodiy ziyolilar ustidan 20-yillar davomida hufiyona 
zo’rlik va repressiyalar siyosati o’tkazildi. Shu munosabat bilan Turar Risqulov, Fayzulla 
Ho’jayev, Abdulla Rahimboyev, Nazir To’raqulov, Inomjon Hidiraliyev, Kayg’usiz 
Otaboyev, Akmal Ikromov, Sultonbek Hujanov singari mashhur arboblar millatchilikda 
ayblandilar. Turar Risqulov (1894-1938) 1919 yil mart oyida tuzilgan musulmon 
kommunistlari byurosi raisi, Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston HKS raisi bo’lib 
ishlab kelgan. 
T.Risqulov 1919 yilda Turkistonda bolsheviklar hokimiyatini saqlab qolish uchun bu yerga 
kelgan Sh.Eliava boshchiligidagi Turkkomissiya faoliyatiga qarshi chiqdi. Hatto Turkiston 
HKS raisi bo’lib ishlagan K. Otaboyev katta yig’inda kelganida yevropaliklar mahalliy 
sharoitni yerli halq tilini bilmaydi, shuning uc
hun ular o’lkada foydali ish qilmayapti deb 
ochiq gapirgan edi. T.Risqulov Turkiston XKS raisi qilib tayinlanayotganda yerli halqlar 
qobiliyatli kadrlarini ishga faol jalb qilish shartini qo’ydi.
Turkkomissiya faoliyatidan norozi bo’lgan yerli xalq vakilla
ri uni tugatishni, Turkfront RVS 
(inqilobiy harbiy kengash) huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan 
chiqarish yoki qurolsizlantirishni qat’iy talab qildi.


1920 yillarning boshlaridayoq Turkiston ASSRni bo’lib tashlash va milliy til belgi
siga qarab 
muhtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasidagi Turkkomissiya raisi H.Rudzutak 
tashabbusi bilan qabul qilingan tezislarga ham T.Risqulov qarshi chiqadi. U turkiyzabon 
xalqlarni alohida qismlarga bo’lib tashlab bo’lmaydi degan g’oyani ilgari s
urdi. Markaz bu 
fikrni inkor etib, uni panturkizm, panislomizm, burjua millatchiligida aybladi. 1938 yilda u 
qatag’on qurboni bo’ldi.
Akmal Ikromov (1898-
1938) davlat va siyosiy arboblardan biri edi. Dastlab u o’lkada 
tashkil topgan «izchillar», «Chig’atoy
gurungi»ning a’zosi bo’lib sovet tuzumiga qarshi 
maqola va she’rlar yozgan. U she’rlarida Elhon tahallusini qo’lladi. 1921 yilda Turkiston KP 
MK kotibi lavozimiga saylangan A.Ikromov 1922-
1924 yillarda Moskvada o’qidi va 
kommunistik g’oyalar bilan qurollantirildi. 1925 yil fevralda A.Ikromov O’zKP MKning 
mas’ul kotibi, 1929 yilda MKning birinchi kotibi lavozimlariga tayinlanadi. U sovet 
hokimiyatining siyosatini izchillik bilan amalga oshirdi. O’zbekistonda yer
-suv islohoti, 
majburiy jamoalashtirish, «quloqlarni sinf sifatida tugatish» kabi tadbirlarda faol ishtirok 
etdi va ularga rahbarlik qildi. O’sha davrda milliy ziyolilarni qatag’on bo’lishiga maydon 
hozirlagan «Siyosiy ko’rlarmiz» degan maqolasini e’lon qildi. A.Ikromov 
«inog’omovchilik»ka qarshi bir
-
necha bor chiqishlar qilib, ularni «milliy og’machilik» va 
«millatchilikda» ayblaydi. 1927 yil oktyabrda Samarqandda bo’lgan O’zSSR madaniyat 
xodimlarining II qurultoyida A.Ikromov «Mafkuraviy jabhadagi kurash va madaniyat 
hodimlarining vazifalari» nomli m
a’ruzasidan so’ng, 1929 yilda Munavvar Qori boshliq 
taraqqiyparvarlar qatag’onga uchradilar. Uning rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli 
yo’lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy Ittihod» va «Milliy istiqboli» 
tashkilotlarining 87 a
’zosi ustidan sud uyushtirildi va ularning 15tasi 1931 yilda Moskvada 
otib tashlandi, qolganlari uzoq muddatga qamoq jazosiga tortildi. Ular xalqimizning asl 
farzandlari edi. Masalan, ulardan biri 

professor G’ozi Olim Yunusov edi. U kishi 50dan 
ortiq asarlar muallifi, arab, fors, nemis, ingliz, barcha turkiy tillarning bilimdoni, rus, nemis, 
arab tillarida mahsus kurslardan Samarqand universitetida dars bergan edi. 
Hullas, bolsheviklar rejimiga sidqidildan xizmat qilgan A.Ikromovni ham mustabid tuzum 
qata
g’onlari ayab o’tirmadi. U 1937 yil sentyabrda Toshkentda hibsga olindi va 1938 yil 
mart oyida Moskvada otib tashlandi. Inomjon Hidiraliyev (1891-
1928) Farg’ona viloyati 
Namangan uyezdining Pop volostida dehqon oilasida tug’ilgan. U 1922
-1924 yillarda 
Turk
iston ASSR MIK va HKKning RSFSRdagi Muhtor vakili bo’lib ishladi. I.Hidiraliyev 
1924 yil aprel-
avgustda Londonda bo’lgan Sovet
-Angliya muzokaralarida ishtirok etdi. U 
F.Ho’jayev, T.Risqulov, K.Otaboyevlar bilan hamkorlikda bolsheviklarning shovinistik 
siyosatini izchillik bilan fosh etdi. Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga hayrihoh edi. U 
«o’n sakkizlar guruhi»ning tashkilotchilardan biri bo’lib, bolsheviklar tomonidan 
o’tkazilayotgan «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosatiga qarshi chiqqan edi. P
ahtakor 
dehqonlarni himoyachisi edi. Mustabid tuzumning ruhiy tazyiqiga uchragan I.Hidiraliyev 
1928 yil 31 dekabrda Moskvadagi «Nasional» mehmonhonasida o’z joniga qasd qildi.
Ularning faoliyati GPU (davlat siyosiy boshqarmasi) hamda NKVD (ichki ishlar halq 
komissarligi) tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilgan. 30-
yillarda o’zbek adabiyotining 
Fitrat va Cho’lpon kabi «keksa» avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo’l qo’yilmadi. Fitrat 
1938 yil 4 oktyabrda «sovet hokimiyatiga qarshi aksil-inqilobiy, pantyurkisti ishlar olib 
borganlikda» ayblanib, otib tashlandi. Fitrat Buxoroda F. Ho’jayev bilan birga adolatli 
hukumat tuzish niyatida o’z dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur 10dan ortiq banddan iborat 
bo’lib, unda davlatning tashkiliy tizimi, idora qilish
da armiyaning roli, milliy pul, xususiy 
mulk egaligi, vakflar, din erkinligiga alohida e’tibor berilgan edi. U rus inqilobiga totalitar 


tuzumga qarshi edi. Fitratning madaniy merosidagi yagona buyuk fazilat: milliy mustakillik 
uchun kurash edi. U o’zining «Temur oldida» asarida «Qaysi bir yurt nobob shaxs qo’liga 
tushib qolsa, xalqi o’zaro ahil va totuvlikka erisha olmasa, boshqalarga yem bo’lishi 
muqarrar», 

deb yozadi. Fitrat o’zining «Chin sevish» va «Hind ihtilochilari» asarlari milliy 
mustaqillik uchu
n kurash g’oyasini ifoda etgan. Bu asarlarida talangan, kamsitilgan, 
bo’lingan To’ron elini birlashtirish uchun Ollohdan Amir Temur va Abdullahonni tiriltirishni 
iltijo qildi. U konstitusion monarhiya tizimidagi davlatni tuzish g’oyalarini ilgari surgan. 
O
’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 20
-
yillarda «O’tgan kunlar»dan keyin 
«Mehrobdan chayon» asarini yaratib, o’zbek romanchiligini jahon madaniyatiga olib chiqdi. 
Biroq sovet rejimi uning «O’tgan kunlar» asari kitobxonlarni sovet voqeligidan 
uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb, tanqid ostiga oladi va 
bu uning 1937 yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. U 1938 yil 4 
oktyabrda otiladi. 
Taniqli o’zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o’zinin
g «Yurak», «Mehrim», 
«Norbuta» kabi she’riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. U Dobrolyubov, Lermontov 
asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo’lgan davrda 
respublika bo’yicha yozuvchilar, jurnalistlar, davlat va jam
oat arboblari 5758 kishi 
qamoqqa olingan. Ulardan 4811 kishi otib tashlangan. O’ylab chiqarilgan soxta ayblovlar 
bo’yicha O’zbekistonda 1937
-
1939 yillar bo’yicha hammasi bo’lib 41 mingdan ziyod kishi 
qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortig’i jazolangan, 
6920tasi otib tashlangan. 
20-
30 yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojiali ahvolga olib keldi. 
Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la to’kis rivojlana 
olmadi. 30-yillarning boshida dindor va 
e’tiqodli kishilarga ham zo’ravonlik siyosati amalga 
oshirildi. Minglab masjidlar yo’q qilinib hudosizlar uyiga, ateizm muzeylariga aylantirildi. 
Ko’plab ko’hna masjidlar qarovsiz qoldirildi, yangilari esa umuman qurilmadi. Diniy 
marosimlar, qadimiy urf-od
atlar ta’qiqlandi. Diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq 
lagerlariga jo’natildi. 1925 yilda O’zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1500 ortiq eski 
maktablar yashirin holda ish olib borar edi. Ular ham 1928 yilga kelib o’z faoliyatini 
amalda tugatdilar. Bu 
davrda «Sotsializmda dinga o’rin yo’q, unga din begona» degan 
fanatik qarash, qoida ustun bo’lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng mamlakatning ijtimoiy
-siyosiy tizimida partiyaning yakka 
hukmronligi kuchayib bordi. Respublikaning partiya organlari Mar
kazning yo’l
-
yo’riqlariga 
tayanib, dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasiga to’g’ri kelmaydigan ijodiy ziyolilar 
vakillariga hujum qila boshladilar. Go’yoki ularning asarlarida millatchilik g’oyalari 
«mavjudligi», o’rta asr tarizi, o’sha davrda o’tgan tar
ixiy shaxslarning roli ideallashtirilgan 
degan ayblar qo’yildi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayhzoda 
kabi o’zbek yozuvchilari badnom qilindi. Shu bilan birga «Farhod va Shirin», «Layli va 
Majnun», «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Gulandom» va boshqa afsonaviy folklor 
syujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllari ijodkorlari ham 
«zararli» g’oyalarni targ’ib qilishda ayblandilar. O’zbekiston gumanitar va ijtimoiy 
fanlarining ko’pgina arboblari ham qoralandi. O’z KP
(b) MK byurosi 1950 yil 1-sentyabrda 
«O’zbekiston SSR FAning ishi to’g’risi»dagi masala ko’rib chiqib, bu masala yuzasidan 
qabul qilgan qarorida Respublika FAning gumanitar fanlar bo’limi va uning institutlari «o’z 
ishlarini VKP(b) MKning masalalariga doir 
qarorlariga muvofiq ravishda qayta ko’rmadilar», 
bu institutlarga siyosiy ishonchga sazovor bo’lmagan va burjua obyektivizmi hamda 
kosmopolitizm g’oyasini tashib yuradigan kishilar joylashib olganlar

deb ko’rsatib o’tdi.


O’zbekiston yozuvchilari, shoirla
ri va olimlarini badnom qilish yuzasidan 1952 yil 21-22 
fevralda bo’lib o’tgan O’z KP(b) MKning X
-plenumi keng suratda siyosiy kompaniyaning 
cho’qqisi bo’ldi. Unda O’z KP(b) MKning 1
-kotibi A.Niyozovning «Respublikada mafkura 
ishining ahvoli va uni yaxshil
ash choralari to’g’risida»gi ma’ruzasi tinglandi. Unda 
aytilishicha, «O’zbekistonda adabiyotchi xodimlar orasida sovetlarga qarshi millatchilik 
kayfiyatidagi bir guruh shaxslar bo’lgan. Bu guruh qatnashchilari O’zbekistonni sovet 
ittifoqidan zo’rlik bilan ajratib olmoqchi bo’lgan». Ma’ruzada To’rob To’la «Qo’pol 
millatchilik xatolari»ga yo’l qo’yganlikda, Temir Fattoh –
«Milliy mahdudlik»da, M.Oybek 

«Jiddiy mafkuraviy aynish»da, M.Shayhzoda 

«O’tmishni ideallashtirishda, tarixiy 
shaxslarni noto’g’ri tasv
irlash»da, ularning hammalari birgalikda «Burjua

millatchilik 
qarashlarining namoyon bo’lishi»da ayblandi. 1951 yilda M.Shayxzoda, Shukrullo 
Yusupov, G’ulom Aliyev va boshqa bir qator ijodkorlar «Antisovet millatchilik faoliyati»da 
ayblanib qamoqqa olindi va 25 yillik qamoq jazosiga hukm ostiga olindi. Shu yillarda 
faylasuf V.Zohidov, iktisodchi O.Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda va burjua 
millatchilikda ayblanib, ta’qib qilindi. Ana shu mazmunda qatag’on qilinganlarning soni 60 
dan ortiq edi. 1952 yil 22-
avgustdagi O’z KP(b) MKning byurosi qarori bilan V.Zohidov 
«Qo’pol siyosiy va millatchilikdan iborat xatolarga yo’l qo’yilgani uchun» partiyadan 
o’chirildi va SAGU (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) o’qituvchisi va O’zbekiston FA 
Sharkshunos
lik universitetining katta ilmiy hodimi lavozimidan bo’shatildi.
40-yillar oxiri

50-
yillar boshlari stalin davridagi ommaviy qatag’onlar natijasida sobiq 
SSSR bo’yicha 3778234 kishi hibsga olindi, ulardan 786098 kishi otib tashlandi.
1937-1953 yillar qatag
’onligi davrida O’zbekistonda NKVD «uchligi» tomonidan yuz ming 
kishi qamoqqa olindi, ulardan o’n besh ming nafari otib tashlandi. Bu dahshatli holatni 
tariflab, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkentdagi «Shahidlar hotirasi» 
yodgorlik majm
uasining ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqida «Zulm va 
zo’ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, millat qadr
-qimmatini 
teran anglagan, ijtimoiy-
siyosiy ongi yuksak, halqni uyg’otishga, xalqni boshqarishga qodir 
bo
’lgan, ma’rifat va ma’naviyat yo’lida fidoyilik ko’rsatgan barcha aql zakovat 
sohiblarining» qancha-
qanchalari jismonan yo’q qilinganligi haqida gapirdi. Assossiz 
qatag’on qilinganlarni oqlash Stalin vafotidan keyin boshlandi. Natijada O’zbekiston 
bo’yicha
qatag’on qilingan, tiriklar va halok bo’lganlardan 40 mingga yaqini oqlandi.
XX asrning 80-
yillar o’rtalarida qatag’onlik siyosati yana boshlandi. Unga nafaqat milliy 
kadrlar, ijod ahli balki, xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi. O’zbekist
onda 
qonunchilik va huquq tartiblarini tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan 
mustahkamlash degan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul 
xodimlarining «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya va sovet, sud organlaridan 
katta lavozimlar berildi. «Paxta ishi», «O’zbeklar ishi», «Sharqiy front» deb atalgan mash’um 
siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskvaga 
yuborilgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi. 
Markaziy matbuotning ba’zi bir mualliflari Kavkaz, O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari 
yuziga qora choplashga harakat qila boshladilar. 1983 yilning oxirida respublikada juda 
og’ir vaziyat vujudga kelgan edi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish n
iqobi ostida sobiq 
Markazdan ketma-
ket turli tergov guruhlari tashlandi. O’zbekiston Kompartiyasi MKning 
2-kotibligiga Anishchev, Ministrlar soveti raisining 1-
o’rinbosari Ogarok, Oliy Kengash 
Prezidiumi raisining o’rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi
, Toshkent shahrining 
taqdiri Satinga topshirildi. «Paxta ishi» va «O’zbeklar ishi» deb yuzsizlarcha nomlangan 
tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi O’zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshavqat 
ishlarni boshlab yubordi. 1989 yilgacha bu ishlar bo’yicha 4,5 mingdan ko’proq kishi 


sudlandi. O’sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli 
sudlanganlarning mingdan ortig’i jazoni o’tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo’natildi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach Islom Karimov tashabbusi bil
an «pahta ishi» qayta 
ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandi, qatag’onlarga
chek qoyildi!


















Yüklə 264,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə