Mustaqil ish bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. Ermatova Mehriniso Bekmurodovna



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#122325
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish bajarish

Bolalalar: - Navro‘z bayramini nishonlaymiz.
Boshlovchi: - Juda to‘g‘ri, Navro‘zni har yili zo‘r quvonch, katta tayyorgarlik bilan kutib olish elimizning eng yaxshi odatlaridan biri bo‘lib qolgan. Qo‘shiqlar aytib, raqsga tushganlar. Xursandchilik qilganlar.
Karnay-surnay sadosi yangraydi. Beqasam chopon kiyib, beliga qiyiqcha bog‘lagan, oyog‘iga etikcha kiygan bola ot (butaforiya) minib zalga kiradi.
Bola: - Ho-oy, bolalaru, bolalar!
Eshitmadim demanglar! Bugun bog‘chamizda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta sayl bo‘ladi. Hammangizni saylga taklif etamiz. (Jarchi chiqib ketadi).
Boshlovchi: - Voy, qanday yaxshi bolalar. Mana, biz ham saylda qatnashadigan bo‘ldik. Endi navbat, sizlarga. Marhamat bolalar!


Bola: -Biz bahorda chiqamiz, Bola: - Dalalarda ochildi,
Dalalarga, bog‘larga. Gunafshalar, lolalar.
Gullolalar ochilgan, Bizga uchib kelishdi.
Ko‘m-ko‘k maysazorga. Mayna, bulbul, sa’valar.

Bola: - Bir tomondan qizchalar,
Gullar terib o‘ynashar.
Bir tomonda qushchalar,
Bizni qutlab sayrashar.


Bola: - Qo‘llarida soz bilan, Bahorni kuting bog‘da,
Gul-g‘uncha pardoz bilan. Bog‘ emas dala joyda.
Uchib turna g‘oz bilan, Qushlar sayralar chog‘da,
O‘lkamga bahor keldi. Sevimli bahor keldi.
Bolalar “Gullar” qo‘shig‘ini kuylaydilar. (J.Najmiddinov musiqasi). Qizlar qo‘lda gullar bilan raqsga tushadilar.
Boshlovchi: - Raxmat qizlar, juda chiroyli raqsga tushdingiz.


Bola: - Bahor keldi, gulbahor, Bola: - Binafshaxon, binafsha,
Etagida gul tutib. Kulishlaring chiroyli.
Bizga intiq lolazor, Bog‘imizda ochilib,
Qirlar bag‘rida kutib. Turishlaring chiroyli.


Bola: - Atrof to‘la har xil gul Bola: - Hamma chiqar dalaga,
Chuchmomayu, binafsha Binafshalar tergani.
Bizning ko‘klamalar butkul Men ham terdim guldasta,
Chiroylidir hamisha. Onamizga bergani.

Bolalar tarafma-taraf bo‘lib, “Bizdan sizga kim kerak?” aytim-o‘yinini aytishuv tarzida kuylaydilar. (Ya.Qurbonov she’ri, M.Nasimov musiqasi).


Shu payt momaqaldiroq gumburlaydi.
Boshlovchi: - bolajonlar, eshitmayapsizmi, momaqaldiroq gumbirlayapti. Hozir yomg‘ir quyadi. Tezroq panaga o‘tamiz.
“Yomg‘ir-yog‘aloq” o‘zbek xalq bolalar qo‘shig‘ini kuylaydilar.
Boshlovchi: - Mana, bolalar yomg‘ir ham yog‘ib o‘tdi. Qarang, quyosh charaqlab chiqdi. Voy, eshik taqillayapti. Qaraychi kim ekan?
(Kamalak qizchani boshlab kiradi). Bolajonlar, Kamalakoy mehmon bo‘lib kelibdi. Kiraver, Kamalakoy!

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə