Мустақил ўҚув фаолиятини


ADABIYOTLAR RO`YXATINI RASMIYLASHTIRLISHINI TEKSHIRISH



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə10/27
tarix07.04.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#104489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
МУСТАҚИЛ ЎҚУВ ФАОЛИЯТ etnopsixologiya

ADABIYOTLAR RO`YXATINI RASMIYLASHTIRLISHINI TEKSHIRISH

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati ma’lum bir tartib asosida tuziladi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Farmonlari;
3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari;
4. Me’yoriy aktlar, ko‘rsatmalar;
5. Davriy nashrlarda chop etilgan kitoblar, maqolalar.
Manbalar bibliografik qaydida quyidagilar ko‘rsatiladi: muallif ismi va sharifi, kitob nomi, chop etilgan manzilgohi, nashriyot nomi va chop etilgan yili. Agarda maqola jurnal (gazeta) da chop etilgan bo‘lsa, jurnal (gazeta) nomi, tartib raqami va yili, beti keltiriladi.

  1. MATNNI TAHRIR QILISH.

Referat ravon tilda aniq yozilgan bo‘lishi va jalb etadigan ko‘rinishga ega bo‘lmog‘i lozim. So‘zlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari, shuningdek, xatoliklarga, tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo‘l qo‘yilmaydi.


Referat ilmiy rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal darajada me’yoriga yetkazilgan bo‘lmog‘i lozim.

  1. REFERATNI RASMIYLASHTIRISH

Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift, 1,5 interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastidan – 2 sm dan kam bo‘lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo‘lishi lozim. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3 betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq - bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, nomerlanmaydi) lozim bo‘ladi.
Varaq tartib raqami yuqoriga o‘rtadan yoki o‘ng tomonga qo‘yiladi.
Referat hajmi 16-20 betdan oshmasligi lozim.
Referat quyidagilardan:
1) titul varag‘i;
2) har bir savol, savolcha (qism) varag‘i tartib raqami ko‘rsatilgan ish rejasi;
3) kirish, tartib raqami qo‘yilmaydi;
4) manbalarga havolalar keltirilgan savol va savolchalarga (qismlarga) bo‘lingan matn ifodasi;
5) xulosa, tartib raqami qo‘yilmaydi;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
7) jadval, diagramma, grafik, rasm va sxemalardan tashkil topgan ilovadan tashkil topadi.
Ilovalar qa’iy ketma-ket tikiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə