Mustaqil Ish Xadislarning jamlanishi, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati



Yüklə 99,7 Kb.
səhifə1/3
tarix07.02.2022
ölçüsü99,7 Kb.
#83545
  1   2   3
dinshunoslik


Mustaqil Ish

Xadislarning jamlanishi, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati

Bajardi: “Pedagogika va psixologiya” fakulteti 101-MM talabasi

Halimova Shahzoda

Tekshirdi: Eshanova Gulchexraxon




Hadis (arab.—xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Maʼlumki, tarixan gʻoyatda qisqa muddatda nozil boʻlgan Qur’oni karim oyatlari baʼzi hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan boʻlganligidan Paygʻambarimiz hadislari ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan voqea va hodisalarni koʻpchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.

Paygʻambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir koʻzgu vazifasini ham oʻtaydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat qurish yoʻlida koʻrsatgan beqiyos saʼy-harakatlari, yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni oʻz ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin oʻtgan hech bir paygʻambarlar va ulugʻlarga koʻrsatilmagan alohida bir eʼtibor bilan ilm ahllari hadislarni toʻplashga kirishdilar. Hadis ilmi bilan shugʻullanish eng aziz va sevimli mashgʻulot hisoblanib, ularni toʻplash uchun olimu ulamolar butun aql-zakovati-yu qalb qoʻri bilan kirishganlarini alohida taʼkidlash zarur.

Paygʻambar hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat boʻlmagan. Ayrim sahobalarning fikricha, Paygʻambarning oʻzlari hadislarini yozma qayd etishni man qilganlar. «Mendan Qur’ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan boʻlsa, oʻchirib tashlasin. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buning hech zarari yoʻq», deb uqdirganlar avvaliga Paygʻambar alayhissalomning oʻzlari. Soʻngra Paygʻambarning oʻzlari Abdulloh ibn Amr ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila boshlagan. Paygʻambar vafot etganlaridan soʻng maʼlum darajada tortishuv va munozaralardan keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi.Masalan, sahobalardan Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yoʻl-yoʻriqlari («Manosik al-haj») xususidagi hadislardan bir kichik kitob bitgan boʻlsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida oʻz oʻgʻillariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobeʼinlar davrida esa hadislarni kitobat etishga qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uning kitobatini qoʻllab-quvvatlagan tobeʼiynlar esa aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, yaʼni sahobalar va tobeʼiynlar davrida ikki xil fikr qaror topib, hadislarni ham yozma, ham ogʻzaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.

Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish, demakdir. Dastavval hadislarni toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi.




Yüklə 99,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə