Mustaqil ish mavzulari



Yüklə 22,04 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2022
ölçüsü22,04 Kb.
#97717
  1   2
Mustaqil ish mavzulari - BIOTEXNOLOGIYA -1-Kurs


Mustaqil ish mavzulari
1. Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperatura qo‘llanili-shi. Sirt aktiv moddalar va ularning farmatsiyada qo‘llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar, umumiy xususiyatlari va tuzilishining o‘ziga xosligi. Qattiq jismlar. Kristal va amorf jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. Qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.(15 soat)
2. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli. Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o‘zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o‘sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi.(20 soat)
3. Plazma haqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki. Yarim o‘tkazgich-larda elektr toki. Yarim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. p–tipidagi va n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.(20 soat)
4. Organik molekulalarning tebranma va aylana spektrlari. Meditsina va farmatsi-yada fotolyuminession miqdor va sifat tahlillari. EPR, Xemilyuminessensiya, YAMR.(15 soat)
5. Qon aylanish sistemalari biofizikasi. Qonning reologik va gemodinamik xarak-teristikalari. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi. Frank modeli. Hujayra biofizikasi. Membrananing suyuq kristallholati. Qo‘zg‘algan membra-naning ekvivalent elektrik sxemasi. Nerv impulsining tarqalishi. Elektrokinetik hodisalar.(20 soat)
6. Ko‘rish biofizikasi. Ko‘rishning molekulyar mexanizmi. Elektron mikroskop va ularning qo‘llanilishi.(10 soat)
7. Elektronlar, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Radioaktiv yemirilish-lar. Nishonli atomlar. Biosfera va fizik maydon. Atrof muhit va insonning fizik maydoni.(20 soat).
Mustaqil ta’limni bajarishdan asosiy maqsad – professor-o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida modulni uzluksiz o‘zlashtirishini ta’minlash, olingan bilimni mustaxkamlash, zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va o’zlashtirishni shakllantirishdan iboratdir.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • nazariy mavzularni darslik, o‘quv qo‘llanmalar va o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish;

  • yangi axborot kommunikatsion texnikalarni muntazam o‘rganib borish;

  • masofaviy (distansion) ta’limdan keng foydalanish;

  • anjumanlarga ma’ruza tezislarni tayyorlash, ilmiy jamiyatlar va to‘garaklarda ishtirok etish;

  • bеrilgan mavzular bo`yicha axborot (rеfеrat) tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash;

  • makеt, modеl va matematik model namunalarini yaratish;

  • prezentatsiyalar tayyorlash;

  • testlar tuzish;

  • modulning bo’limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha ishlash va ma'ruzalar qilish ilmiy maqola tayyorlash;

  • muammoli masalalarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;

  • keys (real vaziyatli masalalar asosida case-study) yechish.

  • grafik organayzеrlarni ishlab chiqish va to’ldirish;

  • krossvordlar tuzish va еchish;

  • prеzеntatsiya va vidеoroliklar tayyorlash, hamda mustaqil ish jarayonida kеng qo’llash va h.k.

O‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagog axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
Mazkur modulni o’zlashtirish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi hamda Moodle onlayn(masofaviy) kurslar tizimi (Moodle dasturiy ta’minoti)ni qo‘llash nazarda tutilgan.
– modulning barcha ma’ruzalari zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron–didaktik texnologiyalaridan hamda Moodle onlayn(masofaviy) kurslar tizimi (Moodle dasturiy ta’minoti)dan;
– amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni Moodle dasturiy ta’minotidan foydalangan holda o‘tish, dars jarayonlarida multimedia texnologiyalaridan keng foydalanish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarning barcha mavzularida aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Ushbu o‘quv moduli bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limni ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet materiallari bilan ishlashni, taqdimotlar tayyorlashni, referatlar yozishni, standart talablariga mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 22,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə