Mustaqil ish “Germaniya”



Yüklə 21,94 Kb.
səhifə2/7
tarix22.12.2023
ölçüsü21,94 Kb.
#154255
1   2   3   4   5   6   7
Germaniya

Germaniya - tabiati goʻzal va qiziqarli shaharlarga boy mamlakat. Bu mamlakat iqtisodiyoti Yevropadagi eng kuchli boʻlib, jahonda beshinchi oʻrinda turadi. 2017 yilda Germaniya YAIP 3,685 trillion AQSH dollar (aholi jon boshiga 44 550 dollar)ni tashkil qildi. Aynan Germaniyada olmashumul ilmiy kashfiyotlar amalga oshirilgan: bu mamlaktda ilm-fan azaldan rivojlanib kelgan.Germaniya oʻzining goʻzal va turli-tuman tabiati bilan kishini oʻziga rom qiladi. Shimoliy va Boltiq dengizlari sohillaridagi qumli plyajlar sayyohlarni oʻziga chorlaydi. Oʻrmonlar, oʻrta asrlarga oid qasrlar asrlardan beri shoirlarga ilhom bagʻishlab kelgan. Baland togʻlar va tiniq koʻllar ham Germaniya timsollaridan hisoblanadi.

Hududi 357 408,74 km²ni tashkil qiluvchi Germaniya aholisi 82 milliondan oshib ketgan boʻlib Yevropadagi aholisi eng zichmamlakatlardan biri hisoblanadi. Aholisi soni boʻyicha jahonda 17- oʻrinda, Yevropada 2-oʻrinda turadi. Mamlakat aholisining yarmidan koʻpi 76 ta shaharda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari sifatida Berlin (3,3 mln), Gamburg (1,7 mln) va Myunxen (1,3 million) hisoblanadi. Germaniyadagi har bir shahar-(u katta boʻladimi, yokikichik, qadimiy boʻladimi yoki zamonaviy) oʻzining boy tarixi bilan faxrlana oladi. Koʻplab shaharlarda oʻrta asr devorlari bilan oʻralgan tarixiy markazlar yaxshi saqlanib qolgan.

Germaniya Federativ Respublikasi– parlament demokratiyasi qaror topgan davlatdir. 1949 yilda qabul qilingan konstitutsiyasi inson xuquqlarini, diniy erkinlikni, soʻz erkinligini va qonun oldida barcha fuqorolarning tenglgini kafolatlaydi. 1990 yilning oktyarida Sharqiy (GDR) va Gʻarbiy (GFR) Germaniya birlashganidan keyin mamlakat poytaxti sifatida Berlin shahri tanlandi.Germaniya 16 ta federal oʻlkadan tashkil topgan, ularning har biri qandaydir, masalan madaniyatva taʼlim sohasida masalanihal qilishda maʼlum darajada siyosiy erkinliklardan foydalanadi. Germaniyada taʼlim tizimi markazlashtirilmagan: barcha 16 ta federal oʻlka oliy taʼlim sohasida oʻzining qonun va normativ hujjatlariga ega. Nemis universitetlari ham mustaqildir, shu sababli bu oliy taʼlim dargohlarining oʻzidan taʼlim shartlari va qabul talablarini olish kerak boʻladi.


Yüklə 21,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə