Mustaqil ish bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. Ermatova Mehriniso Bekmurodovna


Kamalak: - Assalomu alaykum, bolalar! Hamma: -



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/8
tarix18.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#122325
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish bajarish

Kamalak: - Assalomu alaykum, bolalar!
Hamma: - Vaalaykum assalom, Kamalakoy!
Boshlovchi: - Kelganing juda yaxshi bo‘ldi-da, Kamalakoy. Bizning bog‘chamizda Navro‘z bayrami sayli bo‘layapti. Bolalar, Kamalakning ko‘ylagiga qaranglar juda rang-barang ekan-a?
Bolalar: - Oq, qizil, sariq, yashil ... Lentasi ham turli rangda ekan.
Kamalak: - Sizlarni, Navro‘z – bahor bayrami bilan tabriklayman! Sizlarga gulchambarlar, tol bargidan sochbargaklar keltirdim, mana taqib olinglar.
Bolalar boshlariga gulchambarlar, sochbargaklarni taqadilar. Kamalak bilan birgalikda qo‘shiq kuylaydilar, o‘rtada ikkita qizi raqsga tushadi.
“Qo‘shig‘imiz avjida” aytim-o‘yinini ijro etadilar. (G‘.Komilov she’ri, T.Azimov musiqasi).
Qo‘shig‘imiz avjida,
L aylum-lalalum.
O‘rtaga tush Mavjuda,
Laylum-lalalum.
Bizlarga jo‘r bo‘linglar,
Laylum-lalalum.


She’r: “Chuchmoma”
Bola: - Xipcha belli ey, ko‘kat,
Qaysi bog‘ning gulisan?
Ochig‘ini bizga ayt,
Qay fasl sunbulisan?
Men o‘tloqning qiziman,
Onam bahor-chuchmoma.
Men bahor yulduziman,
Men – chuchmoma, chuchmoma!
“Baxtli erkatoy” xazil qo‘shig‘ini kuyladilar. (T.Toshmatov musiqasi).
Boshlovchi: - Bolalar, endi musobaqa o‘ynaymiz. Avval qizlar, so‘ngra o‘g‘il bolalar musiqaga mos raqsga tushadilar. Marhamat qizlar!
Kamalak: - Qizlar ham, o‘g‘il bolalar ham musiqaga mos raqsga tushdilar. Rahmat, do‘stlarim. Endi men boray.
Shu payt patnisda ko‘k somsolar ko‘tarib, “Cho‘pon bola” kiradi.
Cho‘pon bola: - Assalomu alaykum!
Hamma: - Assalomu alaykum!
Cho‘pon bola: - Meni tanimadingizlar-a? Men cho‘pon bola bo‘laman! Dadam, oyim vaakalarim bilan anavi qirda yashaymiz, o‘sha yerda qo‘y boqamiz. Uzoqdan sizlarni saylga chiqqanligingizni ko‘rib qoldik. Oyimlar ko‘k somsalar yopib, sumalak pishirib, sizlarga berib yubordilar.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə