Mustaqil ish mavzu: pul tizimi va uning shakllari



Yüklə 9,58 Mb.
səhifə9/9
tarix20.06.2022
ölçüsü9,58 Mb.
#89814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mustaqil ish mavzu pul tizimi va uning shakllari

Mo = naqd pullar
M1= Mo + schetlardagi pul qoldig’i + mahalliy byudjet mablag’lari+ byujet, jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari.
M2= M1+xalq bankidagi muddatli jamg’armalar
M3=M2+sertifikatlar + maqsadli zayom obligasiyalari + davlat zayom obligasiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 + M2 ning bir – biridan farqi M2 ning tarkibiga yakin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi pullar» ni (depozit sertifikatlari, investisiya fondlarining aksiyalari va boshqalar) olishdadir.
1995 yilda nominal pul mussasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi.
Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.

  1. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish.

  2. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.

  3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish.

  4. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish.

  5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.

1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.
2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan.
3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni rag’batlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.
4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan.











Yüklə 9,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə