Mustaqil ish mavzu



Yüklə 237,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix03.02.2022
ölçüsü237,86 Kb.
#83397
1   2   3
Raxmatullayev Samandar.85-21-guruh

Basketbol sportning 

 

O’zbekistonda  rivojlanish  

tarixi 

Basketbolga  o’xshab  ketadigan  o’yin  to’g’risidagi  dastlabki

 

ma’lumotlar 



eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi ilk qabilasiga mansub bo’lgan 

indeeslar  “pok

-to-

pok”  deb  atalgan  o’yinni  qiziqib  o’ynashgan.  Ushbu 



o’yinning  butun  mohiyati  o’yinchilarning  to’pni  halqa  ichiga  tushirishdan 


iborat  bo’lgan  “to’p”  o’rnida  kauchukdan  tayyorlangan  dumaloq  shardan 

foydalanishgan, uni halqaga “tushurish” uchun faqat tirsaklar bilan yoki son 

bilan  sharni  urish  lozim  bo’lgan.  Bunga  halqaning  xiyla  baland  joyiga 

o’rnatilganligini  va  buning  ustiga  yerga  nisbatan  tik  ya’ni  p

erpendekulyar 

tarzda  joylashtirilganligini  qo’shadigan  bo’lsak,  u  holda  halqaga  tushirilgan 

birgina “to’p” –

 

shar butun o’yinning taqdirini hal qilgan bo’lsa kerak.



 

Oradan  ancha  vaqtlar  o’tib,  eramizning  XVI  asriga  kelganda  meksikalik 

“basketbolchilar”  bu  o’yinni  takomillashtirdilar.  O’yin  ijodkorlari  zilday  og’ir 

kauchukdan tayyorlangan to’p

-

sharni devorga o’rnatilgan tosh halqa orqali 



o’tkazishni  ko’zda  tutgan  edilar.  Muvaffaqiyatli  harakat  qilib  to’pni  halqaga 

tushirgan o’yinchi tomoshabinlarning istalgan birining libosini o’ziga “sarupo” 

qilib olish huquqiga ega bo’lar edi. O’yinda yutkazgan jamoaning kapitani esa 

ko’pincha  shafqatsiz  jazoga  mahkum  etilar,  uning  boshini  tanasidan  judo 

qilar edilar.

 

1603  yilda  Bryuis  tomonidan  ishlangan  gravyurada  basketbolga 



o’xshagan o’yin aks ettirilgan, Vet esa “Sport ensiklopediyasi” (1818 y.) degan 

kitobda  Floridada  odamlar  qiziqib  o’ynaydigan  o’yin  bayon  etilgan:  kimki 

savatchaga ko’proq tushirsa o’sha yutgan hisoblangan, savatcha esa baland 

ustunning eng uchiga mah

kam o’rnatib qo’yilgan.

 

Ancha  keyinroq  basketbolning  hozirgi  zamon  o’yinini  esalatadigan  to’p 



bilan o’ynaladigan o’yin turi paydo bo’lgan.

 

Masalan,  Spartada  shunga  o’xshagan  “episkirus”  deb  atalgan  o’yin, 



Qadimgi  Rimda 

 



“xarpastum”  deb  atalgan  o’yin,  Ital

iyada 


 



halqaga 

tushirish” o’yinlari o’ynalgan.

 

Qadim-


qadim  zamonlardan  beri  to’p  bilan  o’ynaladigan  ko’hna  o’yinlar 

yer sharidagi juda ko’p xalqlar hayotida alohida o’rin egallab turgan.

 

Ilk  jamoa  tizimi  paydo  bo’lgan  dastlabki  davrlarda  o’yinlar  zamonni



ng 

og’ir  turmush  sharoitiga  chidash  uchun  odamlarni  jismoniy  chiniqishiga 

yaxshi  yordam  bergan,  ularning  mehnat  faoliyatida  ham  va  maishiy 

turmushida ham bunday o’yinlar muhim ahamiyat kasb etgan.

 



Keyinchalik  odamlar  qabila-

qabila  bo’lib  yashaydigan  davrla

rga  kelib, 

turli  o’yinlar,  ayniqsa,  koptok  –

 

to’p  bilan  o’ynaladigan  o’yinlar  asta



-sekin 

mehnat faoliyatidan ajralib chiqqan hamda turli ko’ngilochar o’yinlar, raqslar, 

bayram  tantanalari  artibutlari  qatoridan  o’rin  olib,  marosim  tadbirlaridan 

biriga aylanadi.

 

Turli o’yinlar, shu jumladan, basketbol o’yini ham umumiy xususiyatlari 



bilan ajralib turgan, lekin odamlar o’rtasidagi turlicha qarashlar, cheklangan 

kritaktlik  singari  mahdudlik  ko’rinishlari  salbiy  ta’sir  ko’rsatib  o’yinlarning 

keng miqyosda rivojlanishiga imkon bermagan.

 

Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr 



oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSH, Massachusets shtati) xristian 

  ishchilar  maktabi (hozirgi  Springfild  kolledji)ning  anatomiya  va  fiziologiya 



o

’qituvchisi  doktor  Djeyms  A.Ney

smit  talabalarning  qish  faslidagi  jismoniy 

mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Ney

smit tomonidan ijro 

qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy 

qoidalardan  iborat  bo’lgan  o’sha  o’yinning  dastlabki  qoidalari  1892  yil  15 

yanvarda  “Uchburchak”  (“Triugolnik”)  degan  gazeta  sahifalarida  bosilib 

chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l 

bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to’p 

yerdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan.

 

Bunday  o’yinning  avj  olishi  hozirgi  zamon  basketboli  ishqibozlarini 



hayron 

qoldirishi  mumkin  (aytmoqchi,  o’sha  zamonlarda  ham  o’yinning 

nomi x

uddi  hozirgi  singari:  “basketbol”  deb  yozilgan).  Neysmit  shaftoli 



terishga  mo’ljallangan  savatchani  zal  ichidagi  balkonga  o’rnatib  qo’ygan, 

savatchaning  yonidagi  narvon  ustida  farrosh  o’ti

rgan.  Uning  vazifasi 

muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan 

olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan.

 

1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol 



bo’yicha  birinchi  match  o’tkaziladi.  Matbaa  manbalari  bu  o’yinning  uch  xil 

tug’i


lish sanasini  qayd  etadilar:  1891  yil  21  dekabr,  1892  yilning  15  va  20 

yanvari.  “O’yin  yaratuvchi”ning  ta’kidlanishiga  esa  birinchi  uchrashuv  1891 

yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.

 



Guruh

da 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 

2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada 

o’yin  qoidasidan  nusxa  ko’chirib  berishni  so’rab  Neysmit

ni xoli-joniga 

qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni 

nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi 

kunlarimizda  ham  amal  qilmoqda.  Prinsip  jihatdan  u  “Qoidalar”ning 

hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb his

oblash mumkin.

 

Neysmit  o’yinda  ishtirok  etuvchilar  sonini  qat’iy  ravishda  cheklab 



qo’ymagan.  Uning  ta’rificha,  o’yinda  uch  kishidan  boshlab  40  kishigacha 

qatnashishiga  ruxsat  berilgan.  Holbuki,  eng  maqbul mezon  har  jamoada 9 

kishi  bo’lishi  edi.  Futbol  o’yinidan  nusxa  ko’chirib  o’yinchilarni  uchta 

xujumchiga  uchta  ximoyachiga  ajratib  qo’yilgan  edi.  Ularga  faqat  o’z 

“zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi.

 

1892  yil  11  martda  mana  shu  qoidalar  asosida  birinchi  marta 



tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi 

to’plandi.  Talabalar  o’z  o’qituvchilari  bilan  o’ynaydilar  va  5:1

 h

isobida  g’olib 



chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miq

yosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892 

yilning o’zida Meksikada ham basketbol o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt 

o’tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqo’lay savatchalarni –

 shaftoli terishga 

mo’ljallangan  ushbu  savatlarni  simdan  to’qilgan  silindr  shaklidagi  og’ir 

savatchalar bilan almashtirdi.

 

O’yin  yildan



-yilga  rivojlanib  borib,  uning  qoidalari  ham  ancha 

takomillashtirildi.  Chunonchi,  1893  yilda  birinchi  marta  o’chitga  tegib 

qaytadigan  va  to’pni  tomoshabinlar  orasiga  borib  tushishdan  saqlaydigan 

qurilma  v

a  unga  to’r  xalta  biriktirilgan  temir  halqa  o’rnatildi.  Shchitning 

kattaligi 3,6x1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, to’pning kattaligi oshirilib 

aylanasining  uzunligi  30-32  dyuymga  (76,2-81,8  sm)ga  etkazildi.  1895  yilga 

kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 

sm) masofadan turib tashlanar edi.

 

Oradan  ko’p  o’tmay  savatcha hozirgi  zamon  shaklini oladi,  lekin  shchit 



esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda o’chitni oq 

rangga  bo’yab  qo’yganlar,  1909  yilga  kelib  esa o’chitni yaltiroq  plastinadan 

tayyorlay  boshlaganlar.  Maydonda  to’pni  olib  yurish  qoidasi  1896  yilda 

kiritilgan. To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch yil o’tgach, 




basketbolda  foydalanilayotgan  futbol  to’pi  maxs

us  tarzda  tayyorlangan 

basketbol to’piga almashtirildi.

 

O’yin texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining 



ortib  borishi  shunga  olib  keldiki,  1896  yilda  jamoalar  tarkibini  5,7  yoki  9 

o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. O’yinda necha 

kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining kattaligiga bog’liq bo’lgan. Tez 

orada jamoadagi o’yinchilar soni butunlay standart xolgan keltirildi: ya’ni bir 

vaqtning  o’zida 5  kishidan  ortiq  o’yinchi qatnashishiga  ruxsat

  etilmaydigan 

bo’ldi.

 

1892 yilning mart oyida ushbu o’yinni “ilk ixtirochi”lari jamoalari o’rtasida 



dastlabki  o’yin  o’tkaziladi.  Ular  Bekingem  maktabining  o’qituvchilari  va 

stenografistlari  edi.  Jamoadagi  o’yinchi  qizlardan  biri  Mod  Sherman  bu 

o’yinda o’z 

baxtini ham topdi 

 u Djeyms Neysmitga turmushga chiqdi.



 

1893  yil  22  martda  juda  ko’p tomoshabinlar  xuzurida Smit  kolledjining 

birinchi kurs qizlari  bilan ikkinchi kurs qizlari o’rtasida birinchi rasmiy o’yin 

o’tkazildi. Unda katta qizlar 5:4 hisobi bilan g’alaba qildilar. Qizig’i shundaki, 

o’yinni tomosha qilgan tomoshabinlar ishqibozlar orasida birorta ham erkak 

bo’lmagan. Buning sababi erkaklarga  zalga kirish man  etilgan bo’lib sababi 

basketbolchilar kalta yubkalarda o’yinga tushgan edilar.

 

1896 yilda qi



zlarning Xristian assosiasiyasi ushbu o’yinni kam harakat va 

qizlar uchun qulayroq qilish maqsadida basketbol bo’yicha o’yin qoidalarini 

qayta  ko’rib  chiqadi.  O’sha  paytdan  boshlab  basketboldan  xoli  ravishda 

“netbol” /net –

 

to’r, bol 



to’p/ o’yini rivojla

na boshlaydi.

 

Shu yilning o’zida AQSHda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar bo’lib 



o’tadi. Oradan 6 yil o’tgach birinchi bor studentlarning mintaqalararo o’yini 

tashkil  etiladi.  Xuddi  o’sha  yili  Buffalo  shahrida  tashkil  etilgan  Panama  –

 

Amerika  qo’shma  ko’rgazmasida  basketbol  o’yini  “eksponat”  sifatida 



ko’rsatildi.

 

AQSHda  tuzilgan  basketbol  o’yini  oradan  kun  o’tmay  Xitoy,  Filippin, 



Angliya,  Fransiya,  Italiya  singari  dunyoning  ko’p  mamlakatlariga  tarqalib 

ketadi.         



 

Yüklə 237,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə