Mustaqil ta`lim 1-“Avesto”da ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə6/7
tarix16.06.2022
ölçüsü114,5 Kb.
#89625
1   2   3   4   5   6   7
Avesto”da ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar.

Оnglilik vа faollik tamoyilii tа`lim jаrаyonidа o’qquvchilаrning pаssiv bo’lib mаtеriаlni tushunmаy mеxаnik rаvishdа quruq yodlаshi emаs, bаlki bilim vа mаlаkаlаrini fаоl rаvishdа аnglаb chuqur vа аsоsli bilim оlishi zаrur.

Tа`limdа ko’rsаtmаlilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha, ko'rsatmalilik tamoyili ko’rsatib o'tish usuli emas, balki barcha sezgi organlari narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli mustahkam puxta o'zlashtirib olishga jalb qilish vositasidir.
Ko'rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1) mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o'tkazish;
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish;
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko'rsatish.
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi.
1. Sof aqlga ega bo'lish;
2. O'rganish zarur bo'lgan narsani ko'rish;
3. Diqqatni to'play olish;
4. Kuzatish lozim bo'lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket ko'rsatish.
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand yegan bo'lsa, tuyani bir ko'rgan bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi”. Ko'z bilan ko'rilgan narsani isbotlashning hojati yo'q. Shuning uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda ko'rsatma qurollarni ko'proq ishlatishi zarur deb bildi.

Izchillik vа tizimlilikni ajratib bo'lmaydi. O'quv materiallarini matematikaga xilof ish qilmasdan to'g'ri tekshirib chiqish o'qitishni nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan oldin o'tilganlarni bir-biriga bog'lash.
Uning fikricha, ta`lim boshidan oxirigacha izchil davom etishi ta`limning poydevorini mustahkam qurilishini ta`minlaydi. Hozir o'rganilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa, keyingisiga yo'l ochiladi.
Ta`limda umumiydan-хususiyga, ma`lumdan-noma`lumga, uzoqdan-yaqinga kabi qoidalarga amal qilinadi. Uning fikricha, mashq qilish va takrorlash tamoyilii o'quvchilarning ongiga asoslanib bilimlarini puxta egallashga xizmat qilishi kerak.
Mashqlar natijasida bola so'zlarni quruq yodlay olmasligi, narsa va hodisalarni tushunib olishi bilimlarni o'zlashtirishi va amalda qo'llashi lozim. Bola o'qib to'g'ri tushunib olgan bilimlarning barchasi uning xotirasiga mustahkam saqlanib qoladi. O'rgatmoqchi bo'lgan narsani bolaga amalda bajartirish kerak. Mashq qilish va takrorlash bilimlarning ongli va puxta o'zlashtirishida muhim rol o'ynaydi.
Dars o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni taqozo qiladi.
a) bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilarning o'zgarmas tarkibi:
b) o'quv mashg'ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish:
v) muallim bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarga bir fan o'rgatishi:
g) butun o'quv mashg'uloti davomida o'qituvchilarning rahbarlik roli.
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish lozim. O'qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda sinflar soni qancha bo'lsa, sinf xonalari ham shuncha bo'lishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari har kuni to'rt soat, gimnaziya o'quvchilari olti soat o'qishi kerak. Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar.
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda katta ta`sir ko'rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə