Mustaqil Ish Xadislarning jamlanishi, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati


Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta’limotlariga ko’ra Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi



Yüklə 99,7 Kb.
səhifə3/3
tarix07.02.2022
ölçüsü99,7 Kb.
#83545
1   2   3
dinshunoslik

Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta’limotlariga ko’ra Qur’oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.

Ushbu asarning yozilish sabablari haqida mulohaza yuritilganda azaldan olimlar o’rtasida ikki xil fikr mavjud. Ulardan biri olim Ibrohim ibn Ma’qal an-Nasafiy (854 yilda vafot etgan) Imom al-Buxoriyning nomidan shunday hikoya qiladi: "Bir kun biz Ishoq ibn Rohvayhning huzurida bo’lgandik. Shunda u: birontangiz Rasulluloh-sallollohu alayhi va sallamning sahih hadislarini muxtasar bir kitob tarzida ja’m qilsangiz edi,-dedi. Bu gap mening qalbimga chuqur o’rnashib qolib, o’shandan boshlab "Al-Jomi’ as-sahih" asarimni yozishga kirishdim". Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr quyidagicha talqin qilingan: "Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari shunday deganini eshitganman: "Tushimda Payg’ambar alayhissalomni ko’ribman, go’yoki men u zotning ro’barularida turibmanu qo’limdagi elpig’ich bilan u zoti sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu voqea haqida tushning ta’birini aytuvchilardan so’rasam, Siz Payg’ambar alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. Mana shu gap mening zimmamga "al-Jomi’ as-sahih"ni yozishni yukladi". Imom al-Buxoriy g’oyatda taqvodor va pokiza inson bo’lganligidan Muhammad alayhissalomning sahih hadislarini to’plashga juda katta mas’uliyat va halollik bilan yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning o’zi: "As-Sahih" kitobimga tahorat qilib ikki rak’at namoz o’qimasdan turib bironta ham hadis kiritmaganman-deb ta’kidlaydi. O’rni kelganda ta’kidlash joizki, Payg’ambar hadislariga bag’ishlanib o’sha davrda yaratilgan asarlarga xilma-xil hadislar bilan bir qatorda sahobalarning qavllariyu tobe’iynlarning fatvolari ham kiritilgan. Bunga misol qilib mashhur olim Molik ibn Anasning (712-795) "al Muvatto" va boshqa qator asarlarni ko’rsatish mumkin.



 Imom al-Buxoriyning bu yirik asari, muallifning o’zining ta’kidlashicha ham, aksar olimlarning yozishlaricha ham olti yuz ming hadisdan saralanib sahihlari tanlab olingan va o’n olti yil davomida ta’lif etilgan. Asar qaerda yozilgan deb savol tug’ilishi ham tabiiy. Bu masala haqida ham turli fikrlar aytilgan. Tarixchi ibn Hajar al-Asqaloniy mana shu fikrlarni ja’mlab shunday xulosaga kelgan: Imom al-Buxoriy bu yirik asarini yozishni va uning asosiy mundarijasini tuzishni Makkayu mukarramada-Baytulloh al-Haromda bo’lgan vaqtidan boshlab o’z ona yurti Buxoroda asarini nihoyasiga etkazib oqqa ko’chirgan. Albatta alloma o’z asariga kiritgan aksar hadislarni xorijiy yurtlarda safarda bo’lganida to’plagan. O’z asarini ishonchli manba sifatida bo’lishga alohida e’tibor bilan qaradi, shu boisdan ham uni uch marta tahrir etib ushbu tasnifini tugatdi. Natijada islom olamidagi barcha muhaddislarga namuna bo’ladigan, Payg’ambar alayhissalomning sahih hadislarini o’zida mujassam qilgan mukammal bir asar yaratildi. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi va uning turli tarmoqlari, roviylar tarixlaridan hartomonlama to’liq va keng qamrovli ilmga ega bo’lishi, hadislarni to’plash maqsadida turli mamlakatlarga ilmiy safarlar qilishi, ko’p sonli va xilma-xil saviyadagi ustozu-shayxlardan hadislar yozib olganligi va nihoyat uning aql bovar qilmaydigan darajada quvvai hofizasining kuchliligi, uning noyob qobiliyati va fidoyiligi-mana shu omillar allomaga "al-Jomi’ as-sahih" dek ilmiy va amaliy jihatdan yuksak saviyada bo’lgan yirik asar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga aytish kerakki, muallif o’z asari uchun ma’lumotlar to’plashga va ularni ta’lif etishga ko’p ham shoshilmadi, balki chuqur ilmiy poydevorga (manhajga) tayangan mukammal reja asosida ish olib bordi. Bu jihatlar hadislar to’plashda ham, ularni asar sifatida yaxlit tartibga keltirishda ham, uning yozilish muhlatida (o’n olti yil davomida) ham, shunday noyob asar yaratilishi uchun katta ahamiyat kasb etadigan ilmiy muhit mavjud bo’lgan turli-tuman (Makka, Madina, Basra, Bag’dod, Buxoro) shaharlarda yozilishi ham bir so’z bilan aytganda, mazkur omillarning barchasi o’ziga xos buyuk asar yaratilishi uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.

 Imom al-Buxoriyning o’ziga xos uslubi bo’lib, bu o’rinda u yiqqan hadislar roviylarining hissasi alohida o’rin tutadi. Chunonchi bu xususda manbalarda "Sahih"ni imom al-Buxoriydan etmish, to’qson, yuz ming roviylar rivoyat qilganligi qayd qilinadi. Uning roviylari jumlasidan imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Zur’a, imom at-Termiziy, ibn Huzayma kabi hadis ilmining etuk darg’alari ham bo’lgan. Hadislarni roviylardan yozib olishga ham imom al-Buxoriy juda katta mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondoshib, faqat eng ishonchli olimu ulamolardangina qayta-qayta tekshirib hadis yozib olgan. Bu xususda allomaning o’zi "ming yoki undan ortiq ishonchli (siqot) ulamolardan hadis yozib oldim, mening asarimga isnodi keltirilmagan bironta ham hadis kirmagan",-deb ta’kidlaydi. Shu boisdan hadis rivoyat qiladigan shaxslarning ahvollari, ularning nasl-nasabi, u hadisni kimdan eshitgan va boshqa qator masalalarni to’liq bilgach, ulardan hadis yozib olgan. Bu haqida imom al-Buxoriy "Biron kishidan hadis yozib olishim boshqalarnikiga o’xshamas edi. Men agar biron shaxsdan hadis yozmoqchi bo’lsam-eng avvalo uning ismi sharifi, kunyasi, nasl-nasabi, aytayotgan hadisini qanday manbadan olgan, uning nusxalari haqidagi xabarlarni so’rab-surishtirar edim, ammo boshqalar esa bu masalalarga ko’p ham e’tibor bermaydilar"-deb hikoya qiladi. Uning "iymon-qavl va unga amal qilish" demagan hechbir kimsadan hadis yozmaganligi olim uchun qat’iy bir qoida va dasturulamal sifatida butun umri mobaynida davom etdi. Barcha ilmiy faoliyatida mana shu tartibotga qat’iy amal qildi. Alloma Abu Ja’far al-Uqayliyning yozishicha, imom al-Buxoriy  "Sahih" asarini yozib tugatgach Ahmad ibn Hanbal, Yax’ya ibn Ma’iyn, Ali ibn al-Madiyniy va boshqa mashhur olimlarga ko’rsatganda ular bu asarni katta mamnuniyat bilan ma’qullaganlar.
Yüklə 99,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə